Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Mutlaq huquqlarning amal qilish muddatlari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

9-§. Mutlaq huquqlarning amal qilish muddatlari
Ma’lumki, intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlarning 
amal qilishi abadiy muddatsiz bo'lmay, ma’lum muddat, vaqt bilan 
chegaralangan bo'ladi. Biroq bu muddat barcha obyektlar uchun bir 
xilda bo'lmay, turli obyektlarga nisbatan muddatning boshlanish, amal 
qilish, bekor bo'lish, ba’zi hollarda esa uzaytirish tartibi bo'yicha turlicha 
namoyon bo'ladi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqning amal qilish


muddati bevosita FKda yoki boshqa amaldagi qonunlarda nazarda tutilishi 
mumkin.
Intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan mutlaq huquqning 
amal qilish muddati davomida huquq egasining bu mutlaq huquqlardan 
kelib chiquvchi subyektiv huquqlari huquqiy muhofaza ostida bo'ladi va 
qo‘riqlanadi, bu huquqlarga hamma rioya qilishi shart, basharti ular 
kimdir tomonidan buzilsa, buzilgan huquq huquq egasining talabi bilan 
sud orqali himoya qilinadi, zarur hollarda bu huquqlar amalga oshirilishi 
qonuniy tartibda davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi.
Mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar muallifning 
butun hayoti davomida va vafotidan keyin u vafot etgan yildan keyingi 
yilning birinchi yanvaridan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. 
Hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mutlaq huquqlar uchun 
bunday 50 yil muddatning boshlanishi eng uzoq yashagan hammuallif 
vafotidan keyin boshlanadi.
Yashirin taxallus ostida yoki imzosiz chop etilgan asarga bo'lgan 
mutlaq huquq asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan 
boshlab 50 yil davomida amal qiladi.
Agar asar muallif vafotidan keyin 50 yil ichida birinchi marta chop 
etilsa, mutlaq huquq asar chop etilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan 
e’tiboran 50 yil davomida amal qiladi (FKning 1065-moddasi).
Turdosh huquqlar obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar quyidagi 
muddatlarda amal qiladi:
— ijrochining huquqlari birinchi yozuv (ijroni yozib olish) yoki birinchi 
ijro (sahnalashtirish) paytidan e’tiboran 50 yil davomida;
— efir, kabel orqali ko'rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning 
ko'rsatuv va eshittirishga bo'lgan huquqi uni birinchi marta efir orqali 
translyatsiya qilish vaqtidan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. 
(«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g ‘risida»gi Qonunning 54, 
55-moddalari);
— ixtiroga nisbatan patent yigirma yil davomida amal qiladi 
(ustuvorlik sanasidan boshlab);
— sanoat namunasiga nisbatan patent 10 yil davomida amal qiladi 
(ustuvorlik sanasidan boshlab);
— foydali modelga bo'lgan patent 5 yil davomida amal qiladi.
Sanoat namunasiga, foydali modelga bo'lgan patent amal qilish
muddatlari uzaytirilishi mumkin. («Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari to'g'risida»gi Qonunning 5-moddasi).
Seleksiya yutuqlariga bo'lgan patent seleksiya yutug'i davlat


reestriga kiritilgan vaqtdan boshlab 20 yil davomida, tok, yog‘ochbop, 
manzarali, mevali daraxtlar va o'rm on o ‘simliklari, shu jumladan, 
ularning payvandlari uchun 25 yil davomida amal qiladi va u 10 
yilga uzaytirilishi mumkin («S eleksiya yutuqlari to ‘ g ‘ risida»gi 
Qonunning 14-moddasi).
Mahsulot (xizmat) belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqlami guvohlantiruvchi 
guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil davomida amal qiladi va 
har gal 10 yilga uzaytirilishi mumkin. («Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish 
belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonunning 22- 
moddasi).
Firma nomiga bo'lgan huquqning amal qilish muddati cheklanmagan 
bo'lib, yuridik shaxs bekor bo'lgan yoxud nomi o'zgargan hollardagina 
bekor bo'lishi mumkin (FKning 1100-moddasi).
Oshkor etilmagan axborotlarga bo'lgan mutlaq huquqlarning amal 
qilish muddati (huquqiy muhofaza qilinishi) ham FKning 1095-moddasida 
belgilangan shartlar m a vju d b o 'lg a n hollarda m u ddat bilan 
chegaralanmagan.
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarning amal 
qilish muddati qat’iy belgilab qo'yilgan hollarda bu muddat o'tganidan 
keyin (agarda uni uzaytirish mumkin bo'lmasa) huquq egasining mutlaq 
huquqlari bekor bo'ladi. Buning ma’nosi shundan iboratki, bunday 
obyektlar ijtimoiy boylik, ijtimoiy ne’matga aylanadi, ya’ni har kim 
undan erkin va tekin foydalana oladi (obyekt muallifining shaxsiy 
huquqlariga rioya qilgan holda).
Ma’lumki, intellektual mulk huquqi obyektlarga nisbatan mutlaq 
huquqlar o'z mazmuni va xarakteri bo'yicha mulkiy huquqlar majmuini 
tashkil etadi va binobarin, ular qonun asosida ma’lum belgilangan muddat 
davomida amal qiladi. Mutlaq huquqlardan farqli ravishda intellektual 
mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy nomulkiy huquqlar muddatsiz amal 
qiladi, ya’ni ularga rioya etilishi vaqt bilan chegaralanmaydi. Bunday 
shaxsiy huquqlar intellektual faoliyat mahsuli muallifiga ham (masalan, 
mualliflik huquqi), uchinchi shaxslarga ham (masalan, rassom tomonidan 
portretda ifodalangan shaxsning o'z qiyofasiga bo'lgan shaxsiy huquqi) 
tegishli bo'lishi mumkin. Shaxsiy huquqlar mutlaq huquqlar kimga tegishli 
ekanligidan qat’iy nazar, amal qiladi. Intellektual mulk huquqi obyektlariga 
nisbatan mutlaq huquqlar fuqarolik muomalasida erkin harakat qiladi, u 
boshqa shaxslarga o'tkazilishi mumkin, shaxsiy huquqlar esa huquq 
sohibining o'zidan begonalashtirilmaydi va boshqa shaxslarga o'tkazilmaydi.
Mutlaq huquq amal qilish m uddatining tugashi yoki uning


m uddatidan oldin, qonunda belgilangan asoslarda bekor bo'lishi, 
shuningdek, shaxsiy huquq sohibining vafot etishi bunday shaxsiy 
huquqqa boshqalar tomonidan rioya etilish shartligiga aslo ta’sir etmaydi. 
Intellektual mulk huquqi obyektga bo'lgan mutlaq huquqlarning amal 
qilish muddati tamom bo'lganligi sababli bu obyektlarning ijtimoiy boylik, 
ne’matga aylanganligi fakti ham ularga nisbatan muallifning yoki uchinchi 
shaxslarning shaxsiy huquqlari bekor bo'lishiga aslo olib kelmaydi. Bunday 
shaxsiy huquqlar qonun bilan bemuddat qo'riqlanadi.
FKning 1039-moddasida nazarda tutilgan qoidaga asosan agarda 
qonunda belgilab qo'yilgan hollarda intellektual mulk huquqi obyektga 
bo'lgan mutlaq huquq egasi tomonidan bunday mutlaq huquqlardan 
muayyan vaqt davomida foydalanmagan hollarda bekor qilinishi mumkin. 
Ma’lumki, umumiy qoida bo'yicha mutlaq huquq egasi o'z huquqidan 
o'zi mustaqil, erkin va o'z xohishiga ko'ra foydalanishga haqli. Ayrim 
hollarda qonun mutlaq huquq sohibi zimmasiga o'ziga tegishli bo'lgan 
mutlaq huquqlardan foydalanish bo'yicha faol harakatlar sodir etish 
majburiyatini yuklaydi, ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda huquq 
egasi uchun qator salbiy oqibatlar vujudga kelishi qonunlarda belgilab 
qo'yilgan. Masalan, dastlabki patent ro'yxatga olingan sanadan boshlab 
uch yil davomida patent egasi sanoat mulki obyektidan butunlay yoxud 
yetarli foydalanmasa va bu uzrli sabablarga ko'ra ro'y berganligini isbotlab 
bera olmasa, obyektdan foydalanishni xohlovchi boshqa shaxslar 
obyektdan foydalanishga majburiy litsenziya berilishini so'rab, sudga 
murojaat etishga haqli («Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari 
to'g'risida»gi Qonunning 11 -moddasi).
Tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisiga bo'lgan mutlaq huquqni 
guvohlantiruvchi hujjat — guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi, 
xizmat ko'rsatish belgisi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi besh yil 
davomida uzluksiz ishlatilmagan yoki umuman foydalanilmagan bo'lsa, 
agarda tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi egasi belgidan o'ziga bog'liq 
bo'lmagan uzrli sabablarga ko'ra foydalanmaganligini isbotlab bera olmasa, 
istalgan shaxsning arizasiga muvofiq, sud chiqargan qaror asosida to'liq 
yoki qisman muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin («Tovar belgilari, 
xizmat ko'rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida»gi 
Qonunning 25-moddasi).



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish