Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Трахтергенц Jl.A. Договор коммерческой концессии.//Юридический мир.1997



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Трахтергенц Jl.A. Договор коммерческой концессии.//Юридический мир.1997. 
№3. -28 б.
2 Довган В.В. Франчайзинппуть к расширению бизнеса, (организация, технология, 
методы, аспекты).-Тольятти. Дока-прес. 1994.; Н о в о с е л ьц е в Н.К. О ценка 
коммерческой концессии.//Хозяйство и право. 2000. №3. -37 б.


Qo'shimcha liseziyalar berish bir vaqtning o'zida litsenziatning huquqi 
va m ajburiyati sifatida qaraladi. A gar qo'shim cha litsenziya berish 
litsenziatning h u q u q i hisoblansa, unda shartnom ada bu h u q u q n i 
cheklaydigan muayyan shartlar ifodalanadi. Masalan, muayyan hududda, 
cheklangan shaxslarga va h.k. Shartnomaga bunday chelashlarning 
kiritilmasligi, litsenziatga mutlaq huquqlar kompleksini xohlagan usulda 
qo'shimcha litsenziyaga berishi mumkinligini anglatadi.
FKning 864-moddasida xuddi shuningdek, shartnomada litsenziatning 
m u a y ya n v a q t d a v om id a fo y d a la n ish h u du d in i k o 'rsa tg a n y ok i 
ko'rsatmagan holda muayyan miqdorda qo'shimcha litsenziyalar berish 
majburiyati ham yozib qo'yilishi mumkinligi belgilangan.
4-§. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini 
cheklaydigan va shartnomaga kiritilishi taqiqlangan shartlar
K om pleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnom asida taraflarning 
huquqlarini cheklaydigan shartlar kiritilishi mumkin. Bunday shartlar 
eksklyuziv shartlar deb nomlanib, ular litsenziar va litsenziatning u yoki 
bu huquqlarini cheklashga qaratiladi. Bunday shartlar taraflarning o'zaro 
kelishuviga ko'ra shartnomaga kiritilishi mumkin. Shu bilan birga, bunday 
shartlar taraflardan birining talabi bilan ham shartnomada belgilanishiga 
yo'l qo'yiladi. Faqatgina bu shartlar monopoliyaga qarshi organ yoki 
tegishli shaxsning arizasiga ko'ra haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmasligi 
lozim. Agar cheklaydigan shartlar tegishli bozorning holatini va taraflarning 
iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda m onopoliyaga qarshi qonun 
hujjatlariga zid bo'lsa, ular haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
F K n in g 8 6 8 -m o d d a s id a k o m p le k s ta d b ir k o r lik lits e n ziy a si 
shartnomasini cheklaydigan shartlar quyidagicha belgilangan:
-
litsenziarning litsenziatga biriktirib qo'yilgan hududda foydalanish 
uchun boshqa xuddi shunday kom pleks tadbirkorlik litsenziyalarini 
bermaslik yoki ushbu hududda bevosita mustaqil faoliyat olib bormaslik 
m ajburiyati. B unday shartlar, odatda, foydalanish hududi ko'rsatib 
berilgan litsenziyalarda belgilanishi mumkin. Bu shartni kiritishdan maqsad 
bir turkumdagi mahsulotlarning bozordagi qiymatini pasayib ketishining 
oldini olish hisoblanadi. Shu bilan birga, litsenziarning bir hududda o'z 
litsenziati bilan raqobatlashuvi litsenziatga zarar yetkazishi bilan birga, 
uning o'ziga ham zarar yetkazadi. Muayyan hududda xuddi shunday 
ikkinchi litsenziyaning berilishi ham litsenziat m anfaatlariga putur


yetkazishi mumkin. Shu munosabat bilan litsenziat shartnomaga boshqa 
litsenziyalar bermaslik to'g'risidagi shart kiritilishini talab qilishga haqli 
bo'ladi. Lekin bozorning ahvoli va m onopoliyaga qarshi kurashish 
maqsadida tegishli monopoliya organi tomonidan bu shart haqiqiy emas 
deb topilishi mumkin. Bunda bir turdagi tovar qiymatining ortib ketishi 
va monopol huquqqa ega bo'lishining oldini olish maqsadida litsenziarning 
shu hududda faoliyat olib bormaslik va boshqa litsenziyalar bermaslik 
xususidagi shartlar shartnomaga kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi;
- litsenziatning kompleks tadbirkorlik litsenziyasidan foydalaniladigan 
hududda litsenziar bilan raqobatlashmaslik majburiyati. Litsenziar o'ziga 
tegishli mutlaq huquqlardan foydalanish huquqini bergan hududda o'zi 
ham tadbirkorlik faoliyatini olib b ora y otg a n bo'lsa, shartnom aga 
litsenziatning shu hududda o'zi bilan raqobatlashmasligi to'g'risidagi shart 
kiritilishini talab etishga haqli. Odatda, bunday litsenziyalar oddiy litsenziya 
deb yuritilib, unda litsenziar litsenziya obyekti hisoblagan litsenziya 
obyektidan o'zi istagan hududda foydalanish huquqini saqlab qoladi;
- lits e n zia tn in g litse n zia rn in g r a q o b a t c h ila r id a n (b o 'la ja k
raqobatchilaridan) boshqa kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini olishdan 
voz kechishi. Bu shartga muvofiq litsenziat litsenziarning raqobatchilaridan 
kom pleks tadbirkorlik litsenziyasini olishga haqli bo'lm aydi. Z ero, 
raqobatchi bilan litsenziatning o'zaro sheriklarga aylanishi (raqobatchidan 
litsenziya olgan shaxs bir vaqtning o'zida ikkita litsenziya egasiga aylanishi 
oqibatida turli xildagi g'arazli oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin) 
litsenziarga zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkin;
- litsenziatning shartnoma bo'yicha o'ziga berilgan alohida huquqlarni 
amalga oshirish vaqtida foydalaniladigan tijorat binolari joylashtiriladigan 
erni, shuningdek, ularning tashqi va ichki bezaklarini litsenziar bilan 
kelishish majburiyati. Bunday shartning shartnomaga kiritilishidan asosiy 
maqsad tovarlar sotish, ish bajarish va xizmat ko'rsatishda litsenziarning 
litsenziat bilan o'zaro hamkorlik harakati qilishni ta’minlaydi. Natijada 
esa, tovarlar, ishlar va xizmatlar iste’m olchilar va mijozlar o'rtasida 
to'g'ri taqsimlanadi.
Nizoga sabab bo'luvchi cheklashlar sud tomonidan haqiqiy emas deb 
topilishi mumkin1.
FK kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasiga kiritilishi


mumkin bo'lmagan cheklashlarni ham ko'zda tutadi va bunday shartlar 
haqiqiy emasligini belgilaydi. Bu shartlar quyidagilardir:

litsenziar litsenziatning tovarni sotish bahosini yoki litsenziat 
bajaradigan (ko'rsatadigan) ishlar (xizmatlar) narxini belgilashga, yoki 
mazkur narxlaming yuqori va pastki chegaralarini belgilab qo'yishga haqli 
bo'lsa. Albatta, tovarlarning ishlab chiqarish tannarxiga ko'ra va olib 
borilayotgan faoliyatning rentabellik darajasiga ko'ra taxminiy narxlari 
kelishib olinishi mumkin. Lekin narxlarning yuqori va pastki darajalari 
qat’iy belgilanishi o'z-o'zidan haqiqiy emas deb topiladi. Zero, bunday 
holat monopoliyaga qarshi kurash to'g'risidagi qonun hujjatlariga zid 
hisoblanadi;
-
litsenziat tovarlarni faqat m a’lum toifadagi sotib oluvchilarga 
(bu yu rtm ach ilarga) yoki shartnom ada belgilab qo'yilgan h u dudda 
joylashgan (yashaydigan) sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) gina 
sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmatlar ko'rsatishga haqli bo'lsa. Bu 
shart fuqarolik huquqidagi tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag'lar 
erkin harakat qilish tam oyiliga va shartnom alar erkinligi (FKning 
1-moddasi) tamoyiliga zid hisoblanadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish