Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob.  QIM OR  V A   G A K O V   O 'Y IN L A R I  O'TK  AZISH



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

56-bob.  QIM OR  V A   G A K O V   O 'Y IN L A R I  O'TK  AZISH

FKning  56-bobida  qimor  va  garov  o'yinlar  o'tkazishning  huquqiy 

oqibatlari  belgilab  qo'yilgan.  FKning  983-moddasida  ko'rsatilishicha, 

fuqarolar  va  yuridik  shaxslarning  tavakkalchilikka  asoslangan  qimor  va 

garov  o'yinlar  (qimor  va  bas  boylash)  uyushtirish  va  ularda  ishtirok 

etish  bilan  bog'liq  talablari  sudda  himoya  qilinmaydi  deb  ko'rsatiladi. 

Ma’lumki,  qimor  o'yinlari  ikki va  undan ortiq  shaxsning  mulkiy  manfaat 

ko'rish  maqsadida  tavakkal  qilgan  holda  ma’lum  turdagi  o'yin  shartlari 

asosida  xatti-harakatlarini  amalga  oshirish  tushuniladi.  Bunda  o'yinda 

ishtirok  etuvchi  bir  yoki  bir  nechta  taraf  hisobiga  boshqa  taraf,  ya’ni 

yutgan  tomon  -  mulkiy  tomon  mulkiy  manfaat  ko'radi  (masalan:  karta, 

oshiq  va  hokazo  o'yinlar).

Bas  boylashish  deganda  ikki  yoki  bir  necha  shaxs  o'rtasida  ma’lum 

bir  hodisaning  ro'y  berishi  yoki  ro'y  bermasligi,  ma’lum  bir  subyekt 

tomonidan  biron  narsaga  erishish  yoki  erishmasligi  bas  boylanadi.  Bunda 

taraflarning  qarama-qarshi  fikrlari  farq  qiladigan,  bas  bog'lashishda 

kimning  fikri  to'g'ri  bo'lsa,  o'sha  g'olib  chiqadi  va  mulkka  erishadi.  Ba’zi 

xususiyati  bilan  u  sharti  kechiktirilgan  bitimlarga  o'xshab  ketadi.  Bas 

predmeti bo'yicha taxmin qilinayotgan narsaga erishish taraflarning erki- 

irodasiga  bog'liq  bo'lishi  mumkin  yoki  bo'lmasligi  mumkin.  Masalan: 

ikki  futbol  ishqibozi  tomoni  bas  boylashishida  ro'y  beradigan  hodisa 

tomonlarning  erk-irodasiga  bog'liq  bo'lmaydi.

Agarda  futbol  ishqibozlari  o'rtasida  o'yinchining  ma’lum  o'yinda 

gol  urishi  yoki  gol  urolmasligi  to'g'risida  bas  boylash,  qimor  va  bas 

bog'lash  to'g'risidagi  o'yinlardan  farq  qilib,  ko'ngilochar  o'yinlar 

hisoblanadi.  Ko'ngilochar  o'yinlarda  yutish  va  yutqazish  mavjud  bo'lsa 

ham  mulkiy  manfaat  mavjud  bo'lmaydi.

Qimor  o'yinlariga  ruju  qo'yish,  uni  doimiy  kasb  qilish  axloq  nuqtayi 

nazaridan  salbiy  baholanadi.  Qimor  o'yinlari  ayrim  hollarda  qonunlar 

bilan  taqiqlanadi.  Qimor  o'yinlari  bilan  bog'liq  bo'lgan  talablar,  ya’ni 

yutuqni  bermaslik  yutqazilganlikni  tan  olmaslik  sud  orqali  himoya 

qilinmaydi.

Agarda  qimor  va  garov  o'yinlari  aldov,  zo'ravonlik  tahdid  qilish 

ta’sirida  yoxud  o'z  vakilining  qimor  yoki  garov  o'yinlari  tashkilotchisi 

bilan g'arazli kelishuvi tufayli ishtirok etgan shaxslarning talablari (aldash 

orqali  yutish,  qimor  o'ynashga  majbur  etish  va  shu  kabi  holatlarda) 

agar talab qiluvchi shaxsning huquq va manfaatlariga putur yetkazadigan 

bo'lsa,  sudda  himoya  qilinishi  mumkin.  Bunda  Fuqarolik  Kodeksining 

122,  123-moddalarida  ko'rsatilgan  oqibatlar  vujudga  keladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Fuqarolik  kodeksining  984-moddasida  lotereyalar,  totalizatorlar  va 

boshqa  o'yinlarning  davlat  tomonidan  o'tkazilishi  bilan  bog‘liq  o'ziga  xos 

xususiyatlar  belgilab  qo'yilgan.  Lotereyalar,  totalizatorlar,  o'zaro  bas 

boylashishlar va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o'yinlar tashkilotchisi

-  davlat, vakolatli davlat organidan ruxsatnoma (litsenziya) olgan shaxslar 

va  o'yinlarning  ishtirokchilari  o'rtasidagi  munosabatlar  shartnomaga 

asoslanadi.  Bunday  shartnoma  lotereya  bileti,  patta  yoki  boshqa  hujjat 

berish  orqali  rasmiylashtiriladi  va  ishtirokchi  lotereya  bileti  qiymatini 

to'lagan yoki  o'yinda ishtirok etishga  boshqa  tarzda haq  to'lagan paytdan 

boshlab  tuzilgan  hisoblanadi.

Bunday shartnomalar real shartnomalar hisoblanadi O'yin tashkilotchisi 

bilan  o'yin  ishtirokchilari  o'rtasidagi  shartnoma  tuzish  to'g'risidagi  taklif 

o'yinlami o'tkazish muddati va yutuqni aniqlash tartibi hamda uning miqdori 

haqidagi  shartlami  o'z  ichiga  olgan  bo'lishi  lozim  Taklifda  bunday  shartlar 

tashkilotchisi  shartnoma  bo'yicha  ulami belgilangan muddatda  o'tkazishdan 

bosh  tortgan  taqdirda,  o'yinlarning  ishtirokchilari ularning  tashkilotchisidan 

o'yinlami qoldirish yoki ularning muddatini boshqa vaqtga ko'chirish tufayli 

yetkazilgan  zararni  qoplashni  talab  qilishga  haqli.

Lotereya,  totalizator  yoki  boshqa  o'yinlarni  o'tkazish  shartlariga 

muvofiq  yutgan  deb  e’tirof  etiladigan  shaxslarga  (masalan:  sportloto 

bo'yicha 6 yoki 5 raqamni oldindan topgan shaxslar) o'yinlar tashkilotchisi 

tomonidan  yutuq  o'yinlari  o'tkazish  shartlarida  nazarda  tutilgan 

m iqdorda,  shaklda  pul-buyum   yoki  turistik  yo'llanm a  holida  va 

m uddatlarda,  agar  bu  shartlarda  muddat  ko'rsatilm agan  bo'lsa, 

o'yinlarnin g  natijalari  chiqarilgan  paytdan  boshlab  o ‘ n  kundan 

kechiktirmasdan to'lashi lozim. Uyin natijalari, g'oliblarini aniqlash o'yinlar 

tashkilotchisi  tomonidan  yoxud  xolis,  uchinchi  shaxslar  tomonidan 

(masalan:  hakamlar  hay’ati  tomonidan)  ochiq,  oshkoralik  asosida 

belgilanadi.

O'yinlar  tashkilotchisi  o'yinlar  natijalarini  matbuot  va  ommaviy 

axborot vositalari orqali yoki boshqacha tarzda e’lon qilishi shart. O'yinlar 

tashkilotchisi g'oliblarga yutuqni to'lash haqidagi majburiyatni bajarmagan 

taqdirda  yutgan  ishtirokchilarning  talablari  sud  orqali  qanoatlantiriladi. 

O'yinlar  tashkilotchisi  ishtirokchilarga  yutuqlarni  to'lash  bilan  birga, 

shartnoma  shartlarini  buzish  oqibatida  yetkazilgan  boshqa  zararlarni 

ham  qoplashi  lozim.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish