Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Красавчиков  O .A .  Вопросы  системы  особенной  части  Т К  РС Ф СР.  Свердловск



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  Красавчиков  O .A .  Вопросы  системы  особенной  части  Т К  РС Ф СР.  Свердловск. 

1957.  -1 2 7   б.

2  Брагинский  М ,  Витрянский  В.  Договорное  право.  М:,  С татут.  1997.  - 3 2 0   с.

www.ziyouz.com kutubxonasi




birgalikdagi  faoliyat  yuritishga  ixtisoslashgan  shartnomalardan  biri 

hisoblanadi.

Shartnomaning yana bir xususiyati shartnoma  taraflarining ishtiroki 

bilan  bog'liq.  Shartnomada  taraf  sifatida  faqat  tadbirkorlik  subyektlari 

ishtirok  etishlari  mumkin.  Tadbirkorlik  subyektlarining  huquqiy  holati 

va  kimlar  tad’irkorlik  subyektlari  ekanligi  qonun-hujjatlari  bilan 

belgilanadi.  Oddiy  shirkat  shartnomasidan  boshqa  fuqarolik-huquqiy 

shartnomalarda  taraflar  qarzdor  va  kreditor  sifatida  munosabatga 

kirishadilar.  Oddiy  shirkat  shartnomasida  esa  shartnoma  ishtirokchilari 

fuqarolik  huquqiy  munosabatlardagi  boshqa  shartnomalar  kabi  bir- 

birlariga  nisbatan  qarzdor  va  kreditor  sifatida  ishtirok  etmasdan,  balki 

birgalikdagi  yagona  manfaatlarni,  ma’lum  maqsadni  ko'zlagan  holda 

harakat  qiiadilar,  chunonchi  FK  210-moddasining  ikkinchi  qismida 

aytilganidek,  bir  yoki  bir  necha  shaxslar  ko‘p  kvartirali  uy-joylar 

qurishlari  yoki  fuqarolar  o‘z  chorva  mollarini  birgalashib  boqishlari, 

shuningdek,  bog'dorchilik shirkatlari (kooperativi)  o'zaro  munosabatlarini 

shirkat shartnomalari asosida  olib borishlari Oddiy shirkat shartnomasiga 

misol  boia  oladi.

Oddiy  shirkat  turmushning  ba’zi  sohalarida  turli  ko'rinishlarda 

namoyon  boiadi.  Masalan,  bir  necha  kishi  tomonidan  uyushgan  guruh 

tuzilib  (biroq  yuridik  shaxs  sifatida  ro'yxatdan  o'tmasdan),  buyurtma 

asosida imoratlar qurish, sozanda-xonandalar guruhi tuzib to'ylarga xizmat 

qilish,  bir  necha  fanlar  bo'yicha  o'qituvchilar  tomonidan  repetitorlar 

guruhiga  uyushish va  h.k.

Oddiy  shirkat  a’zolari  tadbirkorlik  maqsadini  ko'zlab  faoliyat 

yuritishlari,  shuningdek,  xayr-saxovat  maqsadlarida  birgalikda  faoliyat 

yuritishlari  ham  mumkin.

Yirik  va  alohida  yirik  xavflarni  o'rtada  sug'urta  qilish  uchun 

birgalikda  sug'urtalovchilar  birgalikdagi  faoliyat  to'g'risidagi  shartnoma 

asosida oddiy shirkatlar (sug'urta sherikchiligi) tuzishlari mumkin. (FKning 

941-moddasi).

Oddiy  shirkat  shartnomasining  yana  bir  xususiyati  unda  ishtirok 

etuvchi  sheriklarning  solidar  majburiyatga  ega  ekanlikliklaridir.

Oddiy  shirkat  shartnomasi  haq  baravariga  tuziladigan  shartnoma 

hisoblanadi,  chunki  shartnoma  ishtirokchilari  FKning  963-moddasida 

ko'rsatilganidek, sheriklarning umumiy maqsadga erishish uchun qo'shadigan 

pul mablag'lari,  mol-mulki, kasbiy va  boshqa bilimlari,  malaka va  mahorati, 

shuningdek, ishtirokchining ishbilarmonlik obro'-e’tibori va shu kabi boshqa 

xislatlari  sheriklarning  umumiy  ishga  qo'shgan  hissasi  hisoblanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Oddiy  shirkat  shartnomasi  mazmunidan  yoki  haqiqiy  faktik 

holatlaridan  boshqacha  hoi  kelib  chiqmasa,  sheriklarning  umumiy  ishga 

qo‘shadigan  hamma  narsasi:  puli,  boshqa  mol-mulki,  kasbiy  bilimlari, 

malaka,  mahorati  va  ishbilarmonlik  obro‘-e ’tibori  qiymati  bo‘yicha  teng‘ 

hissa  q o‘shgan  deb  taxmin  qilinadi.  Sheriklarning  yuqorida  aytilgan 

umumiy ishga qo'shadigan hamma hissalarini pul bilan baholash sheriklar 

o'rtasidagi  kelishuv  (shartnoma)  bo'yicha  amalga  oshiriladi.

Har  bir  taraf  bahosi  (qiymati)  teng  mol-mulk  taqdim  etganida  haq 

to'lash  ekvivalentlik  tusini  kasb  etadi.  Mulkiy  munosabatlarning 

ekvivalentligi  ularning  iqtisodiy  jihatdan  teng  baholik  bo'lishini  taqozo 

etadi,  bunda  mazkur mu-nosabatlar teng  baholik amalda  bo'lgan baholar 

bo'yicha  belgilangan  hollarda  ham  haq  to'lanadigan  munosabatlar 

hisoblanadi. Mulkiy munosabatlarning haq evaziga amalga oshirilishi tufayli 

ularning  ishtirokchilari  teng  subyektlar  sifatida  ish  ko'radilar.

Oddiy shirkat shartnomasi konsensual shartnoma hisoblanadi. Ushbu 

shartnoma  ikki  yoki  undan  ko'p  shaxs  tomonidan  tuzilib,  ularning  o'z 

mablag'larini  birlashtirish  majburiyatini  qamrab  oladi.  Oddiy  shirkat 

shartnomasi ishtirokchilari foyda olish yoki qonunga zid bo'lmagan boshqa 

maqsadga  erishish  maqsadida  yuridik  shaxs  tashkil  etmasdan  birgalikda 

faoliyat  yuritish  to'g'risida  kelishib  oladilar.  Agarda  ushbu  shartnoma 

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadini ko'zlasa,  uning taraflari 

bo'lib,  yakka  tadbirkorlar  va  tijorat  tashkilotlari  hisoblanadi1.

Oddiy  shirkat  shartnomasi  ko'p  tomonlama  shartnoma  hisoblanadi. 

Ko'p  tomonlama  bitimlarda  uch  va  undan  ortiq  shaxslarning  erklari 

ifodalanib tuziladi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish