Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Истеъмол кредити бериш коидалари истеъмол кредити берувчи ташкилот



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Истеъмол кредити бериш коидалари истеъмол кредити берувчи ташкилот 
томонидан “Истеъмол кредити туррисида" Крнунга мувофик, белгиланади.


- o'zaro majburiyatlar va tomonlarning shartnoma shartlariga rioya 
qilishdagi javobgarligi;
- shartnoma shartlari bajarilmagan hollarda qo'llaniladigan ta’sir 
choralari;
- kreditdan maqsadli foydalanishni nazorat qilish usullari va maqsadga 
xilof ishlatilganligi aniqlangan hollarda qo‘llaniladigan jazo choralari;
- shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
- qonunchilikda ko'zda tutilgan boshqa shartlar;
- tomonlar imzosi va bank muhri.
Kredit shartnomasi imzolanib qarz oluvchiga shaxsiy ssuda hisob 
varag'i ochilgandan keyin mazkur hisob varag'i orqali o'tayotgan 
mablag'larni tezkor nazoratini ta’minlash maqsadida "Qarzdorning kredit 
kartochkasi" ochiladi.
Kreditdan foydalanganlik uchun mijoz bankka haq to'laydi. 
Kreditdan foydalanganlik uchun to'lov miqdori - foiz stavkasi bank va 
qarz oluvchi o'rtasidagi shartnomada belgilanadi.
Iste’mol kreditini naqd pul bilan berish taqiqlanadi.
Qarz oluvchi jismoniy shaxsga iste’mol kreditini berish Adliya vazirligi 
tomonidan 1998-yil 18-noyabrda 539-raqam bilan davlat ro'yxatiga olingan 
M arkaziy bankning 1998-yil 22-avgustdagi 1-sonli "O 'zbekiston 
Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisob varaqlari to'g'risida"gi 
yo'riqnomada ko'zda tutilgan tartibda unga shaxsiy ssuda hisob varag'i 
ochish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Qarzdor tomonidan olingan kredit muddatidan oldin qaytarilgan 
taqdirda u ayni paytda kreditdan foydalanganlik muddati uchun 
hisoblangan foizlarni ham qo'shib to'lashi kerak.
Banklar berilgan kreditdan maqsadli tarzda foydalanilishni nazorat 
qilishlari kerak.
Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish bank 
tomonidan qarz oluvchining savdo tashkilotlarining muhri, sotilish muddati 
qo'yilgan tovar schyotlarini taqdim etish va joyiga chiqib tekshirish orqali 
amalga oshiriladi.
Mijoz tom onidan kredit boshqa maqsadlarda foydalanilgani 
aniqlangan holda bank garovga olingan mulk yoki kredit qaytarilishi 
ta’minotining boshqa shakllariga o'z huquqini qonunchilikda belgilangan 
tartibda amalga oshirish yo'li bilan berilgan kreditning tegishli qismini 
muddatdan oldin qaytarib olish huquqiga ega.
Iste’mol kreditining qaytarish manbayi qarzdorning daromadi 
hisoblanadi. Kredit bo'yicha qarz va unga hisoblangan foizlar kredit 
shartnomasida ko'zda tutilgan shartlarga binoan bank kassasiga birdaniga


to'laligicha, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qarzdorning oylik maoshidan ssuda 
hisobvarag'iga har oyda to'lovlar o'tkazish orqali amalga oshirilishi 
mumkin.
Agar mijoz o'z faoliyati turiga ko'ra barqaror daromadga ega bo'lsa 
kreditni qaytarish odatda har oyda muntazam ravishda teng miqdordagi 
mablag'larni ssuda hisobvarag'iga o'tkazish turish orqali amalga oshiriladi. 
Har bir to'lov asosiy qarz va foizlarning qoplanishidan iborat bo'lib, 
asosiy qarzni qoplash qismi ssuda hisobvarag'ining o'ziga va foizlarni 
to'lovi esa bank daromadiga yo'naltiradi.
Masalan, Fransiya, AQSHda banklar iste’molchilarga kredit 
kartochkalari beradi, ularga asosan 2500 yillarga qadar tovarlar xarid 
etiladi, xarid puli banklarga magazinlar bergan schyotga qarab to'lanadi. 
Bunday kredit g'oyat imtiyozli bo'ladi, uning foizi boshqacha qarz foizidan 
kam bo'ladi, hatto foizsiz ham bo'lishi mumkin.
Iste’molchi krediti aholining iste’mol ehtiyojlarini qondirishga 
mo'ljallangan. U tovar va pul shaklida bo'lishi mumkin. Jumladan, yakka 
tartibda uy-joy qurish maqsadlariga beriladigan uzoq muddatli kreditlar 
pul shaklidagi iste’molchi kreditlaridir.
Davlat krediti 
to'g'risida, avvalo, shuni aytish kerakki, banklar 
davlatga ham qarz beradi. Shu bilan birga, undan qarz ham oladi. 
Bunda davlat krediti paydo bo'ladi. Qarz va uning foizi budjet hisobidan 
qaytariladi. Davlat krediti sharoitida qarz beruvchilar kamdan-kam 
hollarda banklar bo'ladi. Ko'pincha bu vazifani aholi, firma, korxona va 
tashkilotlar o'taydi.
Davlat qarzi turli shaklda, eng avvalo, davlat zayomlari shaklida 
bo'ladi. Zayom davlatning qarzdorlik guvohnomasi bo'lib, u qarzni vaqti 
kelganda qaytarib olish va foiz to'lashni kafolatlaydi. Zayomlarni markaziy 
va mahalliy hokimiyatlar chiqaradi. Kredit munosabatlarida davlat faqat 
qarzdor vazifani o'tamay, qarz beruvchi rolini ham bajaradi. Davlat o'z 
mablag'lari hisobiga bankda qarz fondini tashkil etadi, xazinadan qarz 
ham beradi.
Davlat o'z qarzidan voz kechishi ham mumkin. Xalqaro kreditlar 
bo'yicha munosabatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantiriij uchun xorijiy kreditlar berishni 
tashkil etish masalalari to'g'risida” gi 1997-yil 7-fevral qarori bilan tartibga 
solinadi. Ushbu qarorda loyihalarni tanlab olish tartibi hamda kichik va 
o'rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jalb qilinadigan xorijiy kredit 
liniyalari hisobiga kichik va o'rta korxonalarga kreditlar berish masalalariga 
e’tibor qaratilgan.


Xalqaro kredit 
- bu qarz kapitalining xalqaro miqyosdagi harakati 
bo'lib, bu harakat tovar va valuta ko'rinishidagi mablag'larni qaytarib 
berishlik, muddatlik va haq to'lashlik asosida berish bilan bog'liqdir.
Xalqaro kredit munosabatlarida qatnashuvchi subyektlar bo'lib tijorat 
banklari, markaziy banklar, davlat organlari, hukumatlar, yirik 
korporatsiyalar hamda xalqaro va regional moliya-kredit tashkilotlari 
hisoblanadi.
Xalqaro tashkilotlar beradigan xalqaro kreditlaming xususiy banklar 
beradigan kreditlardan farqi quyidagilardan iborat: xalqaro tashkilotlar, 
odatda, uzok muddatli kreditlar beradi. Xususiy banklar esa, asosan, 
qisqa muddatli kreditlar berish bilan shug'ullanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qaroriga 2- 
ilova - “O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to'g'risida” Nizomga 
ko'ra, O'zbekiston Respublikasi tomonlardan biri hisoblanadigan xalqaro- 
huquqiy hujjatlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Hukumati 
kafolati ostida tuzilgan qarz va kredit shartnomalari bo'yicha yuridik 
xulosalar beradi;
xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o'tkazadi;
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-noyabrdagi 526-son qaroriga 
2-ilova “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy 
investitsiyalar va kreditlar masalalari bo'yicha Idoralararo kengash 
to'g'risida” Nizomga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari bo'yicha 
Idoralararo kengash (keyingi o'rinlarda "Idoralararo kengash" deb 
yuritiladi) xorijiy investitsiyalami jalb etish jarayonlarini faollashtirish, 
investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, 
shuningdek Hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan 
kreditlar va investitsiyalarga xizmat ko'rsatish va ularni jalb etish 
mexanizmini takomillashtirish maqsadida tashkil etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 8-yanvardagi 
“Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi kafolatlari 
berilganligi uchun to'lov undirish tartibi to'g'risida” 7-sonli qarori "Xorijdan 
mablag' jalb qilish to'g'risida" va "Budjet tizimi to'g'risida"gi O'zbekiston 
Respublikasi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
"Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi 
kafolatlarini berish tartibi to'g'risida" 2003-yil 28-noyabrdagi 534-son 
qaroriga muvofiq hamda jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston 
Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to'lov undirish mexanizmini 
takomillashtirish maqsadida qabul qilingan va ushbu qarorga ilova “Jalb


etiladigan xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi kafolatlari 
berilganligi uchun to'lov undirish tartibi to'g'risida” nizom jalb etiladigan 
xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi 
uchun to'lov (keyingi o'rinlarda matnda "taqdirlash puli" deb yuritiladi) 
undirish tartibini belgilab beradi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14- 
iyundagi N 267-sonli “Xorijiy kreditlar o'z vaqtida qaytarilishini ta’minlash 
chora-tadbirlari to'g'risida” qarori jalb etilgan xorijiy kreditlarning o'z 
vaqtida va to'liq qaytarilishini ta’minlash, korxonalarning O'zbekiston 
Respublikasi Никитаti kafolati ostida berilgan xorijiy valutadagi kreditlar 
bo'yicha o'z majburiyatlarining bajarilishi uchun javobgarligini oshirish 
maqsadida qabul qilingan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2002-yil 
9-avgust 286-sonli “Kichik va o'rta biznes loyihalarini mablag' bilan 
ta’minlash uchun Bank of Nyu-york (AQSH)ning kredit liniyasini jalb 
etish va undan foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida” qarori AQSH 
Eksport-import bankining sug'urta qoplamasi ostida Bank of N’yu-York 
tomonidan beriladigan, O'zbekiston Respublikasida kichik va o'rta biznesni 
rivojlantirishni yanada rag'batlantirishga yo'naltirilgan kredit liniyasidan 
samarali foydalanish maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, qonun hujjatlarida davlat qarz oluvchi, fuqaro yoki 
yuridik shaxs qarz beruvchi bo'ladigan holatlar mavjud. Bunda davlat 
zayomi shartnomasi bo'yicha qarz beruvchining qarz oluvchidan unga 
qarzga berilgan pul mablag'larini yoki zayom shartlariga bog'liq holda 
boshqa mol-mulkni, belgilangan foizlarni yoxud boshqa mulkiy huquqlami 
zayomni muomalaga chiqarish shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda 
olish huquqini tasdiqlaydigan davlat obligatsiyalari yoki boshqa davlat 
qimmatli qog'ozlarini qarz beruvchining sotib olishi yo'li bilan tuziladi.
Kreditlar, shuningdek, hukumatga Oliy Majlis tasdiqlagan miqdorda 
erkin muomalada bo'ladigan va olti oylik muddat ichida qiymati 
to'lanadigan qarz majburiyatlari ko'rinishida, tasdiqlangan davlat 
qimmatli qog'ozlari garovga qo'yilishi sharti bilan berilishi mumkin1.
Yuqorida aytib o'tilganidek, bunday shartnomalar tuzilishm bilan 
har ikkala tarafda ham ma’lum bir majburiyatlar paydo bo'ladi. Bunda 
majburiyat subyektlari va obyektlari uning muhim unsurlari hisoblanadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda majburiyat subyektlari muayyan 
huquqlarga ega bo'lgan va zimmasiga majburiyat olgan shaxslardir.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish