Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Mutlaq huquq tushunchasi va uning mazm uni



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

5-§. Mutlaq huquq tushunchasi va uning mazm uni
Fuqarolik huquqi nazariyasida mutlaq huquqlar deyilganda bunday 
huquq sohiblari (egalari)ni turli harakatlar sodir etish (ijodiy faoliyat 
mahsulidan foydalanish, uni tasarruf etish va h. k.) bo'yicha haqdorligi, 
vakolatliligini va ayni vaqtning o'zida boshqa har qanday shaxslarga 
bunday yuqorida ko'rsatilgan harakatlarni sodir etishning taqiqlanishini 
ta’minlovchi subyektiv mutlaq huquq tushuniladi. (qarang: Grajdanskoe 
pravo. М., Bek., 1994, Т. 1, 314-bet). Mutlaq huquqlar huquqiy mexanizmi 
odatdagidek egallab turishi mumkin bo'lmagan, bir vaqtning o'zida


nom uayyan doiradagi shaxslar foydalana olishi mumkin bo'lgan 
obyektlarga nisbatan huquq sohibi mulkiy huquqlarining amalga 
oshirilishini ta’minlovchi muhim vositadir, biroq mulk huquqi va mutlaq 
huquqlar aslo ayniy tushunchalar emas, ularning farqlari haqida yuqorida 
mufassal to'xtab o'tilgan edi.
Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi 
vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk 
obyektidan o‘z xohishiga ko'ra har qanday shaklda, har qanday usulda 
mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli bo'ladi.
Ushbu mutlaq huquqlar o'z xarakteri va mazmuniga ko'ra mulkiy 
huquq hisoblanadi.
Intellektual mulk obyektidan o'z xohishiga ko'ra foydalanish 
deyilganda huquq sohibining o'z erki, irodasi bilan, hech qanday 
majburlashsiz, tazyiqlarsiz foydalanish tushuniladi.
Obyektlardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish 
deyilganda undan turli obyektiv shaklda — qoiyozm a, bosma asar, 
apparat, qurilma, etiketka, har xil yorliqpar, maket, inshootlar, 
haykallar va shu kabilarda hamda turli vositalar yordamida qo'lyozma 
shaklida tarqatish, nashr etish, og'zaki o'qish, reklama prospektlariga 
joylashtirish, qurilishlarda mujassamlashtirish va hokazo usullarda 
ekspluatatsiya qilish, foydalanish tushuniladi.
Obyektdan foydalanish shakllari va usullari qonun yo'l qo'ygan 
asoslarga to'la muvofiq bo'lishi shart. Buning uchun mutlaq huquq sohibi 
belgilangan talablarga rioya qilmog'i shart. Masalan, yangi ixtiro asosida 
avtomobil yasagan ixtirochi bu avtomobilni tegishli davlat idoralarida 
(masalan, Davlat avtomobil inspeksiyasida) qayd ettirgan bo'lishi shart. 
Spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlariga nisbatan tovar belgilari bolalar 
muassasalarida reklama prospektlari orqali joylashtirilishi mumkin emas. 
Yangi dori-darmonlar yaratgan shifokor undan foydalanishda qonunda 
belgilangan talablarga rioya qilishi shart. Aks holda intellektual mulk 
obyektidan bunday foydalanish qonuniy foydalanish hisoblanmaydi.
Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli bo'lgan intellektual 
mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasi 
roziligi bilan yo'l qo'yiladi.
Agarda mutlaq huquq bir necha shaxsga tegishli bo'lsa (masalan, 
mualliflarga) uchinchi shaxslar mutlaq obyektdan foydalanish uchun barcha 
huquq sohiblaridan ruxsat olmog'i shart.
Mutlaq huquq sohibidan olinadigan uchinchi shaxslarning obyektdan 
foydalanishga roziligi ochiq-yaqqol ifodalangan bo'lishi, tegishli huquqiy


shaklda rasmiylashtirilgan bo'lishi shart. Indamaslik, sukut rozilik alomati 
hisoblanmaydi.
Intellektual mulkning ko‘pgina obyektlaridan bir vaqtning o'zida 
cheksiz doiradagi uchinchi shaxslarning foydalanishi imkoniyati mavjud 
bo'ladi, biroq uchinchi shaxslar bunday imkoniyatdan har doim faqat 
mutlaq huquq sohibining ruxsati asosidagina foydalanishlari shart.
Intellektual mulk obyektidan mutlaq huquq egasi ruxsatini olmasdan 
foydalangan uchinchi shaxslar tegishli fuqarolik-huquqiy tartibda javobgar 
bo'ladilar. Huquq egasi o'z huquqlarini sud tartibida himoya qilishga, 
uchinchi shaxslardan huquq buzilish harakatlarini to'xtatishga, keltirilgan 
hamma zararni, shu jumladan, ma’naviy zarar qoplanishini uchinchi 
shaxslar huquqbuzarlik natijasida olgan barcha daromad va foydalami 
o'ziga undirib berilishini talab qilishga haqli.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni 
boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazishga, intellektual mulk 
obyektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli va agar 
FK hamda boshqa qonunlarning qoidalariga zid bo'lmasa, ularni boshqacha 
tarzda tasarruf etishga haqli.
Umumiy qoidaga ko'ra, intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq 
huquq mulkiy huquq sifatida fuqarolik muomalasida faol harakatda 
bo'ladi. U turli bitimlar va shartnomalar predmeti bo'lishi mumkin. 
Binobarin, intellektual mulk obyektiga bo'lgan mutlaq huquq egasi bu 
huquqni haq evaziga yoki tekin holda boshqa shaxslarga to'liq yoki 
qisman o'tkazish (sotish, hadya qilish, m a’lum cheklangan qoidada 
foydalanishga ruxsat berish va hokazo) ga haqli.
Mutlaq huquq to'liq o'tkazilganda huquq egasi mutlaq huquqni 
to'liq hajmda uchinchi shaxsga o'tkazadi, demak, bu huquqni o'zidan 
to'la begonalashtiradi, natijada uchinchi shaxs mutlaq huquq egasi 
hisoblanadi.
Mutlaq huquq qisman o'tkazilganda huquq egasi o'z huquqining 
ma’lum qismini o'zida saqlab qolgan holda, qolgan qismini uchinchi 
shaxslarga o'tkazadi.
Mutlaq huquqlami boshqa shaxslarga to'liq yoki qisman o'tkazishni 
huquqiy rasmiylashtirish shartlari va tartibi FKning 1035-moddasida 
belgilab qo'yilgan.
Intellektual mulk. obyektidan boshqa shaxslarning foydalanishiga 
ruxsat berish bu obyektga nisbatan mutlaq huquq sohibining vakolatiga 
kiradi. Obyektdan foydalanishga ruxsat berishda mutlaq huquq shu huquq 
sohibining o'zida qoladi, undan begonalashtirilmaydi, bunda uchinchi


shaxslarda obyektdan foydalanish huquqigina vujudga keladi. Foydalanish 
shartlari va tartibi mutlaq huquq va foydalanuvchi o'rtasidagi kelishuv 
asosida belgilanadi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasi o'z 
huquqini FK va amaldagi qonunlarga zid bo'lmagan har qanday tarzda 
tasarruf etishga haqli. Masalan, mutlaq huquqlar egasi bu huquqlarni 
o'z majburiyati yoki uchinchi shaxslar majburiyatlarining bajarilishini 
ta’minlash usuli sifatida garovga qo'yishi mumkin.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq sohibi o'z 
huquqini qonunda man etilgan tarzda tasarruf qilishga haqli emas. 
Huquqni tasarruf etishning qonun man etgan usuli FKda yoki amaldagi 
qonunlarda bevosita ko'zda tutiladi. Masalan, konstitutsiyaviy tuzumga 
qarshi, urush, millatlararo adovat, behayolikni targ'ib etuvchi asarlarni 
tarqatish (haq evaziga yoki tekin) qonunga asosan man qilinadi. Yuridik 
shaxs qayta tashkil etilmagan yoki boshqa shaxsga o'tkazilmagan hollardan 
tashqari, yuridik shaxsning firma nomiga bo'lgan mutlaq huquqi 
boshqalarga o'tkazilishiga ruxsat berilmaydi.
Mutlaq huquqlarni cheklashga, shu jumladan, intellektual mulk 
obyektidan boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yo'li bilan 
cheklashga, bu huquqlarni haqiqiy emas deb topishiga va ularni tugatishga 
(bekor qilishga) FKda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda, 
doiralarda va tartibda yo'l qo'yiladi.
Quyidagi intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq sohibining 
mutlaq huquqlarini cheklash hollari, tartibi qonunlarda nazarda tutilgan:
- ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan («Ixtirolar, foydali 
modellar va sanoat namunalari to'g'risida»gi Qonunning 12-moddasi);
- seleksiya yutuqlaridan («Seleksiya yutuqlari to'g'risida»gi 
Qonunning 31-moddasi);
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalaridan («ЕНМ uchun 
dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risida 
»gi Qonunning 12-moddasi);
- mualliflik huquqi obyektlaridan (FKning 1058— 1061-moddalari).
Mutlaq huquqlar intellektual mulk obyektidan boshqa shaxslarning
foydalanishiga imkoniyat berish orqali qonunlarda nazarda tutilgan 
hollarda cheklanishi mumkin. Bunday holatlar quyidagi obyektlarga 
nisbatan mavjud:
- sanoat mulki obyektlaridan «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalar to'g'risida» gi Qonunning 11-moddasida belgilangan hollarda 
va tartibda uchinchi shaxslar foydalanishi uchun majburiy litsenziya 
berish tartibida;


- sanoat mulki obyektlaridan awaldan foydalanib keluvchi shaxslarga 
(«Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonunning 
31-moddasi);
- oshkor etilmagan axborotlardan foydalanish (FKning 1086-moddasi
4-qismida belgilangan hollarda);
- mualliflik huquqi obyektlaridan («Mualliflik va turdosh huquqlar 
to‘g‘risida»gi Qonunning 24-32-moddalari).
Firma nomi, tovar (xizmat ko'rsatish) belgisiga nisbatan mutlaq 
huquqlarni cheklash qonunlarda nazarda tutilmagan.
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni haqiqiy 
emas deb topish asoslari ham amaldagi qonunlarda aniq belgilab qo'yilgan:
- sanoat mulki obyektlariga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza 
yorliqlari huquqiy muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan 
obyektlarga nisbatan yoki huquqiy muhofaza yorlig'i olishga haqli 
bo'lmagan shaxs nomiga berilgan hollarda;
- seleksiya yutuqlariga nisbatan mutlaq huquq «Seleksiya yutuqlari 
to‘g‘risida»gi Qonunning 35-moddasida ko'rsatilgan hollarda;
- tovar (xizmat ko'rsatish) belgisiga nisbatan «Tovar belgilari, xizmat 
ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida»gi 
Qonunning 24-moddasida belgilangan hollarda va tartibda;
- boshqalarning asarlarini o'zlashtirish orqali ushbu asarlarga nisbatan 
mutlaq huquqqa ega bo'lgan shaxslarning bunday o'zlashtirishi natijasida 
olgan huquqi ham haqiqiy hisoblanmaydi.
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni haqiqiy 
emas deb topish bunday huquqlarning vujudga kelishi uchun asos boigan 
huquqiy muhofaza yorlig'i bergan vakolatli davlat organi, Appelyatsiya 
kengashlari yoki sud tomonidan (mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan) 
amalga oshiriladi. Bunda mutlaq huquq avval boshdan (qaror chiqarilgan 
paytdan emas) haqiqiy sanalmaydi. Binobarin, mutlaq huquqi haqiqiy 
emas deb topilgan shaxsning bunday huquqdan foydalanish natijasida 
olgan barcha daromadlari mutlaq huquqning haqiqiy egasi foydasiga 
undirilishi mumkin.
Ba’zi intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar 
boshqa asoslarda muddatdan oldin bekor boiishi ham mumkin: masalan,
- seleksiya yutuqlariga nisbatan («Seleksiya yutuqlari to'g'risida»gi 
Qonunning 35-moddasi);
- ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan («Ixtirolar, 
foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida»gi Qonunning 28- 
moddasi 1-qismi 2— 3-bandlari);


- tovar (xizmat) belgilariga nisbatan Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish 
belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida »gi qonunning 25- 
moddasi 1-qismi, 2-qismining 2, 4, 5, 6-bandlari).
- mualliflik huquqlari obyektlariga nisbatan mutlaq huquq egasi bu 
huquqdan ixtiyoriy voz kechgan hollarda;
- oshkor etilmagan axborotlar ularning huquqiy muhofaza qilinishi 
shartlaridan (FKning 98-moddasi) biri mavjud bo'lmay qolgan hollarda 
unga nisbatan mutlaq huquqlar ham bekor bo'ladi.
Mutlaq huquqni haqiqiy emas deb topishda mutlaq huquq ilgaridan 
mavjud emas deb hisoblanadi. Mutlaq huquq muddatidan oldin bekor 
bo'lganda esa u bekor qilingunga qadar mavjudligi tan olinadi va faqat 
keyingi davr uchun huquqiy oqibatlar vujudga keltirmaydi.
Mutlaq huquqlami cheklashga bunday cheklash intellektual mulk 
obyektidan normal foydalanishga zarar yetkazmagan va huquq egalarining 
qonuniy manfaatlarini kamsitmagan hollarda yo'l qo'yiladi.
Qonunlar intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlami 
cheklash, eng avvalo, ijtimoiy va davlat manfaatlarini nazarda tutib 
belgilangan. Lekin bu cheklashlar qonunda qat’iy belgilangan hollarda, 
shartlarda va tartibda amalga oshiriladi. Bunday cheklashlar natijasida 
uchinchi shaxslar intellektual mulk obyektidan vaqtinchalik, qisman va 
ma’lum bir maqsadlardagina foydalanishga haqli bo'ladilar (ba’zi holatlarda 
faqat haq evaziga). Bunday cheklashlar asosida uchinchi shaxslarda mutlaq 
huquq aslo vujudga kelmaydi.
Intellektual mulk obyektidan normal foydalanishga zarar yetkazish, 
eng avvalo, mutlaq huquq sohibining bu obyektdan foydalanish imkoniyatlari 
cheklanishida, turli to'sqinliklarda namoyon bo'ladi. Intellektual mulk 
obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasining qonuniy manfaatlari 
kamsitilishi uning obyektidan kelayotgan yoki oladigan daromadlarining 
kamayishida, shaxsiy huquqlarining buzilishida namoyon bo'ladi. Agar mutlaq 
huquqni cheklashlar yuqoridagi oqibatlarga olib kelsa, huquq egasi o'z 
huquqining sud orqali himoya etilishini talab qilishga haqli.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasiga tegishli 
mulkiy huquqlar, agar FKda yoki boshqa qonunda boshqacha tartib 
nazarda tutilmagan bo'lsa, huquq egasi tomonidan shartnoma bo'yicha 
boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazilishi mumkin, shuningdek, bu 
mutlaq huquqlar meros bo'lib va yuridik shaxs huquq egasi qayta tashkil 
etilganda huquqiy vorislik tartibida o'tadi.
Ushbu belgilangan qoidaga intellektual mulk obyektiga nisbatan 
mutlaq huquqlar egasiga tegishli mulkiy huquqlar huquq egasi tomonidan


shartnoma bo'yicha boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazilishi mumkin. 
Bunda nazarda tutilgan huquqlar faqat mulkiy tusga ega bo'ladi, shaxsiy 
huquqlarga nisbatan ushbu qoida taalluqli emas. O'tkazilayotgan mulkiy 
huquqlar mutlaq huquqlardan kelib chiqishi va faqat huquq egasiga 
tegishli bo'lishi shart. Mulkiy huquqlar deganda intellektual mulk 
obyektidan shaxsan foydalanish yoki uni haq evaziga foydalanishga berish 
bo'yicha huquq egasiga tegishli vakolatlar tushuniladi.
Mulkiy huquq to'liq o'tkazilganda huquq egasi bu huquqlardan 
mahrum bo'ladi va bunday huquq uchinchi shaxslarda vujudga keladi. 
Mulkiy huquq qisman o'tkazilganda huquq egasi uning ma’lum qismini 
o'zida saqlab qolib, qolgan qismini o'tkazadi. Mulkiy huquqlar faqat 
shartnoma asosida o'tkaziladi. Shartnoma mulkiy huquq egasi va huquq 
to'liq yoki qisman o'tkazilayotgan shaxs o'rtasida tuziladi. Bunday 
shartnomalarga nisbatan agarda qonunlarda boshqacha tartib nazarda 
tutilmagan bo'lsa, FKning 26-bobi (Shartnoma tushunchasi va shartlari), 
28-bobi (Shartnoma shartlarini o'zgartirish va shartnomaning bekor 
bo'lishi)da belgilangan qoidalar qo'llaniladi.
Shartnoma tuzuvchi taraflar — intellektual mulk obyektiga nisbatan 
mutlaq huquq egasi va mutlaq huquqdan vujudga keluvchi mulkiy huquqlar 
o'ziga o'tkazilayotgan shaxs nomlari, agar mutlaq huquq vakolatli davlat 
organi tomonidan intellektual mulk obyektiga nisbatan berilgan huquqiy 
muhofaza yorlig'i asosida vujudga kelgan bo'lsa, ushbu yorliqnoma va 
qayd ro'yxati raqami, uning amal qilish muddati, o'tkazilayotgan mulkiy 
huquq mazmuni va hajmi, undan foydalanish shartlari, muddati, agar 
shartnoma haq baravariga tuzilayotgan bo'lsa, to'lanadigan haq miqdori va 
to'lash tartibi, mulkiy huquq qisman o'tkazilganda undan foydalanish ustidan 
huquq egasining nazorat qilish bo'yicha vakolatlari, taraflarning boshqa 
huquq va majburiyatlari, shartnoma shartlarini buzganlik uchun taraflarning 
javobgarligi va hokazolar ko'rsatilishi lozim Shartnoma taraflar tomonidan 
imzolanib, tegishli shaklda rasmiylashtirilishi shart. Shartnoma shakli turli 
intellektual mulk huquqi obyektlari uchun turlicha bo'lishi qonunlarda 
belgilab qo'yilgan. Mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan mulkiy huquqlar 
o'tkazilganda, shartnoma yozma ravishda tuzilib, notarial guvohlantirilishi 
lozim. Mutlaq huquq vakolatli davlat organi tomonidan intellektual mulk 
huquqi obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig'i (patent, 
guvolinoma) asosida vujudga kelgan bo'lsa, bunda mulkiy huquqni o'tkazish 
haqidagi shartnoma yozma tuzilib, notarial guvohlantirilib, vakolatli davlat 
idorasining ro'yxatidan o'tkazilishi lozim. Ushbu qoida nou-xauga nisbatan 
ham amal qiladi Aks holda shartnoma haqiqiy sanalmaydi.


FKda va amaldagi qonunlarda ayrim intellektual mulk obyektlariga 
nisbatan mutlaq huquqlardan kelib chiquvchi mulkiy huquqlarning huquq 
egasi tomonidan boshqa shaxslarga o'tkazish masalasida yuqoridagi 
qoidalardan istisnolar mavjud. Masalan, FK 1110-moddasi 2-qismiga 
asosan, tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqining huquq 
egasi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazishga yo‘l qo'yilmaydi va mabodo 
shunday shartnoma tuzilgan bo'lsa, u haqiqiy sanalmaydi. FKning 1101- 
moddasida firma nomiga bo'lgan huquqni boshqa shaxsga o'tkazish tartibi 
va shartlari belgilangan bo'lib, u yuqoridagi umumiy qoidalardan farq 
qiladi. FKning 1105-moddasi 2-qismiga asosan, tovar belgisiga bo'lgan 
huquqni, basharti u tovar yoki uning tayyorlovchisi haqida chalg'ishga 
sabab bo'lishi mumkin bo'lsa, boshqa shaxsga berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar huquq egasi 
vafotidan keyin meros tartibida qonuniy merosxo'rlarga yoki vasiyat asosida 
boshqa shaxslarga o'tadi. Bunda vujudga keladigan munosabatlarga nisbatan 
FKning V bo'limida vorislik haqidagi belgilangan normalar qo'llaniladi. 
Intellektual mulk obyektlariga mutlaq huquqlar egasi yuridik shaxs bo'lsa, 
bunday yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hollarda (uni boshqa bir yuridik 
shaxs bilan qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish, 
o'zgartirish. (FKning 49-moddasi) mutlaq huquq vorislik tartibida yangi 
tashkil etilgan yuridik shaxsga o'tadi. Qayta tashkil etishning bo'lish, ajratib 
chiqarish, o'zgartirish hollarida yangi vujudga kelgan yuridik shaxslarning 
qaysi biriga mutlaq huquq o'tishi ularning o'zaro kelishuvi asosida, bunday 
kelishuvga erishilmagan taqdirda sud tomonidan belgilanadi.
Meros tartibida va huquqiy vorislik tartibida mutlaq huquqlarning 
o'tish fakti notarius tomonidan berilgan meros guvohnomasi, huquqiy 
muhofaza yorlig'i mavjud bo'lsa, ushbu yorliqni mutlaq huquqni yangi 
egasi nomiga rasmiylashtirish haqida vakolatli davlat idorasining tegishli 
hujjati olinishi va u davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
Mulkiy huquqlarning shartnoma bo'yicha o'tkazilishi yoxud ularning 
universal huquqiy vorislik tartibida o'tishi mualliflik huquqlarining va boshqa 
begonalashtirilmaydigan hamda o'zgaga o'tkazilmaydigan mutlaq huquqlarning 
o'tkazilishiga yoki cheklanishiga sabab bo'lmaydi Bunday huquqlar o'tkazilishi 
yoki cheklanishi to'g'risidagi shartnoma shartlari haqiqiy emas.
Ushbu qoida ijodiy faoliyat natijasining yaratuvchisi bo'lgan muallifning 
bu natijalarga nisbatan mutlaq huquqlarga ega bo'lgan holatiga taalluqlidir. 
Bunday holda agarda muallif mutlaq huquqdan kelib chiquvchi mulkiy 
huquqlarni shartnoma asosida boshqa, uchinchi shaxslarga o'tkazsa yoki 
muallif vafoti tufayli bunday mulkiy huquqlar universal vorislik tartibida


huquqlar vorislariga o‘tsa, muallif shaxsiy huquqlari, boshqa mutlaq 
huquqlar (uning o'zidan begonalashtirilmaydigan va boshqa birovga 
o'tkazilmaydigan) aslo bekor bo'lmaydi, cheklanmaydi yoki ularning ham 
shartnoma asosida uchinchi shaxslarga yoki vorislarga o'tishiga olib kelmaydi. 
Hatto, mutlaq huquq sohibi muallifning o‘zi bo'lmay, boshqa shaxs bo'lgan 
taqdirda ham, mutlaq huquqlardan kelib chiquvchi boshqa mulkiy huquqlar 
bu huquqlar egasi tomonidan shartnoma asosida uchinchi shaxsga yoki 
universal vorislik tartibida vorislarga o‘tgan taqdirda ham bu holat 
m uallifning 
huquqini 
ham da 
boshqa o'tk a zilm a y d ig a n va 
begonalashtirilmaydigan huquqlarining o'tishiga, bekor bo'lishiga yoxud 
cheklanishiga olib kelmaydi.
Ijodiy faoliyat natijasi yaratuvchisi bo'lgan muallifning faqat 
o'zigagina tegishli bo'lgan, boshqa birovga o'tkazilm aydigan va 
begonalashtirilmaydigan mutlaq huquqlari doirasi, turlari va mazmuni 
FKning 1033-moddasida belgilab qo'yilgan.
Bunday huquqlarning o'tkazilishi yoki cheklanishi haqidagi shartlar 
ko'zda tutilgan shartnoma muallifning o'zi bilan uchinchi shaxs o'rtasida 
yoki intellektual mulk obyektining yaratuvchisi bo'lmagan mutlaq huquq 
sohibi va uchinchi shaxs o'rtasida tuzilganligidan q a t’iy nazar, 
shartnomaning o'sha shartlari nazarda tutilgan qismi haqiqiy sanalmaydi 
va hech qanday huquqiy obyekt vujudga keltirmaydi. Bunday shartnoma 
o'z-o'zicha haqiqiy sanalmaydi va unga nisbatan FKning 113-moddasi 3- 
qismi qoidalari qo'llanadi.
Shartnomaning yuqoridagi shartlarini haqiqiy emas deb topish haqida 
sud tomonidan qaror chiqarilishi talab etilmaydi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mualliflik huquqlari bu obyektga 
nisbatan mutlaq huquqlar fuqarolik muomalasida qancha shaxslarga 
o'tkazish orqali harakatda bo'lganidan qat’iy nazar, muallifning o'zida 
saqlanib qoladi. Boshqacha aytganda, obyektga nisbatan mutlaq huquqlar 
necha martalab boshqa uchinchi shaxslarga o'tganligi fakti muallifning 
o'ziga tegishli bo'lgan va undan begonalashtirilishi mumkin bo'lmagan 
huquqlarining amal qilishiga biron-bir darajada to'sqinlik qilmaydi.
Shartnoma bo'yicha o'tkaziladigan mutlaq huquqlar unda aniqlab 
qo'yilishi lozim. Shartnomalarda boshqa shaxsga o'tkaziladigan huquq 
sifatida ko'rsatilmagan huquqdar, agar boshqacha hoi isbotlanmagan 
bo'lsa, o'tkazilmagan hisoblanadi.
Ma’lumki, mutlaq huquq mulkiy huquqlar majmui sifatida huquq 
egasi intellektual mulk obyekti bo'yicha o'zi sodir etishga haqli bo'lgan, 
boshqalarga sodir etishga ruxsat bera oladigan yoki sodir etishni taqiqlab


qo'ya olishga haqli bo‘lgan xilma-xil vakolatlami o'z ichiga oladi. Shu sababli 
ham mutlaq huquqlar shartnoma asosida huquq egasi tomonidan boshqa 
shaxsga o'tkazilganda aynan qanday huquq (masalan, ma’lum hudud 
doirasida shaxsan tanho foydalanish, boshqa foydatanuvchilar ham mavjud 
bo'lgan asosda foydalanish, boshqa hudud doirasida bu huquqni amalga 
oshirishga taalluqliligi yoki taalluqli emasligi) o'tkazilayotganligi va bu 
huquqdan kelib chiquvchi vakolatlami aniq belgilab, shartnomada aks ettirishi 
lozim Shartnomada nazarda tutilmagan barcha huquqlar (mutlaq huquqqa 
oid) toki buning aksi isbotlanmaguncha shartnoma bo'yicha o'tkazilmagan 
deb hisoblanadi, degan prezumpsiya amal qiladi Buning ma’nosi shundan 
iboratki, agar shartnoma asosida mutlaq huquqlardan bir qismini o'ziga 
olgan shaxs bu huquqlarga oid qo'shimcha boshqa huquqlami ham amalga 
oshirsa, bu holda o'sha qo'shimcha huquqlardan mutlaq huquqlar egasi 
roziligi yoki ruxsati asosida amalga oshirganligini tegishli dalil bilan isbotlab 
bermog'i shart. Aks holda, u qo'shimcha huquqlami o'zlashtirib olgan 
hisoblanadi Qo'shimcha huquqlar mutlaq huquqlar egasi roziligi yoki ruxsati 
asosida olganligini isbotlash majburiyati faqat uchinchi shaxs zimmasida 
bo'ladi. Masalan, ixtiroga nisbatan mutlaq huquqlar egasi yengil mashinalar 
ishlab chiqaruvchi korxonaga ma’lum markadagi yengil mashinani ishlab 
chiqarishda foydalanish uchun shartnoma asosida ixtirodan foydalanish 
huquqini o'tkazgan bo'lsa, korxona boshqa markadagi yengil avtomobillarga 
nisbatan ushbu ixtironi qo'llay olmaydi (agar bu to'g'rida mutlaq huquqlar 
sohibining maxsus ruxsatini olmagan bo'lsa).
M utlaq huquqni uni amal qilish davri b o'yich a cheklangan 
muddatlarda foydalanish uchun boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi 
shartnomaga nisbatan litsenziya shartnomasi to'g'risidagi qoidalar 
qo'llaniladi. Buning ma’nosi shundan iboratki, FKning 1035-moddasi 1 - 
3-qismlarida ko'zda tutilgan qoidalar mutlaq huquqlar shartnoma asosida 
yoki universal vorislik tartibida bunday mutlaq huquqlar amal qilishning 
barcha qolgan muddati bo'yicha uchinchi shaxsga o'tishi nazarda tutilgan 
hollarga nisbatan taalluqlidir. Agar mutlaq huquqlar egasi bu huquqlami 
boshqa shaxslarga vaqtinchalik o'tkazsa (ma’lum chegaralangan muddat 
davomida), u holda bunday shartnoma litsenziya shartnomasi hisoblanadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish