1 Шахов В.В. Введение в страхование. -М .: «Финансы и статистика» 1999. -273
стр.
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaxslarga sug'urta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i
yoki mol-mulkini yoxud o'zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik
javobgarligini o'z hisobidan sug'urta qilish majburiy sug'urta deb yuritiladi
(FKning 914-modda, 3- qism).
FKning 922-moddasi, 6- qismiga muvofiq, mol-mulkni sug'urta
qilish majburiyati qonundan kelib chiqmaydigan, balki mol-mulkning
egasi bilan tuzilgan shartnomaga yoki m ol-m ulkning m ulkdori
hisoblanuvchi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga asoslangan hollarda,
bunday sug'urta ushbu m oddaning m a’ nosi jihatidan m ajburiy
hisoblanmaydi va ushbu kodeksning 924-moddasida nazarda tutlgan
oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Davlatga tegishli bo'lgan m ulklarni x o'ja lik yoki operativ
boshqaruvdagi yuridik shaxslarning zimmasiga ushbu mulklarni
sug'urtalash yuklatilishi mumkin (FKning 922-modda, 5- qism).
Majburiy sug'urta shartnomasi boshqa shartnomalardan sug'urta
puli, badali maxsus qonunlarga asosan tuzilishi va badal miqdori ham
qat’iy belgilangan bo'lib, uni faqat sug'urta qildiruvchi tomonidan to'lanishi
bilan farq qiladi. Hozirda bu turdagi shartnoma, asosan fuqarolarning
uchinchi shaxs oldidagi javobgarligini majburiy sug'urtalash, kredit
yuzasidan garovga qo'yilayotgan mulkni majburiy sug'urtalash, garov
mulkining kreditni qoplash yuzasidan yetmagan qismini sug'urtalash
qo'llanilmoqda.
Majburiy sug'urta shartnomasining shartlari qonun bilan belgilab
qo'yilgan bo'lib, ularni ixtiyoriy ravishda o'zgartirish mumkin emas.
Majburiy sug'urta bo'lib ham shaxsiy, ham mulkiy bo'lishi mumkin.
FKning 922-moddasining 1- qismiga muvofiq:
-
qonunda ko'rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki
l
mol-mulki ularning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi
ehtimoli;
i
- boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar
yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalaming buzilishi
i
oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan fuqaroviy javobgarlik xavfi
belgilanishi mumkin.
Sug'urtaning boshqa shakllari majburiy bo'lishi mumkin emas.
Chunonchi, tadbirkorlik xavfi ham m ajburiy sug'urta qilinmaydi.
Tadbirkorlik faoliyati doimo o'zining tavakkalchiligi va o'z hisobidan
faoliyat yuritadi. Mulkiy va shaxsiy sug'urtaning ayrim turlari ham
majburan sug'urta qilinmaydi. Fuqaroga o'z hayoti yoki sog'lig'ini
sug'urtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas (FKning
www.ziyouz.com kutubxonasi
922-modda, 4- qism).
Majburiy sug'urta sug'urta qilish majburiyati yuklangan shaxs
(sug'urta qildiruvchi) sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasini tuzish
vositasida amalga oshiriladi.
Majburiy sug'urtalanishi lozim bo'lgan obyektlar, ular sug'urtalanishga
sabab bo'ladigan xavflar va sug'urta pulining eng kam miqdorlari qonun
hujjatlari bilan belgilanadi.
Agar qonun bo'yicha foydasiga majburiy sug'urta amalga oshirilishi
lozim bo'lgan shaxs, agar sug'urta amalga oshirilmagani unga ma’lum
bo'lsa, sug'urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug'urtalash majburiyati
yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga
haqli.
Agar sug'urta qildiruvchi sifatida sug'urtalash majburiyati zimmasiga
yuklangan shaxs uni amalga oshirm agan bo'lsa, yoki sug'urta
shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga
nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda tuzgan bo'lsa, u sug'urta hodisasi
yuz berganida basharti tegishlicha sug'urtalangan taqdirda sug'urta tovoni
to'lashga asos bo'lishi kerak bo'lgan shartlarda javobgar bo'ladi (FKning
924-modda).
Davlat majburiy sug'urtasi esa fuqarolar va davlatning manfaatlarini
ta’minlash maqsadida davlat tomonidan sug'urta qildiriladi va bu
shartnoma bo'yicha sug'urta badallarini to'lash davlat byudjetidan
ajratiladigan mablag'lar hisobiga amalga oshiriladi.
Bunday sug'urta shartnomasi turlariga “Sudlar to'g'risida”gi qonunga
ko'ra sudyalarni, “Prokuratura to'g'risida”gi qonunga ko'ra prokuratura
xodimlarini va qonun bilan belgilangan boshqa xodimlarni sug'urtalash
davlat majburiy sug'urta qilish shartnomalari turiga kiradi.
Bunday turdagi sug'urta shartnomalari faqat davlat sug'urta
kompaniyalari bilan tuzilishi belgilangan.
Rivojlangan davlatlardan biri hisoblangan Germaniya Federativ
Respublikasida harbiy xizmatchilarning davlat majburiy sug'urtasida
ularning bir yo'la oila a’zolari ham sug'urta himoyasiga olinadi va harbiy
xizmatchining oila a’zolari ham salomatlik sug'urtasidan o'z sog'liqlarini
yo'qotganlarida teng huquqlilik tamoyillari asosida foydalanishlari
mumkin.
Qonun talabiga ko'ra, sug'urta kompaniyalari hayot sug'urtasi va
umumiy sug'urta sohalari bo'yicha ixtisoslashtirilgan tartibda tashkil
qilinishi belgilangan.
Majburiy ehtiyoj tug'ilmaydigan transport haydovchilarining uchinchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaxs oldidagi javobgarligini majburiy sug'urtalash esa hamma transport
haydovchilari uchun bir xilda joriy qilinmagan. Buning sababi, bir
tomondan sug'urta qildiruvchilarda majburiy ehtiyojning yo'qligi boisa,
ikkinchi tomondan bunday turdagi sug'urtani amalga oshirishning
majburiy tartibining yo'qligidir.
Yo'lovchilarni majburiy sug'urta qilishning mazmuniga ko'ra,
yoiovchining belgilangan manzilga yetib borguniga qadar sogiig'i yoki
hayotiga yetkazilgan zarami qoplash nazarda tutiladi. Yo'lovchilarni tashish
shartnomasiga ko'ra, tashish korxonalari yo'lovchilarni belgilangan
manzilga xavf-xatarsiz yetkazish javobgarligini o'z zimmasiga oladi.
H ozirgi b ozor iqtisod iyoti sh aroitida, tra n sp ort vositalari
haydovchilarining uchinchi shaxs oldidagi javobgarligi sug'urtasi majburiy
tartibda amalga oshirilmoqda. Respublikamizda, majburiy sug'urta turi,
jahon tajribalariga asoslangan holda joriy qilingan boiib, sug'urtaning
bu turi, yo'l hodisalari natijasida haydovchi tomonidan yetkazilgan zararni
zudlik bilan qoplash imkoniyatini beradi.
Majburiy sug'urta qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan boiib, bunda
sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasini tuzish
shart hisoblanadi. (FKning 914-moddasi).
Qonunda quyidagilarni sug'urta qilish majburiyati belgilab qo'yilishi
mumkin:
-
qonunda ko'rsatilgan boshqa shaxslaming hayoti, sogiig'i yoki
mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimolini nazarda tutib (masalan, havo
va temir yo'l transportida yo'lovchilarning hayotini sug'urtalash).
Boshqa shaxslaming hayoti, so g iig 'i yoki mol-mulkiga zarar
yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi
oqibatida yuzaga kelishi mumkin boigan o'zining fuqaroviy javobgarlik
xavf-xatari (masalan, Notariat to'g'risidagi qonunning 20-moddasiga asosan
xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius o'z faoliyatini sug'urta
qilish haqida shartnoma tuzishi va bunda sug'urta summasi belgilangan
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan kam bo'lmasligi kerak).
Sug'urta qildiruvchi bo'lish majburiyati kimga yuklatilishi qonunda
belgilab qo'yiladi.
Fuqaroga o'z hayoti yoki so g iig 'in i sug'urtalash m ajburiyati
yuklanishi mumkin emas.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda
xo'jalik yuritishda yoki operativ boshqarishda boigan davlatga qarashli
mol-mulk o'ziga biriktirib qo'yilgan yuridik shaxslarga bu mol-mulkni
sug'urtalash yuklanishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Majburiy sug'urta sug'urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi
(yo'lovchilarning majburiy sug'urtasi bundan mustasno).
Qonun bo'yicha foydasiga majburiy sug'urta amalga oshirilishi lozim
bo'lgan shaxs, agar sug'urta amalga oshirilmagani unga ma’lum bo'lsa,
sug'urta qildiiuvchi sifatida zimmasiga sug'urtalash majburiyati yuklangan
shaxsdan uning amalga oshirilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Agar sug'urta qildiruvchi sifatida sug'urtalash zimmasiga yuklangan shaxs
uni amalga oshirmagan bo'lsa, yoki sug'urta shartnomasi naf oluvchining
ahvolini yomonlashtiradigan shartlarda tuzgan bo'lsa, u sug'urta hodisasi
yuz berganida basharti tegishlicha sug'urtalangan taqdirda sug'urta tovoni
to'lashga asos bo'lishi kerak bo'lgan shartlarda javobgar bo'ladi.
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini
ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog'liq va mol-mulkning majburiy
davlat sug'urtasi belgilab qo'yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug'urtasi davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda sug'urtalovchilar bo'lib, davlat sug'urtasi tashkilotlari yoki
davlatga qarashli boshqa muassasalar hisoblanadi.
Majburiy mulkiy sug'urta turarjoylarni, qishloq xo'jalik ekinlari,
chorva mollari bilan yuz beradigan va shu kabi baxtsiz hodisalardan
sug'urtalashda qo'llaniladi.
Yo'lovchilami baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish majburiy shaxsiy
sug'urta hisoblanadi. Bunda havo, temir yo'l, dengiz va shaharlararo
avtomobil transporti yo'lovchilari hayoti va sog'lig'i sug'urta qilinadi.
Sug'urta badali bilet bahosiga qo'shiladi. Ba’zi hollarda yo'lovchilarga
sug'urta polisi beriladi.
Harbiy xizmatchilar, militsiya xodimlari, davlatning ayrim toifadagi
xizmatchilari hayoti va sog'lig'i davlat tomonidan davlat byudjeti hisobidan
sug'urtalanadi.
Ixtiyoriy shaxsiy sug'urta. Umrbod sug'urta shartnomasi 20 yoshdan
70 yoshgacha bo'lgan fuqarolar bilan tuziladi. 1-guruh nogironlari bilan
bunday shartnoma tuzilmaydi. (Agar bunday shartnoma tuzilgan bo'lsa,
haqiqiy emas deb hisoblanadi va sug'urtalanuvchiga to'lagan badallarining
92 foizi qaytariladi. Agar bu holat shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab,
bir yildan keyin aniqlansa, shartnoma umumiy asoslarda o'z kuchini
saqlab qoladi).
Sug'urta xavf-xatari bo'lib sug'urta qildiruvchining o'limi ehtimoli
hisoblanadi. Sug'urta tovon puli sug'urta qildiruvchining yoshi, sug'urta
puli va hatto, jinsiga ham bog'liq bo'ladi. Sug'urta qildiruvchi 85 yoshga
yetgunga qadar har oyda sug'urta badali to'lab turadi. Sug'urta qildiruvchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
shartnoma amal qilgan davrda qanday sabablarga ko'ra vafot etgan
bo'lmasin, naf ko'ruvchiga sug'urta ta’ minoti to'lanadi. Sug'urta
shartnomasi kuchga kirgandan so'ng ikki yil ichida sug'urta qildiruvchi
onkologik kasalliklardan yoki yurak-qon tomiri kasalliklaridan vafot
etsa yoxud o'z-o'zini o'ldirsa, sug'urta ta’minoti to'lanmaydi.
Shartnoma tuzish haqidagi ariza sug'urta qildiruvchi tomonidan
shaxsan imzolangan bo'lishi va unga uning shaxsini tasdiqlovchi
ma’lumotlar xususida hujjat ilova qilingan bo'lishi kerak.
Hayotni aralash sug'urta qildirish shartnomasi eng ko'p tarqalgan
shartnomalardan hisoblanadi. Bunda sug'urta tashkiloti shartnomada
belgilangan muddatgacha yashash, mehnat qobiliyatini butunlay yoki
qisman yo'qotish, o'lim holatlari ro'y berganida zararni qoplashni o'z
ustiga oladi. Shartnoma 16 yoshdan 77 yoshgacha shaxslar bilan 3, 5, 10,
15 va 20 yil muddatga tuziladi (ammo shartnoma oxirida shaxs 80 yoshdan
oshmagan bo'lishi lozim). Ishlamaydigan 1-guruh nogironlari bilan
shartnoma tuzilmaydi.
Sug'urta badali sug'urta qildiruvchining yoshi, sug'urta muddati va
sug'urta polisiga bog'liq. Sug'urta badallari birvarakayiga to'lanishi
mumkin. Uch oy davomida a’zolik badallari to'lanmasa, 4-oyning 1-
sanasidan boshlab shartnoma bekor bo'ladi. Bunda shartnoma 6 oy
davomida amal qilgan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urtalanuvchi to'lamagan
badallami qaytarib olishga haqli.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va boshqa qarindoshlar
tomonidan bolalarni sug'urta qilish ularning yoshi va sog'lig'idan qat’iy
nazar amalga oshiriladi (bola 15 yoshdan oshmagan bo'lish lozim).
Sug'urta mukofoti to'lash uchun asos: sug'urta muddatining tamom
bo'lishi, baxtsiz hodisadan shikastlanish va shu kabilar. Sug'urta
qildiruvchilar almashtirilishi yoki bir nechta bo'lishlari mumkin.
Sug'urtalanuvchi bola vafot etsa, sug'urta ta’minotining 30 foizi hajmida
nafaqa tayinlanadi va ayni vaqtda sug'urta badallari to'liq qaytarib
beriladi.
Nikohni sug'urtalash (to'y sug'urtasi) ota-onalar (boshqa qarindoshlar)
tomonidan tuzilib, bunda sug'urta qildiruvchilar 18-72 yoshgacha, biroq
sug'urta muddati tamom bo'lganida 75 yoshdan oshmagan bo'lishlari
lozim.
Shartnoma tuzilishida bolaning yoshi 15 dan oshmagan bo'lishi lozim.
Sug'urta badallari hajmi sug'urta qildiruvchining (bolaning emas)
yoshiga, sug'urta qiymatiga va sug'urta muddatiga bog'liq.
Ixtiyoriy mulkiy sug'urta.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ixtiyoriy mulkiy sug'urta turlari va shakllari nihoyatda xilma-xildir.
Sug'urta predmetlari sifatida xilma-xil uy jihozlari va anjomlari, uy-
hayvonlari, transport vositalari, boshqa ashyolar, transport vositilari
egalarining fuqarolik-huquqiy javobgarligi, kreditlarni qaytarmaslik xavf-
xatarini sug'urtalash va hakazolar hisoblanadi.
Mulkiy sug'urtada sug'urta obyekti boiib quyidagilar hisoblanadilar:
— Muayyan mol-mulkning yo'qotilishi (nobud boiishi), kam chiqishi
yoki shikastlanishi xavf-xatari.
— Fuqarolik-huquqiy javobgarlik xavf-xatari. U ham o'z navbatida
ikki turga bo'linadi: zarar yetkazganlik uchun javobgarlik va shartnoma
bo'yicha javobgarlik xavf-xatarini sug'urta qilish.
Boshqa shaxslaming hayoti, sogiig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazish
oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini
sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchi yoki uchinchi
shaxsning javobgarlik xavfi sug'urtalanadi.
Sug'urta qildiruvchi faqat o'zining shartnomani buzganlik uchun
javobgarlik xavfini sug'urtalashi mumkin (uchinchi shaxs javobgarligi
sug'urta obyekti bo'la olmaydi).
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfi bu shartnoma
shartlariga ko'ra sug'urta qildiruvchi qaysi taraf oldida tegishli
javobgarlikni zimmasiga olishi lozim boisa, o'sha taraf naf oluvchi
foydasiga, hatto, sug'urta shartnomasi boshqa shaxs foydasiga tuzilgan
yoxud unda kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan taqdirda ham
sug'urtalangan hisoblanadi.
3.Tadbirkorlik xavf-xatarini sug'urta qilish (FKning 920-moddasi).
Xorijiy sarmoyadorlarning mol-mulklari (qaytarib olinishidan), urush
yoki fuqarolar g'alayonlaridan sug'urta tashkiloti bilan sarmoyador
o'rtasidagi shartnoma munosabatlariga mamlakat m a’murlarining
aralashuvidan, milliy valyutani boshqa valyutalarga konvertatsiyalash
va uni mamlakatdan tashqariga chiqarishga doir mamlakat ma’murlari
tomonidan cheklashlar joriy etilishidan, sarmoyadorlar (investorlar)ning
ayrim guruhlari uchun huquqni kamsitadigan ruhdagi yangi qonun-
qoidalar joriy etilishidan, boshqa turdosh xavf-xatarlar (tavakkalchiliklardan)
sug'urtalanish mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |