Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Zarar yetkazuvchi aybi dclikt javobgarligining  sharti  sifatida



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Zarar yetkazuvchi aybi dclikt javobgarligining  sharti  sifatida. 

Ayb 


uchun  javobgarlik  tamoyili  umumiy  ahamiyatga  ega  bo'lib,  u  «bosh 

delikt» tushunchasining majburiy unsuri hisoblanadi. Ba’zan qonun mazkur 

tamoyildan  istisno  holatlami  ham  belgilaydi,  biroq  bu  mazkur  tamoyilni 

rad etish uchun asos bo'la olmaydi. Ta’kidlash lozimki, fuqarolik huquqida 

uzoq muddat mobaynida aybni shaxsning o'z xatti-harakatlariga nisbatan 

ruhiy  munosabati  sifatida  talqin  etish  konsepsiyasi  amal  qilib  kelgan. 

Aybni bunday tushunish delikt javobgarligi uchun ham xos bo'lgan1. Ayb 

tushunchasining  zamonaviy  talqiniga  ko'ra,  aybni  huquqbuzarning  o'z 

xatti-harakati  va  uning  natijasiga  nisbatan  «ruhiy  munosabati»  sifatida 

talqin  etish  amaliy  jihatdan  foydasizdir2.  Aybdorlik  yoki  aybsizlik 

masalasini shaxsning o'z ishlari va majburiyatlariga nisbatan munosabatini 

tahlil qilish orqali hal qilishi mumkin. I. Zokirovning fikricha, ayb deganda 

shaxsning  majburiyatini  bajarishga  talab  qilingan  tarzda  munosabatda 

bo'lmaganligi,  qonun  va  axloq  talablariga  muvofiq  rioya  qilmaganligi 

tushuniladi3.  Agar  shaxs  muayyan  vaziyatda  zarur  boigan  mas’uliyat  va 

kuzatuvchanlikni  namoyon  eta  olgan  bo'lsa,  unda  bu  shaxsni  aybsiz  deb 

topish mumkin. Mazkur holatlar odatda aybning ehtiyotsizlik shakli uchun 

xosdir.  Qasd  shaklidagi  aybda  esa  bir  shaxsning  boshqa  shaxsga  mulkiy 

zarar  yetkazishga  qaratilgan  harakat  yoki  harakatsizligi  ahamiyatga  ega

1  Иоффе  О.С.  Обязательственное  право.-М.:юрид.лит.1975.-128  с;  Рахмонкулов 



  Мажбурият 

ХУКУКИ.-Т.:ТДЮИ.

2005.-190-191  б.

2  Брагинский  М.И.,  Витрянский  В.В.  Договорное  право.-М.:1998.-568  с.

3  Зокиров  И.Б.  Фукаропик 

ХУКУ КИ . 

1-к,исм.-Т.:ТДЮИ.2006.-334  б.

www.ziyouz.com kutubxonasi




bo‘ladi.

Delikt  javobgarligining  asosi  hisoblangan  ayb  to'g'risidagi  umumiy 

qoida  qonunchilikda  shunday  ifodalanadi:  zarar  yetkazgan  shaxs,  agar 

zarar  o'z  aybi  bilan  yetkazilmaganini  isbotlasa,  zararni  to'lashdan  ozod 

qilinadi  (FKning  985-m oddasi  4-qismi).  Mazkur  normada  delikt 

javobgarligining sharti hisoblangan ayb bilan bog'liq quyidagi ikki masala 

o'z  yechimini  topgan:

-  d elik t  ja v o b g a rlig in in g   shartlaridan  biri  sifatida  zarar 

yetkazuvchining  aybi  hisoblanadi;

-   zarar  yetkazuvchining  aybi  taxmin  qilinadi,  ya’ni  qonun  uning 

aybdorligi prezumpsiyasini belgilaydi va jabrlanuvchini zarar yetkazuvchi 

aybini  isbotlashdan  ozod  qiladi.

Delikt  javobgarligining  sharti  hisoblangan  aybning  umumiy  asoslari 

bilan  birga  FKning  985-moddasi,  4-qismi  uni  istisno  etuvchi  holatni 

ham  belgilaydi:  qonunda  zarar  yetkazgan  shaxsning  aybi  bo'lmagan 

taqdirda  ham  zararni  to'lash  nazarda  tutilishi  mumkin.  Bunday  istisno 

maxsus deliktlar haqidagi qoidalarda  belgilangan. Masalan,  oshiqcha xavf 

manbayi  tomonidan  yetkazilgan  zarar  uchun  javobgarlik  (FKning  999- 

moddasi),  surishtiruv,  dastlabki tergov,  prokuratura  organlari va sudning 

qonunga  xilof  harakatlari  tufayli  yetkazilgan  zarar  uchun  javobgarlik 

(FKning  991-moddasi)  da  aybsiz  javobgarlik  holatlari  belgilangan.

Delikt  huquqida  aybning  turli  shakllari  mavjud:  qasd,  ehtiyotsizlik, 

qo'pol  ehtiyotsizlik  va  boshqalar.  Biroq  jinoyat  huquqidan  farq  qilib 

fuqarolik-huquqida aybning darajalari javobgarlikni og'irlashtiruvchi holat 

sifatida  e’tirof  etilmaydi  va  aybning  darajasi  zararni  qoplash  miqdorini 

aniqlashda  ahamiyatga  ega  bo'lmaydi.

Delikt  munosabatlari  ishtirokchilarining  aybi  darajasi  yetkazilgan 

zararni  qoplashga  ta’sir  etishi  mumkin  bo'lgan  o'ziga  xos  istisno  holat 

fuqarolik  qonunchiligida  o'z  ifodasini  topgan.  Masalan,  jabrlanuvchi 

o'zining qo'pol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga 

ko'maklashgan  bo'lsa,  unda  jabrlanuvchining  va  zarar  yetkazuvchining 

aybi  darajasiga  qarab  tovon  miqdori  kamaytirilishi  lozim  (FKning  1004- 

moddasi).  Agar  mazkur  vaziyatda  jabrlanuvchining  harakatlari  yengil 

(odatdagi) ehtiyotsizlik bo'lganida edi, yetkazilgan zarar uchun to'lanadigan 

tovon  miqdori  kamaytirilmas  edi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish