Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Fuqarolik qonunchiligada omonat saqlovchining



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1.4. Fuqarolik qonunchiligada omonat saqlovchining 
javobgarligi
Omonat saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan ashyo yo‘qolganligi, 
kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun Fuqarolik kodeksining 333- 
moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra javobgar bo'ladi.
Professional omonat saqlovchi ashyoning yo'qolishi, kam chiqishi 
yoki shikastlanishi:
? yengib boimas kuch ta’siri oqibatida;
? ashyoning uni saqlash uchun qabul qilish chog'ida omonat 
saqlovchi bilmagan va bilishi shart bo'lmagan yashirin xossalari tufayli;
? saqlanayotgan ashyoning yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki 
shikastlanganligi yuk topshiruvchining qasddan qilganligi yoki qo'pol 
ehtiyotsizligi natijasida yuz berganligini isbotlamasa javobgar boiadi.
Shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki omonat 
saqlovchining talabiga ko'ra ashyoni qaytarib olishi shart boigan vaqt 
tugagach, yuk topshiruvchi saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, 
omonat saqlovchi bundan buyon ashyo yo'qolganligi, kam chiqqanligi 
yoki shikastlanganligi uchun qasddan harakat qilgan yoki qo'pol 
ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob beradi.
Shartnomada omonat saqlovchining javobgarlik darajasi ham muhim 
ahamiyatga egadir. Fuqarolik kodeksining 890-moddasida omonat 
saqlovchining javobgarlik darajasi belgilangan. Ya’ni ashyo yo'qolganligi, 
kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi tufayli yuk topshiruvchiga 
yetkazilgan zarar, agar qonunda yoki saqlash shartnomasida boshqa hoi 
nazarda tutilgan bo'lmasa, Fuqarolik kodeksning 324-moddasiga muvofiq 
omonat saqlovchi tomonidan qoplanadi.
Ashyo tekin saqlanganida uning yo'qolishi, kam chiqishi yoki 
shikastlanishi tufayli yuk topshiruvchiga yetkazilgan zarar:
- ashyolar yo'qolganligi va kam chiqqanligi uchun - yo'qolgan 
yoki yetishmayotgan ashyolarning qiymati miqdorida;
- ashyolar shikastlanganligi uchun - ularning qiymati qancha 
summaga kamaygan boisa, shuncha summa miqdorida qoplanadi.
Agar omonat saqlovchi javobgar boigan holda shikast etishi natijasida


ashyoning sifati undan dastlabki vazifasi bo'yicha foydalanish mumkin 
bo'lmaydigan darajada o'zgargan bo'lsa, yuk topshiruvchi undan voz 
kechishga va om onat saqlovchidan ushbu ashyoning qiymatini, 
shuningdek, agar qonunda yoki omonat saqlash shartnomasida nazarda 
tutilgan bo'lsa, boshqa zararni ham qoplashni talab qilishga haqli.
Agar omonat saqlovchi ashyoni saqlash uchun qabul qilib olayotgan 
paytida uning xossalarini bilmagan va bilishi shart bo'lmagan bo'lsa, 
yuk topshiruvchi saqlash uchun topshirilgan ashyoning xossalari tufayli 
yetkazilgan zararni omonat saqlovchiga to'lashi shart (FKning 891- 
modda).
Qonun hujjatlarida, shartnomada yuk topshiruvchining talabi bilan 
omonat saqlash majburiyatining bekor bo'lishi ham nazarda tutiladi.
Agar shartnomada yukni qaytarib berishning boshqacha muddati 
belgilangan bo'lsa ham, omonat saqlovchi yuk topshiruvchining talabi 
bilan saqlashga qabul qilingan ashyoni darhol qaytarib berishi kerak. Bu 
holda, agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo'lmasa, yuk topshiruvchi majburiyatni muddatidan oldin bekor 
qilishi tufayli omonat saqlovchiga yetkazilgan zararni to'lashi shart (FKning 
892-moddasi).

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish