Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan javobgarlik asosi va shartlari.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar uchun javobgarlik
asosi sifatida jabrlanuvchining subyektiv fuqarolik huquqlarini buzilishi
bilan bog'liq bo'lgan yuridik fakt - zararning mavjudligi hisoblanadi.
Javobgarlik shartlari esa, javobgarlik asoslarini tavsiflovchi va tegishli
sanksiyalar qo'llanilishi uchun zarur bo'lgan qonunda belgilangan
talablardir. Shunday qilib, fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari va
shartlari bir-biri bilan uzviy bog'liq unsurlar hisoblanadi.
Fuqarolik huquqi nazariyasida fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari
xususida yakdil fikrlar mavjud emas. Ba’zi mualliflar huquqbuzarga
javobgarlikni yuklash uchun zarur bo'lgan umumiy, an’anaviy shartlar
yig'indisi sifatida «fuqarolik huquqbuzarlik tarkibi» ni e’tirof etishadi1.
Boshqa guruh mualliflar ushbu konsepsiyani tanqid qilishib, jinoyat
huquqidagi jinoyat tarkibi qoidalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga
tatbiq etilishini maqsadga muvofiq emas deb hisoblashadi2. Shu bilan
birga fuqarolik huquqbuzarlikning «cheklangan» tarkibi mavjud bo'lgan
holatlar (fuqarolik qonun hujjatlarida aybsiz javobgarlik holati mavjud
bo'lib, ayb fuqarolik huquqbuzarlik tarkibiga kirmaydi) ham delikt
majburiyatlari uchun javobgarlik asoslari va usullarini an’anaviy
«huquqbuzarlik tarkibi» doirasida belgilash bahsli ekanligini ko'rsatadi.
Huquqbuzarlik konsepsiyasini fuqarolik huquqida qo'llash mumkin
emasligini ta’kidlab, O.Oqyulov shartnomali majburiyatlar uchun
javobgarlik va delikt majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlikda
fuqarolik-huquqbuzarlik tarkibi ikki xil bo'lishini ko'rsatib o'tadi. Shu
1
Алексеев
С.С.
О
составе
гражданского
правонаруш ения//
правоведение.1958.№ 1.;
Матвеев Г.К.
Основания гражданско-правовой
ответсвеннсоти.-М.:Юрид.лит.1970.; Иоффе О.С. Ответсвенность по гражданскому
праву.-Л.1958.
2 Брагинский М.И., Витрянский В.В. Договорное право.-М.:1998.-568 с.; Окюлов
О. Фукаролик-хукукий жавобгарлик асослари//к;онун химоясида.1999.№9.-Б.16-19.
Эгамбердиева Н.Х,. Ф укаролик-хукукий жавобгарлик асослари ва шакллари.
Юрид.фан.номз.дисс.Автореф.-Т.:2006.
3 Окюлов О. Ф укаролик-хукукий жавобгарликни куллаш асослари.// конун
\имоясида. 1999.№9.-Б .16-19.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan birga jinoiy va ma’muriy huquqbuzarlik tarkibini fuqarolik
huquqbuzarlik tarkibiga bevosita ko'chirish, fuqarolik huquqi predmeti
va tamoyillariga zid ekanligini aytib o'tadi3.
Mazkur fikrlami davom ettirib J.Boboev va N.Egamberdievalar delikt
majburiyatlarida javobgarlik asosini subyektiv fuqarolik huquqlarining
buzilishi tashkil etadi, biroq bu asosning o'zi fuqarolik-huquqiy
javobgarlikni belgilash uchun yetarli boimaydi, buning uchun qonun
hujjatlarida ko'zda tutilgan shartlar boiishi lozim deb hisoblashadi1.
Shu ma’noda ta’kidlash lozimki, garchi fuqarolik huquqbuzarlik
tarkibini bahsli ekanligi aytib o'tilsada, hozirgi kunda bu «tarkib» ilmiy
jihatdan rad etilgan emas. Zero, delikt majburiyatlarida zararning
mavjudligi bilan birga, fuqarolik huquqiy javobgarlikning shartlari
hisoblangan: g'ayriqonuniy xatti-harakat, zarar yetkazuvchi harakati
(harakatsizligi) va zarar o'rtasidagi sababiy bog'lanish va aybning mavjud
boiishi fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo'llash imkonini beradi.
Delikt majburiyatlari bo'yicha subyektiv fuqarolik huquqining buzilishi
zarar yetkazilishi fakti sifatida baholanadi. Delikt javobgarligining asosi
deganda, fuqaro yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yoxud nomoddiy
ne’matlar — fuqaroning hayoti, sogiig'iga zarar yetkazilish fakti tushuniladi.
Shu o'rinda ta’kidlash lozimki, ba’zi mutaxassislar fuqarolik-huquqiy
javobgarlikning, shu jumladan, delikt javobgarligining asosi sifatida
huquqbuzarlikni e’tirof etishadi2. Biroq, bunda muyyan xatti-harakatni
huquqbuzarlik sifatida kvalifikatsiya qilish uchun qonun hujjatlarida
belgilangan javobgarlik shartlari mavjud boiishi lozim. Javobgarlik asosi
esa uni tatbiq etish imkoni mavjudligini anglatadi, lekin bunda ham
qonun hujjatlarida belgilangan shartlar boiishi kerak. Shu munosabat
bilan fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi bu huquqbuzarlik emas,
zararning mavjudligi hisoblanadi. Muayyan faktning huquqbuzarlik
1 Бабаев Д.И. Истеъмолчи хукуклари ва уларни бузганлик учун фукаролик-
хукукий жавобгарлик муаммолари. Юрид. фан. номз. дисс... Автореф.-Т.:2005.;
Эгамбердиева Н.)^. Фукаролик-хукукий жавобгарлик асослари ва шакллари. Юрид.
фан. номз. дисс...Автореф.-Т.:2006.
2 Малеин Н.С. Правонарушение: понятие, причины, ответственноть.-М.:1985,-
130-133 с.; Рахмонкулов
Мажбурият хукуки.-Т.:ТДЮИ.2005.-176 б.; Эгамбердиева
Н.Х. Фукаролик-хуку^ий жавобгарлик асослари ва шакллари. Юрид. фан. номз. дисс...
Автореф.-Т.:2006.-13 б.
3 Гражданское Право.Учебник.Часть П/Под.ред.А.П.Сергеева, Ю .К.Толстого.-
М.:Проспект.2000.-702 с.; Белякова А.М. Имущественная ответственность за
причинение вреда.-М.:1979.-27 с.; Смирнов В.Т., Собчак А.А. Общее учение о
деликтных обязательствах в гражданском праве.-Л.:ЛГУ.1983.-31 с.; Саттарова М.Ф.
проблемы возмещения вреда, причиненного предпринимателям незаконными актами
должностных лиц. Автореф. дисс....к.ю.н.-Т.:2004.-15 с.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ekanligini belgilovchi shartlar javobgarlik tatbiq etilayotganda aniqlanishi
lozim.
Huquqiy adabiyotlarda zararni delikt javobgarligi shartlaridan biri
sifatida qarash keng tarqalgan3. Shu bilan birga zararni delikt
javobgarligining shartlari jumlasiga kiritmagan mualliflar ham mavjud1.
Darhaqiqat, zararning mavjudligi delikt majburiyatlarida javobgarlik
sharti hisoblanmaydi. Zero, bu holda o‘ziga xos qarama-qarshilik vujudga
keladi. Chunki, zarar yetkazganlik uchun javobgarlik sharti sifatida shu
zaraming o'zi belgilanishi mantiqsiz holat bo'lib qoladi. Zarar (zaraming
mavjudligi) boshqa shaxsning subyektiv fuqarolik-huquqlarini buzgan
shaxsga javobgarlikni tatbiq etish asosidir.
Zarar delikt javobgarligining asosi sifatida. Zarar (zararning
mavjudligi) delikt javobgarlikning bevosita zaruriy asosi hisoblanadi. Zarar
mavjud bo'lmaganda delikt javobgarlik haqida so'z bo'lishi ham mumkin
emas.
Agar, ba’zi hollarda shartnoma bilan belgilanadigan javobgarlik
majburiyatni baiarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun
kreditorga zarar yetkazilish yoki etgazilmasligidan qat’iy nazar, belgilansa,
shartnomadan tashqari belgilanadigan javobgarlik zarar bo'lmagan
taqdirga vujudga kelishi mumkin emas’ .
Delikt javobgarligining asosi sifatida zarar deganda fuqarolik huquqi
subyektiga tegishli mol-mulk shikastlanishi yoki nobud bo'lishi natijasida,
shuningdek, fuqaroning sog'lig'iga shikast yetishi va vafoti natijasida
vujudga keladigan salbiy mulkiy va nomulkiy oqibatlar tushuniladi.
FKning 14-moddasida esa, zarar tushunchasi buzilgan huquqni tiklash
vositasi sifatida ta’riflanadi. Shu bilan birga bozor munosabatlari sharoitida
zararning ikki ko'rinishi m avjud bo'lishi ham mazkur moddada
ifodalangan. Ushbu moddaga muvofiq, zarar deganda huquqi buzilgan
shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo'lgan
xarajatlari, uning mol-mulki yo'qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar),
shuningdek, bu shaxs o'z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik
muomalasi sharoitida olishi mumkin bo'lgan, lekin ololmay qolgan
1 Иоффе О.С. обязательтственное право.-М.:1975.-798 с.; Гражданское право: В
2 т. Том II. Полутом 2: Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов.-М.:БЕК.2002.-370 с.; Окюлов О.
Фук;аролик-хукун;ий жавобгарликни куллаш асослари.//к;онун химоясида. 1999.№9.-
Б.18-19.
2 Узбекистан Республикасининг Фукаролик
ХУКУКИ
(1Цисм).-Т.:Адолат.1999.-340 б.
3 Эгамбердиева Н.)^. Фукаролик-хукукий жавобгарлик асослари ва шакллари.
Юрид. фан. номз. дисс.. Автореф.-Т.:2006.-15 б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
\
daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi. N.Egamberdieva esa zarar
tushunchasini quyidagi uch holat asosida tushunishni taklif etadi: a)
haqiqiy zarar; b) boy berilgan foyda; v) ma’naviy zarar3. Albatta zarar
tushunchasini bunday tartibda uch «turga» bo‘1 ish o'ziga xos nazariy
ahamiyatga ega hisoblanadi. Zero, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashda
va javobgarlikni belgilashda zararni o'ziga xos tarzda «turkumlash» muhim
o'rin tutadi.
FKning 985-moddasiga muvofiq, zarar «shaxsga» yoki «mol-mulkka»
yetkaziladi. Mol-mulkka yetkazilgan zarar deganda, odatda shaxsning
mulkiy mol-mulki kamayishi yoki ularning qiymati pasayishi tushuniladi.
Ba’zan, mulkiy zarar jabrlanuvchining zarar yetkazishdan oldingi holati
va keyingi holati o'rtasidagi mulkiy farq sifatida ham belgilanadi.
Shaxsga zarar yetkazishda huquqbuzarlik obyekti bo'lib, nomoddiy
ne’mat hisoblangan fuqaroning hayoti va sog'lig'i tushuniladi. Biroq,
mazkur zarar bo'yicha majburiyat vujudga kelishida asosiy e’tibor mulkiy
holatga qaratiladi, ya’ni, mulkiy zarar qoplanadi. Qonun hujjatlarida
ko'zda tutilgan hollardagina ma’naviy zarar undiriladi. Biroq hamma
vaziyatlarda ham zarar mulkiy ko'rinishda qoplanadi. Zero, fuqarolik-
huquqiy javobgarlik har doim mulkiy ko'rinishda namoyon bo'ladi1.
Ta’kidlash lozimki, fuqarolik huquqida zarar tushunchasi bilan birga,
ziyon tushunchasi ham qo'llaniladi. FKning 1009-moddasi boquvchisi vafot
etganligi natijasida ziyon ko'rgan shaxslarga zararni qoplash qoidalarini
belgilaydi. Biroq, fuqarolik qonunuchiligida bu ikki tushuncha o'rtasida
farq borligi e’tirof etilmaydi. Ko'pchilik vaziyatlarda «zarar» va «ziyon»
atamalari sinonim so'zlari sifatida qo'llaniladi. Shu bilan birga pul
ko'rinishidagi zarar (ruscha - ubo'tok) atamasi ham mavjud bo'lib, odatda
bu atama mutaxasisslar tomonidan mulkiy zararning pul ko'rinishidagi
ifodalanishi sifatida talqin etiladi2. Zaraming mazkur ko'rinishlari o'ziga
xos mustaqil ahamiyat kasb etmasligini ta’kidlagan holda ma’naviy zarar
delikt majburiyatlarida alohida o'rin tutishini e’tirof etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |