1 Благутин Д.Ю . Французский режим возмещения ущерба от стихийных бедствий.
// Страховое дело. № 10. 2002,- 58-с.
2 Брагинский М .И.Витрянский В.В. Договорное право. Договоры о выполнение
работ и оказании услуг М.: 2002. Статут. 572
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sug'urta shartnomasining elementlariga taraflar, predmet, muddat,
shakli va mazmuni kiradi.
Sug'urta shartomasining taraflari bo'lib - sug'urta qildiruvchi va
sug'urtalovchilar hisoblanadi.
Sug'urta qildiruvchi - sug'urta shartnomasini tuzuvchi shaxs
hisoblanadi. Sug'urta qildiruvchi sifatida har qanday shaxs ishtirok etishi
mumkin. O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq xo'jalik tashkilotlari
- shirkat, fermer, dehqon xo'jaliklari, jamoat tashkilotlari, yakka
tadbirkorlar va fuqarolar sug'urta subyektlari yoki sug'urta qildiruvchilari
bo'lishi mumkin
Xo'jaliklarga, xususiy tashkilotlarga, fuqarolar va tadbirkorlarga
qarashli mulklar, mulkiy javobgarliklari, hayoti va sog'lig'i sug'urta
shartnomasining obyekt bo'lib hisoblanadi.
Biroq ayrim turlarida maxsus subyektlar ishtirok etishi ham mumkin.
Misol uchun majburiy davlat sug'urtasida - davlat hokimiyat organlari.
Keyingi paragraflarda, sug'urta shartnomasining alohida shakllarida
batafsil ко'rib chiqiladi.
Sug'urta qildiruvchi qoida bo'yicha sug'urta mukofotini to'laydi.
Biroq konsensual shartnomada sug'urta mukofotini to'lash uchinchi
shaxsga yuklatilishi ham mumkin.
Naf oluvchi bo'lib - sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta
qildiruvchi kimning foydasiga tuzgan bo'lsa, shu shaxs hisoblanadi.
Bu shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar
turkumiga kirib, huquq bilan birga majburiyat ham yuklanadi.
Naf oluvchi sug'urta shartnomasining hamma turida ishtirok
etmaydi, faqatgina sug'urta qildiruvchi istagan paytdagina ishtirok eta
oladi. Ayrim sug'urta shartnomalarida sug'urta qildiruvchining erki
irodasidan tashqari naf oluvchining ishtiroki istisno etiladi (tadbirkorlik
xavfi sug'urtasi), boshqalarida esa ishtiroki majburiydir (javobgarlik
sug'urtasi).
Naf oluvchi sug'urta shartnomasini tuzishda bevosita ishtirok etmay,
unga rozilik bersa shartnomadagi huquq va majburiyatlar unga ham
taalluqli bo'ladi. A ga r shartnoma bo'yich a hech qanday e ’tiroz
bo'lmaydigan bo'lsa, shartnoma subyekti sifatida qabul qilinib shartnoma
majburiyatlarini bajarmaganlik borasida javobgarlikka ham tortiladi.
FKning 917-moddasining 3- qismiga muvofiq naf oluvchi foydasiga
mol-mulkini sug'urta qilish shartnomasi naf oluvchining ismi yoki nomi
ko'rsatilmasdan tuzilishi mumkin. Bunday shartnoma tuzilganda sug'urta
qildiruvchiga egasining nomi ko'rsatilmagan polis beriladi. Bunday
www.ziyouz.com kutubxonasi
shartnom a b o 'y ic h a huquqlarni am alga oshirishda bu polisni
sug'urtalovchiga taqdim etish zarur.
Naf oluvchida sug'urta manfaatdorligi bo'lishi kerak, ana shundagina
u shaxsiy va mulkiy sug'urtada ishtirok etishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan shartlar b o'y ich a naf olu vch i sug'urta
shartnomasidan kelib chiqadigan m ajburiyatlarning naf oluvchi
tomonidan bajarilishi FKning 926-moddasida qayd etilgan. Naf oluvchi
foydasiga sug'urta shartnomasini tuzish sug'urta qildiruvchini sug'urta
qildiruvchining zimmasidagi majburiyatlar foydasiga shartnoma tuzilgan
shaxs tomonidan bajarilmagan bo'lsa, shartnomadan kelib chiqadigan
majburiyatlami bajarishdan ozod qilmaydi.
Naf oluvchi mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta pulini
to'lashni talab qilganida su g 'u rta lo v ch i undan, shu ju m ladan
sug'urtalangan shaxs naf oluvchi bo'lgan taqdirda ham sug'urta
shartnomasi b o'yich a m ajburiyatlam i, shu bilan birga sug'urta
qildiruvchining zimmasida bo'lgan, lekin bajarmagan majburiyatlami
bajarishni talab qilishga haqli. Ilgari bajarilishi lozim b o 'lg a n
majburiyatlami bajarmaslik yoki o'z vaqtida bajarmaslik oqibatlari xavfi
naf oluvchining zimmasida bo'ladi.
Sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchini ogohlantirgan holda naf
oluvchini boshqa shaxs bilan almashtirishga haqli (FKning 945-moddasi).
Naf oluvchini almashtirish chog'ida sug'urtalovchining roziligini olish
shart emas. Shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan shaxsning
roziligi bilan tayinlangan naf oluvchini almashtirishga faqat shu shaxsning
roziligi bilan yo'l qo'yiladi.
Sug'urta shartnomasining bekor bo'lishiga qadar naf oluvchi sug'urta
qildiruvchi tomonidan xohlagan vaqtda almashtirilishi mumkin. Biroq
naf oluvchi sug'urta shartnomasiga muvofiq biror majburiyatni bajarishi
yoki su g'u rta tovonini yoki su g'u rta pulini to'lash to 'g 'ris id a
sug'urtalovchiga talab qo'yganidan keyin u boshqa shaxs bilan
almashtirilishiga yo'l qo'yilmaydi
Sug'urtalangan shaxs - bu jismoniy shaxs bo'lib, shaxsiy sug'urta
shartnomasiga muvofiq hayoti yoki sog'lig'i sug'urtalangan shaxsdir. Bunda
sug'urtalangan shaxsda doimo sug'urta manfaatdorligi bo'lib, ham sug'urta
qildiruvchi va naf oluvchi bo'lishi mumkin.
Agar sug'urtalangan shaxs sug'urta qildiruvchi yoki naf oluvchi bilan
mos kelmasa, shaxsiy sug'urta shartnomasi sug'urtalangan shaxsning yozma
roziligi bilangina tuzilgan hisoblanishi mumkin (FKning 921-modda, 4 qismi).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sug'urta qilish
shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchidan boshqa shaxsning javobgarligi
sug'urtalangan xollarda, shartnomada boshqacha hoi nazarda tutilmagan
bo'lsa, sug'urta qildiruvchi bu shaxsni sug'urta hodisasi yuz berguncha
istalgan vaqtda, sug'urtalovchini yozma ravishda xabardor qilib, boshqa
shaxsga almashtirishga haqli.
Shaxsiy sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan sug'urtalangan shaxs
sug'urta qildiruvchi tomonidan shu sug'urtalangan shaxs va sug'urtalovchi-
ning roziligi bilangina boshqa shaxsga almashtirilishi mumkin (FKning
944-modda).
Sug'urtalovchi - tegishli faoliyat turi uchun ruxsatnomaga ega bo'lgan
yuridik shaxs hisoblanadi. Sug'urta tashkilotlariga qo'yiladigan talablar,
litsenziya olish tartibi va ularning faoliyati ustidan nazorat olib borish
tartibi tegishli qonun hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Bu borada yuqorida
gapirib o'tildi.
Shvetsiya qonunlarida ham sug'urta kompaniyalari ixtisoslashgan
holda faoliyat yuritishi belgilangan boiib, 25 ta sug'urta kompaniyasi
hayot sug'urtasi bilan shug'ullansa, 57 tasi mulkiy (umumiy) sug'urtalash
ishlarini olib boradi. Bir vaqtning o'zida bu ikki turni sug'urtalash ishlarini
olib borish mumkin emas1.
Agar bitta shartnomada bir necha sug'urtalovchi ishtirok etsa, u
holda birgalikda sug'urta deb yuritiladi. Agar boshqacha hoi belgilab
qo'yilmagan boisa, sug'urtalovchilar sug'urta qildiruvchi oldida solidar
javobgar boiadilar. Yirik va alohida yirik xavflarni o'rtada sug'urta qilish
uchun birgalikda sug'urtalovchilar birgalikdagi faoliyat to'g'risida oddiy
shirkat tuzishlari mumkin (sug'urta sherikchiligi). Birgalikda sug'urtalovchilar
o'rtasida tegishli kelishuv boigan taqdirda, ulardan biri sug'urta qildiruvchi
(naf oluvchi) ning oldida faqat o'z ulushi uchun javobgar boiib qolgani
holda, u bilan o'zaro munosabatlarda barcha birgalikdagi sug'urtalovchilar
nomidan vakil boiishi mumkin (FKning 941-moddasi).
Qayta sug'urta birgalikdagi sug'urtaning aksi b o iib , unda
sug'urtalovchi shartnoma bo'yicha o'z zimmasiga olgan sug'urta xavfini
boshqa sug'urta tashkilotida sug'urtalaydi. Qayta sug'urta qilish
shartnomasini tuzgan sug'urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo'yicha
sug'urtalovchi keyingi shartnomalarda sug'urta qildiruvchi hisoblanadi.
Qayta sug'urta qilishda sug'urta pulini yoki tovonini to'lash uchun asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |