Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Integral mikrosxemalar topologiyalarini intellektual mulk



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

6-§. Integral mikrosxemalar topologiyalarini intellektual mulk 
obyekti sifatida bo'lishining o‘ziga xos xususiyatlari
Fan-texnika taraqqiyoti shiddatli rivojlanayotgan hozirgi davrda 
intellektual mulkning yangidan-yangi obyektlari vujudga kelmoqda. 
Ulardan biri integral mikrosxemalar topologiyasi hisoblanadi. Integral 
mikrosxemalar bu elektron vazifalarni bajarishga mo'ljallangan tugal 
yoki oraliq shakldagi mikroelektron ashyo bo'lib, undagi elementlarning 
hech bo'lmaganda biri faol hisoblanadi, ashyodagi bog'lanishlarning ayrim 
yoki barcha bu ashyo tayyorlangan jismlar tarkibida va (yoki) sirtidan 
uzviy shakl topgan bo'ladi. Integral miksxema topologiyasi deganda esa 
integral mikrosxema elementlarining va ular o'rtasidagi bog'lanishlar 
majmuining moddiy jismda qayd etilgan fazoviy-geometrik joylashuvi 
tushuniladi. Boshqacha aytganda har bir muayyan geometrik fazoviy 
joylashuv o'ziga xos yangi obyekt bo'lib hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining «Integral mikrosxema topologiyalarini 
huquqiy muhofaza qilish to‘g'risida»gi qonuniga1 (2001-yil 12-may) asosan 
bunday turdagi obyektlami huquqiy muhofaza qilish shartlari bo'lib:
1. topologiyaning o'ziga xosligi (originailigi);
2. davlat patent idorasidan ro'yxatdan o'tkazilganligi hisoblanadi.
1989-yilda ishlab chiqilgan integral mikrosxemalarga nisbatan
intellektual mulkchilik to'g'risidagi Vashington shartnomasida, ko'pchilik 
riv ojla n g a n m am lakatlar, shu jum ladan Rossiya Federatsiyasi 
qonunchiligida bunday obyektlami huquqiy muhofaza ostiga olishning 
zarur sharti bo'lib ularning originailigi ko'rsatiladi, davlat ro'yhatidan 
o'tkazish komp’yuterlar kabi bo'lib, majburiy shart emas2. Xuddi shu
1 «Халк сузи». 2001 йил 18 май.
2 А.П.Сергеев. Право интелектуальный собственности в Российской Федерации. 
М., Проспект. 2002 г. 692-693-бетлар.


sababli ham ushbu mamlakatlarda integral mikrosxemalar topologiyasi 
mualliflik huquqi obyektlari kabi yaratilish fakti asosida huquqiy muhofaza 
ostiga olinadi. Garchi O'zbekistonda ushbu obyektlar patent asosida emas, 
tegishli guvohnoma asosida huquqiy himoyalansa ham, guvohnoma berish 
tartibi, mutlaq huquq mazmuni mualliflik huquqi obyektlaridan ko'ra, 
zohiran patent obyektlarinikiga o'xshab ketishini qayd etish lozim. Biroq, 
bundan muallif topologiyalar patent huquqi obyekti degan fikrda deb 
xulosa chiqarmaslik lozim.
Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida 
integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga ma’lum 
bo'lmagan topologiya boshqacha hoi isbotlangunga qadar o'ziga xos 
(original) deb e’tirof etiladi.
Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki 
ta y y o rlo v ch ila r m a ’ lum b o 'lg a n elem en tlardan ta rk ib topgan 
topologiyalarga, agar bunday elementlar yig'indisi original bo'lsa, ijodiy 
faoliyat natijasida yaratilgan bo'lsa huquqiy muhofaza ostiga olinadi.
Foydalar, usullar, tizimlar, texnologiya yoki kodlashtirilgan 
axborotlar garchi topologiyaga singdirilgan, mujassamlangan bo'lsa ham 
huquqiy muhofaza qilinmaydi.
Topologiyani ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma muallif (ish 
beruvchi, ulaming huquqiy vorisi) tomonidan bevosita yoxud ishonchli 
vakil orqali O 'zbekiston Respublikasi patent idorasiga beriladi.. 
Topologiyani ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma berish agar 
topologiyadan foydalanilgan bo'lsa, undan birinchi marta foydalanilgan 
sanadan e ’tiboran ikki yildan oshmagan muddatda amalga oshirilishi 
mumkin.
Talabnoma berilgan sanadan boshlab ikki oylik muddat ichida patent 
idorasi huquqiy muhofaza so'ralgan topologiya bo'yicha davlat ekspertizasi 
o'tkazadi. Ekspertiza natijalariga ko'ra, topologiyani ro'yxatdan olish 
yoxud uni rad etish haqidagi qaror chiqariladi.
Topologiyadan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquq o'n yil davomida 
amal qiladi.
Topologiyadan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquq muddatining 
boshlanishi quyidagi sanalardan eng oldingisi bo'yicha aniqlanadi:
- topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi bo'yicha, bunda 
topologiya jahonning biror bir joyida fuqarolik muomalasiga oldinroq 
kiritilganligi hujjatlar bilan qayd etilgan sana nazarda tutiladi;
- topologiya ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma’ lumotlar 
rasmiy e’lon qilingan sana bo'yicha.


Boshqa shaxs tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan aynan bir xil 
topologiya paydo bo'lgan hollarda topologiyadan foydalanishga mutlaq 
huquqning amal qilish umumiy muddati o‘n yildan oshib ketishi mumkin 
emas.
Huquq evaziga topologiyadan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanish, shu 
jumladan uni tayyorlash, qo'llash va tarqatish mutlaq huquqi egasiga 
tegishlidir.
Topologiyaning huquqiy muhofaza belgisi «Т» hisoblanadi.
Muhofaza qilinadigan topologiyaning, shu topologiyali integral 
mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemalami o'z ichiga olgan 
buyumni huquq egasining ruxsatisiz qo'llash, O'zbekiston Respublikasi 
hududiga olib kirish, sotuvga qo'yish, sotish, takrorlash (o'ziga xos, original 
bo'lmagan qismini takrorlash bundan mustasno) va fuqarolik muomalasiga 
boshqacha tarzda kiritish topologiyadan foydalanishga bo'lgan mutlaq 
huquqning buzilishi deb e’tirof etiladi.
Biroq aynan bir xildagi toplogiyani mustaqil yaratgan shaxs undan 
mustaqil foydalanishga haqli. Mutlaq huquq egasi topologiyaga bo'lgan 
huquqlami boshqa shaxslarga o'tkazish to'g'risidagi shartnomalar Davlat 
Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.
Topologiya ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma mutlaq 
huquqni amal qilish muddat tugaganda, sud qarori asosida yoxud qonunda 
belgilangan boshqa asoslar bo'yicha (Qonunning 16-moddasi) bekor bo'ladi.
Qonunning 18-moddasida O'zbekiston Respublikasiga mansub 
subyektlar tomonidan topologiyani boshqa davlatlarda ro'yhatdan 
o'tkazish tartibi belgilangan. Bunga ko'ra ular davlatlarda topologiyani 
belgilangan tartibda ro'yhatdan o'tkazishga haqlidirlar. Sanoat mulki 
obyektlariga nisbatan belgilanganidek, oldindan qo'yilgan shartlar bu 
o'rinda mavjud emas.
Chet el yuridik shaxslari, jismoniy shaxslari, topologiyaga nisbatan 
O'zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng 
ravishda yoki o'zaroviylik asosida huquqlarga ega bo'ladilar.
Topologiyalarga nisbatan muallifning shaxsiy huquqlari, huquq 
egasining mutlaq huquqlari FKda belgilangan tartibda va asoslarda 
huquqiy himoya qilinadi.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish