yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlami, sug'urta shartnomasini
tartibga solishga qaratilganligi sababli 1993-yil 6-mayda qabul qilingan
“Sug'urta to'g'risida”gi qonunning shartnomaga oid bo'limi o'zining
ahamiyatini yo'qotdi. Natijada, bu qonunni faqat sug'urta tizimi faoliyatini
tartibga solishga qaratilgan qismigina o'z ahamiyatini saqlab qoldi. Oqibatda
huquqiy me’yorlarni yanada takomillashtirgan holda, yangi tahrirda
2002-yil 5-aprelda “Sug'urta faoliyati to'g'risida” gi qonun qabul qilindi.
Eksport o'sishini yanada rag'batlantirish, o'zbekistonlik eksport
qiluvchilarni sug'urtaviy himoya qilishni ta’minlash, yurtimizda ishlab
chiqarilgan mahsulotlarning texnologiya, tovarlar va xizmatlar xalqaro
bozorlariga kompleks marketing orqali kirib borishini ta’minlash
maqsadida, 1997-yil 18-fevralda “O'zbekinvest” ekspert-import milliy
sug'urta kompaniyasini tashkil etish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoni chiqdi.
Ushbu farmonga muvofiq quyidagiiar "O'zbekinvest" eksport-import
milliy sug'urta kompaniyasi faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib
belgilangan:
- sarmoya, texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni milliy eksport
qiluvchilarni xalqaro bozorlarda siyosiy, tijorat va tadbirkorlik
tavakkalchiliklaridan sug'urtaviy himoya qilishni ta’minlash;
- O'zbekiston Respublikasining rezidentlari bo'lgan tijorat banklari
tomonidan texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini mablag' bilan
ta’minlash uchun ajratiladigan eksport kreditlarini qoplashga sug'urta
kafolatlari berish;
- kompleks marketing tahlilini va yurtimizda ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlariga
samarali kirib borishi strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish;
- O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga
jalb qilinayotgan chet el investitsiyalarini kompleks sug'urtaviy himoya
qilish.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari, korxonalar va qishloq joylarida
yashovchi aholi mulkiy manfaatlarining himoya qilish maqsadida
“O'zagrosug'urta” davlat-aksiyadorlik sug'urta kompaniyasini tuzish
borasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1997-yil 6-martda
qaror qabul qildi.
Banklarning kreditlari qaytarilmaganligi uchun qishloq xo'jaligi
korxonalarining javobgarligi, shuningdek, qishloq xo'jaligi mahsulotlari
yetishtirish uchun avans tariqasida beriladigan mablag'larning qaytarilishi
sug'urtasi va boshqa holatlar sug'urta qilinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bu qonun, sug'urta tizimi faoliyatini tartibga solishga qaratilganligi
bilan, oldingi qonundan tubdan farq qilib, sug'urta idoralarini
ixtisoslashgan tartibda, ya’ni, hayot sug'urtasi va umumiy sug'urta
sohalarini sug'urtalash bilan shug'ullanishini belgilab berdi. Mazkur qonun
ijrosini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-
noyabrdagi 413-sonli qarori bilan, ixisoslashgan holda faoliyat yurituvchi
sug'urtalovchilarning minimal ustav fondi:
- hayot sug'urtasi sohasi - 250 rning AQSH dollari so'm miqdorida;
- umumiy sug'urta sohasi - 150 ming AQSH dollari so'm miqdorida;
- qayta sug'urta faoliyati sohasi (agar faoliyat predmeti boiib faqat
qayta sug'urta bo'lganda) - 2 mln. AQSH dollari so'm miqdori belgilandi.
O'zbekiston Respublikasida sug'urta bozorini yanada rivojlantirish
maqsadida, “Sug'urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish
chora-tadbirlari to'g'risida” 1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoni ham qabul qilindi.
Resublikamizda «O'zdavsug'urtanazorat» inspeksiyasini tashkil etish
maqsadida 1998-yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora tadbirlari
to'g'risida” gi qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
huzurida sug'urta nazcrati bo'yicha davlat inspeksiyasi tuzilib, O'zbekiston
Respublikasi hududida sug'urta tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va
nazorat qilish asosiy vazifa qilib belgilandi.
Sug'urta agentlari orqali sug'urta shartnomalarini tuzish va amalga
oshirilishi bilan bog'liq boigan vositachilik faoliyatini sug'urtalovchi bilan
tuzilgan topshiriq shartnomasi (agentlik kelishuvi) asosida amalga oshirishni
qonun bilan tartibga solish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi tomonidan 2003-yil 28-yanvarda “Sug'urta agentligi to'g'risida
Nizom” qabul qilindi. Biroq mazkur Nizom sug'urta brokerlariga nisbatan
qo'llanilmaydi.
Sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining faoliyatini tartibga solish
maqsadida, hamda ularga litsenziya berish tartibini muvofiqlashtirish
borasida Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga
ilova qilib “Sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining sug'urta faoliyatini
litsenziyalash to'g'risida Nizom” qabul qilindi.
Sug'urtalovchi va sug'urta brokerining sug'urta faoliyatini amalga
oshirish uchun litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: