Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Ж исмоний ш ахсл ар томонидан тр ан сп о р т ва транспорт-экспед иторлик



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Ж исмоний ш ахсл ар томонидан тр ан сп о р т ва транспорт-экспед иторлик 
таш килотлари оркали товарларни олиб киришда божхона расм ийлаш тируви 
Узбекистан Республикаси Молия вазирлиги, Давлат божхона кумитаси ва Ташки 
иктисодий апокалар вазирлигининг 2002 йил 1 августдаги 91-сонли, 02/8-22-сонли ва 
БА-01/12-3143-сонли карори билан Тасдикланган "Ягона божхона божини ундириш ва 
унинг суммасини Давлат бюджетига утказиш тартиби тугрисидаги Низомга асосан 
Ягона божхона божини тулаш билан жисмоний шахслар - товарларнинг эгалари 
томонидан бевосита амалга оширилиши белгиланган. // "Узбекистан Республикаси 
Молиявий конунлари туплами" 4-сон, 2003.
2 Узбекистан Республикаси карорлар Туплами. 2000. 9-сон, 56-модда.


mijozga ekspeditsiya xizmatlarini ko'rsatadigan taraflardir. Mijozlar sifatida 
ko'rsatiladigan ekspeditsiya xizmatidan manfaatdor bo'lgan har qanday 
shaxslar (yuk jo'natuvchilar, yuk oluvchilar) bo'lishi mumkin.
Ekspeditoming huquqiy maqomi tashqi savdo yuklariga transport- 
ekspeditorlik xizmati ko'rsatish sohasida bozor munosabatlarini 
shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, transport-ekspeditorlik 
xizmatlari iste’molchilarini rag'batlantirish va ularning huquqlarini himoya 
qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- 
yil 9-sentabrdagi 348-sonli “ O'zbekiston Respublikasida transport- 
ekspeditorlik faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish to'g'risida”gi 
qaror hamda unga asosan “ Transport-ekspeditorlik korxonalari 
to'g'risida”gi Nizom va “Transport-ekspeditorlik xizmatlari ko'rsatish” 
Tartibi qabul qilingan.
Unda transport ekspeditsiyasi bilan bog'liq bir qator tushunchalar 
berilgan. Jumladan, 
Ekspeditor 
- transport ekspeditsiyasi shartnomasi 
tomoni - tovarlarni tashishni tashkil etish bilan shug'ullanuvchi yuridik 
shaxs, bunda u temir yo'l, suv, avtomobil transportida yuklarni tashish, 
shuningdek, yuklarni, tavakkalchiliklarni, transport vositalarini 
sug'urtalash, yuklar va hujjatlarni rasmiylashtirish, joylashtirish, saqlash, 
ishlov berish, deklarasiyalash va bojxona tartibotlari, transport- 
ekspeditorlik xizmati ko'rsatish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa 
xizmatlar ko'rsatish bo'yicha keng va turli ishlar kompleksini bajaradi, 
shuningdek, ushbu tashishlarni amalga oshirish ustidan nazoratni 
ta’minlaydi va mijozning transport korxonalari oldidagi manfaatlarini 
himoya qiladi.
Mijoz 
- yuk jo'natuvchi yoki uni qabul qilib oluvchi.
Tashuvchi 
- o'ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan joyga 
yetkazish va uni yukni qabul qilib oluvchiga berish yoki boshqa transport 
tashkilotiga topshirish majburiyatini oladigan tashish shartnomasining 
bir tomoni.
Haydovchi-ekspeditor 
- tashuvchining buyurtmachi bilan kelishib 
yuklarni qabul qilish, ularni kuzatish va topshirish bo'yicha transport- 
ekspeditorlik operatsiyalarini bajarishni amalga oshiruvchi vakil.
Mazkur h aydovchi-ekspeditorning huquq va m ajburiyatlari 
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 2-iyulda 1382- 
son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan “Tashuvchilaming yuk avtomobillari uchun 
yo'l varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, 
to'ldirish va qayta ishlash bo'yicha” Yo'riqnomada o'z ifodasini topgan.
Xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan tender kontraktlari


bo'yicha yuklar tashilishini ta’minlaydigan transport-ekspeditorlik 
kompaniyalari tender asosida tanlanadi.
Ekspeditor sifatida faqat transport ekspeditsiyasi xizmatlarini 
ko'rsatish uchun litsenziya olgan tijoratchi yuridik shaxslar va fuqarolar 
bo'lishi mumkin.
Transport vositalari, term inallar va transport-ekspeditorlik 
faoliyatining boshqa obyektlari, shuningdek, transport-ekspeditorlik 
xizmatlari O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy 
ravishda sertifikatsiyalanishi kerak. Transport-ekspeditorlik faoliyati 
sohasidagi sertifikatsiyalash vakolatli davlat organi yoki u vakil qilgan 
organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ekspeditorlar transport-ekspeditorlik xizmatlari ko'rsatish bo'yicha o'z 
faoliyatlarini litsenziya asosida amalga oshiradilar. Transport-ekspeditorlik 
faoliyatini litsenziyalash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi Transport-ekspeditorlik faoliyatini amalga oshirish 
uchun litsenziyalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
transport sohasida litsenziyalash komissiyasining qarori asosida O'zbekiston 
avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan beriladi.
Masalan, amaldagi temir yo'l ustaviga ko'ra, temir yo'l korxonalari 
transport ekspeditsiyasi xizmatlarini bajaradigan tashkilotlarni tuza 
oladilar, deyiladi.
Shartnoma predmetini ekspeditor1 tomonidan ko'rsatiladigan yuklarni 
tashish bilan bog'liq xizmatlar tashkil qiladi. Tabiiyki, yuqorida 
aytilganidek, shartnoma predmetini tashkil qiluvchi mazkur xizmatlar 
turli-tuman. Ularni shartli ravishda asosiy, ya’ni yuk tashishni tashkil 
etish bilan bog'liq va qo'shimcha, ya’ni yukni jo'natish bilan bog'liq 
barcha xizmatlar kabi ikki turga bo'lish mumkin. Shartnoma to'liq 
transport - ekspeditsiya xizmati ko'rsatish sharti bilan tuzilganda, 
ekspeditor yukni bir manzildan ikkinchisiga yetkazish bilan bog'liq barcha 
operatsiyalarni o'zi bajaradi. To'g'ri, bunda u uchinchi shaxslaming 
xizmatidan ham foydalanishi mumkin (FKning 730-moddasi). Biroq shunisi 
muhimki, majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash 
ekspeditorni transport ekspeditsiyasi shartnomasining bajarilishi uchun 
mijoz oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi. Qisman transport- 
ekspeditsiya xizmatlari ko'rsatishda ekspeditor operatsiyalarning bir 
qismini bajaradi. Har ikkala holda ham asosiy xizmatlarga qo'shimchalar 
kiritilishi mumkin.
Shartnomaning muddati taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi. 
Xizmat ko'rsatish bir galga ham, uzoq muddatga ham tuzilishi mumkin.


Agar FKning 731-moddasidagi o ‘n kunlik muddatga e ’tibor bersak, 
shartnoma unchalik uzoq muddatga tuzilmasligiga amin bo'lamiz.
Shartnomaning bahosi ko‘rsatiladigan xizmatlar va bajariladigan 
ishlarning ko'lamiga qarab, ekspeditorga to'lanadigan haqdir. Amaldagi 
tariflarga ko'ra, haq to'lash taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi 
(FKning 356-moddasi).
3. Transport ekspeditsiyasi shartnomasining mazmuni
Shartnomaning mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari 
tashkil etadi.
Quyidagilar ekspeditorning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-mijozlarning yuk tashish va transport-ekspeditorlik xizmatlariga 
bo'lgan talablarini qondirish;
-eng maqbul transport yo'nalishlarini ishlab chiqish va tanlash, 
transportda tashishlar turlarini va yuklarni yetkazib berish usullarini, 
shuningdek, yuklarni yetkazib berishning va ularni saqlashning kelishilgan 
muddatlarini belgilash;
- O'zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirishga 
ko'maklashish;
- transpor t xarajatlarini kamaytirish;
- kira qilish va kira haqini to'lash;
- yuklarni to'plash, saqlash, ishlov berish, o'rash-joylash va taqsimlash;
- tov a rla rg a ilova q ilin a d iga n h u jjatlarn i ta y y orla sh va 
rasmiylashtirish;
- yordamchi va qo'shimcha xizmatlar ko'rsatish, shu jumladan, 
yukni deklaratsiyalash, bojxona xizmatlari ko'rsatish, yuk hujjatlarini 
rasmiylashtirish;
- yuklarni sug'urtalash.
Ekspeditorga qo'yiladigan talablarga quyidagilar kiradi:
- kasb vakolati to'g'risidagi sertifikatning mavjudligi:
-transport-ekspeditorlik korxonasining bank hisob raqami va uning
to'lov qobiliyati to'g'risida bank tasdiqnomasining mavjudligi;
- transport-ekspeditorlik xizmatlari ko'rsatish bilan bog'liq o'ziga 
xos operatsiyalarning bajarilishi;
- transport ekspeditsiyasi shartnomasi shartlarining sifatli bajarilishi;
- xizmat binosining mavjudligi;
- o'z funksiyalarini amalda bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatli 
dalillar (g u v oh n om a , k on tra k tla r, hisob raqam lari va ularga


tenglashtirilgan hujjatlar)ga ega bo'lishi.
Ekspeditor quyidagi huquqlarga egadir:
- yuk tashuvchilar, transport korxonalari, m ijozlar bilan 
shartnomalar tuzish;
- transport vositalarini, yo'nalishlarni va yuk yetkazib berish 
usullarini erkin tanlash, agar shartnomada yetkazib berishning shartlari 
va usullari kelishib olinmagan bo'lsa;
- bir tomonlama tartibda yoki mijozning topshirig'iga ko'ra qar 
qanday ruxsat etilgan joyda yukni tushirish, joylashtirish uchun qaror 
qabul qilish, zaruriyat bo'lganda esa yukning buzilib qolish, yo'qolish 
yoki uning atrof-muhitga, aholiga yoxud boshqa yukka xavfi bo'lgan 
hollarda qulay usullar bilan sotib yuborish;
- yo'qolgan yukni qidirish va mijoz tomonidan ko'rilgan zararni 
qoplash to'g'risidagi topshiriqlami bajarish uchun jalb qilingan uchinchi 
shaxsga talab qo'yish, agar yuk uchinchi shaxsning xatti-harakati yoki 
harakatsizligi oqibatida yo'qolgan yoki buzilgan bo'lsa, va ko'rilayotgan 
chora-tadbirlar to'g'risida, bu haqda shartnomada kelishib olinmagan 
bo'lsa, mijozni xabardor qilib qo'yish;
- mijozning manfaatlari yo'lida va uning nomidan sarf qilingan, 
hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar bo'yicha vositachilik haqini mijozdan 
undirib olish;
- mijoz tomonidan zarur bo'lgan axborot taqdim etilmagan hollarda, 
agar bu haqda shartnomada kelishib olinmagan bo'lsa, tegishli 
majburiyatlarni bajarishga kirishmaslik;
- o'z majburiyatlarini bajarish uchun ishonchnoma zarur bo'lsa, 
uni talab qilish;
- yukning hujjatlari va uning xossalari, yukni tashish shartlari 
to'g'risidagi axborotlarni va uni tashish bilan bog'liq boshqa axborotlami 
talab qilish, mazkur axborotlar to'liq bo'lmaganida mijozdan zarur 
qo'shimcha ma’lumotlami talab qilib olish;
- mijoz zarur axborotni taqdim etmagan taqdirda bunday axborot 
taqdim etilgunga qadar tegishli majburiyatlarni ijro etishga kirishmaslik;
- o'n kun oldin ikkinchi tarafni ogohlantirib, shartnomani bajarishdan 
bosh tortishga haqli.
Ekspeditorning garovga oid huquqi O'zbekiston Respublikasining 
amaldagi qonunchilik hujjatlari va O'zbekiston Respublikasi qatnashchisi 
bo'lgan xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Shartnoma bo'yicha ekspeditor quyidagi majburiyatlarga ega:
- o'zi yoki mijoz tanlagan transportda va yo'nalishda yuk tashishni


tashkil etishi;
- mijoz yoki o'zining nomidan yuk tashish shartnomasini tuzishi;
- yuk jo'natilishini va olinishini ta’minlashi;
- shartnomada eksport-import uchun talab qilinadigan hujjatlarni 
olishi;
- bojxona rasmiyatchiliklari va o'zga rasmiyatchiliklarni bajarishi;
- yukning miqdori va holatini tekshirishi, uni ortishi va tushirishi;
- mijoz zimmasiga yuklatiladigan bojlar, yig'imlar va boshqa 
xarajatlarni to'lashi;
- yukni omonat saqlashi;
- yuk (jo'natma) ni belgilangan manzilda olish bilan bog'liq, uni 
yetkazib berish uchun zarur bo'lgan xarajatlarni amalga oshirishi 
kabilar;
- transport-ekspeditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini 
beruvchi litsenziyaga ega bo'lish;
- qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda hisobot taqdim 
etish;
- yukni transport (transporting har xil turlari) bilan ekspeditor 
yoki mijoz tomonidan tanlangan yo'nalish bo'yicha tashishni tashkil 
etish.
Xorijiy ekspeditorlar, shuningdek, xorijiy kompaniyalarning sho'ba 
korxonalari (filiallari) respublika hududida transport-ekspeditorlik 
faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda O'zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilishga majburdirlar.
Agar transport ekspeditsiyasi shartnomasidan ekspeditorning o'z 
majburiyatlarini shaxsan bajarishi shartligi kelib chiqmasa, ekspeditor 
o'z majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli.
M ajburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash 
ekspeditorni transport ekspeditsiyasi shartnomasining bajarilishi uchun 
mijoz oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Y uklarni topsh irish -qabu l qilishning tartibi va m uddatlari 
transport qoidalari, tariflari va nam unaviy shartnom alar bilan 
b e lg ila n a d i. B u lar b o 'lm a g a n id a esa, F K n in g 6 -m o d d a sid a
belgilanganidek, ish muomalasi odatlari qo'llaniladi.
Shartnoma bo'yicha mijoz quyidagi huquqlarga ega:
- ish (xizmat)ni shartnomada ko'rsatilganidek, lozim darajada 
bajarilishini talab qilishi;
- o'n kun oldin ekspeditorni ogohlantirib, shartnomani bajarishdan 
bosh tortishi.


Ayni paytda, mijoz quyidagi majburiyatlarga ega:
- yukni ekspeditorga topshirishi va qabul qilib olishi;
- ko'rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun belgilangan 
haqni to'lashi;
- agar ekspeditorga o'z 
m ajburiyatlarini bajarishi uchun 
ishonchnoma zarur bo'lsa, uni berishi;
- ekspeditorga yuk bilan bog'liq, uning ayrim tabiiy xossalari, 
tashish shartlari haqidagi axborotlarni berishi;
- m a v ju d a x b o r o tla r t o 'liq b o 'lm a g a n id a , q o 's h im c h a
ma’lumotlarni berishi kabilar.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi, odatda, uning bajarilishi 
bilan va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar bilan bekor bo'ladi 
(FKning 25-bobi).
Shartnoma bo'yicha majburiyatlar bajarilmaganida yoki lozim 
darajada bajarilmaganida taraflarga javobgarlik belgilanadi.
C hunonchi, transport ekspeditsiyasi shartnom asi b o 'y ich a
majburiyatlami bajarilmaganligi uchun ekspeditor FKning fuqarolik 
huquqiy javobgarlikni belgilovchi 24-bobining qoidalariga muvofiq 
belgilanadigan asoslarda va miqdorda javobgar bo'ladi.
Ekspeditor o'z majburiyatlarini bajarishni, shartnomada boshqacha 
hoi belgilanmagan bo'lsa, uchinchi shaxslar zimmasiga yuklash mumkin. 
Biroq, FKning 730-moddasi, 2-qismiga ko'ra, majburiyatni bajarishni 
uchinchi shaxs zimmasiga yuklash ekspeditorni transport ekspeditsiyasi 
shartnomasining bajarilishi uchun mijoz oldidagi javobgarlikdan ozod 
qilmaydi.
Mijoz yukka doir hujjatlar hamda yukning xossalari, uni tashish 
shartlari to'g'risidagi boshqa axborotlarni taqdim etish majburiyatini 
buzsa, ekspeditorga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo'ladi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bir tomonlama 
bosh tortilganida, bu haqda ma’lum qilgan taraf shartnomaning bekor 
qilinishi tufayli ko'rilgan zararni ikkinchi tarafga to'laydi (FKning 9, 
324-moddalari).
4. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi shartlarini buzganlik uchun 
javobgarlik va shartnomani bekor bo'lish asoslari
FKning 728-moddasida transport ekspeditsiyasi shartnomasining 
shartlarini buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik masalasi 
o'z ifodasini topgan. Unga asosan taraflar shartnoma bo'yicha o'zlariga


yu klan gan m a jb u riy a tla rn i bajarm a ga n yoki lozim darajada 
bajarmagan taqdirda javobgar bo'lishlari nazarda tutilgan.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo'yicha majburiyatlarni 
bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun ekspeditor 
FKning 24-bobining qoidalariga muvofiq belgilanadigan asoslarda va 
miqdorda javobgar bo'ladi.
Ekspeditor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi tufayli mijozga yetkazilgan zararni to'lashi shart. Agar 
qonun hujjatlarida yoki shartnomada o'zgacha tartib nazarda tutilgan 
bo'lmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo'lgan joyda, 
ekspeditor mijozning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi- 
yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan bo'lmasa, - da’vo qo'zg'atilgan kunda 
mavjud bo'lgan narxlar e’tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni 
to'lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo'lgan narxlarni 
e’tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.
Boy berilgan foydani aniqlashda mijoz tomonidan uni olish uchun 
ko'rilgan choralar va shu maqsadda ko'rilgan tayyorgarliklar hisobga 
olinadi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasida ekspeditorlar ikki yoki undan 
ortiq bo'lgan hollarda subsidiar javobgarlik vujudga keladi. Subsidiar 
javobgarlik asoslari va shartlari shartnoma va qonun hujjatlarida nazarda 
tutiladi.
Agar ekspeditor majburiyatning buzilishi tashish shartnomalari tegishli 
ravishda bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqanini isbotlasa, ekspeditorning 
mijoz oldidagi javobgarligi tegishli tashuvchi ekspeditor oldida javobgar 
bo'ladigan qoidalarga muvofiq belgilanadi.
Ekspeditor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o'ziga bog'liq 
bo'lgan hamma choralarni ko'rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. 
Aybning yo'qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi.
Basharti, qonunda yoki transport ekspeditsiyasi shartnomasida 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada 
bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib 
bo'lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini 
o lib b o 'lm a y d ig a n v a z iy a t la r (fo r s -m a jo r ) t u fa y li im kon
bo'lm aganligini isbotlay olmasa, javobgar bo'ladi. M ajburiyatni 
qasddan buzganlik uchun javobgarlikni bartaraf qilish yoki cheklash 
to'g'risidagi avvaldan kelishilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab 
haqiqiy emas deb topiladi.


FKning 730-moddasiga asosan agar transport ekspeditsiyasi 
shartnomasidan ekspeditorning o‘z majburiyatlarini shaxsan bajarishi 
shartligi kelib chiqmasa, ekspeditor o‘z majburiyatlarini bajarishga boshqa 
shaxslarni jalb qilishga haqli. Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs 
zimmasiga yuklash ekspeditorni transport ekspeditsiyasi shartnomasining 
bajarilishi uchun mijoz oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Mijoz yoki ekspeditor o‘n kun oldin boshqa tarafni ogohlantirib, 
transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bir tomonlama 
bosh tortilganida, bu haqda ma’lum qilgan taraf shartnomaning bekor 
qilinishi tufayli ko'rilgan zararni ikkinchi tarafga to‘laydi (FKning 731- 
moddasi).
Shartnoma shartlarini o'zgartirish va bekor qilish FKning umumiy 
qoidalaridan kelib chiqqan holda taraflarning kelishuvi bilan amalga 
oshiriladi.


41-bob. QARZ VA KREDIT
l-§. Qarz shartnomasi
Qarz shartnomasi hali kishilik jamiyatidagi ijtimoiy, iqtisodiy va 
huquqiy munosabatlar u qadar rivojlanmagan paytlardayoq, muayyan 
muddatga moddiy ashyolarni qaytarish sharti bilan berib turish tarzida 
shakllangan edi. Qarz shartnomasining dastlabki huquqiy belgilari qadimgi 
Rimda yaratildi. Pul ixtiro qilinishi bilan qarz shartnomasi o'zining hozirgi 
ko'rinishini olgan. Endilikda qarz deganda, muayyan muddatga qaytarish 
sharti bilan pul berib turish tushuniladi. Shu tariqa qarz berishga nafaqat 
o'zaro yordam va ishonchning turi, balki foyda ko'rish vositasi sifatida 
ham qarala boshlandi.
Qarz shartnomasi deb shunday shartnomaga aytiladiki, bunga asosan 
bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki 
turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi. 
Qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo'la yoki bo'lib-bo'lib, o'shancha 
summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga 
baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi 
(FKning 732-moddasi).
Qarz shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat: 
birinchidan, 
bu shartnoma real shartnoma bo'lib sanaladi, chunki 
taraflar o'rtasida huquq va burchlar shartnoma predmeti bo'lgan pul 
yoki ashyoning topshirilishi paytidan e ’tiboran vujudga keladi va 
shartnoma ham shu paytdan e’tiboran tuzilgan hisoblanadi;
ikkinchidan, 
qarz bir tomonlama shartnomalar toifasiga kiradi, 
chunki bu shartnoma yuzasidan bir taraf qarz beruvchi huquqlar olsa, 
ikkinchi taraf qarzdorda burchlar bo'ladi, Jumladan, qarz beruvchi 
qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo'lsa, qarzdor olingan 
qarzini qaytarishga majbur bo'ladi (FKning 735-moddasi);
u ch inchidan, 
qarz shartnom asi agar qonunda yok i qarz 
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, qarz beruvchi 
(yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada 
belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo'ladi 
(FKning 734-moddasi 1-bandi).
Qarz shartnomasi fuqarolar o'rtasida agar bu qarzning summasi eng 
kam ish haqining o'n baravaridan ortiq bo'lsa oddiy yozma shaklda tuzilishi, 
shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo'lganida esa qarz 
summasidan qat’iy nazar, yozma tuzilishi shart (FKning 733-moddasi).


Qarz mulkka iisbatan bo‘lgan egalik huquqini yoki mulkni operativ 
boshqaruv huquqini o‘tkazishga qaratilgan shartnomalardan hisoblanadi. 
Binobarin, qarzdor qarzga olingan narsaning aynan o'zini qaytarmasdan, 
balki olgan pulni yoki o‘sha qarzga olingan narsaning xili, sifati va 
miqdori baravarida boshqa narsani qaytarishga majbur bo‘ladi. Agarda 
qarz shartnomasi bo'yicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan 
belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki 
natura holidagi) shartnomada ko'zda tutilgan hollarda foizlar to'lanishi 
kerak (FKning 734-moddasi 2-bandi).
Qarz shartnomasida muddatlar. 
Qarz shartnomasini bajarish 
muddatlariga to'xtaladigan bo'lsak, agar qarz summasini qaytarish 
muddati shartnomada belgilangan bo'lmasa, qarz oluvchi uni qarz 
beruvchi qarzni qaytarish haqida talab qo'ygan kundan boshlab o'ttiz 
kun mobaynida qaytarishi kerak (FKning 735-moddasi).
Qonun hujjatlarida boshqa shartnomalardan kelib chiqqan burchning 
(qarzning) ham qarz majburiyati sifatida rasmiylashtirilishiga yo'l qo'yadi. 
Bunday hollarda agar taraflar oldi-sotdi muomalasidan, mulk ijarasi 
yoki boshqa asosdan kelib chiqadigan har qanday nasiyani qarz 
majburiyati shakliga aylantirgan bo'lsalar, bu holda qarz to'g'risidagi 
qoidalar tatbiq qilinadi.
Qarz oluvchi tomonidan qarz shartnomasini buzish oqibatlari. 
Agar 
qonun hujjatlarida yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo'lmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan 
hollarda Fuqarolik Kodeksining 734-moddasi birinchi qismida nazarda 
tutilgan foizlar to'langan bo'lishidan qat’iy nazar, qarz qaytarib berilishi 
kerak. Qarz olingan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarilib 
berilgan kungacha bu summa yuzasidan FKning 327-moddasi birinchi 
va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar to'lanishi kerak
Amaldagi Fuqarolik Kodeksida qarz shartnomasining alohida ikkita 
turi bor:
- aniq maqsadli qarz (FKning 739-moddasi);
- davlat zayomi shartnomasi (FKning 743-moddasi).
Oddiy qarz shartnomasi aniq maqsadli qarzdan farq qiladi, bunga 
sabab shundaki, maqsadli qarz shartnomasi asosida olingan qarz 
ko'rsatilgan aniq maqsadlarda ishlatilishi lozim Masalan: korxona, tashkilot 
o'z xodimining uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida unga qarz bergan 
bo'lsa, xodim uni boshqa maqsadlarda ishlatishga haqi yuq. Agarda 
shunday holat sodir bo'lgan bo'lsa, qarz beruvchi qarzni muddatidan 
oldin, agarda foizli bo'lsa, foizlari bilan birgalikda talab qilib oladi.


Davlat zayom shartnomasi bo'yicha davlat qarz oluvchi, fuqaro 
yoki yuridik shaxs esa qarz beruvchi bo‘ladi. Bu shartnomada olingan 
qarzni qaytarish to‘g ‘risida alohida muddatlar belgilangan bo'lmasa, qarz 
beruvchi tomonidan qarzni talab qilgan zamon qaytarishga majbur bo'ladi.
Davlat zayomlari ixtiyoriydir. Lekin davlat zayomlarini hukumat 
nomidan tegishli yuridik shaxslar chiqarishi mumkin. Asosan ichki pul 
emissiyasini kamaytirish, ya’ni qog'oz pullar emissiyasini ko'paytirmagan 
holda fuqarolar va yuridik shaxslar mablag'larini davlat ehtiyojlari uchun 
jalb etish va boshqa maqsadlarda davlat zayomidan foydalaniladi.
Bundan tashqari, qarz shartnomasi qimmatli qog'ozlar bilan, ya’ni 
veksel, obligatsiyalar yo'li bilan ham tuzilishi mumkin. O'zbekiston 
Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi N 918-XII “Qimmatli vog'ozlar 
va fond birjasi to'g'risida” gi qonunga ko'ra, “qimmatli qog'ozlar - bu 
ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o'rtasidagi mulkiy huquqlarni 
yoki zayom munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foizlar ko'rinishida 
daromad to'lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlami 
boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir. 
Qimmatli qog'ozlar - blankalar, sertifikatlar shaklida yoki schyotlardagi 
yozuv shaklida bo'lishi va hisob-kitob qilishda, shuningdek kreditlar 
bo'yicha garov sifatida foydalanilishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar yuridik 
va jismoniy shaxslar o'rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi”.
Obligatsiyalar. 
Obligatsiyalar ularning egasi pul mablag'lari 
berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog'ozlarning belgilangan 
qiymatini ularda ko'rsatilgan muddatda, qayd etilgan foiz to'langan 
holda, basharti obligatsiyalarni chiqarish shartlarida o'zgacha qoidalar 
nazarda tutilmagan bo'lsa, qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli 
qog'ozlardir.
Quyidagi turlardagi obligatsiyalar chiqarilidi:
respublika ichki zayom larining va m ahalliy zayom larning 
obligatsiyalari;
korxonalaming obligatsiyalari.
Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin 
muomalada yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib 
chiqarilishi mumkin. Maqsadli obligatsiyalarning rekviziti obligatsiyalar 
qaysi mollar (xizmatlar) uchun chiqarilgan bo'lsa, shu mollarni (xizmatlarni) 
aks ettirishi shart.
Respublika ichki zayom larining va mahalliy zayom larning 
obligatsiyalari taqdim etuvchiga tegishli qilib chiqariladi. Respublika ichki 
zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalarini chiqarish


to‘g‘risidagi qaror tegishincha 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
va davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda 
emitent, obligatsiyalarni chiqarish shartlari va ularni tarqatish tartibi 
belgilab qo'yilishi lozim.
Korxonalarning obligatsiyalari mulkchilikning barcha shakllariga 
mansub korxonalar tomonidan chiqarilishi mumkin. Obligatsiyalar o'z 
egalariga korxona boshqaruvida qatnashish huquqini bermaydi.
Korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlarining obligatsiyalarini chiqarish 
to'g'risidagi qaror tegishincha ma’muriyat va ijroiya organi (boshqaruvi) 
tomonidan qabul qilinadi hamda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonalarning obligatsiyalarini emitentlarning ustav fondini 
shakllantirish va to'ldirish uchun, shuningdek ularning xo'jalik faoliyati 
bilan bog'liq zararlarni qoplash uchun chiqarishga yo'l qo'yilmaydi.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqarilgan barcha obligatsiyalaming 
nominal qiymati jamiyatning shakllantirilgan ustav fondi miqdoridan 
oshib ketmasligi lozim. Jamiyat tomonidan obligatsiyalar chiqarishga faqat 
jamiyat ustav fondi to'liq to'langanidan keyin yo'l qo'yiladi. Boshqa 
tashkiliy-huquqiy shakldagi xo'ja lik yu ritu vch i subyektlarning 
obligatsiyalarini chiqarish summasi miqdori qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi.
Veksel. Veksel beruvchining yoxud vekselda ko'rsatilgan boshqa 
to'lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga 
muayyan summani to'lash yuzasidan qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi 
qimmatli qog'oz veksel hisoblanadi.
Veksellar oddiy va yuboriladigan veksellarga bo'linadi.
Veksel beruvchining muayyan summadagi pulni veksel oluvchiga 
yoxud uning buyrug'iga binoan belgilangan muddatda yoki uning talabiga 
ko'ra to'lashdan iborat qat’iy majburiyatini o'z ichiga olgan hujjat 
oddiy veksel hisoblanadi.
Veksel oluvchining muayyan summadagi pulni oluvchiga yoxud 
uning buyrug'iga binoan boshqa shaxsga belgilangan muddatda yoki 
uning talabiga ko'ra to'lash to'g'risidagi qat’iy buyrug'idan iborat 
to'lovchiga qaratilgan hujjat yuboriladigan veksel hisoblanadi.
Veksellarni (xazina veksellaridan tashqari) chiqarish, ro'yxatdan 
o'tkazish qoidalari, ularni chiqarish va muomalada yuritish shartlarini 
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilaydi. Xazina 
veksellarini chiqarish va muomalada yuritish qoidalarini O'zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi.
Veksellarni chiqarish huquqi tijorat banklariga faqat O'zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki ruxsati bo'yicha beriladi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 19-martdagi PF- 
1738 “Respublikada veksel muomalasini tartibga solish borasidagi chora- 
tadbirlar to'g'risida” farmoni veksellarni chiqarish va ularning muomalasi 
mexanizmini takomillashtirish, xo'jalik yurituvchi subyektlarning 
shartnoma majburiyatlarini bajarishlari uchun moliyaviy javobgarligini 
oshirish, ular chiqargan veksellarning puli o'z vaqtida qaytarilishini 
ta’minlashga qaratilgan.
Faqat qonun, hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda qarz oluvchining 
majburiyatlari bajarilishini ta’minlash (FKning 738-moddasi), qarz oluvchi 
qarz summasining qaytarib berilishini ta’ minlash yuzasidan, qarz 
shartnomasi nazarda tutilgan majburiyatlami bajarmasa, shuningdek, 
qarzning ta’minoti qarz beruvchi javobgar bo'lmagan vaziyatlarda 
yo'qotilsa yoki uning shartlari yomonlashsa, agar shartnomada boshqacha 
tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz 
summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni to'lashni 
talab qilishga haqli.
Foizli qarzga beriladigan pul kredit deyiladi. Agar qarzga berilgan 
pul ishga solinib, yangidan pul topish, daromad olish uchun ishlatilsa, 
qarz kapitali shaklini oladi. Agar qarz shaxsiy iste’molni qondirishga 
xizmat qilsa odatdagi pul qarzi bo'ladi, holos, chunki unda kapital belgisi 
bo'lmaydi.
Bozor iqtisodiyotidagi kredit munosabatlari tabiatan farqlanuvchi 
ikki turdagi munosabatlarning yaxlitligini bildiradi. Gap shundaki, qarzga 
olingan pul:
Birinchidan, kapital sifatida ishlatiladi, bunda foyda olish, pulni 
ko'paytirish nazarda tutiladi. Shu sababli qarz kapitali borasidagi 
munosabatlar paydo bo'ladi. Bunda pulning mulk sifatidagi holati uning 
o'zgalar qo'lida kapital bo'lishi holatidan ajraladi, o'zga mulki o'zga 
qo'lida kapitalga aylanadi.
Ikkinchidan, qarzga olingan pul shaxsiy yoki umumiy ehtiyojlami 
qondirishga xizmat qiladi.
Pul egasi uchun qarz oluvchi pulni qanday ishlatishining hech bir 
ahamiyati yo'q, u qarz haqini (foizlarni) olsa bo'ldi. Ba’zi hollarda qarz 
beruvchi uni nimaga ishlatishni shart qilib kuyishi mumkin. Fuqarolik 
Kodeksining 739-moddasida xuddi shunday aniq maqsadli qarz nazarda 
tutiladi. Agar qarz shartnomasi qarz oluvchining mablag'laridan aniq 
maqsadda (aniq maqsadli qarz) foydalanishi sharti bilan tuzilgan bo'lsa, 
qarz oluvchi qarz beruvch iga qarz summasidan aniq maqsadda 
foydalanilishini nazorat qilish imkoniyatini ta’minlab berishi shart.


Bundan tashqari, qarz olu vch i qarz shartnom asining qarz 
summasidan aniq maqsadda foydalanishi haqidagi shartlarini bajarmagan 
taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tuilgan bo‘lmasa, 
qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin 
qaytarishni va tegishli foizlami to'lashni talab qilishga hqli.
2-§. Kredit shartnomasi
Kredit munosabatlarining rivojlanishi. 
Jamiyat faoliyatining asosiy 
jabhasi bu — ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini 
moddiy va mehnat omillari ta’minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar 
bilan bir tekisda ta’minlanishida kreditning o'rni beqiyosdir. Kredit -
tovar-pul munosabatlari sharoitidagi takror ishlab chiqarish jarayonining 
ajralmas bir qismi boiib, tovar ishlab chiqarish kredit munosabatlari 
yuzaga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. Kreditga iqtisodiy ma’noda 
ta’rif beradigan bo'lsak, “kredit - bu vaqtincha bo'sh turgan pul 
mablag'larini ma’lum muddatga haq to'lash sharti bilan qarzga olish va 
qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar 
yig'indisidir” . Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklari, turli mashina 
va mexanizmlar sotib olinadi, iste’molchilarning mablag'lari yetarli 
bo'lmagan sharoitda to'lovni kechiktirib tovarlar sotib olishlari va boshqa 
har xil to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Kredit 
orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:
1. Fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo'sh qolgan 
mablag'laming harakatsiz turib qolishining oldi olinadi.
2. Takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirshga 
imkoniyat yaratiladi.
Kredit shartnomasi tushunchasi va mohiyati. 
Kredit shartnomasi 
bo'yicha bir taraf, ya’ni bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kredit 
beruvchi, kreditor) ikkinchi tarafga (kredit oluvchiga) shartnomada 
nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag'lari (kredit) 
berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning 
uchun foizlar to'lash majburiyatini oladi (FKning 744-moddasi).
Kredit munosabatlarini huquqiy tartibga soluvchi O'zbekiston 
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g'risida”gi qonuni, 
“Markaziy bank to'g'risida”gi qonun, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishni rag'batlantirish to'g 'risid a ” gi qonun, O 'zbekiston 
Respublikasi Prezidentaning 1994-yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy islohotlami 
yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va


tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi Farmoni va 
boshqa qonun hujjatlari muhim ahamiyatga ega.
0 ‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan 
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi qonuniga ko‘ra, bank va mijozlar 
o‘rtasidagi o'zaro munosabatlar shartnomaviy harakterga ega. Bank 
xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish 
va tartibga solishda fuqarolik-huquqiy shartnomalar qo'llaniladi.
Avvalambor, kredit nima? Kredit deganda o'z egalari qo'lida 
vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini boshqalar tomonidan ma’lum 
muddatga haq to'lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan 
kelib chiqqan munosabatlar tushuniladi. Fuqarolik huquqi tomonidan 
tegish li huuqiy norm alar bilan tartibga solinadigan, iqtisodiy 
munosabatlarning ba’zi bir turlarining o'ziga xosligini nazarda tutadigan 
shartnomalar tizimi ishlab chiqilgan. Bank-kredit munosabatlari sohasidagi 
shartnomalar ham shular jumlasidandir.
Kredit munlosabatlari tarkibi ikki elementdan iborat: kredit subyekti 
va obyekti.
Kredit obyekti 
- bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga 
beriladigan va qarz oluvchidan qarz beruvchiga qaytib beriladigan 
qiymatdir.
Kredit munosabati ikki subyekt o'rtasida yuzaga keladi: biri pul 
egasi, ya’ni qarz beruvchi (kreditor); ikkinchisi pulga muhtoj, ya’ni 
qarz oluvchi.
Kredit tovar va pul ko'rinishidagi mablag'larni:
- qaytarib berishlik;
- muddatlilik;
- foiz to'lash;
- kreditning tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi;
- to'lovlilik;
- kreditning maqsadliligi shartlari natijasida yuzaga keladi.
Kredit shartnomasi:
-Kredit munosabatlari ishtirokchilari - qarz beruvchi va qarz oluvchi 
huquqiy jihatdan mustaqil subyekt bo'lishi kerak. Mustaqil subyekt sifatida 
har ikki tomon bir-biri bilan o'zaro aloqalardan kelib chiquvchi 
majburiyatlarni bajarilishini moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak. 
Majburiyatlarning bajara olish qobiliyatini hisobga olgan holda mustaqil 
huquqiy subyekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak.
-Qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga mos tushgan 
taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar, avvalambor,


obyektiv jarayonlar, o'zaro manfaatlarni taqazo etuvchi aniq vaziyat 
bilan bog'liq.
Qarz beruvchi tomonidan pul mablag'larini qarga berish qarz oluvchi 
tomonidan esa shu mablag'larni olish bo'yicha qiziqish tug'ilgan 
taqdirdagina kredit munosabatlari yuzaga keladi.
Kredit munosabatlarning vujudga kelishi kredit munosabtlari 
ishtirokchilari manfaatlarining m uvofiqligiga bog'liq. Tom onlar 
manfaatining mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin 
kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat fazo va vaqt 
jihatidan, shuningdek sifat jihatidan ham mos tushgan taqdirdagina bu 
munosabatlar reallikka aylanadi. Shu bilan birga kreditning bu muhim 
sifatlari kredit munosabatlari sodir bo'lishining asosiy sababi bo'la olmaydi. 
Kredit vujudga kelishi uchun aniq bir iqtisodiy asos - fondlarning doiraviy 
aylanishi va shunga o'xshash boshqa sharoitlar zarur.
Qonun hujjatlariga muvofiq, kredit tashkilotlari bo'lmagan tijorat 
tashkilotlarining kreditlashini amalga oshirishga yo'l qo'yilgan hollarda 
kredit shartnomasi to'g'risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga 
oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo'llaniladi (FKning 744- 
moddasi, 2-qism).
Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart. 
Yozma shaklga 
rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy bo'lmasligiga olib keladi. 
Bunday shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
Qarz va kredit shartnomalari o'rtasidagi umumiylik bilan birga 
jiddiy farqlar ham mavjud.
Birinchidan, 
kredit shartnomasi bo'yicha kreditor sifatida faqat maxsus 
subyektlar, bank yoki boshqa kredit tashkiloti qatnashadi.
Ikkinchidan, 
kredit shartnomasi bo'yicha qarz oluvchi kreditorga 
foizlar to'lashi shart.
Uchinchidan, 
kredit shartnomasi faqat yozma shaklda tuziladi. Qarz 
shartnmasida esa qarz summasi eng kam ish haqining 10 baravaridan 
kam bo'lsa, og'zaki shaklda tuzilishi mumkin.
To'rtinchidan, kredit shartnomasi real emas, balki konsensual 
shartnomalar guruhiga mansub. Shu sababli shartnoma tuzilgandan keyin 
u taraflar o'rtasida huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi. Bunday 
holda shartnomaning bajarilmasligiga FKning 746-moddasida belgilangan 
hollardagina yo'l qo'yiladi.
Kredit va moliya tushunchalari o'rtasida bir tomondan umumiylik 
bo'lsa, ikkinchi tomondan farqli jihatlari mavjud.
Agar moliya barcha xo'jalik subyektlarining o'ziga tegishli pul


mablag'lari xususidagi aloqalarini anglatsa, kredit bundan farqliroq, 
o‘zga mulki bo'lgan mulkni qarzga olib ishlatish borasidagi munosabatlarni 
bildiradi va bozor munosabatlarining bir unsuri hisoblanadi.
Moliya bilan kreditning umumiyligi shuki, ularning har ikkalasi 
ham pul mablag'lari yuzasidan bo'lgan munosabatlarni jamlash va ishlatish 
usulining har xil bo'lishidan kelib chiqadi.
Moliyada tomon o'z mulki bo'lgan pul resurslarini xohlagan vaqtda, 
hech bir xarajatsiz ishlatishi mumkin.
Kredit esa o'zgalar pul mablag'ini haq to'lagan holda vaqtincha 
ishlatib turish va muddati kelganda qaytarib berishni anglatadi. Kredit 
tovar-pul munosabatlariga xos bo'lgan va pul harakatini bildiruvchi 
kategoriyadir.
Kredit subyektlari quyidagilar bo'lishi mumkin: korxona, firma, 
tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi.
Kredit obyekti har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo'sh 
turgan, berilishi mumkin bo'lgan pullar va tovarlardir.
Kredit jamiyatda quyidagi to'rt xil vazifani bajaradi:
Birinchidan, 
pulga tenglashtirilgan to'lov vositalarini (masalan, 
veksel, chek sertifikat va h. q) yuzaga chiqarib, ularni xo'jalik 
muomalasiga jalb qiladi;
Ikkinchidan, 
u bo'sh pul mablag'larini harakatdagi, ishdagi kapitalga 
aylantirib, pulni pul topadi, degan qoidani amalga oshiradi;
Uchinchidan, 
qarz berish orqali pul mablag'larini turli tarmoqlar 
o'rtasida qayta taqsimlash bilan chiqarish resurslarining ko'chib turishini 
ta’minlaydi;
To‘rtinchidan, 
qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy 
o'sishni rag'batlantiradi.
Kredit va undan foydalanish natijasida turli natijalarga erishiladi. 
Ular ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin Ijobiy natijalar deganda kreditdan 
samarali foydalanish natijasida qo'lga kiritilgan yutuqlar tushuniladi. 
Masalan: Buxoro viloyatida qurilgan neftni qayta ishlash zavodi, 
Andijonning Asaka shahrida bank krediti hisobidan qurilgan avtomobil 
zavodi, To'ytepa shahrida qurilgan «Kobul» to'qimachilik fabrikasi 
kabilami aytish mumkin. Bular hozirgi kunda ma’lum darajada ehtiyojni 
qondirib, jahon bozoriga chiqib bormoqda. Bu kreditning ijobiy taraflariga 
yaqqol misoldir.
Kreditning salbiy tomoni, asosan, quyidagi ikki holatda namoyon 
bo'ladi: kredit xalq xo'jaligida turli yo'llar bilan asossiz ravishda ko'p 
berilsa va oqibatda pul massasi ko'payib, milliy pul qadrsizlansa;


agar olingan xalqaro kreditlardan samarali foydalanm ay va 
mamlakat o'zining boshqa darom ad manbalari, oltin va boshqa 
qimmatbaho narsalarini sotish hisobidan kreditni qaytarsa va h. k.
Kredit uyushmalarL 
Kredit uyushmalarining tuzilishi, faoliyati, qayta 
tashkil etilishi va tugatilishi sohasida “Kredit uyushmalari” to‘g ‘risida qonun1
2002-yil 4-aprelda qabul qilingan. Ushbu qonunga ko'ra, yuridik va jismoniy 
shaxslar tomonidan kreditlar berish maqsadida ixtiyoriy teng huquqlililik 
asosida tuziladigan kredit tashkiloti kredit uyushmasi deb e’tirof etiladi. 
Ustav fondining pay badallarini kiritgan yuridik va jismoniy shaxslar 
kredit uyushmasining a’zolari sanaladi. Shaxsga kredit uyushmasi tomonidan 
berilgan sertifikat uning kredit uyushmasiga a’zoligini tasdiqlovchi hujjatdir. 
Kredit uyushmasi a’zolarining soni 50 tadan kam bo'lishi mumkin emas.
Kredit uyushmasining huquqlari:
- depozitlarga qo'yish uchun o'z a’zolaridan pul mablag'larini jalb
etish;
- o'z a’zolariga kredit berish;
- o'z ustaviga muvofiq shartnomalar tuzish va boshqa fuqarolik- 
huquqiy bitimlami amalga oshirish;
- grantlar hamda bepul beriladigan boshqa mablag'larni olish;
- maslahat va axborot xizmatlarini ko'rsatish;
- k redit uyushm asi a ’ zolari m o liy a v iy m a jbu riy a tla rin i 
bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun to'laydigan 
neustoyka miqdorini belgilash;
- kreditlami belgilangan tartibda jalb etish;
- qonun hujjatlariga muvoifq boshqa huquqlarga ega bo'lishi mumkin.
Kredit uyushmasining majburiyatlari:
- O'z ustav fondini belgilangan eng kam miqdordan pasaytirmagan 
holda saqlash;
- Hisob, hisobot va boshqa hujjatlarni yuritish;
- Hisobotni belgilangan tartibda e’lon qilish va taqdim qilish;
- Kredit uyushmasining a’zosi kredit uyushmasi oldidagi majburiyatini 
bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda to'lanishi lozim 
bo'lgan summani kredit uyushmasining a’zosiga tegishli bo'lgan pay badali 
yoki depozitdan, shuningdek, ularga pay badali bo'yicha beriladigan 
devidentlardan va depozit bo'yicha to'lanadigan foizlardan undirib olishga;
- Inspeksiya o'tkazish uchun yuborilgan O'zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki vakillariga hujjatlar va kredit uyushmasi faoliyatiga oid

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish