Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Mutlaq huquq va mulk huquqi o‘rtasidagi nisbat



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

8-§. Mutlaq huquq va mulk huquqi o‘rtasidagi nisbat
Y uqorida in tellektu al m ulk huquqi obyektlarin in g asosiy 
xususiyatlari, uning an’anaviy mulk huquqi obyektlaridan farqlari haqida 
batafsil to'xtab o‘tildi. Binobarin, intellektual mulk huquqi obyektiga 
nisbatan mutlaq huquq bilan ushbu obyektning moddiylashgan ifodasiga, 
moddiy eltuvchisiga nisbatan mulk huquqini farqlamoq lozim. FKda 
belgilangan qoidaga ko'ra, intellektual faoliyat natijasi (asar, ixtiro va 
shu kabi) ga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vosita (masalan, 
tovar belgisi) ga nisbatan mutlaq huquq bunday natija yoki xususiy 
alomatlarni aks ettiruvchi vosita ifodalangan moddiy obyektga nisbatan 
mulk huquqidan qat’iy nazar, unga bog'liq bo'lmagan holda, undan 
mustaqil ravishda mavjud bo'ladi. Masalan, asar mingab nusxada kitob 
shaklida nashr etilishi, ixtiro asosida mahsulotlar (masalan, qurilma, 
uskuna, dori-darmon va hokazo) ishlab chiqilishi mumkin. Bunda, albatta, 
nashr etilgan asaming kitob shaklidagi nusxalarini sotib olgan shaxsda, 
ixtiro asosida chiqarilgan mahsulotni sotib olgan shaxslarda o'sha kitobga 
nisbatan, o'sha mahsulotga nisbatan mulk huquqi vujudga keladi, biroq 
asarga nisbatan yoki ixtiroga nisbatan mutlaq huquq vujudga kelmaydi. 
Intellektual mulk obyektlari turli moddiy vositalarda ifodalanishi, cheksiz 
nusxalarda mavjud bo'lishi va fuqarolik muomalasida harakat qilishi 
mumkin, bunday moddiy vositalar ashyolar tarzida ko'rilishi mumkin, 
biroq bunday ashyolarga nisbatan mulk huquqi uning kelib chiqish, 
yaratilishi asosi bo'lgan g'oyaviy (ideya) negizi bo'lgan intellektual mulk 
huquqi obyektiga bo'lgan mutlaq huquqlarga aslo ta’sir qilmaydi.
Intellektual faoliyatning ayrim natijalari o'zining g'oyaviy negizi va 
bu negiz moddiy mujassami bilan uzviy bog'liq holda mavjud bo'lishi 
mumkin (masalan, yagona nusxadagi haykal, portret, o'simliklarning 
yangi navi, hayvonlarning yangi zotlari va shu kabilar). Bunday obyektlar 
fuqarolik muomalasida harakatda bo'lganda mutlaq huquq va mulk 
huquqi mazmuni va ta’sir doirasi aslo chalkashtirilmasligi shart. Masalan, 
portret rassom tomonidan boshqa shaxsga sotilganda rassom ushbu 
portretdan nusxalar ko'chirish va ularni ko'paytirib, erkin tasarruf 
etish huquqini o'zida saqlab qolishi mumkin. Bunda rassom ushbu portretga 
nisbatan, unga mualliflik huquqi obyekti bo'lgan asarga nisbatan mutlaq 
huquqini o'zida saqlab qoladi, biroq portretning original nusxasiga nisbatan 
642


mulk uni sotib olgan xaridorga o'tadi.
Yagona nusxani, nodir (takrorlanmas) tusdagi obyektlar fuqarolik 
muomalasida harakatda bo‘lganda, ularga nisbatan mulk huquqi va 
mutlaq huquq, ba’zi istisnolami nazarga olmaganda, aynan hisoblanishi 
mumkin. Bunday hollarda obyekt moddiy-ashyoviy negizidan ajralmasligini 
hisobga olgan holda, unga nisbatan mulk huquqi qoidalarining qo‘llanilishi 
maqsadga muvofiq. Bunday obyektni o'zidan begonalashtiruvchi shaxs 
bir vaqtning o'zida ham mulk huquqi, ham mutlaq huquqini bir xil 
yo'nalishda va uslubda o'zidan begonalashtirmog'i lozim
Boshqa har qanday hollarda mutlaq huquq va mulk huquqi o'rtasida 
kolliziya vujudga kelganda, mutlaq huquq ustuvorlikka ega bo'ladi. Bu 
holat, masalan, «Seleksiya yutuqlari to'g'risida»gi Qonunning 5-moddasida 
o'z ifodasini topgan. Chunonchi, biron-bir kishi yangi bug'doy navini, 
garchi mazkur navni qonuniy asoslarda olgan bo'lsa ham uni mutlaq 
huquq sohibidan beruxsat ko'paytirishga yoki tarqatishga haqli emas.
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va 
xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo'lgan 
mutlaq huquq ham bu vositalar ifodalangan moddiy obyektga nisbatan 
mulk huquqidan qat’iy nazar, u bilan bog'liq bo'lmagan va mustaqil 
holda amal qiladi. Masalan, tovar belgisi ifodalangan reklama pannosini 
sotib olgan shaxsda bu pannoga nisbatan mulk huquqi vujudga keladi va 
undan qonuniy asosda o'z xohishicha foydalanishga haqli, biroq tovar 
belgisiga nisbatan mutlaq huquqqa bu hoi ta’sir etmaydi. Vosita 
ifodalangan moddiy obyektlar juda ko'p va xilma-xil bo'lishi, u turli 
shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo'lishi mumkin, biroq bu vositaga 
nisbatan mutlaq huquq sohibi yagona shaxs bo'lib qoladi va bu mutlaq 
huquq mazmuniga, uning amalga oshirilishiga aslo to'sqinlik qilmaydi, 
xalaqit bermaydi. Mutlaq huquq va mulk huquqi bir-biridan qat’iy 
nazar, mavjud bo'ladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish