Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Omonat saqlash shartnomasida muddatlar



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Omonat saqlash shartnomasida muddatlar. 
Omonat saqlovchi ashyoni 
shartnomada kelishilgan muddat davom ida saqlashi shart. A gar 
shartnomada saqlash muddati nazarda tutilgan bo'lm asa va uni 
shartnomaning shartlariga qarab aniqlash mumkin bo'lmasa, ashyo yuk 
topshirgan shaxs tomonidan talab qilib olinguncha saqlanadi.
Agar saqlash muddati ashyoni yuk topshirgan shaxs tomonidan talab 
qilib olish paytigacha qilib belgilangan bo'lsa, omonat saqlovchi bunday 
vaziyatlarda odat bo'lgan ashyoni saqlash muddati tugagach, ashyoning 
yuk topshirgan shaxs tomonidan qaytarib olinishini talab qilishga haqli 
bo'lib, ashyoni topshirgan shaxsga uni qabul qilib olish uchun oqilona 
muddat beradi. Yuk topshiruvchining bu majburiyatni bajarmasligi 
Fuqarolik kodeksi 888-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida 
nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi (FKning 878-moddasi).
Omonat saqlash shartnomasida ashyoni, agar uning xususiyatlari 
imkoni bo'lsa, topshirilgan vaqtdagi holatidan o'zgartm ay saqlash 
vazifasi - asosiy maqsad qilib qo'yiladi. Omonat saqlash shartnomaning 
obyekti bo'lgan ashyoni saqlash vazifasi boshqa shartnomalarda ham 
uchrab turadi. Masalan, sotuvchi sotilgan mol-mulkni saqlashi, ya’ni 
mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq mol-mulkni topshirishdan 
oldin sotib o lu v ch ig a o 'tg a n hollarda sotu v ch i m ol-m u lk n in g
yomonlashishiga yo'l qo'ymay, uni topshirgunga qadar saqlashi shart. 
Shuningdek, pudrat shartnomasiga ko'ra, pudratchi buyurtm achi 
bergan material, uskuna, qayta ishlashga (ishlov berishga) topshirilgan 
ashyo va pudratchi ixtiyoriga o'tgan boshqa mol-mulk saqlanmaganligi 
uchun pudratchi (FKning 641-moddasiga muvofiq) javobgar bo'ladi. 
Lekin bunday hollarda saqlash vazifasi shu shartnomalardan har biriga


asosiy vazifalarni amalga oshirishda yordamchi boigan qo'shimcha 
vazifa bo'lib ko'riladi.
Hozirda omonat saqlashning yangi-yangi turlari paydo bo'ldi. Masalan, 
tovar omborida omonat saqlash, ashyolarni transport tashkilotlarining 
yukxonalarida saqlash, boyliklarni bankda saqlash (qimmatbaho metallar 
va toshlarni, hujjatlarni saqlash) va boshqalar.
Omonat saqlash shartnomasi fuqaro va yuridik shaxslaming zaruriy 
ehtiyojlarini qondirish uchun qo'llaniladi. Jumladan, lombardda omonat 
saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy iste’moliga mo'ljallangan ko'char 
ashyolar qabul qilinishi mumkin (FKning 394-moddasi). Boyliklarni bankda 
saqlash shartnomasiga muvofiq, bank qimmatli qog'ozlarni, qimmatbaho 
metallar va toshlarni, boshqa boyliklarni, shuningdek, hujjatlarni saqlash 
uchun qabul qilishi mumkin (FKning 896-moddasi). Ashyolarni transport 
tashkilotlarining yukxonalarida saqlash shartnomasiga muvofiq transport 
tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar y o io v ch ila r va boshqa 
fuqarolardan, ulardan yo'l hujjatlari bor yoki yo'qligidan qat’iy nazar, 
ashyolarni saqlash uchun topshiradi (FKning 897-moddasi). Ashyoni 
tashkilotlarning kiyim xonalarida saqlash, bunda tashkilotlarning 
kiyimxonalarida ashyolarni haq evaziga saqlash haqida ashyoni saqlashga 
topshirish vaqtida kelishib qo'yilgan yoki boshqa ochiq usulda shartlashilgan 
bo'lmasa, ularda ashyoni saqlash bepul hisoblanadi (FKning 898-moddasi). 
Ashyoni mehmonxonada saqlashda mehmonxonada yashayotgan shaxs 
tomonidan olib kirilgan ashyolarning yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki 
shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv 
bo'lmagan taqdirda ham javob beradi. Ashyo yengib bo'lmaydigan kuch, 
ashyoning o'z xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining 
o'zi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan 
yo'qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollar bundan mustasnodir 
(FKning 899-moddasi).
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan 
va saqlash bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatadigan tashkilot tovar ombori 
deyiladi (FKning 901-moddasi).
Amaliyotda ushbu munosabatlarga o'xshash, lekin mazmunan 
nihoyatda farq qiladigan, jumladan, qarovsiz yoki adashgan chorva mollari 
to'g'risidagi qoidalar (FKning 195-moddasi)ga muvofiq bunday chorva 
mollari yoxud boshqa qarovsiz uy hayvonlari yoki qoiga o'rgatilgan 
hayvonlar topilganda yoki adashganda vaqtincha saqlash, boqish va 
foydalanish uchun yaqindagi xo'jalik yoki jamoalarga topshiriladi. Chorva 
mollari va hayvonlami vaqtincha saqlash hayvonni to egasi topilguncha


asrashdan iborat bo'lib, omonat saqlash shartnomasiga asoslanmasdan, 
balki qonun hujjatlari bilan belgilanadigan majburiyatning bir xilini tashkil 
etadi.
Omonat saqlashning ayrim turlarini tartibga soladigan bir qancha 
nizom lar m avjud. Masalan, m u zxon alarda o ziq -o v q a t saqlash 
munosabatlari O'zbekiston Respublikasining oziq-ovqat sanoati Davlat 
komiteti tomonidan muzxona omborlari to'g'risida chiqarilgan Nizomda 
ko'rsatilgan. Lombardlarda buyumlarni omonat tariqasida saqlash ishi 
lombardning nam unaviy ustaviga asosan amalga oshiriladi. Qo'l 
yuklarini va bagajlarni saqlash kameralaridan foydalanish to'g'risidagi 
qoidalar O'zbekiston Transport aksionerlik korporatsiyasi tomonidan 
qabul qilingan rasmiy qo'llanmalarda belgilab qo'yilgan. Yuklar temir 
yo'llarga qarashli joylarda saqlash uchun topshirilganda, qoldirilganda 
ularning to'la-tukis saqlanishi uchun temir yo'l muassasasi javobgar 
bo'lishi haqida O'zbekiston Respublikasi Tem ir yo'llari ustavida 
ko'rsatilgan.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish