54-bob. O M M A V IY T A N L O V
Ommaviy tanlov fuqarolik huquqida o‘ziga xos munosabat bo‘lib,
bir tomonning xatti-harakati natijasida vujudga kelishi bilan belgilanadi.
Ommaviy tanlov bir shaxsning muayyan ishni bajarish va natijaga erishish
uchun nomuayyan doiradagi shaxslarga yoki muayyan shaxslar doirasiga
qilingan va eng yaxshi natijaga erishgan shaxs uchun muayyan mukofot
yoki rag'batlantirishni ko‘zda tutadigan munosabat hisoblanadi.
Ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik
uchun pul mukofoti to'lash yoki boshqa mukofot berish to'g'risida (mukofot
to'lash to'g'risida) oshkora (ommaviy tanlov) e’lon qilgan shaxs tanlovni
o'tkazish shartlariga muvofiq uning g'olibi deb topilgan kimsaga
shartlashilgan mukofotni to'lashi lozim
Hozirgi kunda ommaviy tanlovlar o'tkazish to'g'risidagi huquqiy
munosabatlar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga
solinadi. Bunda ommaviy tanlovlarni huquqiy tartibga solish tegishli
davlat hokimiyati va o'zini-o'zi boshqaruv organlari tomonidan chiqarilgan
normativ huquqiy hujjatlar asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Shuni
ta’kidlash joizki, Fuqarolik kodeksi ommaviy tanlovlar o'tkazish bo'yicha
boshqa huquqiy manbalarga (qonunlar, huquqiy hujjatlar)ga ishora
qilmaydi. Bunda davlat organlari va o'zini-o'zi boshqaruv mahalliy
organlari tomonidan chiqarilgan huquqiy hujjatlar ommaviy tanlovlar
ishtirokchilariga emas, balki organlarning o'zlariga, ularning tanlovlarni
o'tkazish borasidagi faoliyatini tartibga solishga mo'ljallanganligini ta’kidlab
o'tish lozim. Xususan, bunday aktlarda. ommaviy tanlovlarning maqsadlari,
tanlov komissiyasining tarkibi va uning vazifalari, tanlov komissiyasining
majburiyatlari, tanlov o'tkazish to'g'risidagi e ’londa mavjud bo'lgan
mazkur tanlovlarni o'tkazish borasidagi qo'shimcha ma’lumotlari va
hokazolar aks ettirilgan bo'lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o'tish va bozor infrastrukturasini
shakllantirish munosabati bilan bir tomonlama harakatlardan kelib
chiqadigan majburiyatlar, jumladan, turli tanlovlar, auksionlar va
hokazolar o'tkazish ko'payib bormoqda. Masalan, O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi РК-436-sonli “Fan va texnologiyalar
rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida”gi Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan
holda O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining
2006 yil 13 dekabrdagi 284-sonli buyrug'iga binoan respublika oliy ta’lim
muassasalarida talabalarni ilmiy-tadqiqot, ijodiyot va bunyodkorlik
www.ziyouz.com kutubxonasi
faoliyatiga keng jalb etish, ularni ilm-fanni jadal rivojlantirishga munosib
hissalarini qo'shishlariga va ilm-fanning uslubiyotini o'zlashtirishga yetarli
shart-sharoitlar yaratish, taiim bilan fanning samarali integratsiyasini
ta’minlash maqsadida aspirant, doktorant, tadqiqotchilar va iqtidorli
talabalaming ilmiy Lshlari respublika tanlovini o'tkazish belgilangan O'zining
yuridik tabiati bo'yicha ommaviy tanlov bir tomonlama bitimlar jumlasiga
kiradi.
1964 yilgi Fuqarolik kodeksida “tanlov” “konkurs” deb ko'rsatilgan.
“ Konkurs” lotincha ibora b o iib , bir necha shaxslaming muayyan
maqsadga erishishi uchun o'zaro musoboqada bo'lishini bildiradi. Bundan
ko'rinib turibdiki, ommaviy tanlovda m aiu m bir obyektlar o'zaro
qiyoslab, sifatiga ko'ra baholanadi. Shuning uchun ko'pincha ommaviy
tanlovdan foydalanish ko'zlangan m aqsadga tezroq erishishda
muvaffaqiyat keltiradi.
Ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik
uchun pul mukofoti to'lash yoki boshqa mukofot berish to'g'risida (mukofot
to'lash to'g'risida) oshkora (ommaviy tanlov) e’lon qilgan shaxs tanlovni
o'tkazish shartlariga m uvofiq, uning g'olibi deb topilgan kimsaga
shartlashilgan mukofotni toiashi lozim. (FK 976-modda).
Ommaviy tanlov e’lon qilishdan kelib chiqadigan majburiyatlar ijodiy
faoliyatlarni, shuningdek, moddiy ishlab chiqarish sohasidagi muayyan
vazifalarni to'la va yaxshiroq hal qilish masalasini o'z oldiga qo'yadi.
Ommaviy tanlov e’lon qilish adabiyot, fan va san’at sohasida barkamol
va yuksak g 'oy a v iy asarlar yaratish hamda texnika taraqqiyoti
masalalarini hal qilishga qaratiladi.
Amaldagi fuqarolik qonunchiligi ommaviy tanlovlarni o'tkazishga
muayyan shartlar (talablar) qo'yadi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 54-moddasi normalarini tahlil qilgan holda quyidagilarni
ko'rsatish mumkin:
1.
Ommaviy tanlovning oshkora o'tish muayyan ishni bajarganlik
uchun m ukofot to'lash oshkora v a ’da qilingan va muayyan yoki
nomuayyan shaxslar (noma’lum har bir shaxsga nisbatan) doirasiga
qaratilgan boiadi. Shu belgisiga ko'ra ommaviy tanlov ikkiga bo'linadi:
a) ochiq;
b) yopiq;
Ochiq tanlovda tanlovni uyushtiruvchining tanlovda ishtirok etishga
taklifi matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida barcha
xohlovchilarga qaratiladi. Bunda ommaviy tanlov ishtirokchilari doirasi
kengroq yoki torroq, miqdori noaniq boiadi. Yopiq ommaviy tanlovda
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishtirok etishga taklif tanlovni uyushtiruvehi tomonidan o'zi xohlagan
muayyan doiradagi shaxslarga yuboriladi. Bunda tanlovda qatnashuvchi
shaxslar doirasi chegaralangan va uyushtiruvchiga ma’lum boiadi.
Shuni aytish lozimki, huquqiy adabiyotlarda ommaviylik turli
ma’nolarga ega. Ayrim mualliflarning fikricha, ommaviylik sharti
o'tkazilayotgan tanlovlar maqsadlarining ijtimoiy foydaliligini anglatadi.
Adabiyotlarda ommaviy tanlovlar to'g'risidagi e ’lon majburiy
ravishda ommaviy axborot vositalari orqali bajarilishi lozimligi aytib
o'tilgan. Bunga O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 976-
moddasining 2- qismi asos bo'ladi. Unga ko'ra om m aviy tanlovni
uyushtiruvchining tanlovda ishtirok etishga taklifi matbuotda va boshqa
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo'li bilan barcha xohlovchilarga
qaratilganda ochiq yoki tanlovda ishtirok etishga taklif tanlovni
uyushtiruvchining xohishi bo'yicha muayyan doiradagi shaxslarga
yuborilganda yopiq bo'lishi mumkin. Ushbu matnda qo'llanilgan “boshqa”
so'zi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida faqatgina ommaviy
axborot vositalari va matbuotlarni ko'zda tutishini tushunish mumkin.
Chunki, birinchidan, agar so'z faqatgina ommaviy axborot vositalari
to'g'risida ketgan bo'lsa, ularni sanab o'tishga ehtiyoj bo'lmas edi (matbuot
so'zining o'zi kifoya qilardi), ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksi 976-moddasi, 2-qismining asosiy talabi shundan
iboratki, ommaviy tanlovda ishtirok etish barcha xohlovchilarga qaratilgan
bo'lishi lozim. Bunga esa nafaqat ommaviy axborot vositalari, balki boshqa
uslublar, ya’ni ommaviy tanlov to'g'risidagi yozma e’lonlar ham kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bo'yicha ommaviy
tanlovlarning o'tkazilishi to'g'risidagi e’lon “ommaviy axborot vositalarida”
bo'lishi lozimligi to'g'risidagi talabi ayrim shubg'alar tug'diradi. Fuqarolik
kodeksining mazkur talabi, birinchidan, huquqni qo'llash amaliyotida
matbuot so'zi bilan bog'liq bo'lgan nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi,
ikkinchidan, ommaviy tanlovlarni e ’lon qilishda fuqarolik jamiyatida
muhim ahamiyatga ega bo'lgan zamonaviy informasion va elektron
texnologiyalarning (masalan, internet) qo'llanishini cheklaydi. Undan
tashqari, ommaviy tanlovlarni e’lon qilishga o'xshash bo'lgan boshqa
huquqiy konstruksiyalarni (savdolarning e ’lon qilinishi va ommaviy
oferta) O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi o'z ichiga qamrab
olmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xulosa qilish mumkinki,
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi tanlovning ommaviylik sharti,
birinchidan, hammaga va har kimga qaratilgan bo'lishi, ikkinchidan,
www.ziyouz.com kutubxonasi
qonunda nazarda tutilgan uslublar orqali amalga oshirilishi lozim.
2. Ommaviy tanlov ma’lum bir foydali maqsadlarga erishishni ko'zlab
amalga oshiriladi.
3. Mukofot muayyan ishni yaxshiroq bajarganlik uchun va’da qilinadi.
Bu bir necha shaxslar tomonidan erishilgan natijalarni bir-biri bilan
qiyoslab, eng yaxshisini tanlab olish imkonini beradi. Shu sababli tanlovda
faqat bir ish yoki bir shaxsning bir nechta ishi qatnashgan bo'lsa, tanlov
o'tkazilmagan hisoblanadi. Shu bilan birga, ishning tanlovda ko'rsatilgan
shartlarga mos bo'lishi ham talab qilinadi.
Ushbu belgilarga ko'ra, ommaviy tanlovga quyidagicha ta’rif berish
mumkin: ommaviy tanlov — uni e’lon qilish, ishlarni topshirish, baholash
va va’da qilingan mukofotni to'lash borasida vujudga keladigan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarning yig'indisidir.
Ommaviy tanlovning subyektlari sifatida bir tomondan tanlovni
uyushtiruvchilar va ikkinchi tomondan ishtirokchilar sifatida turli yuridik
va jismoniy shaxslar qatnashadi, uning obyekti esa ishtirokchilar tomonidan
bajarilgan va konkursga taqdim etilgan ishlar bo'lib hisoblanadi.
Ommaviy tanlovga oid huquqiy munosabat birmuncha murakkab
bo'lib, tanlov e’lon qilish, shartlarini aniqlash, ishlarni topshirish, konkurs
mezonlarini, tartibini, natijalarini belgilash kabi jarayonlarni o'z ichiga
oladi.
Fuqarolik kodeksining 976-moddasi, 4-qismida ko'rsatilganidek,
ommaviy tanlov to'g'risidagi e’lon topshiriqning mohiyatini nazarda tutuvchi
shartlami, ishning natijalarini yoki boshqa yutuqlami baholash mezonlari
va tartibini, ularni taqdim etish joyi, muddati va tartibini, to'lanadigan
mukofot miqdori va shaklini, shuningdek, natijalarni e’lon qilish tartibi
va muddatlarini o'z ichiga olgan bo'lishi lozim. Shu bilan birga, 976-
moddaning 3-qismiga binoan, tanlovni uyushtiruvchi tanlovda ishtirok
etish istagini bildirgan shaxslami dastlabki saralashdan o'tkazgan taqdirda,
ochiq tanlovda ishtirokchilaming dastlabki malakasi haqida shart ham
qo'yilishi mumkin. Bu shartlar majburiy, ya’ni ommaviy tanlov e’lon
qilinishi vaqtida ularning ko'rsatilishi kerak bo'lgan shartlar va fakultativ,
ya’ni tanlov o'tkazuvchining xohishi bilan kiritiladigan shartlardir. Majburiy
shartlardan birining bo'lmasligi tanlovni e’lon qilinmagan deb topilishiga
olib keladi Bu shartlar jumlasiga quyidagilami kiritish mumkin:
a)
topshiriqning mazmuni haqidagi ma’lumotlar. Ularning qay darajada
yoritilishi tanlovning maqsad va xususiyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun
tanlovni e’lon qilishda topshiriqni aniq va ravshan ko'rsatish kerak. Masalan:
biron-bir asarni yaratishda uning janrini ko'rsatish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
b)
topshiriqni bajarish muddati. Bu muddat shunday davrni o'z
ichiga olishi zarurki, bu vaqt ichida topshiriqni bajarishning real imkoniyati
bo'lishi kerak. Muddat aniq bir sana (masalan: 1999 yil 1 noyabrgacha)
bilan ham yoki ma’lum bir vaqt oralig'i (masalan: uch oy ichida) bilan
ham ko'rsatilishi mumkin. Topshiriqni ko'rsatilgan vaqtda bajarmaslik
tanlovda ishtirok etishni rad etishga olib keladi va uni na sud tartibida,
na ma’muriy tartibda shikoyat qilishga asos bo'la oladi;
v) ishlarni yoki boshqa natijalarni taqdim etish tartibi, avvalo,
uning qay shaklda topshirilishi bilan izohlanadi. Ba’zi bir ishlarni taqdim
etish tanlov xarakteridan kelib chiqadi va uni bevosita topshirishda
ifodalanadi. (qo'lyozma, loyiha, model va hokazolar). Ba'zi topshiriqlar
esa bevosita ijro etish (masalan: rol’ ijro etish, qo'shiq, she’r aytish va
hokazo) bilan amalga oshiriladi;
g) ishni topshirish joyi nafaqat ishtirokchilar uchun, balki
jamoatchilikni jalb etish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu ayniqsa,
ijrochilik qobiliyatini namoyish etishda yaaqol namoyon bo'ladi;
d) ishlarni qiyosiy baholash tartibi, mezonlari va muddati berilgan
topshiriqning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. K o'p hollarda
tanlov bir necha turlarda o'tkazilishi, ba’zi hollarda ishlar oldindan tanlab
olinishi va ko'rib chiqilishi mumkin. Yakuniy baholashdan oldin ishlar
ommaviy axborot vositalari orqali namoyish qilinishi va bu bilan ularning
takliflarini o'rganib chiqish imkoniga ega bo'lishi nazarda tutilishi mumkin.
Yakuniy baholash e’lon qilingan kun g'olibga mukofot berish to'g'risida
qaror chiqqan kun ham bo'lib hisoblanadi;
e) mukofot miqdori ma’lum summa yoki mulkiy qiymatga ega
bo'lgan ashyo bilan belgilanadi;
j) tanlov natijalarini e’lon qilish tartibi va muddatlari haqida tanlov
e’lon qilingan shaklda yoki boshqacha tarzda ishtirokchilar ogohlantirilishi
kerak. Chunki ba’zi hollarda, ayniqsa, mualliflik huquqi bilan bog'liq
ishlarda ishlani bajarish qabul qilingan vaqtdan boshlab shartnomaviy
munosabatlar amalga oshiriladi. Boshqa ishtirokchilar uchun esa bu qaror
huquqiy munosabat tugaganligini bildiradi1.
Tanlovning fakultativ belgilari tanlov o'tkazuvchi tomonidan kiritiladi
va tomonlaming o'zaro munosabatlarini aniqlashtirishga yordam beradi.
Ularga hakamlar hay’ati tarkibi, asarlarning qaytarilishi tartibi va
hokazolar kiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ommaviy tanlov shartlarining har qanday o'zgartirilishi to‘g‘risida
uning ishtirokchisi boiishi mumkin boigan barcha shaxslar xabardor
qilinishi kerak. Bunday xabardor qilish tanlovning o'zi qaysi usulda e’lon
qilingan b oisa , shunday usulda (masalan: tanlov matbuot, radio,
televidenie orqali eion qilingan boisa, unga kiritiladigan o'zgartirishlar
yoki uni bekor qilish ham shu tartibda) eion qilinishi mumkin. Bu talabga
rioya qilish tanlovni tashkil qiluvchini dastlabki shartlar bo'yicha
bajarilgan ishlarni qabul qilish burchidan ozod qiladi. Biroq u eionda
nazarda tutilgan ishni konkurs shartlarining o'zgartirilishi yoki uni bekor
qilinishi o'ziga maium boiguncha yoki maium boiishi lozim bo'lguncha
bajargan har qanday shaxsning xarajatlarini toiashga majburdir. (FKning
977-moddasi, 3-qismi). Tanlovni eion qilgan shaxs agar ko'rsatilgan ish
tanlovdan mustasno tarzda, xususan, tanlov to'g'risidagi eionga qadar
bajarilganligi yoxud avval boshdanoq tanlov shartlariga nomuvofiq
boiganligini isbotlasa, xarajatlami to'lash majburiyatidan ozod qilinadi.
Agar tanlov shartlarini o'zgartirish yoki bekor qilishda tanlov eion
qilgan shaxs o'zgartirish muddatlari va usuli to'g'risidagi talablarni buzgan
boisa, eionda ko'rsatilgan shartlarga javob beradigan ishni bajarganlarga
mukofot toiashi lozim.
Tanlov topshirig'ini uning shartlariga rioya qilib ijro etgan shaxs
xizmat haqi (mukofot) olishga haqli boiadi. Fuqarolik kodeksining 978-
moddasida aytilganidek, mukofotni to'lash to'g'risidagi qaror tanlov
haqidagi eionda belgilangan tartib va muddatlarda chiqarilishi hamda
ommaviy tanlov ishtirokchilariga maium qilinishi lozim.
Ish tanlovga topshirilishining o'zi uni bajarilgan shaxsga mukofot
huquqini vujudga keltirmaydi. Bunday huquq faqat keyinchalik, ish
tanlov shartlariga muvofiq yaxshi va mukofotga sazovor deb topilgandagina
vujudga keladi.
Tanlovga topshirilgan ishlarni ko'rish, taqqoslash, baholash va uning
natijalarini belgilash uchun tanlovni tashkil qiluvchi, odatda, tanlov
komissiyasini ta’sis etadi yoki ba’zi hollarda uning o'zi tomonidan baholanadi
yoxud baholash uchun boshqa shaxsga topshiradi. Tanlov hay’atining a’zolari
tanlov natijalaridan manfaatdor shaxs bo'lmasliklari lozim
Tanlov natijalarini belgilovchi hay’at quyidagi mazmundagi
qarorlarni, chunonchi, tanlov talablariga javob bergan ishga mukofotlar
toiash to'g'risida yoki mukofot to'lashni rad qilish, mukofotlaming sonini
kamaytirish yoxud rag'batlantirish, mukofotlarni toiash to'g'risida qaror
qabul qilishi mumkin. Tanlov hay’ati o'z qarorini qanday asoslar bo'yicha
qabul qilinganligini ko'rsatmasligi ham mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tanlov natijalari va mukofotlar to‘lash to'g'risidagi qaror tanlov
to'g'risidagi e’londa ko'rsatilgan muddatda chiqarilgan bo'lishi kerak. Bu
burch buzilgan taqdirda tanlov shartlariga javob beradigan ishlarni
topshirgan shaxslar sud tartibida o'z mehnatlari uchun haq va tanlov
topshiriqlarini bajarish munosabati bilan qilingan xarajatlarning to'lanishini
talab qilishlari mumkin.
Mukofot to'lash to'g'risidagi qaror tanlov haqidagi e’londa belgilangan
muddatda ishtirokchilarga bildirilishi lozim. Odatda bunday ma’lumotlar
tanlov g'oliblariga yozma xabarlar yuborish va tanlov natijalarini
matbuotda e’lon qilish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Tanlovda g'alaba qozongan shaxslarga tegishli mukofotlar, unga
boshqa turdagi mukofotlarning, chunonchi, mualliflik gonorari yoki
ixtironi berganlik uchun to'lanadigan mukofotdan qat’iy nazar, to'lanadi.
Mukofot tanlov shartlariga javob bergan va tanlov hay’ati tomonidan
ijobiy baholangan yagona ish uchun beriladi. Binobarin, agar bir topshiriqni
bajarishda bir necha shaxslar birgalikda ishtirok etgan bo'lsalar, mukofot
ular o'rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanadi. Agar bunday
kelishuvga erishilmagan bo'lsa, mukofotni taqsimlash tartibini sud
belgilaydi.
Tanlovni tashkil etuvchi mukofotni butunlay yoki qisman to'lashdan
bosh tortganda, shuningdek, tanlov ishtirokchisiga tegishli mukofotni
to'lash mudddatlarini buzganida tegishli mukofot sud tartibida undirilishi
mumkin.
Fuqarolik kodeksining 979-m oddasida ko'rsatilganidek, agar
ommaviy tanlov predmeti fan, adabiyot yoki san’at asaridan iborat
bo'lsa, tanlovni e'lon qilgan shaxs, basharti tanlov shartlanda boshqacha
tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, shartlashilgan mukofotga sazovor bo'lgan
muallif bilan unga tegishli haqni to'lagan holda, asardan foydalanish
to'g'risida shartnoma tuzishda imtiyozli huquqni qoiga kiritadi.
Ommaviy tanlovni e’lon qilgan shaxs, agar tanlov to'g'risidagi tanlov
e’lonida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa yoki bajarilgan ishning
xususiyatidan kelib chiqmasa, mukofotga sazovor bo'lmagan ishlarni tanlov
ishtirokchilariga qaytarishi shart (FKning 980-moddasi). Bu qoidada
aytilishicha, tanlovga topshirilgan, ammo mukofotga sazovor bo'lmagan
ishlar tanlov natijalari e’lon qilinishi bilanoq darhol mualliflariga
qaytarilishi lozim. Tanlovni tashkil etuvchi tomonidan bu burchning
bajarilmasligi tanlov ishtirokchilariga topshirgan ishlarining qaytarilishini
talab qilish huquqini, ishning yo'qotilgani yoki zararlantirilgani holda
esa, zararlarning to'lanishi haqida da’vo qo'zg'atish huquqini beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ammo tanlov shartlarida tanlovga topshirilgan ishlaming qaytarilmasligi
yoki mualliflarning talabi bo'yichagina qaytarilishi nazarda tutilishi
mumkin. Shu bilan birgalikda, tanlov shartlarida bunday talablaming
mualliflar tomonidan qo'yilishi, shuningdek, ishlarning tanlovni tashkil
qiluvchi tomonidan qaytarilish muddatlari ham ko'rsatilishi mumkin
Tanlov ishtirokchilariga ularning mukofotga sazovor bo'lmagan
ishlarning qaytarilishi paytidan e’tiboran ommaviy tanlovga oid munosabat
bekor boiadi.
Ommaviy tanlovlarning huquqiy tartibga solinishi va o'tkazilishi
to'g'risida quyidagilami ta’kidlab o'tish lozim Ommaviy tanlov qachonki
tashkilotchi va ishtirokchi uning o'tkazilishiga doir fuqarolik qonunchiligiga
rioya qilsagina, iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida yuqori natija va
samara (tanlov tashkilotchisi uchun) berishi mumkin. Aks holda, ommaviy
tanlov nohaqiqiy deb topilishi, tashkilotchilar va ishtirokchilar o'z oldiga
qo'ygan maqsadlariga erishmasliklari mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |