Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob.  O D D IY   S H IR K A T   S H A R T N O M A S I



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

53-bob.  O D D IY   S H IR K A T   S H A R T N O M A S I

1.  Oddiy  shirkat  tushunchasi,  huquqiy  belgilari,  va  uning 

o'ziga  xos  xususiyatlari.

Oddiy shirkat mamlakatimiz qonunchiligi uchun yangi emas. Bunday 

shartnoma  qadimdan  mamlakatimiz  hududida  qo‘lianib  kelingan.  Bu 

shartnoma  turi  musulmon  huquqi  qonunchiligida  juda  yaxshi  ishlangan 

va  muvaffaqiyatli  qo‘llanilganligi  qadimgi  manbalardan  ma’lum.  Bunday 

manbalardan  biri  —  “ Muxtasar”dir.  Ushbu  kitobda  oddiy  shirkat 

“sheriklik”  nomi  bilan  ataladi.  “Shirkati  taqabul” '  da  bir  turli  hunami 

birga  qo‘shilib  bajarishga  shart  qilishib,  ishlashda  hamda  ishni  qabul 

qilib  olishdagi  sheriklik  oddiy  shirkat  tushunchasiga  to'g'ri  keladi.  Unda 

har  bir  harakat,  foydani  taqsimlash  va  boshqa  masalalarni  birgalikda 

sheriklar  kelishuviga  asosan  amalga  oshirilishi  aniq  misollar  orqali  ochib 

berilgan.

Oddiy shirkat shartnomasi o'tmishda birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi 

shartnoma  nomi  bilan  atalib  kelingan.  Oddiy  shirkat  shartnomasi  ko'p 

tomonlama  bitimlardan  bo'lib,  bunga  asosan  ishtirokchilar  deb  ataluvchi 

ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish maqsadida, qonunga zid bo'lmagan 

umumiy  xo'jalik  yuritish  uchun  o'z  hissalarini  qo'shib,  yuridik  shaxs 

tuzmasdan,  birgalikda  ish  qilish  majburiyatini  oladilar.  Oddiy  shirkat, 

shartnomasida  ishtirok  etuvchilar  ikki  kishidan  kam  bo'lishi  mumkin 

emas.


FKning 962-moddasiga asosan oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi 

faoliyat  to'g'risidagi  shartnoma)  bo'yicha  sheriklar  (ishtirokchilar)  deb 

ataluvchi  ikki  yoki  undan  ortiq  shaxs  foyda  olish  yoki  qonunga  zid 

bo'lmagan  boshqa  maqsadga  erishish  uchun  o'z  hissalarini  qo'shish  va 

yuridik  shaxs  tuzmasdan  birgalikda  ish  qilish  majburiyatini  oladilar.

Demak,  shartnoma  bir  necha  shaxslarning  bir  faoliyatni  olib  borish 

uchun  tuzadigan  birlashmalari  hisoblanadi,  lekin  bu  birlashma  yuridik 

shaxs  maqomiga  ega  bo'lmasdan  faoliyat  yuritadi.  Shu  sababli  muayyan 

harakat qiluvchi ishtirokchilarning har biri yuridik shaxsdan farqli o'laroq 

munosabatda  ishtirok  etish  jarayonida  o'z  subyektliligini  saqlab  qolish 

bilan xarakterlanadi. Ya’ni,  yuridik shaxs maqomiga  ega  bo'lgan shaxslar 

birlashmalarida  munosabatda  ishtirok  yagona  subyekt  orqali  amalga 

oshirilsa  (bu  yerda  yuridik  shaxs  mavxum  tushuncha  bo'lib,  o'z-o'zidan

www.ziyouz.com kutubxonasi




undagi  ishtirokchilar  munosabatda  ishtirok  etsalar-da,  o'z  nomlaridan 

munosabatga kirishmaydi. Aksincha, ular yagona subyekt boigan yuridik 

shaxs nomidan harakat qiladigan va  yuzaga kelgan huquq va  majburiyat 

ham ular uchun emas, yuridik shaxs uchun vujudga keladi) oddiy shirkatda 

vujudga kelgan huquq va majburiyat oddiy shirkat taraflari uchun vujudga 

keladi.


O d d iy   shirkat  shartnom asi  boshqa  fu q a rolik   h u qu qiy 

shartnomalaridan  o'z  predmeti,  taraflari,  maqsadi  bilan  farqlanadi. 

Bunday  farqlardan  yana  biri  sivilist  olimlar  tomonidan  shartnoma]arni 

turli jihatlariga  ko'ra  turkumlash jarayonida  yanada  yaqqolroq  ko'rinadi.

X.Rahmonqulovning  fikricha,  shartnomali  majburiyatlar  tarkibida 

mulkiy  munosabatlar  o'z  xususiyatlariga  ko'ra  quyidagi  guruhlarga 

boiinadi:

a) mol-mulkni yoki boshqa ashyoviy huquqqa boigan mulk huquqini 

boshqa  shaxsga  o'tkazish  bilan  bog'liq  munosabatlardan  kelib  chiqadigan 

majburiyatlar;

b)  mol-mulkni  foydalanish  uchun  boshqa  shaxsga  topshirish  bilan 

bog'liq  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar;

v)  ishni  bajarish  bilan  bog'liq  munosabatlardan  kelib  chiqadigan 

majburiyatlar;

g)  xizmat  ko'rsatish  bilan  bog'liq  munosabatlardan  kelib  chiqadigan 

majburiyatlar;

d)  vakillik  faoliyati  bilan  bog'liq  munosabatlardan  kelib  chiqadigan 

majburiyatlar;

e) tashkiliy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar1.

M u allif  od d iy  shirkat  shartnom asini  ta sh k iliy-h u q u q iy

munosabatlardan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  turkumiga  kiritadi.

O.S.Ioffe  shartnomalarni  yanada  maydalashgan  holda:

—   mol-mulkni  haq  evaziga  o'tkazish  bo'yicha  shartnomalar;

—  mol-mulkni mulk sifatida yoki foydalanishga tekin berish bo'yicha 

majburiyatlar;

—   ishlar  bajarish  bo'yicha  majburiyatlar;

—   xizmatlar  ko'rsatish  bo'yicha  majburiyatlar;

—   yuk  va  passajirlar  tashish  bo'yicha  majburiyatlar;

—   kredit  va  hisob-kitob  bo'yicha  majburiyatlar;

—   birgalikdagi  faoliyat  bo'yicha  majburiyatlar;




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish