Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Рахмонкулов X. Мажбурият хукуки. (Умумий кридалар). -Т.: ТДЮИ. 2005. -18-20



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Рахмонкулов X. Мажбурият хукуки. (Умумий кридалар). -Т.: ТДЮИ. 2005. -18-20
б.
2 Гражданское право. 4.2. Учебник//Под.ред. Ю.К.Толстого, А.П.Сергеева. -М.: 
Проспект. 2005. С. 478.


ekspeditsiya shartnomalari orqali rasmiylashtiriladi hamda u transport 
xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq qo'shimcha shartnomalar turiga kiradi. 
Bu bilan uning qo'llanilish doirasi va subyektlar (ekspeditor va mijoz) 
funksiyalari belgilanadi. Bu shartnoma barcha yuk tashish bilan bog'liq 
munosabatlarga ham qo'llanavermaydi. Transport ekspeditsiyasi bo'lishi 
uchun albatta yuk tashishni tashkil etish xizmatini amalga oshirish talab 
etiladi. Bu shartnomaning mazmuni shundan iboratki, jo'natuvchilar va 
qabul qiluvchilarni ularga aloqador bo'lmagan yuk tashib o'tish jarayonini 
tashkillashtirish va o'tkazish operatsiyalarini bajarishdan ozod etadi. 
Ekspeditorga yuklatilgan asosiy funksiya esa aynan jo'natuvchi va qabul 
qilib oluvchi ozod etilgan harakatlarni haq evaziga bajarishni tashkil 
etish hisoblanadi.
Mazkur shartnoma ekspeditsiya (ya’ni, yuk tashish xizmatlari) bilan 
shug'ullanuvchi korxonalar bilan munosabatlarni ifodalovchi vosita sifatida 
ko'riladi. Shartnomadan maqsad ekspeditsiya xizmatlarini ko'rsatuvchi 
korxona - ekspeditor fuqarolar yoki yuridik shaxslar bilan shartnoma 
tuzganida o'ziga topshirilgan jo'natmani tayinlangan manzilga yuborish 
yoxud ularni qabul qilib olib, xaridorga topshirishdir. Ekspeditor yuk 
(jo'natma) ni transport korxonalariga topshirish uchun yoki o'zining transport 
vositalari, ishchi kuchlari bilan tayinlangan manzilga, aytilgan shaxsga 
yetkazish uchun mijozdan qabul qiladi yoxud uni mijozga topshirish uchun 
transport tashkilotidan qabul qiladi. Mazkur shartnoma aralash shartnoma 
bo'lib, u tufayli mijozlar ba’zi bir tashkiliy-xo'jalik ishlaridan, ya’ni yuklami 
qabul qilib olLsh, yetkazib berish, jo'natish, tushirib olish kabilardan ozod 
bo'ladilar. Ekspeditor mana shunday turdagi xizmatlarni ko'rsatishga 
ixtisoslashgan. Shu sababli uning xizmatidan foydalanish mijoz uchun har 
taraflama foydali, qulay bo'lib, uni qo'shimcha majburiyatlardan xalos 
qiladi. Ekspeditorda bunday majburiyatlami sifatli amalga oshirish 
imkoniyatlari mavjud. Mijozning ham vaqti, ham mablag'i tejaladi. Transport 
ekspeditsiyasi shartnomalarining amalda keng qo'llanilishi uni yanada 
kengroq huquqiy tartibga solinishiga ham olib keldi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi yuk tashish shartnomasidan 
farq qilgan holda tashishni tashkil etish xizmatlarini ko'rsatilishi bilan 
bog'liq shartnoma hisoblanadi. Shartnoma asosida yuk tashish bilan bog'liq 
xizmatlar bajariladi yoki bajarilishi tashkil etiladi. Transport ekspeditsiyasi 
shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlar ikkiga bo'linadi.

ekspeditorlik xizmatlari 
- bu ekspeditor shartnomaga muvofiq 
xizmat ko'rsatishni o'ziga olgan vositachilik va yordamchi-texnologiya 
xizmatlari kompleksidir.


- transport-ekspeditorlik xizmati 
- yukni jo‘natish va qabul qilib 
olish jarayonini tashkil etish, shuningdek, transport ekspeditsiyasi 
shartnomasiga muvofiq yuk tashishga aloqasi bo'lgan boshqa ish turlarini 
bajarish bilan bog'liq transport xizmati turi.
Bu ikki tushuncha xizmat tarkibiga transport vositasining kiritilganligi 
yoki kiritilmasdan faqat umumiy xizmat ko'rsatishning o'zi bilan 
kifoyalanish orqali farqlanadi.
Transport-ekspeditorlik xizmatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- yukni jo'natish joyidan belgilangan joygacha tashishni tashkil etish;
- mijozning shart-sharoitlariga ko'ra yuklarni tashishning maqbul 
sxemasini tanlash;
- yuk jo'natuvchining ombori (terminali)dan yuklarni qabul qilib 
olish, yuk qabul qiluvchining ombori (terminali)ga yetkazib berish, unga 
va tashuvchiga topshirish;
- yuklarni o'rash-joylash (qadoqlash), markalash, bog'lash, navlarga 
ajratish va saqlash;
- yukni sug'urtalash;
- yuk jo'natilganligi, turgan joyi va belgilangan joyga kelganligi 
(yukning harakati dispozitsiyasi) haqida xabardor qilish;
- boshqa ekspeditorlar xizmatlarining turlari, tariflari va ish rejimlari 
to'g'risidagi axborotni hamda boshqa tezkor axborot;
- transport-ekspeditorlik faoliyati bilan bog'liq masalalar bo'yicha 
maslahatlar;
- bojxona tartibotlarini bajarish;
- yuk tashilganligi uchun tashuvchi bilan hisob-kitoblarni amalga 
oshirish;
- yuk tashish bilan bog'liq boshqa xizmatlarni o'z ichiga olishi 
mumkin.
Shartnomaning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida tashish 
bilan bog'liq xizmatlarni a’lo darajada tashkil etgan holda yuk tashuvchini 
ortiqcha harakatlardan “ozod” etish hisoblanadi. Bunda mijoz ham vaqtdan 
yutadi, ham xizmatni yaxshi tashkil etilishi natijasida ortiqcha sarf xarajat, 
yuk bus-butun yetkazib berilishi xavfi kamayadi. Buning asosiy sabablari 
sifatida esa ekspeditorning ixtisoslashganligi, bozordagi raqobat a ’lo 
darajada xizmatni tashkil etishni talab etishi va boshqalar bilan belgilanadi.
FKning 726-m oddasida transport ekspeditsiyasi shartnomasi 
tushunchasi berilgan. Unga ko'ra, transport ekspeditsiyasi shartnomasi 
bu — ekspeditor haq evaziga va mijoz (yuk jo'natuvchi yoki yuk oluvchi) 
hisobidan ekspeditsiya shartnomasida belgilangan yuk tashish bilan bog'liq


xizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etish majburiyatini olish bilan 
bog'liq shartnomadir.
Maxsus belgilarga qarab shartnomalar quyidagi tarzda tasniflanadi: 
haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar; ommaviy shartnoma va 
qo'shilish shartnomasi; asosiy va dastlabki shartnomalar; uchinchi shaxs 
foydasiga tuziladigan shartnomalar; bir tomonlama va o'zaro shartnomalar1.
Shartnomalarni bitimlarning bir turi hisoblangani sababli ularga 
nisbatan bitimlami turlarga bo'lish to'g'risidagi qoidalar qo'llanishi mumkin. 
Bu me’zon I.B.Zokirov asarlarida shartnoma turlariga asos qilib olingan. 
Shuningdek, muallif ommaviy shartnoma, qo'shilish shartnomasi va 
dastlabki shartnoma kabi turlarga ham bo'linishini alohida ta’kidlab o'tadi2.
Yuridik adabiyotlarda shartnomalarni turlarga ajratish uchun turli 
xil mezonlami qo'llashga harakat qilingan. Masalan, M.V.Gordon - yagona 
“natija” mezoni asosida barcha ma’lum bo'lgan shartnomalarni bir qatorga 
qo'yishni taklif etgan3. O.S.Ioffe esa shartnomalarni turkumlashda 
“jamlangan me’zon”ni taklif etadi4. E.A.Suxanov O.Sioffe fikrini to'ldirishga 
harakat qilib, yana uchta shartnoma turini ko'rsatib o'tadi5. Lekin biz 
LB.Zokirovning shartnomalarni tasniflash m e’zonini asos qilib oldik. Zero 
bu me’zon shartnoma mohiyatini tushuntirishda “oson” yo'lni tanlaydi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi ham o'zining maxsus belgilariga 
ko'ra quyidagi huquqiy belgilarga ega:

birinchidan, shartnomada ekspeditor va yuk tashuvchi boshqa- 
boshqa shaxs bo'lgan hollarda konsensual, yuk tashuvchi va ekspeditor 
bir shaxs bo'lgan hollarda esa real bo'lishi mumkin.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi konsensual (huquq va 
majburiyatlami o'zaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda 
rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan shartnoma) bo'lishi mumkin. 
Chunonchi, ekspeditor ekspeditsiya xizmatlarini bajarishni tashkil qilishida 
taraflarning huquq va majburiyatlari shartnoma tegishli tartibda 
rasmiylashtirilgandan so'ng vujudga keladi.
Ayrim hollarda agar ekspeditorning o'zi shartnoma bo'yicha yuk 
tashuvchi bo'lgan hollarda shartnoma real bo'lishi mumkin. Transport

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish