Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

5-§. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining 
bekor bo'lish asoslari
U m um iy qoidaga ko'ra, shartnom alar taraflarning kelishuviga 
m uvofiq o'zgartiriladi va bekor qilinadi. Taraflardan birining talabi bilan 
esa, shartnoma sud tomonidan, shartnoma ikkinchi tarafning aybi bilan 
jidd iy buzilganda va qonun yoki shartnomada ko'zda tutilgan o'zga 
holatlarda o'zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Kompleks tadbirkorlik 
litsenziyasi shartnomasi ham aynan shu asoslarga ko'ra o'zgartirilishi va 
bekor qilinishi mumkin. Faqat bu o'zgartirishlar shartnoma qay tartibda 
rasmiylashtirilgan bo'lsa, shu tartibda kiritilishi lozim Y a’ni, shartnomaning 
o'zgartirilganligi litsenziar tadbirkor sifatida ro'yxatga olingan organ 
tomonidan rasmiylashtirilganidan keyin haqiqiy hisoblanadi.
Litsenziya kompleksiga kiruvchi biron-bir alohida huquqning boshqa 
shaxsga o'tishi kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini o'zgartirish 
yoki bekor qilish uchun asos bo'lmaydi. Yangi litsenziar o'ziga o'tgan 
alohida huquq jumlasiga kiruvchi huquqlar va majburiyatlar bo'yicha 
shartnomaga kirishadi.
Litsenziar fuqaro vafot etgan taqdirda, uning kompleks tadbirkorlik 
litsenziyasi shartnomasi bo'yicha huquq va majburiyatlari merosxo'rga, 
basharti bu m erosxo'r tadbirkor sifatida ro'yxatga olingan bo'lsa yoki


meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida tadbirkor sifatida 
ro'yxatga olinsa, o'tadi. Aks holda shartnoma bekor qilinadi.
Merosxo'r tegishli huquq va majburiyatlarni qabul qilib olguncha 
yoki merosxo'r tadbirkor sifatida ro'yxatga olinguncha b oiga n davrda 
litsenziya k om p lek sin i notarius tom on id a n b elgila n g a n ta rtib d a
tayinlanadigan boshqaruvchi idora qiladi (FKning 872-moddasi). Litsenziar 
o'zining firma nomini o'zgartirgan taqdirda, agar litsenziat shartnomani 
bekor qilishni talab qilmasa, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi 
saqlanib qoladi va litsenziarning yangi firma nomiga nisbatan amal qiladi. 
Shartnomaning amal qilishi saqlanib qolgan taqdirda litsenziat litsenziarga 
tegishli b oiga n haqni mutanosib ravishda kamaytirishni talab qilishga 
haqli boiadi. Agar kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi amal 
qilib turgan davrda litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqning 
amal qilish muddati tugasa yoki bunday huquq boshqa asosga ko'ra 
bekor b oisa , shartnoma bekor b o ig a n huquqqa taalluqli qoidalarni 
chegirib tashlagan holda saqlanib qoladi, litsenziat esa, agar shartnomada 
boshqa hoi nazarda tutilgan bo'lmasa, litsenziarga tegishli b oiga n haqni 
mutanosib ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli boiadi.
M uddati ko'rsatilib tuzilgan kom pleks tadbirkorlik litsenziyasi 
shartnomasi tegishli muddat tamom b oiish i bilan taraflarning o'zaro 
kelishuviga yoki ulardan birining talabiga ko'ra bekor boiadi.
Taraflardan har biri muddatsiz kompleks tadbirkorlik litsenziyasi 
shartnom asidan istagan vaqtda b osh tortish ga haqli b o i ib , agar 
shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan bo'lmasa, bu haqda 
ikkinchi tarafni olti oy oldin xabardor qilishi kerak.
Litsenziya kompleksiga kirgan firma nomini yangi firma nomi bilan 
almashtirmasdan unga boigan huquq bekor qilingan taqdirda kompleks 
tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bekor qilinadi.
M uddati k o'rsa tib tuzilgan kom pleks tadbirkorlik litsenziyasi 
shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, shuningdek, muddatsiz 
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish litsenziar 
ro'yxatga olingan organ tomoindan belgilangan tartibda ro'yxatga olinishi 
orqali rasmiylashtiriladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish