Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Yuridik shaxsning yoki fuqaroning o'z xodimi tomonidan yetkazilgan



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Yuridik shaxsning yoki fuqaroning o'z xodimi tomonidan yetkazilgan 

zarar  uchun  javobgarligi. 

Maiumki,  yuridik  shaxs  nomidan  uning 

faoliyatini  uning  organlari,  rahbarlari  va  xodimlari  amalga  oshiradilar. 

Odatda  yuridik  shaxs  xodimining  xizmat  vazifasi  bo'yicha  bajargan  ishi 

va  uning  natijalari  yuridik  shaxsga  nisbatan  huquq  va  majburiyatlar 

vujudga keltiradi. Shu munosabat bilan yuridik shaxs o'z xodimi tomonidan 

uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarami toiaydi. Aynan shu qoidani boshqa 

fuqaroning  yollanma  mehnatidan  foydalanayotgan  fuqaroga  nisbatan 

ham  tatbiq  etish  mumkin.  Bozor munosabatlari  sharoitida  bir fuqaroning 

ikkinchi  fuqaro  yollanma  mehnatidan  foydalanishi  odatiy  hoi  sifatida 

qaraladi.  Biroq,  bunda  ish  bergan  fuqaro  ish  beruvchi  yuridik  shaxslar 

kabi  o'z  xodimi  yetkazgan  zararlarni  qoplashi  lozim.  FKning  989- 

moddasiga  muvofiq,  yuridik  shaxs  yoxud  fuqaro  o'z  xodimi  mehnat 

(xizmat,  lavozim)  majburiyatlarini  bajarib  turgan  vaqtida  yetkazgan 

zarami  qoplaydi.  Masalan,  avtoparkka  tegishli  avtobus  haydovchisining 

ehtiyotsizligi  tufayli,  fuqaro  A.ga  tegishli  devor  shikastlanadi.  Fuqaro  A. 

yetkazilgan  zararni  undirish  to'g'risida  sudga  murojaat  qilsa,  zararni 

qoplash  majburiyati  haydovchiga  emas,  avtopark  zimmasiga  tushadi.

Mazkur  vaziyatda  yuridik  shaxs  yoki  yollanm a  mehnatdan 

foydalanayotgan  fuqaroning  javobgarligi  birovlarning  harakatlari  va 

birovlarning  aybi  uchun  emas,  balki  o'z  aybi  uchun  belgilanadigan 

javobgarlik  bo'lib  ko'riladi1.  Zero,  xodim  har  doim  yuridik  shaxs  yoki  o'z 

ish  beruvchisi  boigan  fuqaroning  vakili  sifatida  uning  nomidan  harakat 

qiladi.


Zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  qoidalariga 

muvofiq,  mehnat  shartnomasi  asosida,  shuningdek,  fuqaroviy-huquqiy 

shartnoma  asosida  ish  bajarayotgan  fuqarolar,  agar  ishlarni  bexatar  olib 

borish  yuzasidan  tegishli  yuridik  shaxsning  yoki  fuqaroning  topshirig'i 

bo'yicha yoki nazorati ostida harakat qilgan bo'lsalar yoki harakat qilishlari 

lozim  boigan  bo'lsa,  xodimlar  deb  e’tirof  etiladilar.

Xo'jalik  shirkatlari  va  jamiyatlari,  ishlab  chiqarish  kooperativlari

www.ziyouz.com kutubxonasi




o'z  ishtirokchilari  (a’zolari)  tomonidan  ular  shirkat  va  jamiyat  yoki 

kooperativning  tadbirkorlik,  ishlab  chiqarish  yoki  boshqa  faoliyatini 

amalga oshirish vaqtida yetkazilgan zararni qoplaydilar. Ishtirokchilarning 

shirkat  faoliyati  bilan  bog'liq  bo'lmagan  xatti-harakati  natijasida 

yetkazilgan  zararlar  esa  xo'jalik  shirkati  va  jamiyatlari  tomonidan 

qoplanmaydi. Shu bilan birga  kommandit shirkatida  kommanditchi (hissa 

qo'shuvchi) shirkat faoliyati yoki shirkat a’zolaming g'ayriqonuniy harakati 

natijasida  yetkazilgan  zarar  uchun  javobgar  bo'lmaydi  (O'zbekiston 

Respublikasining  «Xo'jalik  shirkatlari  va jamiyatlari  to'g'risida»  gi  2001- 

yil,  6-dekabr  Qonunining  30-moddasi).

Davlat  organlari,  fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari, 

shuningdek,  ularning  mansabdor  shaxslar  tomonidan  yetkazilgan  zarar 

uchun  javobgarligi.  FKning  15-moddasiga  muvofiq,  davlat  organlari, 

fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  yoki  ushbu  organlar 

mansabdor  shaxslarining  g'ayriqonuniy  harakatlari  (harakatsizligi),  shu 

jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish  organlari 

tomonidan  qonun  hujjatlariga  muvofiq  bo'lmagan  hujjat  chiqarilishi 

natijasida  fuqaroga  yoki  yuridik  shaxsga  yetkazilgan  zarar  davlat 

tomonidan  yoki  fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organi  tomonidan 

to'lanishi  kerak.  FKning  15-moddasi  ommaviy  hokimiyat  organlarining 

umumiy  javobgarlik  asoslarini  belgilaydi  va  bunda  ommaviy  hokimiyat 

organlarining  mansabdor  shaxslarining  g'ayriqonuniy  harakatlari 

(harakatsizligi) va qonun hujjatlariga muvofiq bo'lmagan hujjat chiqarilishi 

natijasida  yetkazilgan  zararlargina  qoplanishi  nazarda  tutiladi.

Ta’kidlash  lozimki,  mazkur  holat  delikt  javobgarligining  alohida 

turi hisoblanadi. Ushbu majburiyatlarning eng muhim xususiyati shundaki, 

bunda  zarar  yetkazuvchi  bo'lib,  hokimiyat  vakolatlariga  ega  bo'lgan 

ommaviy hokimiyat organlari va o'zlarining hokimiyat funksiyalari asosida 

harakat qiladigan va ijro etadigan mansabdor shaxslar hisoblanadi. Delikt 

majburiyatlari  subyekti sifatida davlat  hokimiyati  barcha  tarmoqlaridagi 

organlari  -  qonunchilik,  ijroiya  va  sud  organlari,  mahalliy  davlat 

hokimiyati  organlari,  shuningdek,  fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish 

organlari  e’tirof  etiladilar.  Mansabdor  shaxs  bo'lib  esa,  maxsus  vakolat 

asosida  hokimiyat  vakili  funksiyasini  doimiy  yoki  vaqtincha  amalga 

oshirayotgan  fuqarolar  yoxud  hokimiyat  organlarida  ushbu  organlardan 

tashqaridagi  tashkiliy-tartibot  vazifasini  amalga  oshiradigan  mansabda 

ishlayotganlar  hisoblanadilar.

Davlat  organlari  yoki  fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari 

va  ularining  mansabdor  shaxslari  hisoblanmaydigan  boshqa  barcha

www.ziyouz.com kutubxonasi




tashkilotlar,  shu  jumladan,  davlat  yoki  munitsipal  muassasalar  (ta’lim, 

sog'liqni  saqlash,  fan,  madaniyat  va  shu  kabilar)  ular  tomonidan 

yetkazilgan  zararni  FKning  989-moddasi  asosida  qoplaydilar.  Bu  qoida 

davlat  yoki  fuqarolarning  o'zini  o ‘zi  boshqarish  organlarida  ushbu 

organlarning  hokimiyat  vakolatlariga  ega  bo'lmagan  xodimlari  (masalan, 

vazirlik  yoki  idoraning  xavfsizlik  xizmati  boshlig‘i,  xo'jalik  boshqaruvi 

rahbari)  yoxud  mansabdor  shaxs  hisoblanmaydigan  shaxslari  (masalan, 

xizmat  avtomobili  haydovchisi)  yetkazgan  zararga  nisbatan  ham  tatbiq 

etiladi.  Shu  munosabat  bilan  delikt  majburiyatlarida  mansabdor  shaxs 

atamasi  jinoyat-huquqiy  kategoriya  uchun  xos  hisoblanadi.

Yuqorida  sanab  o'tilgan  tashkilot  (organ)  va  fuqarolar  (mansabdor 

shaxslar)  hokimiyat  vakolatlarini  amalga  oshirar  ekan,  ular  o'zlariga 

shunday  imkoniyatni  yaratib  bergan ommaviy-huquqiy  tuzilma  -   davlat 

nomidan  harakat qiladilar.  Shuning  uchun  ham  davlat  o'zining  organlari 

va  mansabdor  shaxslari  tomonidan  yetkazilgan  zarar  uchun  javobgar 

bo'ladi. Ommaviy-huquqiy tuzilmalar o‘z organlari va mansabdor shaxslari 

tomonidan  yetkazilgan  zararlarni  o'z  mulklari  hisobidan  qoplaydilar. 

Shu  bilan  birga  qonun  yetkazilgan  zararni  qoplash  sudning  qarori  bilan 

shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkinligini nazarda tutadi 

(FKning  15-moddasi).

Bosh  delikt  tam oyiliga  asoslanadigan  m ulkiy  zarar  uchun 

javobgarlikning  umumiy  shartlaridan  farq  qilib,  javobgarlikning  bu  turi 

vujudga  kelishining  birinchi  sharti  sifatida  jabrlanuvchi  isbotlashi  lozim 

bo'lgan ommaviy hokimiyat organi yoki uning mansabdor shaxsi harakati 

yoki  harakatsizligining  g'ayriqonuniyligi  e’tirof  etiladi.  Bunda  yuqoridagi 

organlar  va  shaxslar  harakati  nafaqat  g'ayriqonuniy,  balki  boshqa 

normativ-huquqiy  hujjatlarga  ham  zid  bo'lishi,  boshqacha  aytganda 

huquqqa  xilof  bo'lishi  lozim.

Mazkur  holatda  bosh  delikt  tamoyilidan  chekinish  holati  sifatida 

zarar  yetkazuvchi  harakatning  huquqqa  xilofligini  isbotlash  vazifasi 

jabrlanuvchiga  yuklatilishi  muhim  asoslarga  ega.  Zero,  davlat  organlari 

va  ularning  mansabdor  shaxslarining  harakati  nafaqat  bir  tomonlama 

majburiy  hokimiyat  tusiga  ega,  balki  o'z  tabiatiga  ko'ra,  kimningdir 

mulkiy  manfaatlari  bilan  to'qnash  keladi  va  bunda  kimningdir  mulkiy 

manfaatlariga putur yetishi tabiiy, bu esa bitta holat asosida ular harakatini 

huquqqa  xilof  deb  baholashga  asos  bo'lmaydi.  Ta’kidlash  lozimki,  davlat 

faqatgina  mukofotlar  berish  va  sovg'a-salom  tarqatish  uchun  tashkil 

qilinmagan. Shu sababli ham uning organlari va mansabdor shaxslarining 

o'z  funksiyalarin  bajarishlari  har  doim  huquqiydir,  garchi  bunda  zarar

www.ziyouz.com kutubxonasi




yetkazilish  holati  vujudga  kelsada.  Bu  harakatlar  vakolatsiz  yoki 

vakolatdan  chetga  chiqib  amalga  oshirilganda  yoxud  hokim iyat 

vakolatlaridan  g'arazli  maqsadlarda  foydalanilgan  bo‘lsa  g'ayriqonuniy 

hisoblanadi.

Ommaviy hokimiyat organlarining harakatlari bilan zarar yetkazilishi 

ular tomonidan hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan 

huquqiy hujjat (buyruq, yo'riqnoma, ko'rsatma) ni qabul qilinishi shaklida 

namoyon bo'ladi. Shu bilan birga mansabdor shaxsning zarar yetkazuvchi 

harakati  uning  huquqqa  xilof  xulq-atvori  yoki  og'zaki  farmoyish  berish 

orqali  ifodalanadi.  Shuningdek,  mansabdor  shaxs  tomonidan  fuqarolar 

yoki  yur idik  shaxslar  uchun  majburiy  tusga  ega  bo'lgan  tegishli  yozma 

farmoyish berilishi ham g'ayriqonuniy bo'lsa, yetkazilgan zarar qoplanishi 

lozim.  Shunday  qilib,  ommaviy  hokimiyat  organlari  va  ular  mansabdor 

shaxslarining  g'ayriqonuniy  harakati  deganda,  nafaqat,  ular  tomonidan 

qabul  qilingan  noqonuniy  normativ  yoki  individual  huquqiy  hujjat, 

balki  noqonuniy  tusga  ega  bo'lgan  ularning  amaldagi  harakatlari  ham 

tushuniladi.

Ommaviy  davlat  hokimiyati  huquqlarini  lozim  darajada  amalga 

oshirmaslikning o'zigina huquqa xilof hisoblanmaydi, balki uning organlari 

va  m ansabdor  shaxslarining  noqonuniy  harakatlari,  hokim iyat 

majburiyatlarining  amalga  oshirilmasligi  -   harakatsizligi  ham  huquqqa 

xiloflik  sifatida  baholanadi.  Masalan,  jabrlanuvchiga  mulkiy  ziyon 

yetkazadigan  tegishli  ruxsat  yoki  hujjatni  berishni  noqonuniy  rad  qilish, 

davlat  ro'yxatidan  o'tkazishni  rad  qilish  va  h.o.

Umumiy  qoidaga  ko'ra  davlat  hokimiyati  organlarining  hujjatlari 

qonuniy  hisoblanadi,  shuning  uchun  ham  mulkiy  javobgarlikni  belgilash 

uchun  dastlab  sud  tartibida  bunday  hujjatlami  haqiqiy  emas  deb  topish 

lozim  bo'ladi.  FKning  12-moddasiga  muvofiq,  davlat  organining  yoki 

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq 

bo'lmagan hamda fuqaroning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini 

va  qonun  bilan  qo'riqlanadigan  manfaatlarini  buzadigan  hujjati  sud 

tomonidan  haqiqiy  emas  deb  topilishi  mumkin.

Davlat  organi  yoki  o'zini  o'zi  boshqarish  organlarining  noqonuniy 

hujjati  natijasida  fuqarolar  va  yuridik  shaxslarga  yetkazilgan  zararni 

qoplashning asosi sifatida  bunday  hujjatning qonun yoki  boshqa  huquqiy 

hujjat  normasiga  zid  kelishi  hisoblanadi.  Bu  holat  nafaqat  fuqarolik- 

huquqiy  tusiga  ega  bo'lgan  hujjatlarga,  balki  fuqarolar  yoki  yuridik 

shaxslarning  mulkiy  manfaatlariga  taalluqli  bo'lgan  barcha  normativ 

hujjatlarga tegishlidir. Boshqacha aytganda muayyan hujjatning huquqqa

www.ziyouz.com kutubxonasi




xilofligi  fuqarolik  huquqi  doirasidan  tashqarida  bo'lishi  ham  mumkin, 

biroq  ushbu  hujjat  qabul  qilinishi  bilan  vujudga  kelgan  mulkiy  oqibat 

har  doim  fuqarolik-huquqiy  tusga  ega  boiadi.

Fuqarolik  qonun  hujjatlarida  ommaviy  hokimiyat  organlari  va  ular 

mansabdor shaxslari yetkazgan zarari uchun javobgarlik shartlari to'g'risida 

boshqa  ko'rsatmalar  mavjud  emas.  Bu  esa  o'z  navbatida  bunday 

javobgarlik  delikt  javobgarligining  umumiy  asoslarida  belgilanishini 

anglatadi. Shu  bilan  birga,  bu javobgarlik  mavjudligi  nazarda  tutiladigan 

zarar  yetkazuvchi  -   hokimiyat  organi  yoki  mansabdor  shaxs  aybiga 

asoslanadi.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish