Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Юридик  энциклопедия.  -Т .:  Шарк,  2001.  - 4 1 3   6



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  Юридик  энциклопедия.  -Т .:  Шарк,  2001.  - 4 1 3   6.

2  Узбекистан  Республикасининг  «Сурурта  фаолияти  туррисида»ги  конуни.  Халк сузи. 

2002.  28.05.

www.ziyouz.com kutubxonasi




sug'urta  tovoni  miqdorlari,  sug'urtalovchi  tomonidan  aniqlanishi 

maqsadida  yetkazilgan  zarar  to'g'risidagi  masalalarni  hal  etish  uchun 

zarur  bo'lgan  hujjatlar  va  xulosalarni  taqdim  etishlari  shaft”,2  -  deb 

belgilangan.  FKning  957-moddasida  sug'urta  qildiruvchining  zarar 

qoplanishiga  bo'lgan  huquqlarining  sug'urtalovchiga  o'tishi,  y a ’ni 

subrogasiya  huquqi  ta’minlangan.  Bu  moddada,  sug'urta  qildiruvchining 

yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan huquqlari, agar mulkiy 

sug'urta shartnomasida boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, sug'urtalovchiga 

o'tishi  qoidalari  mustahkamlangan.  Biroq,  zarar  qasddan  yetkazilgan 

bo'lsa,  sug'urtalovchi  sug'urta  pulini  toiagan d an   so'ng,  sug'urta 

shartnomasida  qanday  ko'rsatilganidan  qat’iy  nazar,  yuqoridagi  huquqni 

qo'lga  kiritadi.

FKning  935-moddasiga  muvofiq:  “Sug'urta  shartnomasini  tuzish 

paytida  taraflarning  kelishuviga  ko'ra  aniqlanadigan,  sug'urta  manfaati 

bilan bog'lanadigan mol-mulk qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha 

tartib  nazarda  tutilmagan  bo'lsa,  sug'urta  qiymati  (sug'urta  bahosi)  deb 

hisoblanadi”.  Mol-mulkni  sug'urta  qilishdan  ko'zlangan  asosiy  maqsad, 

sug'urta qilingan mol-mulkning nobud bo'lishi yoki shikastlanishi natijasida 

yetgan zararni qoplashdan iborat. Shu bois, sug'urta yuzasidan beriladigan 

pulning  miqdori  (sug'urta  puli),  sug'urta  qilingan  m ol-m ulkning 

qiymatidan  oshmasligi  talab  etiladi.  Shu  ma’noda,  ayni  bir  obyektning 

sug'urta  pulini  belgilash  uchun,  uning  qiymatini  aniqlash  kerak  bo'ladi.

FKning  935-moddasiga  ko'ra,  mulkiy  sug'urta  shartnomasi  amal 

qilgan  davrda,  tomonlarga  mol-mulkning  shartnomada  ko'rsatilgan 

qiymati  yuzasidan  nizolashish  huquqi  berilmagan,  sug'urtalovchi  o'zining 

sug'urta qildiruvchi tomonidan ataylab chalg'itilganligini isbotlab beruvchi 

holatlar bundan mustasno. Agar shartnomada sug'urta puli bilan sug'urta 

qiymatining  nisbati  buzilgan  bo'lsa,  mazkur  shartnoma  qisman  haqiqiy 

emas deb topiladi va shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, 

mulkning  shartnoma  tuzilgan  paytdagi  qiymatidan  kelib  chiqqan  holda 

sug'urta  tovoni  to'lanadi.

Mulkning sug'urta qiymati uning haqiqiy qiymati doirasida va  uning 

tabiiy eskirishini hisobga olgan holda belgilanadi. Bunda mulkning haqiqiy 

qiymati  uni  ko'rikdan  o'tkazish,  baholash,  ekspertiza  tayinlash  va  uning 

xulosasi,  bozordagi  shunga  o'xshash  mulkning  bahosini  beligilash  bilan 

aniqlanadi.

Obyektning  (binolar,  chorva  mollari,  biron  qishloq  xo'jalik  ekinining 

hosili  va  boshqalarning)  sug'urta  qilish  maqsadlari  uchun  belgilangan 

qiymati-sug'urta  uchun  baholash  deb  ataladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Sug'urta  qilinuvchi  obyektlami  baholash  juda  muhim  ahamiyatga 

egadir.  Chunki,  bu  baho,  sug'urta  yo'li  bilan  ta’minlash  summasini 

belgilash uchun  asos qilib olinadi. Agar, sug'urta qilinayotgan obyektlarga 

uning  haqiqiy  qiymatidan  kam  baho  qo'yilsa,  u  holda  sug'urta  yo'li 

bilan  ta’minlash  puli  ham  kamayadi.

Sug'urta  puli  sug'urta  uchun  qo'yilgan  baho  bilan  to'g'ri  kelishi 

mumkin.  Bu  holda  mulk  uning  to'la  qiymati  miqdorida  sug'urta  qilingan 

hisoblanadi.  Agar  mol-mulk  nobud  boisa,  yoki  zarar  yetkazilsa,  unga 

yetgan  zarar  toiiq  hajmda  qoplanadi.  Sug'urta  puli  sug'urta  qiymatidan 

kam  boiishi  ham  mumkin.

FKning  938-moddasida:  “Sug'urta  shartnomasida  ko'rsatilgan  mol- 

mulk  yoki  tadbirkorlik  xavfining  sug'urta  puli  sug'urta  qiymatidan  ortiq 

boisa,  shartnoma  sug'urta  pulining  sug'urta  qiymatidan  ortiq  boigan 

qismida o‘z-o‘zidan  haqiqiy  boimaydi  va  sug'urta  mukofotining  ortiqcha 

toiangan  qismi  qaytarib  berilmaydi” .

Sug'urta  qiymati  -  sug'urta  obyektining  asl,  faktik  qiymati  boiib, 

uni  belgilash  turli  mamalakatlardagi  joriy  qonunchilik  va  amaliyotda 

shakllangan  o'ziga  xos  qoidalarga  asoslanib  amalga  oshiriladi.

A m erika  Q o'shm a  Shtatlarida  esa,  sug'urta  qiym ati  tovar 

yuklanayotgan  paytdagi  bozor  narxi  qancha  boisa,  shundan  kelib  chiqib 

hisoblanadi  va  bu  reys  boshlanishi  oldidan  aniqlanadi.  Fransuz 

qonunchiligida,  sug'urta  qiymatiga  tovaming  sotilish  narxi  va  yuklash 

paytida  sarflangan  xarajatlar,  uning  belgilangan  joyga  yetkazilishi  va 

kutilayotgan  daromad  miqdori  ham  qo'shib  belgilanadi.  Germaniyada  esa 

sug'urta  qiymati  sifatida,  sug'urta  hodisasi  yuzaga  kelishi  bilan  tovaming 

asl  sotilish  qiymati  qabul  qilingan.

Sug'urta puli va sug'urta bahosi to'g'risida yuqorida ta’kidlab o'tilgan 

qoidalar, shaxsiy sug'urta shartnomasiga qoilanilmaydi. Chunki, kishining 

hayoti  yoki  mehnat  qobiliyatini,  sug'urta  qilish  maqsadlarida  baholab 

boimaydi.

Xullas,  sug'urta  qiymatini  aniqlash,  sug'urta  hodisasi natijasida 

to ia n a d ig a n   su g'u rta   tovoni,  su g'u rta  badali  m iqdori  sug'urta 

p u lin i  b e lg ila s h d a   m u h im   a h a m iy a tg a   ega  b o 'lib ,  u  q a t ’ iy 

belgilanishi  lozim.

Sug'urta  puli  -  sug'urta  qiymatidan  kelib  chiqib  belgilanadi  va  u 

sug'urta  qiymatidan  kam  yoki  teng  miqdorda  belgilanishi  mumkin.

FKning  934-moddasiga  muvofiq:  “Mulkiy  sug'urta  shartnomasi 

bo'yicha  sug'urtalovchi  sug'urta  tovonini  to'lash  majburiyatini  oladigan 

yoki shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lash majburiyatini oladigan

www.ziyouz.com kutubxonasi




summa  (sug'urta  puli)  sug'urta  qildiruvchining  sug'urtalovchi  bilan 

kelishuviga  ko'ra,  ushbu  modda  qoidalariga  muvofiq  belgilanadi.

Mol-mulk  yoki  tadbirkorlik  xavfini  sug'urta  qilishda,  agar  sug'urta 

shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan  bo'lsa,  sug'urta  puli 

ularning  haqiqiy  qiymatidan  (sug'urta  qiymatidan)  oshmasligi  lozim, 

quyidagilar  shular  jumlasiga  kiradi:

—  mol-mulk uchun uning sug'urta shartnomasini tuzish kuni turgan 

haqiqiy  qiymati;

—  tadbirkorlik  xavfi  -  sug'urta  hodisasi  yuz  berganida  sug'urta 

qildiruvchi  tadbirkorlik  faoliyatidan  ko'rishi  mumkin  bo'lgan  zarar.

Shaxsiy  sug'urta  shartnomalarida  va  fuqaroviy  javobgarlikni 

sug'urtalash  shartnomalarida.  sug'urta  pulini  taraflar  o'z  ixtiyorlariga 

ko'ra  aniqlaydilar.

Qonun yoki sug'urta shartnomasida nazarda tutilgan sug'urta hodisasi 

yuz berganida, sug'urtalovchi, shartnomada qayd etilgan shaxsga sug'urta 

shartnomasida  belgilangan  muddatda,  sug'urta  pulini  (sug'urta  tovonini) 

to'lashi shart.

Sug'urta pulining miqdori, sug'urta hodisasining kelib chiqish holatiga 

qarab  kamayishi  yoki  umuman  to'lanmasligi  mumkin.  Chunki,  sug'urta 

hodisasining  kelib  chiqishida,  sug'urta  qildiruvchining  aybi  bo'lsa  yoki 

sug'urta hodisasi natijasida ko'rilgan zarar, sug'urta pulidan kam miqdorda 

bo'lgan  taqdirda,  sug'urta  pulining  miqdori  kamayishi  mumkin.  Sug'urta 

puli  bilan  sug'urta  tovoni  bir  mazmundagi  iboralar  emas.  Chunonchi, 

sug'urta  puli  shartnomada  sug'urta  hodisasi  ro'y  berganida  to'lanishi 

lozim  bo'lgan  pul  bo'lsa,  sug'urta  tovoni  sug'urta  hodisasi  ro'y  bergach, 

sug'urta  qildiruvchi  ko'rgan  zarar  yoki  sug'urta  tashkiloti  tomonidan 

to'lanishi  lozim  bo'lgan  pul  mablag'i  hisoblanadi.

Yetkazilgan  zarar  miqdorini,  sug'urta  tashkiloti,  o'zi  tuzgan 

dalolatnoma  asosida,  zarur  hollarda  esa,  mulkning  nobud  bo'lgan, 

zararlangan yoki yo'qolgan joyi, vaqti, sababi va  boshqa sharoitlar haqida 

vakolatli  tashkilotlar  (avariya  xizmati,  militsiya,  tergov  tashkilotlari, 

sud  va  boshqalar)  tomonidan  berilgan  hujjatlarni  hisobga  olib  aniqlaydi.

Sug'urta  hodisasi  natijasida  mol-mulkka  yetkazilgan  zarar  bo'lib, 

mulk  nobud  bo'lganida  yoki  o'g'irlanganida  mulkni  sug'urta  qilishda 

asoslanadigan,  sug'urta  shartnomasida  belgilangan  narxi,  uy-joyning 

hammasi  tamoman  nobud  bo'lganda  esa,  maxsus  va  umumiy  sug'urta 

shartnomalarida  ko'rsatilgan  sug'urta  puli, 

mulk  zararlanganda  — 

mulkning  oldingi  qiymati  bilan  sug'urta  hodisasi  tufayli  qimmatini 

(sifati  va  qiymatini)  yo'qotgandan  keyingi  narxi  orasidagi  farq,

www.ziyouz.com kutubxonasi



shuningdek 

zararlangan  narsani  tuzatish  y o ii  bilan  awalgi  holatiga 

keltirish mumkin bo'lsa,  u holda ana shu narsani tuzatish narxi ko'rilgan 

zarar  hisoblanadi.

Tuzatish  narxi,  tuzatish  maqsadida  fuqarolardan  haq  undirib  olish 

uchun  tegishli  tashkilotlar  tomonidan  belgilangan  amaldagi  baholar 

(tariflar)  asosida  hisoblab  chiqiladi.

Tuzatish  narxi,  sug'urta  pulidan  oshmaydigan  miqdor  doirasidagina 

zarar deb tan  olinadi.  Agar,  ekspertiza  o'tkazish zarur deb topilgan  bo'lsa, 

bu  ishni  bajarish  narxi  ham  zarar  qiymatiga  qo'shiladi.

Ko'rsatilgan ishlami bajarish xarajatlarining miqdori amaldagi baholar 

asosida,  ana  shu  ishlar  hajmidan  kelib  chiqib  hisoblanadi.1

Sug'urta hodisasi yuz berganida, mulkni saqlab qolish va uni tartibga 

keltirish  uchun  qilingan  xarajatlar  narxi  ham  (agar  bu  xarajatlar  zarur 

deb  tan  olingan  bo'lsa)  zarar  miqdoriga  kiritiladi.

Ushbu  xarajatlar  miqdori  tegishli  ishlar  (xizmatlar)  ga  fuqarolar  haq 

to'lashi  uchun  belgilangan  amaldagi  baholar  (ta’riflar)  asosida  aniqlanadi.

Agar  nobud  bo'lgan,  zararlangan  yoki  o'g'irlangan  biron-bir  mulk 

uchun  belgilangan  narxlar  bo'lmasa,  u  holda,  zarar  miqdori  sug'urta 

shartnomasi  tuzilgan  paytda  amal  qilayotgan  narxlardan  kelib  chiqib 

aniqlanadi.

Sug'urta  tovoni,  ko'rilgan  zarar  miqdorida,  sug'urta  shartnomasi 

tuzilgan paytdagi baholar asosida, ammo shartnomada kelishilgan sug'urta 

pulidan  ko'p  bo'lmagan  miqdorda  to'lanadi.

Sug'urta tovonini to'lash haqidagi qarorni davlat sug'urta muassasasi 

mustaqil  ravishda  qabul  qiladi.

Sug'urta  tovonini esa, shartnoma tuzgan sug'urta muassasasi  barcha 

zarur hujjatlarni  olganidan so'ng, shartnomada belgilangan muddat ichida 

to'laydi.  Sug'urta  qildiruvchiga  yoki  uning  oila  a’zolariga  nisbatan  jinoiy 

ish  qo'zg'atilgan  taqdirda,  bu  tartib  joriy  qilinmaydi.

Sug'urta  tovoni  sug'urta  qildiruvchining  o'ziga  to'lanadi.  Uning 

xohishiga  binoan,  tovon  naf  oluvchining  nomiga  yozilgan  chek  berish, 

omonat kassaga o'tkazish, naqd pul bilan hisob-kitob qilish yoki belgilangan 

tartibda  pochta  orqali  yuborish  yo'li  bilan  to'lanishi  mumkin.

Sug'urta  qildiruvchi  vafot  etgan  bo'lsa,  sug'urta  tovoni  qonunda 

belgilangan  tartibda,  uning  vorislariga  to'lanadi.

Sug'urta muassasasi xodimlarining aybi bilan, sug'urta tovonini to'lash


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish