Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Ам инж онова  М .  Бозор  иктисодиёти  шароитида  сугурта  хизмати  курсатишнинг



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi



Ам инж онова  М .  Бозор  иктисодиёти  шароитида  сугурта  хизмати  курсатишнинг 

фукаролик  хукукий  муаммслари.  Дисс.  ю.ф.н.  -  Т.:  2004.

www.ziyouz.com kutubxonasi




kechiktirilganligi uchun, sug'urta shartnomalarida tegishli jarimalar to'lash 

belgilanadi.  Bunday  jarimalarning  miqdorini  belgilash,  ixtiyoriy  sug'urta 

shartnomalari  bo'yicha,  tomonlarning  o'zaro  kelishuvi  asosida,  majburiy 

sug'urta  shartnomalari  bo'yicha  esa,  ushbu  shartnomaga  oid  qonun 

hujjatlarida  ko'rsatilgan  miqdorda  amalga  oshiriladi.

Shaxsiy  sug'urta  shartnomasi,  ya’ni  fuqaroni  baxtsiz  hodisalardan 

sug'urta  qilish  shartnomasi  bo'yicha  agar  sug'urta  hodisasi  ro'y  bersa, 

sug'urta  qiluvchi sug'urta  to'lovini  72  soat  ichida  toiashi  lozim.  Basharti, 

toiov belgilangan muddat ichida amalga oshirilmasa, har bir kechiktirilgan 

kun  uchun,  shartnomada  belgilangan  miqdorda  jarima  toianadi.

Zarar,  aybdor shaxs  tomonidan  toiiq  qoplansa,  sug'urta  qildiruvchi, 

sug'urta  tovonini  olish  huquqidan  mahrum  boiadi.  Agar  zarar,  qisman 

qoplangan yoki  toianishi lozim boigan sug'urta tovonidan kam miqdorda 

toiangan  boisa,  u  holda,  sug'urta  tovoni,  yetkazilgan  zarar  uchun 

javobgar  shaxsdan  olingan  pulni  hisobga  olgan  holda  toianadi.

Sug'urta  hodisasi  ro'y  berganidan  so'ng  sug'urta  hodisasining  kelib 

chiqish sabablarini o'rganish jarayonida, ushbu hodisaning kelib chiqishida

sug'urta  qildiruvchining  qasddan  sodir  etgan  harakatlari  mavjudligi 

aniqlansa,  sug'urta  idoralari  sug'urta  qoplamasini  to'lashni  rad  etishga 

haqli  boiadi.

Sug'urta  shartnomasining  shartlarini  belgilashda  sug'urta  badali, 

sug'urta  qildiruvchi  tomonidan  toianishi  lozim  b oig a n   pul  to'lov 

majburiyati vazifasini o'taydi. Zero, sug'urta badali shartnoma tuzayotgan 

sug'urtalanuvchi  tomonidan  sug'urta  idorasiga  toianishi  lozim  boigan 

pul miqdoridir. Sug'urta badali, shartnomalarda ba’zan sug'urta mukofoti 

deb  ham yuritiladi.

Mukofot  rag'batlantiruvchi  tarzdagi  pul  miqdori  bo'lib,  sug'urta 

qildiruvchi  tomonidan  sug'urtalovchiga  toianadigan  pul  m ukofot 

mazmunini  bildirmaydi.

Sug'urta shartnomasida badallarining miqdori shartnomaning turiga 

qarab belgilanadi. Agar ixtiyoriy sug'urta shartnomalari tuzilayotgan bo'lsa, 

bunday  shartnomalarning  badallari  miqdori  shartnoma  subyektlari 

o'rtasida sug'urta puli miqdoriga qarab, o'zaro kelishuv asosida belgilanadi 

Sug'urta pulining eng kam miqdori sug'urta qoidalarida belgilab qo'yilgan 

boiishi  mumkin.

Majburiy  sug'urta  shartnomalari  bo'yicha  sug'urta  badallarini 

belgilash  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  bilan  qat’iy  belgilangan  boiadi 

va  uni  o'zgartirishga  yo'l  qo'yilmaydi.  Lekin,  ba’zi  hollarda  sug'urta

www.ziyouz.com kutubxonasi



badallarining  miqdori  shartnomaning  muddatiga  nisbatan  belgilangan 

bo'lishi mumkin. Bir yildan kam muddatga tuzilgan shartnomalar bo'yicha 

shartnoma  muddatiga  bog'liq  ravishda  sug'urta  foiz  stavkalarining 

miqdori  kamaytiriladi.

Shartnomaning mazmuni bo'lib taraflarning huquq va majburiyatlari 

hisoblanadi.  Ularning  huquq  va  majburiyatlari  shartnomada  belgilangan 

majburiyatlarini  yoritishda  aniqlab  olish  mumkin  bo'ladi.  A w alam   bor, 

sug'urtalovchining zimmasida tavakkalchilik bo'lib, sug'urta  hodisasi ro'y 

berishi  bilan  sug'urta  pulini  to'laydi.  Ushbu  majburiyat  eng  asosiy 

m ajburiyat  hisoblanib,  sug'urta  xafvi  uning  zimmasida  bo'lishi 

sug'urtalovchiga  hech  qanday  harakatlarni  sodir  etish  yuklatilmaydi, 

aksincha agar sug'urta  xavfi  ro'y bergudek bo'lsa,  sug'urta  pulini  to'lash 

harakatini amalga oshirishi kerak bo'ladi. Sug'urta tovoni odatda sug'urta 

pulidan oshmasligi kerak. Aksariyat holatlarda sug'urta puli pul birliklarida 

amalga  oshiriladi,  ayrim  vaqtlarda  natura  holida  ham  berilishi  mumkin. 

Misol  uchun  tibbiy  sug'urtada  pulning  evaziga  sug'urta  qildiruvchiga 

tibbiy muolaja ko'rsatiladi. Sug'urta tovonining miqdori va tartibi sug'urta 

qildiruvchining  arizasiga  muvofiq,  shuningdek,  shartnoma  shartlariga 

asosan amalga oshiriladi. FKning 951-moddasiga muvofiq, sug'urta hodisasi 

ro'y  berishi  bilanoq  sug'urta  qildiruvchining  arizasi  sug'urtalovchini 

ogohlantirish  usullaridan  biri  hisoblanadi.  Biroq  ayrim  vaziyatlarda  naf 

oluvchi tomonidan ham ogohlantirilishi mumkin. Agar shartnomada xabar 

qilish  muddati  va  usuli  nazarda  tutilgan  bo'lsa,  ushbu  shartlashilgan 

muddatda  va  usulda  qilinishi  lozim.  Agar  naf  oluvchi  o'zining  foydasiga 

tuzilgan  shartnoma  bo'yicha  sug'urta  tovoniga  bo'lgan  huquqdan 

foydalanish  niyatida  bo'lsa,  ayni  shunday  majburiyat  naf  oluvchining 

zimmasida  bo'ladi.  Y uqoridagi  m ajburiyatlarning  bajarilm asligi 

sug'urtalovchiga,  agar  sug'urtalovchi  sug'urta  hodisasi  yuz  berganini 

o'z vaqtida bilganligi, yoki bu haqda sug'urtalovchida ma’lumotlar yo'qligi 

uning sug'urta tovonini to'lashni rad etish huquqini beradi. Ushbu qoidalar 

shaxsiy  sug'urta  shartnomasiga  ham  taalluqli  bo'lib,  sug'urtalovchini 

xabardor etish  20  kundan kam bo'lmasligi kerak.  Sug'urtalovchi sug'urta 

hodisasining kelib chiqish asoslari va vaziyatlarini o'rganishga asosli bo'lib, 

sug'urta  tovonini  belgilashda  muhim  o'rin  tutadi.  Mazkur  holatni 

o'rganishda sug'urtalovchining sug'urta xavfini baholash huquqi (FKning

932-moddasi),  sug'urta  shartnomasining  amal  qilish  davrida  sug'urta 

xavfining ortishi oqibatlari  (FKning  949-moddasi)  bilan aniqlash imkonini 

beradi.


Agar  sug'urta  tovonini  to'lashni  rad  etuvchi  ma’lumotlar  bo'lmasa,

www.ziyouz.com kutubxonasi




sug'urtalovchi  sug'urta  qildiruvchiga  (naf  oluvchi)  to'lashi  shart.

Quyidagi  hollarda  sug'urtalovchi  to'lashdan  bosh  tortishi  mumkin:

S u g'u rta  hodisasi  su g'u rta   q ild iru v ch i,  naf  o lu v ch i  yok i 

sug'urtalangan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz bergan bo'lsa (FKning 

953-moddasi,  1  qismi).

Qonunda sug'urta hodisasi sug'urta qiluvchining yoki naf oluvchining 

qo'pol  ehtiyotsizligi  oqibatida  yuzaga  kelganda  sug'urtalovchini  mulkiy 

sug'urta  shartnomasi  bo'yicha  sug'urta  tovonini  to'lashdan  ozod  etish 

yoki tovon miqdorini kamaytirish mumkin. Sug'urtalovchi sug'urtalangan 

shaxsning  hayoti  yoki  sog'lig'iga  zarar  yetkazganlik  uchun  fuqaroviy 

javobgarlikni  sug'urta  qilish  shartnomasi  bo'yicha  sug'urta  tovonini 

to'lashdan,  agar  zarar  sug'urtalanuvchi  uchun  javobgar  shaxsning  aybi 

bilan  yetkazilgan  bo'lsa,  ozod  qilinmaydi.

Sug'urtalovchi shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan 

shaxs  vafot  etgan  taqdirda,  to'lanishi  lozim  bo'lgan  sug'urta  pulini 

to'lashdan,  agar  uning  vafoti  o'z joniga  qasd  qilish  oqibatida  ro'y  bergan 

bo'lsa  va  bu  vaqtgacha  sug'urta  shartnomasi  kamida  2  yil  amal  qilgan 

bo'lsa,  ozod  qilinmaydi  (FKning  953-moddasi,  2-4  qismlari).  Qolgan 

holatlarda  sug'urta  qildiruvchining,  naf  oluvchining  yoki  sug'urtalangan 

shaxsning ehtiyotsizligi va qo'pol ehtiyotsizligi sug'urta tovonini rad etishga 

asos  bo'la  olmaydi.

Sug'urta  hodisasi  quyidagi  holatlarda  yuz  bergan  bo'lsa:

-   yadro  portlashi,  radiatsiya  yoki  zaharlanish  ta’sirida:

-  harbiy  harakatlar,  manyovrlar  va  boshqa  harbiy  tadbirlar.

Sug'urtalangan  mol-mulk  davlat  organlarining  farmoyishi  bilan  olib

qo'yilishi,  musodara  qilinishi,  rekvizitsiya  qilinishi,  xatlanishi  yoki  yo'q 

qilib  tashlanishi  oqibatida  ko'rilgan  zarar  uchun  sug'urtalovchi  sug'urta 

tovonini to'lashdan ozod etiladi. Buning sababi sug'urta hodisasining amalga 

oshish  xavfi  yuqori  bo'lganligi  bilan  belgilanadi.

Odatda sug'urta tovonini to'lashni rad etish qarori sug'urta qildiruvchi 

(naf oluvchi) so'rab murojaat etgandan so'ng,  15  kundan kechiktirmasdan 

yozma,  hamda  sabablari  ko'rsatilgan  holatda  bildiriladi  (FKning  955- 

moddasi).

Sug'urta  pulini  to'lashdan  bosh  tortish  yoki  bo'yin  tovlash,  hamda 

o'z vaqtida to'lamaganlik uchun neustoyka  belgilanmagan,  biroq sug'urta 

shartnomasida  neustoyka  belgilanishi  mumkin.

Keyingi  sug'urtalovchining  majburiyati  bu  —   sug'urta  siridir. 

Sug'urtalovchi  sug'urta  qildiruvchi,  sug'urtalangan  shaxs  va  naf  oluvchi, 

uning  sog'lig'i  holati  to'g'risidagi  o'z  kasb  faoliyati  natijasida  o'zi  olgan

www.ziyouz.com kutubxonasi




ma’lumotlami  oshkor  qilishga  haqli  emas.  Sug'urta  sirini  buzganlik  uchun 

sug'urtalovchi  buzilgan  huquqlarning  turi  va  buzish xususiyatlariga  qarab 

FKning  985,  1021,  1022-moddalariga  muvofiq  javobgar  boiadi  (FKning

933-moddasi).  Mazkur  qoida  “Sug'urta  faoliyati  to'g'risida”  gi  qonunning 

26-moddasida ham mustahkamlab qo'yilgan Shuningdek, sug'urtalovchining 

qo'shimcha  majburiyatlari  shartnomada  belgilab  qo'yilishi  mumkin

Sug'urta  qildiruvchi  shartnomada  belgilab  qo'yilgan  summaning  bir 

qismini to'lagan boisa, qolgan sug'urta badallarini toiashi shart Sug'urta 

qildiruvchida  sug'urta  mukofotini  (birinchi  sug'urta  badali)  to'lash 

majburiyati  yotadi.

Agar sug'urta shartnomasida sug'urta mukofotini bo'lib-bo'lib to'lash 

nazarda  tutilgan  boisa,  shartnomada  navbatdagi  sug'urta  badallarini 

belgilangan muddatlarda to'lamaslik oqibatlari ko'rsatib qo'yilishi mumkin. 

Agar  sug'urta  hodisasi  to'lash  muddati  o'tkazib  yuborilgan  navbatdagi 

sug'urta  badali  to'lanishidan  oldin  yuz  bergan  boisa,  sug'urtalovchi 

mulkiy  sug'urta  shartnomasi  bo'yicha  toianishi  lozim  boigan  sug'urta 

tovoni yoki shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta puli miqdorini 

sug'urta  mukofotining  o'ziga  toiangan  qismiga  mutanosib  summada 

cheklashga  va  muddati  o'tkazib  yuborilgan  sug'urta  badali  summasini 

hisobga  olishga  haqli  (FKning  942-moddasi).

Navbatdagi majburiyati sug'urta shartnomasi tuzilayotganda sug'urta 

qildiruvchi  o'ziga  m aium   boiib,  sug'urta  hodisasi  yuz  berishi  ehtimolini 

va  uning  yuz  berishi  tufayli  kutilajak  zarar  miqdori  (sug'urta  xavfi)  ni 

aniqlash uchun muhim  ahamiyatga  ega  boigan holatlarni,  maiumotlarni 

sug'urtalovchiga  xabar  berishi  shart.

Sug'urta  shartnomasining standart shaklida, sug'urta  qildiruvchiga 

berilgan  sug'urta  qoidalarida  yoki  yozma  so'rovda  sug'urtalovchi 

tomonidan  oldindan  aniq  aytib  qo'yilgan  holatlar  muhim  hisoblanadi. 

Agar  sug'urta  shartnomasi  sug'urtalovchining  qandaydir  savollariga 

sug'urta  qildiruvchining  javoblari  bo'lmagan  holda  tuzilgan  boisa, 

sug'urtalovchi  tegishli  holatlar  sug'urta  qildiruvchi  tomonidan  m aium  

qilinmaganligiga asoslanib keyinchalik shartnomani bekor qilishni yoxud 

uni  haqiqiy emas deb  topishni  talab qila  olmaydi  (Fkning  931-modaning

2  va  3-  qismlari).

FKning 932-moddasiga muvofiq mol-mulkni sug'urtalash shartnomasi 

tuzilayotganda  sug'urtalovchi  sug'urta  qilinayotgan  mol-mulkni  ko'zdan 

kechirishga,  ekspertiza  tayinlashga  haqli.  Shaxsiy  sug'urta  shartnomasi 

tuzilayotganda  sug'urtalovchi  sug'urta  qilinayotgan  shaxsning  haqiqiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



holatini  aniqlash  uchun  uni  tekshirishga  haqlidir.  Bu  bo'yicha  yuqorida 

gapirib o'tildi.

Sug'urta  qildiruvchi  sug'urtalovchiga  bila  turib  yolg'on  ma’lumot 

berganligi aniqlansa, sug'urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishi 

mumkin  (FKning  931-modda,  4-  qism).  Agar  sug'urta  shartnomasi 

sug'urtalovchining qandaydir savollariga sug'urta qildiruvchining javoblari 

bo'lmagan  holda  tuzilgan  bo'lsa,  sug'urtalovchi  tegishli  holatlar  sug'urta 

qildiruvchi  tomonidan  ma’lum  qilinmaganligiga  asoslanib,  shartnomani 

bekor qilish yoki uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi (FKning 

931-modda,  3-  qism).

Mulkiy  sug'urta  shartnomasining  amal  qilish  davrida  sug'urta 

qildiruvchi  shartnoma  tuzilayotganda  sug'urtalovchiga  ma’lum  qilingan 

holatlarda  yuz  bergan,  o'ziga  ma’lum  bo'lgan  muhim  o'zgarishlar 

to'g'risida,  agar  bu  o'zgarishlar  sug'urta  xavfi  ortishiga  .jiddiy  ta’sir 

ko'rsatishi  mumkin  bo'lsa,  sug'urtalovchiga  darhol  xabar  berish  shart. 

Sug'urta  shartnomasida  va  sug'urta  qildiruvchiga  berilgan  sug'urta 

qoidalarida  aytib  qo'yilgan  o'zgarishlar  muhim  deb  hisoblanadi  (FKning 

949-modda).

Mazkur  moddaga  muvofiq  sug'urta  xavfi  ortishiga  sabab  bo'ladigan 

holatlar  to 'g 'risid a   xabardor  qilingan  s u g 'u rta lo v ch i  s u g 'u rta  

shartnomasining  shartlarini  o'zgartinshni  yoki  xavf  ortishiga  mutanosib 

ravishda  qo'shimcha  sug'urta  mukofoti  to'lashni  talab  qilishga  haqli

Sug'urta to'lovlarini, sug'urta  badallarini o'z vaqtida to'lash, sug'urta 

polisini  berishni  kechiktirmaslik,  sug'urta  obyektini  asrash,  sug'urta 

hodisasi ro'y berganida vaqtida xabar berish va hokazo shartlar shartnoma 

taraflarining  majburiyatlari  bo'lib  hisoblanadi.  Sug'urta  shartnomasidan 

kelib  chiqadigan ushbu  shartlarga  rioya  qilmaslik  huquqiy javobgarlikka 

tortish  uchun  to'la  asos  bo'lib  hisoblanadi.

Sug'urta  shartnomalarini buzganlik uchun qo'llaniladigan eng asosiy 

javobgarlik  turlaridan  biri  fuqarolik-huquqiy  javobgarlik  bo'lib,  u 

shartnoma  ishtirokchilariga  mulkiy  zarar  yetishi  natijasida  kelib  chiqadi.

Sug'urta  shartnomalarini  buzganlik  uchun  fuqarolik-huquqiy 

javobgarlik,  jazo  choralari  sifatida,  zararni  to'lash  va  neustoyka 

qo'llanilishi  bilan  ifodalanadi.

Fuqarolik  qonunchiligi  bo'yicha  javobgarlik  to 'g 'rid a n -to 'g 'ri 

yetkazilgan  zarar  uchun  ham,  shuningdek,  zarar  oqibatida  olinishi 

mumkin bo'lgan, lekin olinmay qolgan daromad uchun ham kelib chiqadi.

Sug'urta  shartnomasida  belgilangan  muddatda  sug'urta  tovonini

www.ziyouz.com kutubxonasi



to‘lamaslik sug'urta  tashkilotlarining javobgarligiga  sabab  bo'ladi. Bunda, 

sug'urta  idorasi  shartnomani  lozim  darajada  bajarmaganligi,  uning  bu 

harakatlari  sug'urta  qonunchiligiga  zidligi  va  sug'urta  tovonini 

to'lamaganligi  sug'urta  idorasining  aybi  ekanligidan  kelib  chiqib, 

sug'urtalanuvchilarga  sug'urta  to'lash  bilan  birga,  shu  sug'urta  tovonini 

berishni  kechiktirgan  har  bir  kun  uchun  belgilangan  miqdorda  qo'shib 

to'lanadi. Sug'urta shartnomasi tomonlar o'rtasida o'zaro shartnoma orqali 

tartibga solinadi. Sug'urta shartnomasi munosabatiarida sug'urta qiluvchi 

(sug'urta  tashkiloti)  ning  vakili,  sug'urta  qildiruvchi  jismoniy  shaxs  yoki 

yuridik  shaxsning  vakili  va  shartnomada  sug'urta  toiovin i  olishi 

belgilangan  naf  oluvchi  qatnashadi.

O'zaro  til  biriktirib  sug'urta  pulini  noqonuniy  ravishda  o'zlashtirish, 

har  ikki  tomon  uchun  ham  keltirilgan  zarar  miqdoriga  qarab,  fuqaroviy 

va  jinoiy  javobgarlikni  keltirib  chiqaradi.1

Sug'urta shartnomalarini haqiqiy emas deb  topish shartlari, sug'urta 

shartnomalarini  haqiqiy  emas  deb  topish  asoslari  bo'yicha,  agar  sug'urta 

qildiruvchi  shaxs,  sug'urta  agenti  tomonidan,  jinoiy  yo'l  bilan  qo'lga 

kiritgan,  ro'yxatga  olingan,  xatlangan  mulkka  nisbatan  sug'urta 

shartnomasi  tuzish  mumkin  emasligi  haqida  ogohlantirilgan  bo'lishiga 

qaramay, shu mulk jinoiy y o i bilan qo'lga kiritganligini yashirib, sug'urta 

shartnomasini  tuzgan  bo'lsa,  shartnoma  albatta  sug'urta  qildiruvchi 

tomonidan  sug'urta  idoralariga  to'langan  sug'urta  badallari  qaytarib 

berilmagani  holda  bekor  qilinadi.

Sug'urta  shartnomalarini  haqiqiy  emas  deb  topish  asoslari  bo'yicha 

FKning  943-moddasida  ham  shartnomalarni  haqiqiy  emas  deb  topish 

asoslari  berilgan bo'lib,  bu  moddaning  1-  qismida,  agar shartnoma  tuzish 

paytida  sug'urta obyekti mavjud bo'lmasa, shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy 

emas  deb  topilishi  ko'rsatilgan.

Sug'urtalovchi  sug'urta  shartnomasini  tuzish  vaqtida,  sug'urta 

obyektining  haqiqatda  m avjudligiga  ishonch  hosil  qilishi  kerak. 

Sug'urtalanayotgan obyekt  sug'urta  shartnomasi  davrida mavjudmi  yoki 

yo'qm i,  sug'urtalanyotgan  manfaatlar  g'ayriqonuniy  emasmi  kabi 

masalalar  hal  qilingandagina  shartnoma  tuzishga  kirishish  lozim.

4. Sug'urta shartnomasining shakllari.

Sug'urta  shartnomasi  shakllari  bo'yicha  esa  ixtiyoriy,  majburiy  va 

majburiy davlat sug'urtasiga bo'linadi. Bu shakllar sug'urta shartnomasining 

mustaqil  tarmoqlari  bo'lib,  ular  o'zining  iqtisodiy  va  yuridik  negizi


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish