Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Yuk topshiruvchining huquq va majburiyatlari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Yuk topshiruvchining huquq va majburiyatlari
Omonat saqlash shartnomasi haq evaziga tuzilgan taqdirda, yuk 
topshiruvchining asosiy majburiyati omonat saqlaganlik uchun o'z vaqtida 
haq to'lashdan iborat bo'ladi. Agar omonat saqlash shartnomasida haq 
to'lash yuzasidan boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa, Fuqarolik 
kodeksining 885-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo'llaniladi.
Omonat saqlaganlik uchun haq saqlovchiga saqlash tamom bo'lganidan 
keyin, bordi-yu, saqlash uchun davrlar bo'yicha haq to'lash nazarda 
tutilgan bo'lsa - har bir davr tamom bo'lganidan keyin to'lanishi shart.
Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar bo'lmagan vaziyatlar tufayli 
shartlashilgan muddatidan oldin to'xtatilsa, omonat saqlovchi haqning 
mutanosib qismini, Fuqarolik kodeksi 883-moddasining birinchi, ikkinchi 
va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda esa, haqning hammasini 
olish huquqiga ega bo'ladi.
Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar bo'ladigan vaziyatlar tufayli 
muddatidan oldin to'xtatilsa, u saqlaganlik uchun haq talab qilish huquqiga 
ega bo'lmaydi, bu haq ustidan olgan summalarni esa yuk topshiruvchiga 
qaytarishi shart.
Agar shartnomada nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin saqlab 
turilgan ashyo yuk topshiruvchi tomonidan qaytarib olinmagan bo'lsa, u 
ashyoni bundan keyin saqlagani uchun omonat saqlovchiga tegishli 
miqdorda haq to'lashi shart.


Omonat saqlash yuzasidan qilingan xarajatlarni qoplash yuzasidan 
fuqarolik kodeksining 886-moddasida quyidagicha qoida nazarda tutilgan.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, 
ashyoni saqlash xarajatlari to'lanadigan haq summasiga kiritiladi. Alohida 
xarajatlar omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan haq summasiga 
yoki xarajatlar tarkibiga kiritilmasligi nazarda tutiladi.
Agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo'lmasa, ashyo tekinga saqlanganida yuk topshiruvchi amalda qilingan 
zarur xarajatlarni omonat saqlovchiga to'lashi shart.
Fuqarolik kodeksining 887-moddasida aytilishicha, ashyoni saqlash 
uchun qilingan, odatdagi bunday xarajatlardan ortiq bo'lgan hamda 
omonat saqlash shartnomasini tuzish chog'ida taraflar oldindan ko'rishi 
mumkin bo'lm agan xarajatlar (alohida xarajatlar), basharti yuk 
topshiruvchi ushbu xarajatlarga rozilik bergan yoki ularni keyinchalik 
ma’qullagan bo'lsa, shuningdek, qonun hujjatlarida yoki shartnomada 
nazarda tutilgan boshqa hollarda omonat saqlovchiga to'lanadi.
Alohida xarajatlarni qilish zarur bo'lib qolganida, omonat saqlovchi 
yuk topshiruvchidan ushbu xarajatlarga rozilik so'rashi shart. Agar yuk 
topshiruvchi omonat saqlovchi ko'rsatgan muddatda yoki javob berish 
uchun yetarli bo'lgan vaqtda o'zining rozi emasligini xabar qilmasa, u 
alohida xarajatlarga rozi bo'lgan, deb hisoblanadi.
Ishning holatlariga ko'ra yuk topshiruvchining roziligini oldindan 
olish mumkin bo'lsa-da, omonat saqlovchi bunday rozilikni olmasdan 
turib saqlash uchun alohida xarajatlar qilgan va yuk topshiruvchi 
keyinchalik ularni ma’qullamagan taqdirda, omonat saqlovchi alohida 
xarajatlarni faqat ushbu xarajatlar qilinmasa ashyoga yetkazilishi mumkin 
bo'lgan zarar doirasida qoplashni talab qilishi mumkin.
Agar saqlash shartnomasida boshqa hoi nazarda tutilgan bo'lmasa, 
alohida xarajatlar saqlash haqiga qo'shimcha ravishda to'lanadi.
Yana bir muhim burchlardan biri yuk topshiruvchining shartnomada 
nazarda tutilgan saqlash muddati tamom bo'lgach, saqlash uchun 
topshirilgan ashyoni qaytarib olishidir. Ushbu qoida fuqarolik kodeksining 
888-moddasida nazarda tutilgan.
Yuk topshiruvchi shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati 
tamom bo'lgach, saqlash uchun topshirilgan ashyoni qaytarib olishi shart.
Yuk topshiruvchi ashyoni olishdan bosh tortgan taqdirda, agar 
omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, 
omonat saqlovchi ashyoni mustaqil suratda sotishga, uning qiymati 
belgilangan eng kam ish haqining ellik baravariga teng summadan ortiq


bo‘lgan taqdirda esa Fuqarolik kodeksining 379, 380 va 381-moddalarida 
nazarda tutilgan tartibda sotishga haqli.
Ashyoni sotishdan tushgan summa omonat saqlovchiga tegishli haq 
chegirib tashlangach, yuk topshiruvchiga beriladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish