Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


§. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

7 §. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan 
foydalanish to‘g ‘risidagi shartnomalar
Muallif intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan 
foydalanish to'g'risidagi shartnoma bo'yicha kelgusida asar, ixtiro yoki 
boshqa intellektual faoliyat natijasini yaratishga va o'zining ish beruvchisi 
bo'lmagan buyurtmachiga bu natijadan foydalanish uchun mutlaq 
huquqlar berish majburiyatini o'z zimmasiga olish mumkin.
Har bir ijodkor shaxs o'z intellektual faoliyatini o'z xohishiga ko'ra, 
o'z tashabbusi, o'z mablag'lari asosida, ish beruvchisi bilan tuzilgan 
mehnat bitimi (kontrakt) asosida yoki ish beruvchisi bo'lmagan boshqa 
shaxs buyurtmasi bo'yicha shartnoma asosida tashkil etishi mumkin.
Muallif — ijodkorning o'z tashabbusi va o'z mablag'lari asosida 
yaratilgan ijodiy faoliyat natijasiga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mutlaq 
huquqlar faqat uning o'zigagina tegishli bo'ladi. U ijodiy faoliyat mahsuli 
bo'lgan obyektga nisbatan mutlaq huquqlarni o'z xohishiga ko'ra erkin 
ravishda tasarruf etadi.
Muallif — ijodkor boshqa bir shaxs (ish beruvchi) bilan mehnat 
munosabatida bo'lgan holda, mehnat bitimida shart qilib qo'yilgan ijodiy 
faoliyatni amalga oshirish, ish (topshiriq) bajarish asosida vujudga kelgan 
ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan mutlaq huquqlarga ushbu FKning 
1062, 1087-moddalari va boshqa qonun hujjatlarida (masalan, «Seleksiya 
yutuqlari to'g'risida» gi Qonunning 7-moddasi, «ЕНМ uchun dasturlar 
va ma’lumotlar bazalari to'g'risida »gi qonunning 8-moddasi va shu kabilar) 
belgilab qo'yilgan qoidalar va O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 
normalari qo'llaniladi.
Muallifning ijodiy faoliyat mahsulini yaratish va ulardan foydalanish


to‘g ‘risida boshqa har qanday uchinchi shaxs bilan tuzadigan shartnomasi 
o‘z mazmuniga ko‘ra fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma hisoblanadi 
va ushbu shartnomaga nisbatan FKning tegishli me’yorlari qo'llaniladi. 
Shartnoma predmeti bo‘lib muallifning kelgusida ijodiy faoliyatni amalga 
oshirish va uning natijasida yaratiladigan ijodiy faoliyat mahsuli hisoblanadi. 
Binobarin, taraflar shartnoma tuzgan vaqtda hali intellektual faoliyat 
mahsuli vujudga kelmagan bo'ladi. Shartnoma tuzish vaqtida amalda 
yaratilgan, mavjud bo'lgan ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan mutlaq 
huquqlar uchinchi shaxslarga FKning 1035-moddasida belgilangan tartibda 
o'tkazilishi mumkin.
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish 
haqidagi shartnoma ijodkor shaxs bilan buyurtmachi o'rtasida tuziladi. 
Unga asosan ijodkor shaxs (ijrochi, bajaruvchi) ijodiy faoliyatni amalga 
oshirish asosida intellektual mulk huquqi obyektini yaratish va undan 
foydalanish bo'yich a mutlaq huquqni buyurtm achiga topshirish, 
buyurtmachi esa bajaruvchini tegishli mablag' bilan ta’minlash va haq 
to'lash majburiyatlarini o'z zimmmasiga oladi.
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish 
shartnomalar predmeti qanday obyekt bo'lishiga qarab, quyidagi turlarga 
bo'linadi:
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat 
shartnomasi (FKning 693-702-moddalari);
mualliflik shartnomasi (FKning 1067-moddasi).
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish 
to'g'risidagi shartnoma yaratilishi lozim bo'lgan intellektual faoliyat natijasi 
xususiyatini, shuningdek, undan foydalanish maqsadlari yoxud usullarini 
belgilashi lozim.
Intellektual faoliyat natijasi xususiyati, tusi, eng awalo, uning ma’lum 
sifat ko'rsatkichlarida namoyon bo'ladi. Bunday sifat ko'rsatkichlari 
obyektning texnik-iqtisodiy xarakteristikasida, huquqiy mezonlarga 
mosligiga (masalan, huquqiy muhofaza yorlig'i olish — patentga 
layoqatlilik darajasida ekanligi) va shu kabilarga ko'ra ifodalanadi.
Shartnomada o'z aksini topishi lozim bo'lgan holatlardan yana biri
— intellektual faoliyat natijasidan foydalanish maqsadlari (masalan, 
ixtirodan qaysi tarmoqda, qanday mahsulotdan yoki ilmiy asardan tijorat 
maqsadida yoki o'quv-ta’lim maqsadlarida va hokazo) yoki foydalanish 
usullari (masalan, adabiy asarni nashr etish yoki sahnalashtirish yoki 
kinofilm qilish) hisoblanadi.


Yuqoridagi holatlar intellektual faoliyat natijalarini yaratish va 
ulardan foydalanish haqidagi shartnomaning zarur shartlari hisoblanadi 
va ko'p hollarda bu shartlar taraflar zimmasiga yuklangan majburiyat 
tariqasida nam oyon bo'ladi. Masalan, obyektn in g m a ’ lum sifat 
xususiyatlarida bo'lishi uchun ijodkor-muallif mas’ul bo'lsa, obyektdan 
foydalanish maqsadi va usullariga rioya qilish buyurtmachi zimmasiga 
yuklanadi.
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish 
haqidagi shartnoma predmeti bo'lib, har doim kelgusida yaratiladigan, 
muayyan xususiyatlarga ega bo'lgan, aniq va konkret belgilab qo'yilgan 
asar, ixtiro, seleksiya yutug'i va shu kabilar hisoblanadi. Agar ijodkor- 
muallif zimmasiga u kelgusida yaratadigan har qanday intellektual 
faoliyat natijalaridan foydalanish uchun mulkiy huquqlarini bironta 
shaxsga (buyurtmachiga yoki boshqa uchinchi shaxsga) berish majburiyati 
yuklangan bo'lsa, bunday shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy hisoblanmaydi 
va u hech qanday huquqiy oqibatlar vujudga keltirmaydi. Binobarin, 
buyurtmachi uning ijrosini talab qila olmaydi. Ushbu qoida FKning 23- 
moddasida mustahkamlab qo'yilgan fuqarolik huquqi layoqati va muomala 
layoqatini cheklashga yo'l qo'ymasligi haqidagi umumiy tamoyil bilan 
chambarchas bog'liq. Ijodkor — muallifning kelgusida yaratadigan har 
qanday asariga nisbatan mutlaq huquqlami boshqa shaxsga berish 
majburiyati shu sababli ham uning huquq layoqatini g'ayriqonuniy 
cheklash hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi K onstitutsiyasining 42-m oddasida 
fuqarolarning ijod erkinligi mustahkamlanib qo'yilgan Unda ko'rsatilishicha, 
har qanday shaxsga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi kafolatlanadi. 
Binobarin, intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish 
haqidagi shartnomada agarda muallif — ijodkorning kelgusida muayyan 
turdagi yoki muayyan sohadagi intellektual faoliyat bilan shug'ullanmaslik 
yoki bu faoliyat natijasini yaratmaslik majburiyatlari belgilab qo'yilgan 
bo'lsa, u o'z-o'zidan haqiqiy hisoblanmaydi. FKning 23-moddasida 
fuqaroning huquq layoqatidan to'la yoki qisman voz kechish va huquq 
layoqati va muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar 
o'z-o'zidan haqiqiy emas deb ko'rsatiladi. Demak, ijodkor-muallifning 
o'z ixtiyori, erki, irodasi bilan bunday shartni shartnoma majburiyati 
sifatida o'z zimmasiga olganligi ahamiyatga ega emas. Albatta, ijodkor- 
muallif o'z erki, ixtiyori bilan amalda ma’lum turdagi intellektual faoliyat 
bilan shug'ullanmaslikka haqli, biroq bu holat shartnoma predmeti yoki


shartnoma sharti sifatida namoyon bo'lganda, har doim o ‘z-o ‘zicha 
haqiqiy hisoblanmaydi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish