Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Delekt majburiyatlarining huquqiy tabiatini



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Delekt majburiyatlarining huquqiy tabiatini 

aniqlashda, majburiyatning 

mazkur  turini  fuqarolik-huquqiy  javobgarlik  tushunchasi  bilan  o'zaro 

nisbatani  belgilash  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Huquqiy  adabiyotlarda 

«zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyat»  va  «zarar  yetkazganlik 

uchun  javobgarlik  tushunchalari»  ayni  tushunchalar  sifatida  qo'llaniladi, 

hamda «javobgarlik» tushunchasi bu holatda asosiy o'rinni egallaydi2. Mazkur 

holat  FKning  57-bobida  ham  o'z  ifodasini  topgan  bo'lib,  ushbu  bob  «zarar 

yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar» - deb nomlansa, bobning birinchi 

moddasi  (FKning  985-moddasi)  zarar  yetkazganlik  uchun  javobgarlikning 

umumiy  asoslariga  bag'ishlanadi  Shu  bilan  birga  keyingi  moddalarda  ham 

asosan «majburiyat» tushunchasi emas, «javobgarlik» tushunchasi qo'llaniladi. 

Bu  esa  ushbu  tushunchalar  o'rtasida  qarama-qarshilik  mavjud  emasligini, 

ularning  uzviy  bog'liqligini  anglatadi3.

F u qarolik   h u q u q iy   ja v o b g a rlik   deganda,  m ulkiy  tusdagi 

sanksiyalarni  huquqbuzarga  nisbatan  tatbiq  etish  tushuniladi.  Fuqarolik 

huquqining  umumiy  asoslariga  muvofiq,  fuqarolik-huquqiy  javobgarlik 

mulkiy tusga ega bo'lib4, shartnomali majburiyatlarga ham, shartnomadan 

tashqari  vujudga  keladigan  majburiyatlarga  ham  tatbiq  etiladi.  Biroq, 

shartnomali  majburiyatlarda  javobgarlik  ikkilamchi  tusga  ega  boiadi. 

Fuqarolik-huquqiy  javobgarlik  shartnomali  majburiyatlarni  «kuzatib

1 Узбекистон  Республикасининг  Фукаролик хукуки  (11-кисм).-Т.:Адолат.1999.-335  б.

2  Иоффе  О.С.  Обязательственное  право.-797  с.;  Смирнов  В.Т.,  Собчак  А.А. 

Общее  учение  о  деликтных  обязательствах  в  гражданском  праве.-Л.:ЛГУ. 1983.-42- 

98  с.;  Белякова  А.М.  Возмещение  причиненного  вреда.-М.:1972.-  3-34  с.;  Узбекистон 

Республикасининг  Фукаролик  хуку^и  .И-кисм./Х,.Рахмонкулов  ва  И.Зокировларнинг 

ум.  тахр.  остида.-Т.:Адолат. 1999.-339  б.;  Быков  А.Г.,  Половинчик  Д.И.  Основы 

автотранспортного  права.-М.:  Юрид.лит. 1980.-274  с.;  Окюлов  О.  Фук,аролик-хук;ук,ий 

жавобгарликни  ^уллаш  асослари.//к,онун  химоясида.1999.  №9.  -Б. 18;  Гражданское 

право.Часть  вторая:Учебник/  Под  общей  ред.  А.Г.Калпина.-М.:Юристь.2000.-509  с.; 

Матвеев  Г.К.  Основания  гражданско-правовой  ответсвенности.-М.:Юрид.лит.1975.

3  Гражданское  право:  В  2  т.  Том  II.  Полутом  2:  Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов.- 

М.:БЕК.2002.-363  с.

4  Рахмонцулов  \  

М ажбурият  ХУ^УКИ.-Т.:ТДЮИ.2005.-139  б.

www.ziyouz.com kutubxonasi




boradi»  va majburiyat buzilgandagina qo'llaniladi.  Agar majburiyat lozim 

darajada  bajarilsa,  javobgarlik  masalasi  vujudga  kelmaydi.

Zarar  yetkazishdan  vujudga  keladigan  majburiyatlarda  esa, 

javobgarlik  huquqbuzarlik  fakti  asosida  vujudga  keladi.  Ya’ni,  zarar 

yetkazishdan  vujudga  keladigan  majburiyat  vujudga  kelishi  bilan  u  o'z 

mazmunida  javobgarlikni,  buquqbuzarga  sanksiya  qo'llash  imkoniyati 

mavjudligini  ifodalaydi.  Albatta  bu  vaziyatda  javobgarlik  boshqa  bir 

majburiyatni  to'ldirmaydi,  «kuzatmaydi»  (shartnomali  majburiyatlardagi 

kabi), u zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlardagi huquqbuzar 

majburiyatining  mazmunini  tashkil  etadi.

Yetkazilgan  zarar  uchun  huquqbuzar  qonun  hujjatlarida  nazarda 

tutilgan  asoslar  mavjud  bo'lganda  yetkazilgan  zarar  qoplash  shaklidagi 

javobgarlikka  tortiladi.

Ta’kidlash  lozimki,  ba’zi  xorijlik  yuristlar  delikt  huquqi  va  u  bilan 

bog'liq  doktrinalar  tezlikda  eskirib  o'z  ahamiyatini  yo'qotib  borayotganligini 

ta’kidlashadi.  Ularning  fikricha,  zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan 

majburiyatlarga  oid  bo'lgan  holatlar  «texnika  asrida  aravani  boshqarish 

qoidalariga  o'xshash»  dir.  Zero  zamonaviy jamiyatda  zararlami qoplashning 

katta  qismi  sug'urta  xizmatining  zimmasiga  tushadi1.  Ba’zi  mutaxassislar 

esa,  bu  holat  (zararni  qoplashda  sug'urta  xizmatidan  foydalanish)  «dilekt 

huquqini ko'mish» uchun asos bo'lmasligini, yetkazilgan zararlami qoplashda 

sug'urtaning  o'mi  shubhasiz  katta  ekanligini,  biroq,  sug'urta  instituti  delikt 

huquqi  bilan  birgalikda  qo'llanilib  kelinayotganligini  va  bu  holat  uzoq  vaqt 

davom  etishini  ta’kidlashadi2.  Darhaqiqat,  yetkazilgan  zararni  qoplashda 

sug'urta  xizmatining  o'rni  beqiyos  biroq,  yetkazilgan  zararni  qoplashga 

doir  qoidalarning  mavjudligi  sug'urta  tashkilotlari  uchun  subrogatsiya3 

(FKning  318,  957-moddalari)  qilish  imkoniyatini  berishini  ham  nazarda 

tutish  va  subrogatsiyani  qo'llash  faqatgina  delikt  instituti  orqali  amalga 

oshirilishini  hisobga  olsak,  delikt  majburiyatlarining  ahamiyati  jamiyat 

rivojlanishining har qanday bosqichida ham pasaymasligini anglash mumkin.

Zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlarning  quyidagi 

o'ziga  xos  belgilari  mavjud:

a) 

bu  majburiyatlarning  ta’sir  doirasi  zararni  qoplash  m oddiy 



xususiyatlarga ega bo'lishiga qaramasdan, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy 

munosabatlarni  qamrab ■

 oladi;

1  Flemming  J.  The  Law  of Svdnev,  1965.P.13.

2  Гражданское  право:  В  2  т.  Том  II.  Полутом  2:  Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов.- 

М.:БЕК.2002.-364  с.

3  ^аранг:  Абдуллаева  Н.Н.  Сурурта  ХУКУКИ.-  Т.:ЖИДУ.2006.-135-143  б.

www.ziyouz.com kutubxonasi




b) 

ular  mutlaq  xarakterga  ega  bo‘lgan  mulkiy  huquqlar  (  mulk 

huquqi,  um rbod  egalik  qilish  huquqi,  yuritish  huquqi,  operativ 

boshqarish  huquqi  va  boshqalar)  yoki  shaxsiy  nomulkiy  manfaatlaming 

buzilishi  natijasida  kelib  chiqadi;

v)  garchi  huquq  jabrlanuvchi  bilan  shartnomaviy  munosabatlarida 

bo'lgan  shaxs  tomonidan  buzilgan  bo‘lsa-da,  majburiyatlar  mutlavq 

huquqlar  buzilganligi  tufayli  shartnomasiz  xarakterga  ega  bo'ladi;

g)  bu  majburiyatlar  zarar  kim  tomonidan  kimga  yetkazilgani,  zarar 

qay  ko'rinishda  yetkazilgani  va  zararni  qoplash  usullaridan  qat’iy  nazar, 

to'liq  qoplanishini  nazarda  tutadi;

d)  qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  zararni  to'lash  majburiyati 

boshqa  shaxslarga  ham  yuklatilishi  mumkin1.

Zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  o'ziga  xos 

ekvivalentlik vazifasini bajaradi. Ya’ni,  delikt majburiyatlari orqali huquq 

buzilishidan  oldingi  holat  tiklanadi.  Masalan,  fuqaroning  sog'lig'iga  zarar 

yetkazilganda, uning sog'lig'ini tiklash uchun qilgan xarajatlari huquqbuzar 

tomonidan  qoplanishi  huquqning  buzilishini  buzilishidan  oldingi  holatini 

tiklash  hisoblanadi.  Shu  bilan  birga,  delikt  majburiyatlari  uchun 

javobgarlikning  belgilanganligi  huquqbuzarlikning  oldini  olishda  ham 

ahamiyatli  hisoblanadi.

Delikt  institutining  ahamiyati,  uning  funksiyalari  fuqarolik-huquqiy 

javobgarlikning  ahamiyati  va  funksiyalari  bilan  bir  xilda  deb  hisoblash 

mumkin.  Zero,  delikt  instituti  ham  fuqarolik-huquqiy  javobgarlik  kabi 

huquqni  tiklovchi,  huquqbuzarlikning  oldini  oluvchi,  tarbiyaviy 

vazifalami  bajaradi.

Zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlarning  vujudga 

kelish  asoslari.  Bosh  delikt  tamoyili.  Zarar yetkazishdan  kelib  chiqadigan 

majburiyatlar  fuqarolik-huquqiy  majburiyatlarning  boshqa  turlari  kabi 

muayyan  yuridik  faktlar  asosida  vujudga  keladi.  Mazkur  majburiyat 

vujudga kelishi uchun asos bo'ladigan qonun hujjatlaridan ko'zda tutilgan 

yuridik  faktlar  zarar  yetkazish  fakti  —  delikt  hisoblanadi.

Biroq,  zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  o'z 

mazmunida  yetkazilgan  zarar  uchun  javobgarlikni  ham  nazarda  tutadi. 

Shuning uchun ham qonun delikt majburiyatlarini vujudga kelish asoslari 

va  shartlari  bilan  birga  zarar  uchun  javobgarlik  asoslari  va  shartlari 

masalasini ham hal qiladi. Boshqacha aytganda,  delikt majburiyatlarining

www.ziyouz.com kutubxonasi




vujudga  kelish  shartlari  va  yetkazilgan  zarar uchun javobgarlik  shartlari 

bir-biriga  mos  keladi.

Yetkazilgan  zarar  uchun  javobgarlik  choralarini  belgilashda  qonun 

umumiy  tamoyillarga  tayanadi.  Huquqiy  adabiyotlarda  bu  tamoyil  «bosh 

delikt  tamoiyili»  deb  yuritiladi.  Mazkur  tamoyilga  binoan,  bir  shaxs 

tomonidan  ikkinchi  shaxsga  yetkazilgan  zararning  mavjudligiyoq, 

yetkazilgan  zararni  qoplash  majburiyatini  vujudga  keltiradi.  Bunda 

jabrlanuvchi zarar yetkazuvchi harakatning g ‘ayriqonuniy ekanligini, uning 

aybdor ekanligini isbotlashi talab etilmaydi. Zarar yetkazuvchining harakati 

huquqqa  xilof  va  u  aybdor  -   deb  «hisoblanadi».  Shu  munosabat  bilan 

zarar  yetkazuvchi  javobgarlikdan  faqatgina  o'z  harakatlari  huquqqa  xilof 

emasligini  va  aybdor  emasligini  isbotlagandagina  ozod  etiladi.  Bosh  delikt 

tamoyil Fransiya grajdanlik kodeksining  1382-moddasida to'liq  o‘z ifodasini 

topgan  bo'lib,  unga  ko'ra,  boshqa  shaxsga  ziyon  yetkazgan  insonnning 

har qanday harakati, aybli harakat natijasida yetkazilgan ziyonni qoplashni 

keltirib  chiqaradi.

Shu  o'rinda  ta’ kidlash  lozimki,  A ngliya  huquqi  bosh  delikt 

kategoriyasini  bilmaydi.  Bu  yerda  sud  amaliyoti  -   sud  presedenti 

tomonidan  ishlab  chiqilgan alohida  deliktlar  amal  qiladi.  Masalan,  hozirgi 

kunda  ham  Angliya  sudlari  avtomobil  tomonidan  piyodaga  yetkazilgan 

zararni  qoplash  to'g'risidagi  talablarni  ko'rishda  200  yil  awalgi  ot-arava 

tomonidan  piyodaga  yetkazilgan  zararni  qoplash  bo'yicha  presedentga 

tayanadi1.

Mamlakatimiz  fuqarolik  qonunchiligida  ham  bosh  delikt  tamoyili 

o'z  ifodasini  topgan.  Zero,  FKning  985-moddasida  fuqarolik  huquqi 

subyektiga  yetkazilgan  zarar  zarar  yetkazuvchi  tomonidan  to'liq  hajmda 

qoplanishi  nazarda  tutilgan.  Albatta  bosh  delikt  tamoiyliga  muvofiq, 

zarar  yetkazilganligining  o'ziyoq  uni  qoplash  lozimligini  anglatmaydi. 

Buning  uchun  qonunda  belgilangan  bir  qator  shartlar  mavjud  bo'lishi 

lozim. Mazkur shartlaming mavjud bo'lmasligi esa, zararni qoplanmasligini 

anglatadi.  Fuqarolik  qonunchiligida  «bosh  delikt»  tamoyilinig  mazmunini 

tashkil etuvchi yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning umumiy shartlari 

belgilangan bo'lib, ular jumlasiga zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa 

xilofligi,  huquqqa  xilof  harakat  va  zarar  o'rtasidagi  sababiy  bog'Ianish, 

ayb kiradi.

Fuqarolik  qonunchiligida  yetkazilgan  zarar  uchun  javobgarlikning

Гражданское  право:  В  2  т.  Том  II.  Полутом  2:  Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов.- 



М.:БЕК.2002.-366-367  с.

www.ziyouz.com kutubxonasi




umumiy shartlarini  belgilovchi bosh delikt bilan birga bir qator vaziyatlar 

nazarda  tutiladiki,  ularning  har  birida  maxsus  qoidalar  qo'llaniladi  va 

alohida  deliktlar  deb  yuritiladi.  Masalan,  oshiqcha  xavf  manbayi 

tomonidan  yetkazilgan  zarar  uchun  javobgarlik  (FKning  999-moddasi), 

voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik 

(FKning  993-moddasi)  va  boshqalar.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish