' Благутин Д.Ю . Французский режим возмещения ущерба от стихийных бедствий.
// Страховое дело. № 10. 2002. 58-с.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sug'urta agenti deb sug'urtalovchining nomidan va topshirig'iga
binoan sug'urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish
bo'yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sug'urta agenti
hisoblanadi.
Sug'urtalovchining boshqaruv organlari rahbarlari sug'urta agenti
bo'la olmaydilar.
Sug'urtalovchilar o'zlari vakolat bergan sug'urta agentlarining
reestrlarini yuritishlari lozim (Sug'urta faoliyati to'g'r. Qonun. 9-modda).
Sug'urta shartnomasining predmeti bo'lib alohida turdagi xizmat
tushuniladi. Sug'urta shartnomasining amal qilish muddatining boshlanishi
sug'urta mukofoti yoki birinchi badalning to'lanishi bilan kuchga kiradi.
Agar amal qilishning boshqacha muddati belgilanmagan bo'lsa, sug'urta
shartnomasi kuchga kirganidan so'ng sug'urta hodisasiga nisbatan tatbiq
qilinadi (FKning 947-moddasi).
Shartnoma kuchga kirgandan so'ng sug'urta xavfi yo'qolsa,
muddatidan oldin bekor bo'ladi:
- sug'urtalangan mol-mulk yuz berishi mumkin bo'lgan sug'urta
hodisasidan boshqa sabablarga ko'ra nobud bo'lsa;
- tadbirkorlik xavfini yoki shu faoliyat bilan bog'liq fuqaroviy
javobgarlik xavfini sug'urtalagan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini
belgilangan tartibda to'xtashi bilan sug'urta qildiruvchi sug'urta
shartnomasidan muddatidan ilgari voz kechgan taqdirda, sug'urtalovchiga
to'langan sug'urta mukofoti, boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa
qaytarib berilmaydi.
Shartnomaning shakli - yozma bo'lib, bu talabga rioya etilmasa,
shartnoma haqiqiy emas deb topiladi.
Sug'urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoki sug'urtalovchi tomonidan
sug'urta qildiruvchiga uning yozma yoki og'zaki arizasiga muvofiq
sug'urtalovchi imzolagan, sug'urta shartnomasining shartlarini o'z ichiga
olgan sug'urta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitansiyasi) ni topshirish
yo'li bilan tuzilishi mumkin. Bu holatda sug'urta qildiruvchining
sug'urtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi
sug'urtalovchidan ko'rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sug'urta
mukofoti to'lash yoki sug'urta mukofoti bo'lib-bo'lib to'langanda birinchi
badalni to'lash orqali tasdiqlanadi (FKning 927-moddasi).
Shuningdek, sug'urtaning alohida turlari bo'yicha sug'urtalovchi
o'zi ishlab chiqqan standart shakllarini (sug'urta polisi) taqdim etishi
mumkin.
Sug'urta polisi (shahodatnoma, sertifikat, kvitansiya) - sug'urta
www.ziyouz.com kutubxonasi
shartnomasini tasdiqlovchi, sug'urtalovchi tomonidan taqdim etiladigan
hujjat. Polis shartnomaning hamma muhim shartlarini o‘zida mujassam
etishi shart. Sug'urtalovchi tomonidan imzolanib, sug'urtalovchining,
sug‘urta qildiruvchining, naf oluvchining, sug'urtalangan shaxsning nomi
va manzili, sug'urta obyekti, sug'urta xavfi, sug'urta pulining miqdori,
hamda shartnoma muddati ko'rsatilishi kerak.
Polis bir gallik va bosh polis boiishi mumkin. Bir gallik sug'urta
polisida odatda bitta pred m et b o 'y ic h a su g 'u rta shartnom asi
rasmiylashtiriladi. Bosh polis bo'yicha sug'urtalash esa bir turdagi mol-
mulk turli turkumlarini muayyan muddat davomida bir xildagi shartlarda
muntazam sug'urtalash tushuniladi (FKning 928-moddasi, 1 qismi).
Bosh polis bilan sug'urtalash faqatgina mol-mulkni sug'urta qilishda
qo'llash mumkin. Shaxsiy va mulkiy sug'urtada bir gallik sug'urta polisi
qo'llaniladi. Agar shartnomada ko'rsatilgan boisa, shaxsiy va mulkiy
sug'urtada qoilanilishi mumkin.
Sug'urta qildiruvchi bosh polisning ta’sir doirasida boiadigan mol-
mulkning har bir turkumi to'g'risida sug'urtalovchiga bunday polisda
shartlashilgan maiumotlarni unda nazarda tutilgan muddatda, agar
muddat nazarda tutilmagan boisa, ular olingandan keyin darhol xabar
qilishi shart. Agar bunday maiumotlarni olish paytigacha sug'urtalovchi
toiashi lozim boigan zarar ko'rish ehtimoli o'tib ketgan boisa ham,
sug'urta qildiruvchi bu majburiyatdan ozod boimaydi.
Bosh polis bo'yicha sug'urtalashda doimo mulklaming o'zgarishi ro'y
berib, mol-mulkning bir qismi shartnomadan chiqib ketsa, o'rniga
boshqalari keladi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan sug'urta badallari
toiab borilishi kerak.
Sug'urta qildiruvchining talabiga binoan sug'urtalovchi bosh polisning
ta’sir doirasida boiadigan mol-mulkning alohida turkumlari bo'yicha
sug'urta polislarini berishi shart (FKning 928 - moddasi 2- va 3- qismlari).
Sug'urta shartnomasining shartlari nafaqat shartnomada yoki sug'urta
polisida belgilanishi, balki sug'urta qoidalari bilan ham belgilanishi
mumkin.
Sug'urta qoidalari - sug'urtalovchi yoki sug'urtalovchilar birlashmasi
tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan yoki tasdiqlangan tegishli turdagi
sug'urtaning standart qoidalardir. Bu qoidalar ko'p marotaba qo'llanishga
moijallangan boigani uchun standartlashtirilgan.
Sug'urta qoidalarida mavjud boigan va sug'urta shartnomasi matniga
kiritilmagan shartlar, agar shartnomada (polisda) shunday qoidalar
qoilanilishi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan va qoidalaming o'zi shartnoma
www.ziyouz.com kutubxonasi
(polis) bilan bitta hujjatda yoki uning orqa tomonida bayon qilingan
yoxud unga ilova qilingan bo‘lsa, sug'urta qiluvchi (naf oluvchi) uchun
majburiydir. Ilova qilingan taqdirda, shartnomani tuzish paytida sug'urta
qildiruvchiga sug'urta qoidalari topshirilgani shartnomada yozuv bilan
tasdiqlab qo'yilishi lozim (FKning 930-moddasi, 2- qismi).
Sug'urta shartnomasi tuzilayotganda sug'urta qildiruvchi va
sug'urtalovchi sug'urta qoidalarining ayrim bandlarini o'zgartirish yoki
chiqarib tashlash va qoidalarda bo'lmagan bandlarni shartnomaga kiritish
to'g'risida kelishishlari mumkin (FKning 930-moddasi, 3- qismi).
Shuningdek, sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) o'z manfaatlarini
himoya qilib, sug'urta shartnomasida (polisida) ko'rsatib o'tilgan tegishli
turdagi sug'urta qoidalarini, ushbu qoidalar 930-moddaga ko'ra majburiy
bo'lmasa ham, vaj qilib keltirishga haqli.
Shartnomaning muhim shartlari shartnoma mazmunini tashkil
qilganligi uchun aw alo ushbu shartlami ko'rib chiqish maqsadga muvofiq
bo'lar edi.
Shartnomaning muhim shartlari FKning 929-moddasida o'z aksini
topgan:
1) sug'urta obyekti bo'lgan muayyan mol-mulk yoki boshqa mulkiy
manfaat;
2) sug'urta hodisasi;
3) sug'urta puli;
4) sug'urta tovoni miqdori;
5) sug'urta mukofoti miqdori va uni to'lash muddatlari;
6) shartnomaning muddati.
Sug'urta obyekti bo'lib nafaqat fuqarolarning hayoti, sog'lig'i va
mol-mulki, balki hozirgi kunda javobgarlik majburiyatlari, tadbirkorlik
xavfi va yana bir qator manfaatlar ham bo'lishi mumkin.
Sug'urta shartnomasi obyektlarining shartnoma tuzilayotgan vaqtdagi
holati muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda, sug'urta shartnomasi
obyektin in g holati, joylashish sharoiti tufayli, shaxsiy sug'urta
shartnomasida esa sug'urtalanuvchi shaxsning sog'lig'i holati, sug'urta
xavfini baholashga, uning m iqdorini o'zgartirishga yoki sug'urta
shartnomasini umuman tuzmaslikka sabab bo'lishi mumkin. Albatta, bu
haqda, Fuqarolik kodeksning 932-moddasida sug'urtalanuvchining sug'urta
xavfini baholash huquqi belgilangan bo'lib, unga ko'ra, mol-mulkni
sug'urtalash shartnomasi tuzilayotganda, sug'urtalovchi sug'urtalanayotgan
mol-mulkni ko'zdan kechirishga, zaruriyat bo'lgan taqdirda uning haqiqiy
qiymatini belgilash maqsadida ekspertiza tayinlashga haqli.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shaxsiy sug'urta shartnomasi tuzilayotganda esa, sug'urtalovchi
sug'urta qilinayotgan shaxs sog'lig'ining haqiqiy holatini aniqlash uchun
uni tekshirtirishga haqli. Agar, sug'urtalovchi, ushbu tekshiruv davomida
sug'urta qilinishi lozim bo'lgan obyektlarda sug'urta shartnomasi
tuzmaslikka asos bo'ladigan holatlarni aniqlasa, sug'urta shartnomasini
tuzishdan bosh tortishga haqli bo'ladi.
S u g'u rta kom paniyalari va idoralarining asosiy vazifalari,
fuqarolardan yoki yuridik shaxslardan undiriladigan majburiy va ixtiyoriy
sug'urta badallari bilan o'z zahiralarini boyitish emas, balki, baxtsiz
hodisalar, tijorat tavakkalchiligi va boshqa hodisalar tufayli moliyaviy
qiyinchilikka tushib qolgan sug'urtalanuvchilarga sug'urta qoplamalarini
to'lash orqali yordam berishdan iborat.
Shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha chet el davlatlarining
tajribasiga nazar soladigan bo'lsak, Germaniyada, aholining yoshi
chegaralanmaganligini, aksincha, sug'urtalanyotgan shaxsning yoshiga,
ya’ ni sug'urta xavfini oshib borishiga qarab, sug'urta badallari
miqdorining oshib borishini kuzatamiz1.
Qishloq xo'jalik ekinlarini sug'urta qilish shartnomalari bo'yicha,
qishloq xo'jalik ekinlari, sug'urta obyektlari hisoblanib, ularning qanday
joyga ekilganligi shartnoma tuzish yoki tuzmaslikka asos bo'ladi. Agar
ekinlar sho'r, suvsiz va hosildorligi kam yerlarga ekilgan bo'lsa, sug'urta
idorasi xodimlari, shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.
Fuqarolarning uy-joyini ixtiyoriy sug'urta qilish to'g'risidagi
qoidalarga asosan, agar uy-joylar qarovsiz ahvolda, yoki qulab tushish
ehtimoli bor erlarda bo'lsa, ularni sug'urtalashga yo'l qo'yilm aydi2.
Sug'urta obyektiga berilgan ta’rifda, fuqarolarning mol-mulki va sog'lig'i
sug'urta obyekti bo'ladi deb hisoblansa-da, sug'urta hodisasi xavfi yuqori
bo'lganligi sababli bunday obyektlar sug'urtalanmaydi.
Sug'urta shartnomasining obyektlari, shartnoma mazmuniga qarab
turlicha bo'lishi mumkin. Agar shartnoma turlariga qarab sug'urta
obyektlarini bo'ladigan bo'lsak, ularni mulkiy va mulk bilan bog'liq
bo'lm agan shaxsiy obyektlarga ajratishim iz mum kin. Masalan,
shartnomadan kelib chiqadigan javobgarlikni sug'urta qilish shartnomasi
bo'yicha, shaxsning shartnomada belgilangan javobgarligi sug'urta obyekti
Do'stlaringiz bilan baham: |