Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Omonat saqlash shartnomasida taraflarning



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Omonat saqlash shartnomasida taraflarning 
huquq va majburiyatlari.
Omonat saqlovchining huquq va majburiyatlari
Omonat qabul qiluvchining asosiy burchi omonat tarzida qo'yilgan 
narsani saqlashdir. Uning boshqa burchlari o'sha asosiy burchga bog'liq 
bo'ladi.
Omonat saqlashni tadbirkorlik yoki boshqa professional faoliyat 
sifatida amalga oshiradigan omonat saqlovchi omonat saqlash shartnomasi 
bo'yicha o'z zimmasiga yuk topshiruvchining ashyolarini saqlashga qabul 
qilish va yuk topshiruvchi bergan narsalami ushbu moddada nazarda 
tutilgan qoidalarga muvofiq saqlash majburiyatini olishi mumkin.
Omonat saqlash shartnomasi bo'yicha ashyoni saqlashga qabul qilish 
majburiyatini olgan omonat saqlovchi bu ashyoni saqlash uchun o'ziga 
berishni talab qilishga haqli emas. Biroq, ashyoni omonat saqlash 
shartnomasida nazarda tutilgan muddatda saqlashga topshirmagan yuk


topshiruvchi, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo'lmasa, ashyoni saqlashga topshirmaganligi munosabati bilan 
yetkazilgan zarar uchun omonat saqlovchi oldida javobgar bo'ladi.
Agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo'lm asa, ashyo shartnom ada kelishilgan m uddatda saqlashga 
topshirilmagan hollarda, bordi-yu, bu muddat belgilanmagan bo'lsa, 
shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch oy o'tganidan keyin omonat 
saqlovchi ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatidan ozod etiladi 
(FKning 876-moddasi).
Omonat saqlovchining asosiy majburiyatlaridan biri omonatga 
topshirilayotgan ashyoni to'liq saqlanishini ta’minlashdan iboratdir. Bu 
haqda Fuqarolik kodeksining 880-moddasida shunday deyiladi.
Omonat saqlovchi saqlashga topshirilgan ashyoning to'liq saqlanishini 
ta’minlash uchun omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan, 
shuningdek, boshqa barcha zarur chora-tadbirlarni ko'rishi shart.
Agar shartnomada egasizlantirib saqlash nazarda tutilgan bo'lmasa, 
omonat saqlovchi saqlash uchun o'ziga berilgan ashyoni yuk topshiruvchiga 
yoki u oluvchi sifatida ko'rsatgan boshqa shaxsga topshirishi shart. Ashyo 
saqlashga qanday holatda topshirilgan bo'lsa, o'sha holatda, uning tabiiy 
yomonlashuvini yoki tabiiy kamayishini hisobga olib qaytarib berilishi 
shart.
Omonat saqlovchi ashyoni qaytarish bilan bir vaqtda, basharti omonat 
saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, uni 
saqlash vaqtida olingan hosil va daromadlarni ham topshirishi shart.
Fuqarolik kodeksining 881-moddasiga ko'ra omonat saqlovchi o'ziga 
saqlash uchun topshirilgan ashyodan yuk topshiruvchining roziligisiz 
foydalanishga, shuningdek, uchinchi shaxslarga undan foydalanish 
imkoniyatini berishga haqli emas, saqlanayotgan ashyodan foydalanish 
uning to'liq saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo'lgan hollar bundan 
mustasno.
Omonat saqlovchi ashyoni saqlash shartlarini o'zgartirish zarurligi 
haqida darhol yuk topshiruvchini xabardor qilishi va uning javobini 
kutishi shart.
Ashyoning yo'qolishi yoki shikastlanishi xavfi paydo bo'lgan taqdirda, 
omonat saqlovchi saqlash shartnomasida nazarda tutilgan saqlash usuli, 
joyi va boshqa shartlarni yuk topshiruvchining javobini kutmasdan 
o'zgartirishi shart.
Agar saqlash vaqtida ashyoning buzilish xavfi aniq bo'lib qolsa yoki 
ashyo buzilgan bo'lsa, yoki uning to'liq saqlanishini ta’minlashga imkon


bermaydigan vaziyatlar vujudga kelgan boisa, yuk topshiruvchi esa o‘z 
vaqtida choralar ko'rishini kutish mumkin boimasa, omonat saqlovchi 
ashyoni yoki uning bir qismini saqlash joyida amalda boigan bahoda 
mustaqil sotishga haqli. Agar mazkur vaziyatlar omonat saqlovchi aybdor 
boimagan sabablarga ko'ra vujudga kelgan bo'lsa, u sotish uchun qilgan 
o'z xarajatlarini xarid bahosidan undirish huquqiga ega.
Yuqorida ta’kidlab o'tkanimizdek, omonat saqlashga faqat fuqarolik 
muomilasida erkin harakatda bo'lgan ashyolargini topshiriladi. Ayrim 
ashyolar xavfli xossalarga ega boisada, omonat saqlash uchun topshirilishi 
mumkin. Agar omonat saqlash uchun shunday xavfli xossalarga ega 
ashyolar topshiriladigan bo'lsa Fuqarolik kodeksining 883-moddasida 
nazarda tutilgan qoidalar qo'llaniladi.
Agar yuk topshiruvchi tez yonadigan, portlash xavfi bo'lgan yoki 
o'z tabiatiga ko'ra xavfli bo'lgan ashyolarni saqlash uchun topshirayotgan 
vaqtda saqlovchini ularning xossalari haqida ogohlantirmagan bo'lsa, 
omonat saqlovchi bu ashyolarni ko'rilgan ziyonni yuk topshiruvchiga 
toiamagan holda istagan vaqtda zararsizlantirishi yoki yo'q qilib tashlashi 
mumkin. Yuk topshiruvchi bunday ashyolar saqlanishi munosabati bilan 
saqlovchiga va uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
Xavfli xossalarga ega bo'lgan ashyolar saqlash uchun professional 
omonat saqlovchiga topshirilgan vaqtda ushbu moddaning birinchi qismida 
nazarda tutilgan qoidalar bunday ashyolar saqlash uchun noto'g'ri nom 
bilan topshirilgan va omonat saqlovchi ularni qabul qilib olish chog'ida 
sirtidan ko'zdan kechirish yo'li bilan ularning xavfli xossalarga egaligini 
bila olmagan taqdirda qoilanadi.
Ashyolar haq evaziga saqlangan taqdirda, Fuqarolik kodeksining 
883-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda 
ashyolarni saqlash uchun toiangan haq qaytarib berilmaydi, bordi-yu, 
bu haq toianmagan bo'lsa, omonat saqlovchi uni toia-to'kis undirib 
olishi mumkin.
Agar omonat saqlovchi xabardor boigani holda va uning roziligi 
bilan saqlashga qabul qilingan ushbu moddaning birinchi qismida 
ko'rsatilgan ashyolar, garchi ularni saqlash shartlariga rioya etilgan boisa­
da, atrofdagilar uchun yoki omonat saqlovchi yoxud uchinchi shaxslarning 
mol-mulki uchun xavfli bo'lib qolgan bo'lsa hamda vaziyat omonat 
saqlovchining yuk topshiruvchidan ularni darhol olib ketishni talab 
qilishiga imkon bermasa yoki yuk topshiruvchi bu talabni bajarmasa, 
ushbu ashyolar omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga ziyonni 
toiamagan holda zararsizlantirilishi yoki yo'q qilib tashlanishi mumkin.


Bunday hollarda yuk topshiruvchi ushbu ashyolarni saqlash munosabati 
bilan keltirilgan zarar uchun omonat saqlovchi va uchinchi shaxslar 
oldida javobgar bo‘lmaydi.
Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidaga ko‘ra omonat saqlashni 
omonat saqlovchining o'zi amalga oshirishi kerak. Ayrim mustasno holatlar 
ham borki, bunda ashyoni omonat saqlovchi uchinchi shaxslarga saqlash 
uchun topshirishi mumkin.
Agar qonun hujjatlarida yoki omonat saqlash shartnomasida 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, omonat saqlovchi yuk 
topshiruvchining roziligisiz ashyoni saqlash uchun uchinchi shaxsga 
topshirishga haqli emas, basharti buni yuk topshiruvchining manfaatlari 
zarur qilib qo'yg an va om onat saqlovchi uning roziligini olish 
imkoniyatidan mahrum bo'lgan bo'lmasa. Omonat saqlovchi ashyoni 
uchinchi shaxsga topshirganligi haqida yuk topshiruvchini kechiktirmay 
xabardor qilishi shart.
Saqlash uchun ashyo topshirilgan uchinchi shaxsning harakatlari 
uchun omonat saqlovchi javob beradi (FKning 884-moddasi).

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish