Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Patentga bo‘lgan huquq va shaxsiy huquqlar



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2-§. Patentga bo‘lgan huquq va shaxsiy huquqlar
Patentga bo'lgan huquqni tasarruf etish huquqlarning yuridik 
taqdirini belgilashni anglatadi. Mutlaq huquq sohibi bu huquqlarni shaxsan 
o'zi amalga oshirishi, boshqa har qanday shaxslarga to'liq yoki qisman 
haq baravariga (litsenziya berish, sotish) yoki tekin (hadya qilish) 
o'tkazishga haqli.
Patentga bo'lgan huquq o'z tarkibiga, doirasiga xilma-xil huquqlarni 
qamrab oladi. Bu huquqlarning majmui patentga bo'lgan huquqni tashkil 
etadi. FKning 1034-moddasida patentga bo'lgan huquqlarning asosiy turlari 
belgilab qo'yilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
a) 
patent olish huquqi. Qonunning 9-moddasiga asosan tubandagilar 
sanoat mulki obyektiga huquqiy muhofaza yorlig'i (patent) olishga haqli: 
sanoat mulk ob’etining muallifi (hammualliflari) yoki uning (ularning) 
merosxo'rlari;
muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent, dastlabki 
patent yoki guvohnomaga oid talablarda yoxud sanoat mulki obyekti 
Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgunga qadar topshirilgan arizada 
ko'rsatilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarga (ular roziligi sharti 
bilan) ushbu asosga ko'ra patent olish huquqi haq evaziga yoki tekin har 
qanday shaxsga o'tkazilishi mumkin. Muallif bilan sanoat mulki obyektini 
yaratish b o'yich a shartnoma tuzgan va shartnoma bo'yich a o'z 
majburiyatlarini lozim darajada bajargan buyurtmachi ham ushbu asosga 
ko'ra, patent olish huquqini qo'lga kiritadi;
obyekt xizmat topshirig'i bo'yicha yaratilganda, muallif uchun ish 
beruvchiga (FKning 1087-moddasida belgilangan hollarda asoslarda va 
tartibda);
patent olish huquqi meros bo'yicha o'tadi;


b) 
sanoat mulki obyektiga patent (guvohnoma) berish so'ralgan 
talabnomani ruyxatdan o'tkazishdan kelib chiqadigan huquqlar. Patent 
olishga bo'lgan huquq Patent idorasiga belgilangan tartibda patent 
berishni so'rab talabnoma berish (Qonunning 14, 20-moddalari) orqali 
amalga oshiriladi. Talabnoma topshirilib, u Patent idorasida ro'yxatdan 
o'tkazilgach, talabnoma topshirgan shaxsda vujudga keladigan huquqlar 
(ular orasida markaziy o'rinda o'z nomiga patent olish huquqi turadi) 
boshqa shaxslarga to'liq yoki qisman, haq evaziga yoki tekin o'tkazilishi 
mumkin. Bunday o'tkazish tegishli shaklda rasmiylashtirilishi lozim;
v) patentga egalik huquqi bu, eng avvalo, patent bo'yicha mutlaq 
huquqni to'liq holda o'z ixtiyori, erk-irodasi doirasida ushlab turish, 
saqlab turish hisoblanadi. Bu huquq mazmuni Qonunning 11-moddasida 
belgilab qo'yilgan. Patentga egalik huquqi ham to'liq yoki qisman, haq 
evaziga yoki tekin tarzda boshqa shaxslarga o'tkazilishi mumkin (u tegishli 
tartibga rioya qilgan holda rasmiylashtirilishi lozim — yozma tuzilishi va 
davlat Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilishi shart);
g) patentdan kelib chiqadigan huquqlar, y a ’ni sanoat mulki 
obyektidan o'zi foydalanishi, boshqalarning foydalanishiga ruxsat 
(litsenziya) berishi va boshqalarning bu obyektlardan foydalanishini 
taqiqlab qo'yishi, litsenziya uchun tegishli haq olishi, mutlaq huquqlari 
buzilish natijasida yetkazilgan zararlarning (ham moddiy, ham ma’naviy 
zararlarning) qoplanishini talab qilishi va shu kabi huquqlardan iborat. 
Bu huquqlar ham boshqa shaxslarga to'liq yoki qisman, haq evaziga 
yoki tekin o'tkazilishi mumkin.
1. Sanoat mulki obyekti (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi)ni 
o'z ijodiy mehnati bilan shaxsan yaratgan jismoniy shaxs bu obyektning 
muallifi deb e’tirof etiladi.
Sanoat mulki obyektiga huquqiy muhofaza yorlig'i berish haqidagi 
topshirilgan talabnomani ko'rib chiqishning istalgan bosqichida muallif 
ariza berib, sanoat mulki obyektiga o'z nomini yoki maxsus nom berish 
huquqiga ega.
2. Ixtiro, foydali, model, sanoat namunasiga bo'lgan mualliflik huquqi 
va boshqa shaxsiy huquqlar patentga asoslangan huquqlar vujudga kelgan 
vaqgdan boshlab vujudga keladi. Qonunning 5-moddasiga asosan patent 
asosida kelib chiquvchi mutlaq huquqlar obyektning ustuvorlik sanasidan 
boshlab amal qila boshlaydi. Binobarin, mualliflik huquqi va boshqa 
shaxsiy huquqlar ham shu vaqtdan boshlab vujudga keladi va patentga 
asoslangan huquqlardan farqli ravishda bemuddat amal qiladi.


3. 
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi muallifiga qonun hujjatlari 
asosida maxsus huquqlar, imtiyozlar va ijtimoiy tusdagi (xarakterdagi) 
afzalliklar berilishi mumkin.
FKda, boshqa qonun hujjatlarida muallifga tegishli quyidagi maxsus 
huquqlar va ularni himoya qilish bo'yicha me’yorlar belgilab qo'yilgan:
a) obyektning muallifi sifatida huquqiy muhofaza yorlig'ida qayd 
etilishi va bu huquqning, hamma tomonidan tan olinishi, rioya etilishiga 
b oig a n huquq. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan 
mualliflikni o'zlashtirish, hammualliflikka majbur qilish uchun jinoiy 
javobgarlik belgilangan;
b) muallifning sanoat mulki obyektiga nom berish huquqi;
v) sanoat mulki obyektidan muallif bu obyektiga nisbatan mutlaq 
huquq egasidan ruxsat olmay va haq to'lamay, ilmiy tadqiqot va shaxsiy 
maqsadlarda foydalanishga haqli;
g) patent (guvohnoma) egasi bo'lmagan sanoat mulki obyektining 
muallifi mazkur obyektdan foydalanilganligi va unga doir litsenziya 
sotilganliga uchun mukofot puli olishga haqlidir. Haq miqdori, uni to'lash 
tartibi ish beruvchi, patent egasi yoki ularning huquqiy vorisi bilan 
tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi.
Patent (guvohnoma) egasi uning amal qilish muddati davomida 
muallifga quyidagilar hisobidan haq toianadi:
obyektdan foydalanganlikdan keladigan foyda (daromad);
obyekt asosida ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, 
ko'rsatilgan xizmat) tannarxi;
obyekt uchun berilgan litsenziya toiovlari.
Litsenziya shartnomasi bo'yicha mukofot puli litsenziya shartnomasida 
ko'rsatilgan to'lov valyutasida haq toianishi mumkin (Qonunning 32- 
moddasi);
d) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda sanoat mulki 
obyekti mualliflari qator imtiyozlar va afzalliklarga (shtatlar qisqarganda 
ishda qoldirishda imtiyoz, ijodiy ta’tilga chiqish huquqi va hokazo), 
davlat turar joyi berilganda qo'shimcha turar joy normasi olish huquqiga 
ega bo'lish, ularga davlat mukofotlari, ilmiy daraja va faxriy unvonlar 
berilishi mumkin.
Qonunning 15-17-moddalarida ko'rsatiladiki, sanoat mulki obyektiga 
huquqiy muhofaza yorlig'i berish haqidagi talabnomada obyektni o'z 
ijodiy mehnati bilan yaratgan shaxs uning muallifi sifatida ko'rsatiladi. 
Bu holatning aksi (obyekt muallifi boshqa shaxs ekanligi) isbotlab 
berilmaguncha talabnomada obyekt muallifi sifatida ko'rsatilgan shaxsning


mualliflik prezumpsiyasi amal qiladi. Mualliflik haqida nizo chiqqan 
taqdirda mualliflik huquqi vujudga kelishidan avval mavjud bo‘lgan 
faktlar va holatlar (mualliflik huquqi da’vogarining obyekt bo'yicha 
ilmiy-tadqiqotlar olib borganligiga, ijobiy natijalarga erishgani va hokazo) 
dalil-isbot tariqasida jalb etilishi mumkin. Huquq yuzaga kelishidan keyin 
vujudga kelgan faktlar va holatlar mualliflikni tasdiqlovchi dalil-isbot 
sifatida keltirilishi mumkin emas.
Agar, sanoat mulki obyekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikdagi 
ijodiy mehnati asosida yaratilgan b o'lib, ular o'rtasida tuzilgan 
shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, ularning barchasi 
bu obyektning teng huquqli hammuallifi deb e’tirof etiladi.
Sanoat mulki obyekti hammualliflarning obyekt bo'yicha o'zaro 
munosabatlari ular o'rtasidagi o'zaro kelishuv asosida, bunday kelishuvga 
erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilanadi.
Sanoat mulki obyektini yaratishda ijodiylik tusiga ega bo'lgan 
faoliyat orqali yordam bergan (texnikaviy, tashkiliy yoki matematik 
yordam berish, huquqlarning rasmiylashtirilishiga ko'maklashish va 
hokazolar) hammualliflikka sabab bo'lmaydi. Biroq ular sanoat mulki 
obyektlarini yaratish va ulardan foydalanishda ko'maklashgan shaxs 
sifatida mukofot olishga haqli.
Quyidagi hollarda sanoat mulki obyektiga nisbatan guvohnoma olish 
huquqi obyekt muallifi bilan mehnat shartnomasi (bitimi, kontrakti) 
tuzgan ish beruvchiga tegishli bo'ladi:
a) obyekt xodimning o'z xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida 
yaratilgan bo'lsa;
b) obyekt xodim tomonidan ish beruvchining aniq muayyan xizmat 
topshirig'ini bajarish natijasida yaratilgan bo'lsa;
v) basharti bu holat sanoat mulki obyektining muallifi bilan ish 
beruvchi o'rtasidagi shartnomada (kontraktda) nazarda tutilgan bo'lsa 
(agarda yuqoridagi holatlardan biri mavjud bo'lsa-yu, obyektiv patent 
olish huquqi ish beruvchiga tegishli bo'lishi haqida kelishuv mavjud 
bo'lmasa, u holda patent olish huquqi muallifning o'zida qoladi).
Qonunda, shuningdek, xodim korxonaning ixtisosiga doir texnik 
bilimlar yordamida yaratilgan sanoat mulki obyektiga patent olish huquqi 
ham ish beruvchiga tegishli bo'lishi nazarda tutiladi (9-modda).
Agarda ish beruvchi sanoat mulki obyekti yaratilganligi haqida muallif 
xabardor qilgan sanadan boshlab to'rt oy mobaynida Patent idorasiga 
talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqini boshqa shaxsga 
o'tkazmasa, muallif o'z nomiga patent olish huquqiga ega bo'ladi.


Sanoat mulki obyekti ish beruvchi tomonidan maxfiy (nou-xau 
sifatida) saqlanadigan boisa, muallif maxsus haq olish huquqiga ega.
Xodim tomonidan xizmat tartibida sanoat mulki obyekti yaratilganda 
muallif mukofot puli olishga haqli. Mukofot puli miqdori, toiov tartibi, 
toiov shartlari xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi kelishuv asosida 
belgilab qo'yiladi. Agar taraflar bunday kelishuvga erishmasalar, sudga 
murojaat qilishga haqli. U holda kelishuv shartlari sud tomonidan 
belgilanadi.
Odatda obyekt yaratilishida xodim o'z ijodiy mehnati bilan, ish 
beruvchi esa mehnat sharoitini vujudga keltirish, zarur asbob-uskuna, 
adabiyotlar, maiumotlar bilan ta’minlash orqali ishtirok etadi. Obyektdan 
foydalanishda olinadigan daromadni taqsimlashda kim qancha hissa 
qo'shganligi aniq hisobga olinadi va shunga mutanosib ravishda foydadan 
ulush belgilanadi. Agarda obyektni yaratishda xodim va bajaruvchi 
qo'shgan hissalarini aniq belgilashning iloji bo'lmasa, obyektdan 
foydalanish yoki litsenziya berish asosida ish beruvchi oladigan foydaning 
yarmi (50 foizi) muallifga tegishli bo'ladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish