Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Intellektual m ulk obyektlariga nisbatan shaxsiy



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4-§. Intellektual m ulk obyektlariga nisbatan shaxsiy 
va mulkiy huquqlar
Intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga 
nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega bo'ladi.
Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan uning muallifining shaxsiy 
huquqlari deganda, mulkiy mazmunga ega bo'lmagan, ushbu natijaga 
nisbatan ijo d k o r-y a ra tu v ch i sifatidagi m avqeyini e ’ tirof etish, 
mustahkamlash va him oya qilishga qaratilgan mutlaq huquqlari


tushuniladi va huquqlar muallifning faqat o'zigagina tegishli bo'lib, boshqa 
birovga yetkazilishi, ya’ni muallifdan begonalashtirilishi mumkin emas. 
Shaxsiy huquqlar mazmuni, doirasi har bir intellektual faoliyat natijasi 
uchun alohida o‘ziga xos tarzda belgilanadi. Masalan, mualliflik huquqi 
obyektlariga nisbatan muallif shaxsiy huquqlari doirasi keng (mualliflik 
huquqi, mualliflik ism-sharifiga bo'lgan huquq, muallif obro'sini himoya 
qilish huquqi, asarni chaqirib olish huquqi va hokazo). Ba’zi obyektlar 
bo'yicha esa (masalan, seleksiya yutuqlarida) shaxsiy huquq obyekt 
muallifi sifatida tan olinishi huquqi bilan kifoyalanadi.
Intellektual faoliyat natijalari muallifi shaxsiy huquqlari bilan bir 
qatorda, ushbu natijaga nisbatan mulkiy huquqlarga ham ega. Mulkiy huquq 
mazmuni muallifning ushbu o'zi yaratgan intellektual faoliyat natijasidan 
foydalanishi, boshqalarga haq evaziga foydalanishga berish yoki haq evaziga 
foydalanish uchun ruxsat berish yoxud haq evaziga bu natijaga nisbatan 
huquqlarni boshqalarga yetkazish imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Muallifning mulkiy huquqlari hajmi to'liq yoki cheklangan bo'lishi 
mumkin. Intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mutlaq huquqlar (FKning 
1034-moddasi) muallifning o'ziga emas, boshqa shaxsga tegishli bo'lsa, 
muallifning intellektual faoliyati natijasiga mulkiy huquqlari cheklangan 
tusga ega bo'ladi (masalan, mualliflik huquqida ergashma huquq yoki 
ulush huquqi, seleksiya yutuqlari bo'yicha seleksionerlarning patent 
egasidan mukofot olish huquqi, ixtirochining ixtirodan ilmiy-tadqiqot 
va shaxsiy maqsadlarda foydalanish huquqi va hokazo).
Shaxsiy nomulkiy huquqdar muallifga uning mulkiy huquqlaridan 
qat’iy nazar, tegishli bo'ladi va uning intellektual faoliyat natijalariga 
bo'lgan mulkiy huquqlar boshqa shaxslarga o'tgan taqdirda ham uning 
o'zida saqlanib qoladi. Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan shaxsiy 
huquqlar faqat ijodkor-yaratuvchi (muallif)ning o'ziga tegishli bo'ladi, 
mulkiy huquqlar esa, uchinchi shaxslarga ham tegishli bo'lishi mumkin 
(masalan, obyekt buyurtma asosida yaratilganda). Mulkiy huquqlar 
fuqarolik muomalasida faol harakatda bo'lishi, u boshqalarga haq evaziga 
yoki tekin o'tkazilishi, garov predmeti bo'lishi, meros tartibida o'tishi 
mumkin. Shaxsiy huquqlar esa ijodkor-muallifning shaxsi bilan bog'liq, 
undan begonalashtirilishi, birovga o'tkazilishi mumkin emas. Binobarin, 
intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mulkiy huquqlar fuqarolik 
muomalasida qanday harakatda bo'lishidan qat’iy nazar, shaxsiy huquqlar 
faqat ijodkor-muallifning o'zida saqlanib qoladi va mulkiy huquqlardan 
foydalanuvchilar ijodkor-yaratuvchi (muallif)ning shaxsiy huquqlariga


rioya qilishlari shart. Masalan, asarga nisbatan mutlaq huquqni sotib 
olgan nashriyot asarni nashr etishda muallif nomini ko‘rsatishi, asar 
daxlsizligiga rioya qilishi lozim.
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlar, ishlar yoki 
xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga nisbatan 
huquq egalariga bu vositalar borasida mulkiy huquqlar tegishli boiadi.
Alohida farqlash belgilari (xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar) 
ga nisbatan huquqlar intellektual faoliyat natijalariga nisbatan boigan huquqlar 
kabi ikki turga, ya’ni shaxsiy va mulkiy tusdagi huquqlarga bo‘linadi va 
demak, unga ikki xil tusdagi huquq sifatida qaraladi. Binoba-in, alohida 
farqlash belgilari (xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar)ga nisbatan 
huquq sohibining huquqi nafaqat mulkiy, ayni vaqtda shaxsiy tusda ham 
bo'ladi Biroq bu huquq ma’lum tartibda va shartlarga rioya qilingan holda 
haq evaziga yoki tekin, vaqtincha boshqalarga o'tkazilishi, foydalanish uchun 
berilishi mumkin boiadi (firma nomiga boigan huquqdan tashqari).
Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb e’tirof 
etilishi huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va ijodiy mehnati 
bilan intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli boiadi.
Intellektual faoliyat natijasida ixtiro yoki asarni o'z aqliy, ijodiy 
faoliyati - mehnati bilan yaratgan shaxs ushbu natijaning muallifi deb tan 
olinadi, e’tirof etiladi. Bu huquq ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan mualliflik 
huquqi deb atalib, barcha qolgan shaxsiy huquqlarning o'zagini tashkil 
etadi, boshqa shaxsiy huquqlar ushbu huquq mavjud boigan taqdirdagina, 
undan kelib chiquvchi o'ziga xos hosila ikkilamchi huquq hisoblanadi Muallif 
sifatida tan olishga boigan huquq o'z mohiyatiga ko'ra, shaxsiy nomulkiy 
huquq hisoblanadi, ya’ni u, birinchidan, ijodkor-yaratuvchi shaxsi bilan 
bog'liq, ikkinchidan, mulkiy-iqtisodiy mazmunga ega emas, uchinchidan, 
huquq sohibining o'zidan begonalashtirilishi mumkin emas. Bunday huquq 
ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina 
tegishli boiadi. Ijodiy xususiyatlarga ega bo'lmagan, odatdagi, mexanik 
tusdagi mehnati bilan ijodiy faoliyat natijasini yaratishda qatnashgan 
shaxslar muallif huquqiga ega boimaydi (masalan, ixtirochi chizmasi 
asosida ixtiro qurilmasini yasagan chilangar va hokazo).
Mualliflik huquqi boshqa shaxsga o'tkazilmaydi, berilmaydi. Ijodiy 
faoliyat natijasiga nisbatan muallif huquqi ijodkor yaratuvchisining 
o'zigagina tegishli, uning o'zidan har qanday tarzda, har qanday asosda 
begonalashtirilishi, boshqa birovga o'tkazilishi mumkin emas. Shu 
sababdan mualliflik huquqini bitim yoki shartnoma asosida boshqa birovga 
o'tkazish (sotish, hadya qilish) yoki undan boshqa shaxslar foydasiga voz


kechish muallifning o'z erki, ixtiyori va xohishi bilan sodir bo‘lsa ham 
haqiqiy hisoblanmaydi. Binobarin, bir shaxs ikkinchi shaxs uchun uning 
nomidan dissertatsiya yozib berishi, asar yozib berishi haqidagi kelishuvlari 
haqiqiy hisoblanmaydi va qonunga nomuvofiq bitim sanaladi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasida intellektual mulk 
obyektiga nisbatan mualliflik huquqini o'zlashtirib olish, hammualliflikka 
majburlash harakatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Agar ijodiy 
faoliyat natijasi (ixtiro, asar) ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikdagi 
ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo'lsa, ular hammualliflar hisoblanadi. 
Hammualliflar shaxsiy huquqlari umumiy qoidalar bo'yicha teng hajmda 
bo'lishi e’tirof etiladi. Mulkiy-huquqlar hajmi esa hammualliflar o'rtasida 
o'zaro kelishuv asosida belgilanadi va noteng hajmda bo'lishiga yo'l 
qo'yiladi. Intellektual mulkning ayrim obyektlariga nisbatan qonunda 
asarning to'laligicha hammualliflari bo'lib hisoblanadigan shaxslar doirasi 
cheklab qo'yilishi mumkin. Ushbu qoida intellektual mulk obyektini 
yaratishda g'oyat ko'pchilik qatnashadigan turlarga nisbatan amal qiladi. 
Masalan, kinofilm xuddi shunday obyekt hisoblanadi. Bu jarayonda 
ko'pchilik o'z ijodiy mehnati bilan qatnashsa-da, kinofilm muallifi bo'lib 
ssenariy muallifi, sahnalashtiruvchi rejissyor, bosh operator, bosh rassom 
va shu kabi cheklangan doiradagi shaxslar hisoblanadi.
Yaratilish fakti sababli huquqiy muhofaza qilinadigan obyektlarga 
nisbatan muallif huquqlari ushbu yaratilish fakti asosida vujudga keladi 
va rasmiyatchiliklarga rioya etilish talab qilinmaydi. Vakolatli davlat 
organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig'i asosida huquqiy muhofaza 
ostiga olinadigan intellektual mulk obyektiga nisbatan mualliflik huquqi 
huquqiy m uhofaza y orlig 'i h u jja ti yoki boshqa h u jjat asosida 
guvohlantiriladi. Barcha shaxsiy huquqlar kabi muallif-yaratuvchi 
huquqlari muddasiz himoya qilinadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish