1.5. Omonat saqlash shartnomasining bekor bo‘lishi
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida omonat saqlash
shartnomasining bekor bo'lishi to'g'risida alohida qoidalar nazarda
tutilmagan. Biroq omonat shartnomasi to'g'risidagi umumiy qoidalardan
kelib chiqib quyidagi holatlarda shartnoma bekor bo'lishi mumkinligini
nazarda tutish mumkin.
- Shartnoma taraflarining kelishuvchi talabi;
- Shartnomada ko'rsatilgan muddatning tugashi bilan;
- Shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortish orqali;
- Shartnoma yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
holatlarda.
2-§. O m onat saqlashning alohida turlari
2.1. Lombardda omonat saqlash (shartnomasi)
Fuqarolik kodeksining 894-moddasida lombardda omonat saqlash
nazarda tutilgan. Unga ko'ra:
Lombardda omonat saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy iste’molga
mo'ljallangan ko'char ashyolar qabul qilinishi mumkin.
Ashyoni lombardda omonat saqlash shartnomasi lombard tomonidan
yuk topshiruvchiga (mijozga) uning nomi yozilgan saqlov pattasi berish
yo'li bilan rasmiylashtiriladi.
Lombardda omonat saqlash shartnomasiga muvofiq, fuqarolar
o'zlariga tegishli bo'lgan iste’mol qilinmaydigan ashyolarni haq evaziga
kelajakda ashyoni, mulkni egasiga qaytarish sharti yoki mulk egasi
qaytarib olish sharti bilan topshiradi.
Lombard shartnomasi om m aviy xarakterga eta, chunki bu
shartnomadan qonun hujjatlarida boshqacha hoi qayd qilingan bo'lmasa,
hamma fuqarolar foydalanish huquqiga ega.
Lombardlar maxsus ruxsatlar asosida faoliyat ko'rsatadilar, ularni
tashkil qilish hamda bekor qilish tegishli organlar va qonun-qoidalar
asosida amalga oshiriladi.
Ayrim turdagi ashyolarni lombardlarga qabul qilishda maxsus
qoidalar tatbiq qilish asosida rasmiylashtiriladi.
Lombardlarga fuqarolar tomonidan ashyolarni topshirish ular o'rtasida
tuziladigan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi, ashyoni topshirish
vaqtida tegishli kvitansiya (patta) ashyoni topshirgan tarafga beriladi.
Lombardga ashyoni topshirish vaqtida topshirilayotgan narsani
baholash asosida qabul qilinadi. Topshirilayotgan ashyoni baholash qabul
qilish vaqtidagi narxlar asosida amalga oshiriladi.
Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolarni FK 894-
moddasining uchinchi qismiga muvofiq chiqarilgan narxning to'liq
summasida o'z hisobidan yuk topshiruvchi foydasiga sug'urtalashi shart.
Lombardlarda ashyolar qonun hujjatlari, shartnomalar va tegishli
qoidalarga muvofiq aniq belgilangan muddatlar asosida saqlanadi.
Fuqarolik kodeksining 895-moddasiga muvofiq yuk topshiruvchi
ashyolarni qaytarib olishdan bosh tortgan taqdirda, lombard ularni
uch oy mobaynida saqlab turishi shart. Bu muddat o'tganidan keyin
talab qilib olinmagan ashyolar lombard tomonidan Fuqarolik kodeksi
289-moddasining ettinchi qismida belgilab qo'yilgan tartibda sotilishi
mumkin.
Ashyolarni sotishdan tushgan puldan saqlash haqi va lombardga
tegishli boshqa to'lovlar qoplanadi. Pulning qolgan qismi lombard
tomonidan saqlov pattasining egasiga u taqdim etilganida qaytarib
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |