Majburiyat
Majburiyat
(huquqda) — fuqarolik huquqiy munosabati. Unga asosan bir shaxs (qarzdor)
boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirish (mol-mulkni
topshirish, ishni bajarish va h. k.)ga yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi,
kreditor esa qarzdordan oʻzining M.ini bajarishni talab qilish huquqiga ega. M. kelib chiqish
asoslari, javobgarlik shartlari va shakllariga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: shartnomaga
asoslangan M., shartnomaga asoslanmagan (delikt) M. Shartnomaga asoslangan M.ning
turlari, predmeti, yaʼni qaysi maqsadga erishishga qaratilgan boʻlishi, taraflari va ularning
huquq-burchlari, M.ni bajarmaslikning oqibatlari va boshqa jihatlari OʻzR Fuqarolik kodeksida
bayon qilingan (29— 56-boblar.). Shartnomaga asoslanmagan, yaʼni zarar yetkazishdan kelib
chiqadigan M.ga kodeksning 57—58-boblari bagʻishlanadi. Ularda zarar yetkazishdan kelib
chiqadigan M.ga xos umumiy qoidalar; fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni
qoplash M.i; tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini
qoplash M.i koʻrsatib berilgan. Shartnomaga asoslangan M. taraflarning erkiga asosan va
kelishuvi bilan vujudga keladi, bunday M.ning taraflari va uning predmeti, qanday maqsadga
qaratilishi oldindan maʼlum va aniq belgilangan boʻladi, M. bajarilmagan yoki lozim darajada
bajarilmaganligi uchun javobgarlikni belgilashda taraflarning aybi hisobga olinadi.
Shartnomaga asoslanmagan M. taraflarning erki, xohishidan tashqari vujudga keladi, taraflar
zarar yetkazilgandan keyin maʼlum boʻladi, predmeti zararning turi, hajmi, darajasiga qarab
belgilanadi, javobgarlik zarar yetkazuvchining aybi boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar
belgilanadi. Zarar yetkazuvchi faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina javobgarliqdan
ozod boʻlishi mumkin.
Hojiakbar Rahmonqulov.
[1]
Manbalar
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Majburi
yat&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Majburiyat&oldid=2385443
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |