Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Intellektual m ulk huquqi obyektlarini huquqiy



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

3-§. Intellektual m ulk huquqi obyektlarini huquqiy 
muhofaza qilish asoslari
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda

Каудирое T.E. Гражданско-правовая охрана объектов промышленной 
собственности в Республике Казахстан. Докторлик диссертацияси автореферати. - 
Алматы. 2002. 18-19-6.


bu obyektlarga nisbatan subyektiv huquqlar sohibi huquqlarining qonuniy 
jihatdan qo'riqlashini vujudga keltirish asoslari tushuniladi. Binobarin, 
intellektual mulk obyekti o‘z-o‘zidan huquqiy muhofaza ostiga olinmaydi, 
balki bu obyektga nisbatan subyektiv huquqlarga ega bo'lgan shaxslar 
(muallifning shaxsiy huquqlari, mutlaq huquqlar sohibining huquqlari, 
litsenziya asosida 
fo y d a la n u v ch in in g h u qu qlari, 
avvald an
foydalanuvchining huquqlari va shu kabilar) huquqlari huquqiy jihatdan 
muhofaza ostiga olinadi.
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza ostiga olish:
- ularning yaratilganlilik fakti asosida;
- FKda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda 
vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza hujjati berilishi 
asosida vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqiy muhofaza berish 
shartlari qonun bilan belgilanadi.
Intellektual obyektlami ng quyidagi turlari bo'yicha ularni huquqiy 
muhofaza qilish ularning yaratilishi (vujudga kelish) fakti asosida sodir 
boiadi:
- fan, adabiyot, san’at asarlari;
- EHM uchun dasturlar va maiumotlar bazalari;
- ijrolar, ijrolarni sahnalashtirish, eshittirish va ko'rsatuvlar;
- topologik va integral sxemalar.
Bunda obyekt ijodkor tomonidan og'zaki, yozma, tasvir shaklida 
yoki boshqalar tomonidan idrok etish (qabul qilish) uchun imkon beradigan 
boshqa obyektiv shaklda mujassam etilishi bilan yaratilgan hisoblanadi. 
Binobarin, shu vaqtdan boshlab unga nisbatan boshqa shaxslarda subyektiv 
huquqlar vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi. Bunday holda 
obyektdan uchinchi shaxslaming foydalangan boiishi, obyekt ro'yxatdan 
o'tkazilishi yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya etilishi talab etilmaydi. 
Hatto obyekt keyinchalik ro'yxatdan o'tkazilishi lozimligi haqidagi qoida 
mavjud boisa ham (masalan, EHM uchun dasturlar va maiumotlar 
bazalari uchun davlat ro'yxati mavjud) bu holat ularning huquqiy 
muhofaza qilish holatiga ta’sir etmaydi. Bunda intellektual mulk obyektlari 
O'zbekiston Respublikasi hududida yoki xorijiy davlat hududida 
yaratilganligi fakti ahamiyatga ega emas.
Intellektual mulkning bir qator obyektlarini huquqiy muhofaza qilish 
FKda yoki boshqa qonunlarda (masalan, «Ixtiro, foydali model, sanoat 
namunalari to'g‘risida»gi Qonun, Seleksiya yutuqlari haqidagi qonun va 
shu kabilar) belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan


huquqiy muhofaza berilishi orqali vujudga keladi. Buning uchun 
intellektual mulk ob’ekgiga nisbatan o‘z subyektiv huquqlarining e’tirof 
etilishiga haqli bo'lgan manfaatdor fuqaro yoki yuridik shaxs belgilangan 
tartibda vakolatli davlat organiga murojaat etishi va o'z talabini 
asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Talab qanoatlantirilgan 
hollarda vakolatli davlat organi fuqaro yoki yuridik shaxsni intellektual 
mulk obyektiga nisbatan subyektiv huquqlari muhofaza ostiga olinganligini 
bildiruvchi hujjat (patent, guvohnoma, qayd etilganlik haqidagi 
shahodatnoma), huquqiy muhofaza yorlig'i beradi. Vakolatli davlat organi 
bunday talabni rad etgan taqdirda bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi. 
Qaror ustidan Appelyatsion kengashga yoki sudga qonunlarda belgilangan 
tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Vakolatli davlat organi (ko'p obyektlar bo'yicha bunday organ bo'lib 
O'zbekiston Respublikasi Davlat Patent idorasi hisoblanadi) huquqiy 
muhofaza yorlig'i berishda quyidagi holatlarni, albatta, o'rganib chiqadi:
a) huquqiy muhofaza berilishi so'ralayotgan obyekt intellektual mulk 
obyekti sifatida tegishli xususiyatlarga egami, yo'qmi;
b) o'z nomiga huquqiy muhofaza yorlig'i berilishini so'rab murojaat 
qilayotgan fuqaro yoki yuridik shaxs talabi qonuniy asoslarga egami, 
yo'qmi;
v) huquqiy muhofaza yorlig'i berilishi boshqa shaxslarning qonuniy 
huquq va manfaatlariga putur yetkazmaydimi va hokazo.
Ayrim turdagi intellektual mulk obyektlarini vakolatli davlat organi 
tomonidan huquqiy muhofaza yorlig'i asosida huquqiy qo'riqlanishi 
bo'yicha tartib belgilanganligining ahamiyati shundan iboratki, bunda, 
birinchidan, huquqiy muhofaza yorlig'i intellektual mulk obyektlarining 
sifat-jihatidan tegishli talablarga javob bera olishi lozimligini, ikkinchidan, 
nomiga huquqiy muhofaza yorlig'i olgan shaxsning subyektiv huquqlarini 
tasdiqlovchi va bu huquqlarning boshqalar tomonidan rioya etilishini 
ta’minlovchi vosita ekanligini guvohlantiradi. Ayni vaqtda bunday tartib 
huquqiy muhofaza vujudga kelishi va uning amal muddatlarini belgilashda 
bahs-nizolarga o'rin qoldirmaydi, shuningdek, boshqa mamlakatlar 
hududlarida ushbu obyektga nisbatan xuddi shunday muhofaza yorlig'ini 
olishni osonlashtiradi. Ba’zi obyektlar bo'yicha esa bunday obyekt 
yaratuvchisi bo'lgan ijodkorning mualliflik shaxsiy huquqlarini ham o'ziga 
xos tarzda guvohlantiradi. Obyektga nisbatan huquqiy yorliq mavjudligi 
nomiga yorliq berilgan shaxsning subyektiv huquqlari buzilgan taqdirda 
sud yo'li bilan himoya qilish uchun asos bo'ladi.
Intellektual mulk quyidagi obyektlarining huquqiy muhofazasi davlat


organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig'i berilishi asosida vujudga 
keladi:
- ixtiro, sanoat namunasiga nisbatan patent beriladi;
- foydali modelga nisbatan guvohnoma beriladi («Ixtirolar, sanoat 
namunalari, foydali modellar to'g'risida» gi Qonunning 3-moddasi);
- seleksiya yutuqlariga nisbatan patent beriladi;
- tovar (xizmat ko'rsatish) belgisiga nisbatan u davlat ro'yxatidan 
o'tkazilib, guvohnoma beriladi;
- firma nomi davlat ro'yxatidan o'tkazilib (reestrga kiritilib) bu 
haqda dalolatnoma beriladi;
- tovar chiqarilgan joy nomiga bo'lgan huquq davlat ro'yxatidan 
o'tkazilib, undan foydalanish huquqi to'g'risida guvohnoma beriladi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza 
yorlig'ida obyekt nomi, uning alohida xususiyatlari, ushbu obyekt muallifi 
(ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga nisbatan 
huquqlar sohibining nomi) huquqiy muhofaza muddatining boshlanish 
va bekor bo'lish vaqti, ushbu yorliqni bergan vakolatli davlat organi 
nomi ko'rsatiladi, uning rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan 
tasdiqlanadi. Firma nomiga berilgan huquqiy muhofaza yorlig'ining amal 
qilishi muddat bilan chegaralanmaydi. Tovar (xizmat ko'rsatish) belgisi, 
tovar chiqarilgan joy nomiga boigan huquq bo'yicha berilgan huquqiy 
muhofaza yorlig'i amal qilish muddati vakolatli davlat organi tomonidan 
belgilangan tartibda uzaytirib turilishi mumkin. Sanoat namunasi va 
foydali modelga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig'i cheklangan 
muddatga uzaytirilishi mumkin.
Vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig'i olinishi 
shart boigan intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar bunday 
yorliq olinmagan hollarda sud yoki boshqa davlat organlari tomonidan 
huquqiy muhofaza qilinmaydi.
Huquqiy muhofaza yorlig'i har qanday davlat organi yoki jamoa 
tashkiloti tomonidan emas, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli 
davlat idorasi tomonidan berilishi lozim
Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan intellektual mulk 
obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig'i O'zbekiston 
Respublikasi hududida amal qilishi O'zbekiston Respublikasi ishtirokida 
xalqaro konvensiyalar, shartnomalar, ikki yoki ko'p tomonlama bitimlar 
yoxud O'zbekiston Respublikasi vakolatli davlat idoralari tomonidan 
ro'yxatdan o'tkazdirilishi yoki tegishli huquqiy yorliq berilishi asosida 
vujudga keladi.


Oshkor etilmagan axborotlami huquqiy muhofaza qilish qonunlarda 
belgilangan qator shartlar asosida (FKning 98-moddasi, «Davlat sirlarini 
saqlash to'g'risida» gi Qonunning 1-5-moddalari, «Axborotlashtirish 
to'g'risida» gi Qonunning 2-3-moddalari) belgilanadi. Ko'p hollarda bunday 
shartlar asosida oshkor etilmagan axborot sohibining bu axborotga nisbatan 
faktik monopol holati yotadi. Faktik monopol holat quyidagi shartlar bir 
vaqgning o'zida mavjudligini bildiradi:
a) oshkor qilinmagan axborot uchinchi shaxslarga noma’lum bo'lishi;
b) xuddi shu noma’lumligi sababli u haqiqiy yoki nisbiy tijorat 
qiymatiga ega bo'lishi;
v) uchinchi shaxslarga bunday axborotdan qonuniy asoslarda erkin 
bahram and bo'lish i (tanishuvi, xabardor bo'lishi, foydalanishi) 
imkoniyatlari bo'lmasligi;
g) axborot sohibi uning maxfiyligi (sirligini)ni saqlash bo'yicha barcha 
choralami ko'rgan bo'lishi shart.
Faktik monopol holatini huquqiy muhofaza yorlig'i berish, ro'yxatdan 
o'tkazish (bunday axborot nou-xau sifatida litsenziya shartnomasi asosida 
berilishi hollaridan tashqari) yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya qilish 
tartibida rasmiylashtirilishi lozim emas.
Oshkor etilm agan axborot sohibining huquqdariga uchinchi 
shaxslarning insofsiz harakatlari, g'irrom raqobat (sanoat josusligi, xodimni 
sotib olish) orqali putur yetkazilganda sud yo'li bilan huquqiy muhofaza 
ostiga olinadi.
Oshkor etilmagan axborotlar uchinchi shaxslar tomonidan insofli 
asoslarda olinganda yoki u tomonidan mustaqil ravishda izlanish asosida 
topilganda oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquq sohibining 
subyektiv huquqlri huquqiy muhofaza qilinmaydi (chunki bunda u faktik 
monopol egalik mavqeydan amalda mahrum bo'ladi).

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish