Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


^онунчилик Палатаси томонидан 2005 йил 2 ноябрда кабул килинган, Сенат



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 ^онунчилик Палатаси томонидан 2005 йил 2 ноябрда кабул килинган, Сенат 
томонидан 2005 йил 3 декабрда маъкулланган.“Халк сузи газетаси” 2005 йил 17 
декабрь сони.


Naqd pulsiz hisob-kitoblar huquqiy shakllari:
Naqd pulsiz hisob-kitoblar belgilangan shakldagi hisob-kitob hujjatlariga 
asosan va tegishli hujjat oborotiga rioya etilgan holda olib boriladl O'zbekiston 
Respublikasi banklari naqd pulsiz hisob-kitoblami 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksi (791-moddasi) da nazarda tutilgan shakllarda tashkil 
etadi va amalga oshiradl Banklarda hisob-kitob hujjatlarining xususiyati 
va hujjat aylanishini tashkil etish xususiyatiga qarab naqd pulsiz hisob- 
kitoblar quyidagi shakllarda olib borilishi mumkin: to‘lov topshiriqnomalari 
bilan hisob-kitoblar; akkreditivlar bo'yicha hisob-kitoblar-; inkasso bo'yicha 
hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar. Fuqarolik Kodeksi yuqorida 
aytib o'tilgan shakllardan tashqari qonunda ko'zda tutilgan boshqa shakllarda 
ham, shuningdek unga muvofiq chiqariladigan bank qoidalari va bank 
amaliyotida qoilaniladigan ish muomilasi odatlari bilan ham amalga 
oshirishga yo'l qo'yadi.
Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinadigan shartnom aviy 
munosabatlarga kirishayotgan taraflar yuqorida ko'rsatilgan hisob-kitob 
qilish shakllarining istalganini tanlab olishga va shartnomada nazarda 
tutishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 
12-yanvardagi 1/4 (60)-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston 
Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida” Nizomning yangi 
tahriri O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O'zbekiston 
Respublikasining "O 'zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi, "Xo'jalik subyektlari 
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi, "Sud aktlari 
va boshqa organlaming aktlarini ijrosi to'g'risida"gi Qonunlari, O'zbekiston 
Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va 
O'zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni o'tkazish 
tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomda belgilangan qoidalar naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
amalga oshiradigan O'zbekiston Respublikasidagi barcha yuridik va 
jism oniy shaxslarga (mijozlarga) - rezidentlar va norezidentlarga 
taalluqlidir.
O'zbekiston Respublikasi hududida banklar naqd pulsiz hisob- 
kitoblarni quyidagi shakllarda tashkil qiladilar va amalga oshiradilar:
1) toiov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar bilan hisob-kitoblar;
3) inkasso bo'yicha hisob-kitoblar;
4) cheklar bilan hisob-kitoblar.
Yuqorida nazarda tutilgan shakllar bo'yicha naqd pulsiz hisob-


kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob hujjatlaridan 
fqydalaniladi:
1) memorial order;
2) to'lov topshiriqnomasi;
3) to'lov talabnomasi;
4) inkasso topshiriqnomasi;
5) akkreditivga ariza;
6) tijorat bankining hisob-kitob cheki.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar plastik kartochkadan foydalanilgan holda 
ham amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning belgilangan shakllari bilan pul-hisob- 
kitob hujjatlarini qiyoslab, bir qancha hollarda ular o'rtasida to'g'ridan- 
to'g'ri o'xshashliklar borligini payqash qiyin emas. Masalan, bu naqd 
pulsiz hisob-kitoblarning to'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; 
akkreditivlar bo'yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar kabi 
shakllariga tegishli bo'lib, hisob-kitob hujjatlarining nomlari ham ularga 
muvofiq keladi.
Ayrim hollarda naqd pulsiz hisob-kitob shaklining nomi pul-hisob- 
kitob hujjatining nomi bilan to'g'ri kelmasligi ham mumkin, chunki 
naqd pulsiz hisob-kitobning aynan bir shakli turli pul-hisob-kitob 
shakllaridan foydalanilishiga yo'l qo'yadi. Xususan, bu inkasso bo'yicha 
hisob-kitoblarga tegishli bo'lib, ular to'lov talabnomasi yoki inkasso 
topshiriqnomasi yordamida to'lovchining hisobvarag'idan mablag'larni 
so'zsiz hisobdan chiqarish uchun rasmiylashtirilishi mumkin. Shu sababli 
naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan pul-hisob-kitob hujjatlari nomlari o'rtasida 
aniq chegara qo'yish hisob-kitoblar to'g'risida qonunchilik normalarini 
yaxshiroq tushunish va bir xil qo'llash uchun nafaqat nazariy, balki juda 
katta amaliy ahamiyatga ham egadir.
Taraflar fuqarolik-huquqiy munosabatlariga kirishmoqchi bo'lsalar 
(masalan oddiygina oldi-sotdi munosabatlariga), mablag'larni to'lovchi 
va oluvchi o'rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblar va pul-hisob-kitob 
hujjatlarining aniq shakli tuzilgan shartnoma (bitim) ga muvofiq mustaqil 
ravishda belgilanadi. Ya’ni siz supermarketga borib kundalik oziq-ovqat 
mahsulotlarini sotib olmoqchi bo'lsangiz, supermarketda sotuvchi bilan 
kelishilgan naqd pulsiz hisob-kitob shaklida hisob-kitobni amalga 
oshirishingiz mumkin.
Agar bank schyotining shartnomasida boshqa muddatlar ko'zda 
tutilm agan bo'lsa, bank m ijozning (yuridik va jism on iy shaxs) 
schyotiga tushgan pul vositalarini hisobga olishga, tegishli to'lov


hujjati bankka kelib tushgan kundan keyingi kundan kechikmasdan 
mijozning talabiga binoan uning schyotidan berishga yoki schyotiga 
o'tkazishga majburdir.
Oluvchilarning roziligini olmasdan, mablag'lar oluvchilarning depozit 
schyotini chetlab o'tgan holda mijozning topshirig'i bo'yicha uchinchi 
shaxslar tomonidan to'lovlarni amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi, qonun' 
hujjatlarida ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Umumiy qoidaga ko'ra, mablag'lar to'lovchining schyotidan hisobdan 
chiqarilgandan so'nggina, oluvchining schyotiga o'tkaziladi, hisob-kitoblar 
hisob-kitob cheklari va plastik kartochkalarda amalga oshirilgan hollar 
bundan mustasno.
Taqdim qilingan barcha talablarni qondirish uchun mijozning 
schyotida yetarli m iqdorda pul vositalari y o'q bo'lgan hollarda, 
mablag'larni hisobdan chiqarish "Xo'jalik subyektlarining bankdagi 
schyotlaridan pul mablag'larini hisobdan chiqarish tartibi to'g'risidagi 
Yo'riqnoma"ga (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 
yil 30 yanvarda 615-son bilan ro'yxatga olingan) muvofiq navbati bo'yicha 
tartibda amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida banklar o'rtasidagi hisob-kitoblar 
Markaziy bankning hisob-kitoblar Markazida ochilgan korrespondent 
schyotlari, elektron to'lovlar tuzish orqali milliy valutada amalga oshiriladi. 
Banklardagi hisob-kitoblar bo'yicha elektron hujjat aylanishi "Elektron 
tizimi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi banklari o'rtasida hisob-kitoblarni 
yuritish to'g'risidagi Nizom"ga (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2001-yil 19-fevralda 1010-son bilan ro'yxatga olingan) va 
“Naqd pulsiz hisb-kitoblar to'g'risida” gi Nizomga muvofiq tashkil qilinadi.
4-§. T o'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish
To'lov topshiriqnomasi tushunchasi va mazmuni. 
O'zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 792-moddasiga muvofiq, to'lov 
topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning topshirig'iga 
ko'ra, uning hisob varag'idagi mablag'lar hisobidan ma’lum miqdor pul 
summasini mijoz ko'rsatgan shaxsning shu yoki boshqa bankdagi hisob 
varag'iga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bank 
hisob vapag'i shartnomasida qisqaroq muddat nazarda tutilgan bo'lmasa 
yoki u bank amaliyotida qo'llaniladigan ish muomalasi odatlarida 
belgilangan bo'lmasa, o'tkazish majburiyatini oladi.


“Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida” gi Nizomda ancha sodda ta’rif 
berilgan: “To‘lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko'rsatuvchi 
bankka o'z schyoti (hisobvarag'i) dan oluvchining schyot (hisobvarag'i) ga 
maium bir summani o'tkazish to'g'risidagi topshirig'ini anglatadi.”
Hisob-kitob shaklining keng ommalashgan xili toiov topshirig'i boiib, 
bu hisob-kitob shakli hozirgi kunda korxona va tashkilotlar o'rtasida 
amalga oshirilayotgan hisob turlari ichida eng ko'p qoilaniladigan turi 
b o iib qoldi. T oiov topshiriqnomalari bilan tovarlar, ishlar, hujjatlar 
uchun va boshqa toiovlar bo'yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi 
mumkin.
T oiov topshiriqnomasi bilan toiovlar tomonlarning kelishuviga qarab, 
tovar olinishi yoki xizmat ko'rsatilishdan oldin yoki keyin toianishi 
mumkin. Bunda, asosan, tomonlarning moliyaviy sharoiti asosiy rol 
o'ynaydi. Fuqarolik Kodeksining 784-moddasiga muvofiq mijozning toiov 
topsh iriqn om asin i qabul qilgan bank tegish li pul sum m asini 
topshiriqnomada ko'rsatilgan shaxsning hisob varag'iga o'tkazish uchun 
uni mablag' oluvchining bankiga Fuqarolik Kodeksining 792-moddasi 
birinchi qismida belgilab qo'yilgan muddatlarda o'tkazishi shart.
Bundan tashqari, bank mijozning topshiriqnomasida ko'rsatilgan 
hisob varaqda pul mablagiarini o'tkazish operatsiyalarini bajarish uchun 
boshqa banklarni jalb qilishga haqli.
To‘lov topshiriqnomasini bankning qabul qilish shartlari:
1. T oiov topshiriqnomasining hamda u bilan birga taqdim etiladigan 
hisob-kitob hujatlarining mazmuni va shakli bank qoidalarida belgilab 
qo'yilgan talablarga mos boiishi kerak.
2. Mijozning topshirig'i uning hisobvarag'ida mablag'lar boigan 
taqdirdagina, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi. Agar mablag'lar 
bo'lmasa, ijroga qabul qilinmaydi. Mijoz bilan bank o'rtasida tuzilgan 
shartnomada ko'zda tutilgan boshqacha holatlar bundan mustasno. 
(Fuqarolik Kodeksining 793-moddasi).
3. T oiov topshiriqnomasining sanasi uni bankka taqdim etilgan sana 
bilan bir xil boiishi kerak, ular mos kelmagan holda toiov topshiriqnomasi 
ijro uchun qabul qilinmaydi ( budjetga va 
budjetdan tashqari 
jamg'armalariga toiovlar bundan mustasno).
Pochta aloqasi orqali (pensiyalar, alimentlar va h.k.) mablagiarni 
toiov topshiriqnomalari orqali o'tkazishda, ilova qilinishi lozim boigan 
barcha hujjatlarni (maiumotnomalar, o'tkazmalar ro'yxati va boshqalari) 
mijoz bevosita pochta aloqasi korxonalariga taqdim etadi.
Kechiktirib boimaydigan ehtiyojlar hisobvarag'idagi mablagiardan


foydalanish "X o'jalik subyektlarining bankdagi schyotlaridan pul 
mablag'larini hisobdan chiqarish tartibi to'g'risidagi Y o‘riqnoma"ga 
muvofiq xo'jalik yurituvchi subyektlaming to'lov topshiriqnomalari asosida 
amalga oshiriladi. To'lov topshiriqnomasining "To'lov detallari/maqsadi" 
ustunida "Kechiktirib bo'lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobidan" deb 
ko'rsatiladi.
To'lov topshiriqnomalari bilan tovarlar, ishlar, xizmatlar uchun va 
boshqa to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin. To'lov 
topshiriqnomasi bank tomonidan faqat mijozning depozit hisobvarag'ida 
mablag'lar m avjud bo'lgan vaqtdagina qabul qilinadi (agar bank 
hisobvarag'i shartnomasida boshqacha tartib ko'zda tutilgan bo'lmasa).
To'lov topshiriqnomalari bankka ular yozilgan kunning o'zida taqdim 
etiladi, aks holda bank ularni ijro uchun qabul qilmaydi. Milliy 
qonunchiligimizdagi bunday cheklash to'lovlarni budjetga va budjetdan 
tashqari jamg'armalarga o'tkazish bo'yicha to'lov topshiriqnomalariga 
nisbatan amal qilmaydi.
Yuridik shaxsning talab qilib olinguncha depozit (hisob-kitob) 
hisobvarag'ida yetarlicha pul m ablag'lari mavjud bo'lgan holda, 
mablag'larni hisobdan chiqarish hisobvaraq egasining farmoyishi kelib 
tushishi tartibiga muvofiq uning to'lov topshiriqnomasi bo'yicha amalga 
oshiriladi. Yuridik shaxsning talab qilib olinguncha depozit (hisob-kitob) 
hisobvarag'ida yetarlicha pul mablag'lari mavjud bo'lmagan holda esa 
hisobdan chiqarish to'lovlar navbati tartibida amalga oshiriladi.
To'lov topshiriqnomasining turlari
Tomonlarning kelishuviga binoan to'lov topshiriqlari muddatli, avans 
to'lovlar va kechiktirilgan muddatli bo'lishi mumkin.
Muddatli to'lov mahsulot yetkazib berilishidan, xizmat ko'rsatilishidan 
oldin avans hisobidagi to'lovdir.
Non mahsulotlari, suv uchun, elektr va issiqlik energiyasi, telefon 
xizmati, pochta-telegraf xizmatlari, temir yo'l orqali tashilgan yuklar 
uchun, shuningdek, avtomobillar orqali tashilgan yuklar uchun to'lovlar 
dastlabki to'lov to'langanidan keyin amalga oshiriladi. Korxona va 
tashkilotlarning bir-birlariga yetkazib bergan mahsulotlari, bajargan ishlari 
va ko'rsatgan xizmatlari uchun muddatli to'lov topshirig'i orqali haq 
to'lanadi. Shuningdek, katta miqdordagi bitimlar bo'yicha qisman haq 
to'lash ham to'lov topshirig'i orqali amalga oshiriladi.
Avans to'lovlar va kechiktirilgan muddatli to'lovlar shartnoma 
asosida, lekin korxonaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qilmaydigan asosda 
bo'lishi mumkin.


T o'lov topshirig'i yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ish, 
ko'rsatilgan xizmat uchun bank tomonidan haq to‘lovchining topshiriq 
bergan kunidan haq toiovchining hisob varag‘ idan mablag‘i bo'lgan 
holda yoki bank krediti hisobiga ko‘ra, to‘lov qobiliyati bo‘lsagina qabul 
qilinadi. Bank krediti hisobiga haq to'lashda bank va haq to'lovchi korxona 
o'rtasida shartnoma tuziladi.
Budjet hisobidagi korxonalar, kasaba uyushmasi va boshqa jamoat 
tashkilotlari, xo‘jalik hisobida bo‘lmagan korxonalar topshirig'i hisob 
varag' larida yetarli mablag' bo'lsagina bank tomonidan qabul qilinadi. 
Agar korxonaning olingan mahsulot, ko'rsatilgan xizmat uchun yetarli 
mablag'i bo'lmasa ularning yuqori turuvchi organi shu korxonaning 
bankdagi hisob varag' iga markaziy fonddan yoki zaxira fondidan pul 
o'tkazib beradi va ushbu mablag' olingan mahsulot, ko'rsatilgan xizmat 
uchun ishlatiladi.
Agar haq oluvchi va haq to'lovchi korxonalarga boshqa-boshqa 
bank xizmat qilsa, to'lov topshirig'i to'rt nusxada taqdim etiladi. Birinchi 
nusxa memorial order bo'lib xizmat qiladi, ikkinchi va uchinchi nusxa 
to'lov amalga oshirilganidan keyin haq oluvchiga xizmat qiluvchi bankka 
yuboriladi va ikkinchi nusxa memorial order bo'lib o'sha bankda qoladi, 
uchinchi nusxa to'lovni oluvchiga qilingan operatsiyalar ko'chirmasi bilan 
beriladi, turtinchisi haq to'lovchiga bank tamg'asi bosilgan holda beriladi.
Hisob-kitob operatsiyalari korxonaning unga xizmat qiluvchi bankda 
ochilgan hisob varaq orqali amalga oshiriladi. Bank korxonaning hisob 
varag'idagi mablag'larini saqlaydi, ushbu hisob hisobvarag'ga tushuvchi 
mablag'larni yozib boradi, korxonaning pul o'tkazish haqidagi topshirig'ini, 
bank qoidalari asosida va korxona bilan tuzilgan shartnoma asosida va 
boshqa bank operatsiyalarini amalga oshiradi.
Fuqarolik Kodeksining 784-moddasiga asosan, hisobvaraqda unga 
qo'yilgan hamma talablarni qanoatlantirish uchun yetarli miqdorda pul 
mablag'lari bo'lsa, bu mablag'larni hisob varag'idan o'chirish mijozning 
farmoyishlari va o'chirish uchun boshqa hujjatlar tushgan tartibda 
(kalendar-navbat), agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo'lmasa, amalga oshiriladi. Bundan tashqari, hisob varaqdagi pul 
mablag'lari unga qo'yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli 
bo'lmagan taqdirda pul mablag'lari quyidagi navbatda o'chir iladi:
1. 
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
talablarni, alimentlar undirish to'g'risidagi, mualliflik shartnomalari 
bo'yicha haq to'lash, shuningdek, hayotga va salomatlikka yetkazilgan 
zarar o'rn in i qoplash to 'g 'ris id a g i talablarni q on dirish uchu n


hisobvaraqdagi pul o'tkazishni yoki pul berishni nazarda tutuvchi ijro 
hujjatlari bo'yicha pul o'chiriladi;
2. Budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toiovlarni nazarda 
tutuvchi to'lov hujjatlari bo'yicha pul o'chiriladi;
3. Boshqa pul mablagiarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari 
bo'yicha pul o'chiriladi;
4. Boshqa toiov hujjatlari bo'yicha kalendar navbat tartibida pul 
o'chiriladi.
T oiov topshirig'ida bir korxona o'z mahsulotini ikkinchi korxonaga 
yetkazib beradi va bu haqda schyot-faktura yuboradi, ushbu mahsulotni 
sotib oluvchi tashkilot o'ziga xizmat qiluvchi bankka o'z hisob varag'idan 
maium summani olingan mahsulot uchun haq oluvchi tashkilot hisob 
varag'iga o'tkazishga topshiriq beradi, bank muassasasi bu topshiriqqa 
asosan haq oluvchi tashkilot hisob varag'idan oluvchi hisob varag'iga 
maium summani ko'chiradi. Toiov topshirig'i-birinchidan, mahsulot hisob- 
kitoblari borasida juda keng qoilan ilad igan h isob-kitob shakli, 
ikkinchidan, dastlabki to'lov, avans to'lovi boiishi mumkin, uchinchidan, 
toiovni tez amalga oshiruvchi vositadir.
Mijozning topshirig'i bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarilmagan 
taqdirda, bank pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgar boiadi.
T oiov topshiriqnomasi bo'yicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga 
oshirishda ishtirok etadigan banklar ushbu topshiriqni bergan shaxs oldida 
solidar javobgar boiadilar (Fuqarolik Kodeksining 795-moddasi).
Rejali toiovlar. 
T oiov topshirig'i asosida amalga oshiriladigan toiov 
turlaridan biri rejali toiovlar boiib, bu toiov, asosan, doimo bir-birlari 
bilan aloqa qiladigan korxona va tashkilotlar o'rtasida faqat tomonlar 
o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq holda amalga oshiriladi. Lekin 
bu hisob-kitob shakli tranzit bo'yicha mahsulot yetkazib berishda 
qoilanilmasligi kerak. Rejali toiovlar mahsulot yetkazib beruvchi va 
sotib oluvchi o'rtasidagi kelishuvga binoan har kuni yoki muayyan 
muddatda o'tkaziladi. Sotib olingan mahsulot yoki ko'rsatilgan xizmat 
uchun kelishilgan davriy to'lovdan kelib chiqib, kelgusi oy yoki chorak 
to'lovlari summasi tomonlar tomonidan aniqlanadi. Kunlik rejali toiov 
hajmi bankning bir oylik ish kuniga qarab belgilanadi. Har bir rejali 
toiov uchun bankka alohida hujjat taqdim etiladi. Tomonlar sotib olingan 
mahsulot, ko'rsatilgan xizmat uchun toiovlarni har oyda kamida bir 
marotaba hisob-kitob qilishlari shart. Aniqlangan farq alohida topshiriq 
bilan toianadi yoki keyingi toiov paytida hisobga olinadi. O'zaro hisob- 
kitoblarni aniqlash tomonlar o'rtasidagi o'zaro qarzlar hisobot davrida


eng kam miqdorda bo'lishini ta’minlash vazifasini bajarishga xizmat qiladi. 
Bu miqdor bir kunlik sotib olinadigan mahsulot narxidan oshib ketmasligi 
kerak Agar haq to'lovchining hisob varag'ida mablag'i bo'lmasa, bor 
mablag' olingan mahsulot, ko'rsatilgan xizmat uchun yetmasa va bu 
korxonaga kredit berishning iloji bo'lmasa bank tomonidan topshiriq 
qabul qilinmaydi. Haq to'lovchining hisob varag'ida mablag' paydo 
bo'lganida rejali to'lov oldingi qarzlarni hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi.
Rejali to'lov birinchidan, mahsulot yetkazib berishda bir xil 
imkoniyatga ega bo'lgan, doimiy aloqada bo'lgan korxonalar o'rtasidagi 
hisob-kitoblarda qo'llaniladi, ikkinchidan, haq to'lovchi tashkilot har 
kuni, har bir yetkazib berilgan mahsulot uchun emas, balki davriy, 
ya’ni to'rt-besh kunda bir marotaba haq to'laydi, uchinchidan, hisob- 
kitob har oyning oxirida aniqlanib boradi, turtinchidan, bu hisob-kitob 
shaklida hujjat soni kamayadi, pul mablag'i harakati mahsulot harakatiga 
juda yaqin bo'ladi.
O'zaro talablarni hisobga o'tkazish. 
Korxonalar o'rtasida naqd pulsiz 
hisob-kitoblami amalga oshirish shakllaridan yana biri o'zaro talablarni 
hisobga o'tkazish vositasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblardir. Bunda 
korxona va tashkilotlarning o'zaro talablarini, ya’ni bir-birining o'rtasida 
o'tkazilgan hisob-kitobning farqi bank orqali to'lov topshiriqnomasi bilan 
to'lanadi. Bunda mahsulot beruvchi va haq oluvchi shartnomada 
belgilangan muddatda o'zaro o'rtadagi hisob-kitoblar aniqlanadi va ikki 
korxona o'rtasidagi o'zaro qarzlar qoplanadi. Bir necha korxonaga xizmat 
ko'rsatuvchi bank muassasasi ularning roziligi bilan ular o'rtasidagi o'zaro 
talablarni hisobga o'tkazish yuzasidan hisob-kitobni amalga oshiradi. Bank 
muassasasining 2-raqamli kartochkasida turgan muddatida to'lanmagan 
to'lovlari to'lov topshirig'iga asosan o'zaro talab asosida to'lanadi. Kapital 
jamg'armaga o'z mablag'idan qo'yilgan badal to'lovi, kapital jamg'arma 
hisobidagi mablag'ga asoslangan to'lov, 
budjetga o'tkaziladigan 
mablag'lar, davlat va ijtimoiy sug'urta to'lovi, oylik ish haqi va unta 
tenglashtirilgan to'lovlar o'zaro talablarni hisobga o'tkazish bo'yicha 
to'lovga qabul qilinmaydi. O'zaro talablarni hisobga o'tkazish qatnashchilari 
o'rtasida amalga oshirilgan summa hisob-kitob varaqasiga yoziladi va 
unga foiz to'lanmaydi.
Misol: Navoiy nomli jamoa xo'jaligi tuman elektr tarmoqlari 
korxonasiga 10 000 so'mlik kartoshka mahsuloti bergan, shuningdek 
tuman elektr tarmoqlari korxonasi jamoa xo'jaligi hududidagi elektr 
liniyalarini ta’mirlash bo'yicha 9000 so'mlik xizmat ko'rsatgan. Bu ikki


tashkilot o‘zaro hisob-kitob qilib, qarzlami bir-biriga qoplaydi va o‘rtadagi 
1000 so‘m farq uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasi o'ziga xizmat 
ko'rsatuvchi bank muassasasiga to'lov topshirig'i yuboradi.
Demak hisob-kitobning o'zaro talablarni hisobga o'tkazish (zachyot 
vzaimnix trebovaniy) shakli, birinchidan, doimiy va bir martalik 
harakterda bo'ladi, ikkinchidan, ikki yoki undan ortiq, shuningdek, 
bir guruh, korxonalar o'rtasida bo'ladi, uchinchidan, har bir ishtirokchiga 
alohida hisob ochilib, ulardan to'lov amalga oshiriladi yoki kelib tushgan 
mablar yoziladi, to'rtinchidan, kelib tushuvchi mablar to'lovdan ortiq 
bo'lsa, kredit saldosi tashkil bo'lib, summa hisob varag' iga yoziladi, 
beshinchidan, to'lov kelib tushgan mablag'dan kam bo'lsa, debet saldosi 
hosil bo'lib, farq hisob varag' idan yoki bank kreditidan to'lanadi.
Bank bo'limlarida har oyda bir marotaba yagona moliya hisob kuni 
o'tkaziladi. Ushbu tadbir bank bo'limi mijozlari o'rtasidagi o'zaro bir- 
birlariga bo'lgan qarzlarni kechish asosida amalga oshiriladi. Bunday 
o'zaro talablarni hisobga o'tkazish natijasida korxona va tashkilotlaming 
debitorlik va kreditorlik qai-zlari kamayadi. Bu esa ularning moliyaviy 
holatiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. O'zaro talablarni hisobga o'tkazish bank 
balansining 725-schyotida amalga oshiriladi.
Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar.
Memorial order bu fuqarolarning amalga oshiradigan tadbirkorlik 
faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan holdagi yozma topshiriqnomalari bo'yicha 
pul mablag'larini naqdsiz o'tkazmalarini amalga oshirish uchun banklar 
tomonidan foydalaniladigan pul-hisob-kitob hujjatidir. Ya’ni banklar 
memorial orderlardan fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq 
bo'lmagan holdagi yozma topshiriqnomalari bo'yicha naqd pulsiz pul 
mablag'larini o'tkazishni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin.
Bank to'lovchi bo'lib chiqqan va memorial orderlar ishlatilgan hollarda, 
ular bank rahbarining va bosh buxgalteming imzolari bilan tasdiqlanadi, 
boshqa holatlarda memorial orderlar ushbu bank schyotini olib boruvchi 
bosh buxgalter va buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Memorial orderlar 
bilan sodir etilayotgan operatsiyalaming to'g'riligi bo'yicha javobgarlik 
bankning rahbariga va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 8-noyabrdagi 124, 242-v-son 
qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xo'jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun 
xarid qilinadigan paxta va g'alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari 
tomonidan kreditlash tartibi to'g'risida” Nizomda “Kreditlar va unga 
hisoblangan foizlar fermer xo'jaliklarining maxsus 23210 (23220) hisob


raqamlariga qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga 
sotishdan tushgan mablag'lar hisobidan, muddatli majburiyatnomalar 
asosida memorial order orqali birinchi navbatda undiriladi.”, deb belgilangan.
Bunda, topshiriqnoma bo'yicha to'lash amalga oshirilgandan so'ng 
memorial order bilan birga bankning kunlik hujjatlariga tikib qo'yiladi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
2000-yil 3-avgust 953-son bilan ro'y x a tg a olingan, O 'zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 15-iyul 476-son bilan 
tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan O'zbekiston Respublikasi 
hududida faktoring operatsiyalarini o'tkazish tartibi to'g'risida” nizomda 
faktoring operatsiyalari bo'yicha hisob-kitob qoidalari belgilanib, taraflar 
tomonidan faktoring (pul talabini berish) to'g'risidagi shartnoma 
imzolanganidan keyin bank-moliyaviy agent mablag'larni mijozning talab 
qilib olingungacha asosiy depozit hisobvarag'iga, diskont summasini 
chegirgan holda o'tkazishni amalga oshiradi. Mablag'larni mijozning talab 
qilib olingungacha asosiy depozit hisobvarag'iga o'tkazishni bank 
m em o ria l-o rd e rla r bilan am alga osh irad i, ular ikki nusxada 
rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa hisobvaraqlar bo'yicha buxgalteriya 
operatsiyalari amalga oshirilganidan keyin bankning kun hujjatlariga 
joylashtiriladi, ikkinchi nusxasi belgilangan tartibda mijozga yuboriladi.
5 -§. T o‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish
To'lov talabnomasi - tovar yetkazib beruvchining yoki xizmat 
ko'rsatuvchi korxonaning tovar sotib oluvchiga shartnomaga asosan yetkazib 
berilgan tovar-moddiy boyliklar, ko'rsatilgan xizmatlar yoki bajarilgan 
ishlar yuzasidan bank orqali emas, balki bevosita to'lovchining o'ziga 
haq to'lashi lozimligi to'g'risida xabar qiluvchi topshirig'idir, ya’ni tovar 
yetkazib beruvchi to'lovchiga tovar-moddiy boyliklar bilan birga, ushbu 
boyliklar bo'yicha hujjatlar va to'lov talabnomasi topshirishni beradi. 
Haq toiovchi tashkilot bu haqda talabnoma olganidan keyin to'lov 
imkoniyatini aniqlab, bu talabnoma - topshiriqni o'ziga xizmat 
ko'rsatuvchi bankka o'z hisob varag'idan haq oluvchining hisob varag'iga 
to'lov summasini o'tkazish haqida hujjat beradi.
“ Naqd pulsiz h iso b -k ito b la r t o 'g 'r is d a ” gi N izom da t o 'lo v
talabnomasiga shunday ta’rif berilgan: “To'lov talabnomasi o'zida mablag' 
oluvchini to'lovchi tomonidan bank orqali ma’lum bir summani to'lash 
to'g'risidagi talabi aks ettirilgan pul-hisob-kitob hujjatidir.”
Umuman olganda, to'lov talabnomasi - mablag'larni oluvchi tomonidan


emitent bankka jo‘natiladigan va to'lovchiga muayyan summani ijrochi 
bank orqali to'lash to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. 
Bunday talab yuklab jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan 
xizmatlar uchun hamda tomonlar shartnomasida ko‘zda tutilgan boshqa 
to'lovlar bo‘yicha qo'yilishi mumkin. To‘lov talabnomalari bo'yicha hisob- 
kitoblar to'lovchining aksepti bilan ham, uning akseptisiz ham amalga 
oshirilishi mumkin. Aksept bilan to'lanadigan talablar to'lov summasi 
to'lovchisi tomonidan aksept (tan olish) mavjud bo'lgan holda qondiriladi.
Mablag' oluvchi bitta opreasiya bo'yicha, takroran talabnoma 
taqdim qilish huquqiga ega emas, dastlabki talabnoma to'lovchining 
bankiga kelib tushmaganligi to'g'risida bildirishnoma mavjud bo'lgan 
hollar bundan mustasno.
Aksept bilan to'lanadigan talabnomalar, talabnomaning nusxasi, 
bankka kelib tushgan kundan keyingi kundan kechiktirmay to'lovchining 
vakiliga “To'lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” jumalida 
imzo chektirib, topshiriladi va shundan so'ng “To'lov muddatini 
kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” (1-son kartoteka) hisob raqamlariga 
joylashtiriladi.
To'lov topshiriqnomasini to'lovchining vakiliga mijozning kelmaganligi 
sababli imzo chektirib topshirish mumkin bo'lmaganda bank 10 ish kuni 
tugaganidan keyin to'lov topshiriqnomasini oluvchining bankiga ijro 
etmasdan, chapdagi yuqori burchakda “Mijozning kelmaganligi sababli 
ijro etilmagan” degan yozuvni qayd etgan holda qaytarib yuborishga 
haqlidir. Bunda, agar mazkur davrda ushbu bankdagi to'lovchining hisob 
raqamlari bo'yicha uning topshirig'iga ko'ra mablag'larni hisobdan 
chiqarish operatsiyalari (shu jumladan naqd pul berish yo'li bilan) amalga 
oshirilgan bo'lsa, mablag' oluvchi to'lovchining bankidan Hisob raqamlarini 
ochish bo'yicha belgilangan talablarni, mablag'larni kirim qilish va 
mijozlarning hisob raqamlaridan hisobdan chiqarish, ish haqiga va qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlarga naqd pul berish tartibini 
buzganlik uchun tijorat banklariga nisbatan jarima jazosini qo'llash tartibi 
to'g'risidagi nizomga muvofiq jarima undirishga haqli.
To'lovchining banki tomonidan talabnoma akseptining quyidagi 
muddati belgilanadi:
- aksept uchun talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab 
uch ish kuni - bir shahardagi mijozlar uchun;
- aksept uchun talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab 
besh ish kuni - boshqa shahardagi mijozlar uchun;
- aksept uchun talabnoma topshirilgan kundan keyingi kundan


boshlab 10 kungacha - toiovchining asosli iltimosnomasi bo‘yicha.
To‘lovchi belgilangan muddatda unga xizmat ko'rsatadigan bank 
akseptdan qisman yoki to'liq voz kechishi to'g'risida yozma ariza 
topshirish huquqiga egadir.
Akseptdan to'liq yoki qisman voz kechilgan taqdirda to'lovchi bankka 
imzo namunalari kartochkasida ko'rsatilgan shaxslar imzosi bilan voz kechish 
sabablarini ko'rsatgan holda yozma voz kechishni taqdim etishi kerak. 
Banklar voz kechishning asoslanganligini (voz kechish sabablarini), 
shuningdek voz kechish asoslariga doir nizolami ko'rib chiqmaydi.
Agar belgilangan muddatda to'lovchi akseptdan yozma voz kechishni 
taqdim etmasa, talabnoma akseptlangan deb hisoblanadi.
Quyidagi hollarda to'lovchilarning hisob raqamlaridan mablag'larni 
akseptsiz hisobdan chiqarish amalga oshiriladi:
- issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblarda. Bu holda sotilgan issiqlik 
energiyasi uchun to'lov topshiriqnomasi va hisobvaraq-faktura yetkazib 
beruvchi tomonidan iste’molchiga xizmat ko'rsatadigan bankka qo'yiladi. 
Bunda “To'lov tafsilotlari” ustunida “Hisob asboblarining ko'rsatishlari 
asosida" yoki “Tariflar asosida” yozuvi qayd etiladi. Hisobvaraq-faktura 
belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, shu jumladan iste’molchining 
imzosi bilan tasdiqlanishi kerak;
- talabnomaga da’vo summasini tan olish to'g'risida qarzdor yozma 
javobining asl nusxasi ilova qilingan taqdirda. Boshqa hujjatlarning 
(debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi, bajarilgan ishlar 
(xizmatlar) to'g'risida dalolatnoma va hokazolarning) talabnomaga ilova 
qilinishi akseptsiz hisobdan chiqarish uchun asos bo'la olmaydi;
- banklar tomonidan - xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 
kreditlar bo'yicha qarz o'z vaqtida so'ndirilmaganida, qarzdorlarning 
boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisob raqamlarida.
Talabnomaning yuqoridagi o'ng burchagiga “Akseptsiz” deb yozib 
qo'yiladi yoki shtamp qo'yiladi. Bank ilova qilingan hujjatlarning ularning 
talabnomada ko'rsatilgan rekvizitlariga muvofiqligini tekshiradi.
Akseptsiz to'lanadigan, operatsiya kuni davomida to'lovchining 
bankiga kelib tushgan talabnomalar o'sha kuniyoq to'lanadi, to'lovchining 
hisob raqamlarida mablag' bo'lmagan yoki yetarli bo'lmagan holda esa
2-son kartotekaga to'lanmagan summada joylashtiriladi.
6-§. Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitob qilish
Naqd pulsiz hisob-kitoblar ushbu shaklining asosiy mazmuni shundan
iboratki, to'lovchining arizasi va uning ko'rsatmalariga muvofiq ravishda
405


akkreditiv ochgan bank (emitent bank) u hujjatlarni taqdim etgan va 
akkreditivda ko'zda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda, 
mablag'larni oluvchiga to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini o ‘z 
zimmasiga oladi. (FKning 796-moddasi).
Emitent bank, agar bu bank mablag'larni oluvchilarga ham xizmat 
ko'rsatayotgan bo'lsa, toiovchining akkreditiv arizasini mustaqil bajarishi 
mumkin. Bordi-yu, mablag'larni oluvchi boshqa bankda depozit (hisob- 
kitob) hisobvarag'iga ega bo'lsa, em itent bank oluvchining pul 
mablag'lariga xizmat ko'rsatuvchi bankka akkreditiv berishi kerak, u 
akkreditivning to'lanishini amalga oshiradi (ijrochi bank). Ya’ni bu holatdagi 
hisob-kitoblarning akkreditiv shaklida, mijozning (to'lovchining) 
topshirig'iga va uning ko'rsatmasiga muvofiq akkreditiv ochgan bank 
(bank-emitent), o'z zimmasiga uning kontragenti-mablag' oluvchi 
foydasiga to'lovni amalga oshirish majburiyatini yoki mablag' oluvchi 
tomonidan akkreditivda ko'zda tutilgan hujjatlarni va boshqa shartlarni 
bajarish sharti bilan ushbu to'lovlami amalga oshirish bo'yicha vakolatlarni 
boshqa bankka taqdim etishni o'z zimmasiga oladi.
To'lov qobiliyati noma’lum bo'lgan korxonalar bilan hisob-kitob 
qilishda qo‘1 keladigan hisob-kitob shakli akkreditiv vositasida hisob- 
kitob qilishdir.
H isob-kitoblarning akkreditiv shakli, agar u to'lovch i bilan 
mablag'larni oluvchi o'rtasidagi shartnomada ko'zda tutilgan bo'lsa, 
qo'llanadi. Biroq ayrim hollarda hisob-kitoblarning bunday shakli tuzatib 
bo'lmaydigan to'lovchilarga nisbatan ta’sir chorasi sifatida belgilanishi 
ham mumkin. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «1997- 
yil IV choragida debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish chora- 
tadbirlari to'g'risida» 1997-yil 29-oktabrdagi 488-qarorida iste’molchilar 
(tovar olinganidan keyin 60 kun mobaynida) to'lov muddatlarini buzgan 
holda yetkazib beruvchilar zimmasiga hisob-kitoblarning faqat akkreditiv 
shakli bo'yicha mahsulot berish majburiyati yuklanishi nazarda tutilgan.
Akkreditiv to'lovchining (mahsulot sotib oluvchining) birorta mahsulot 
yetkazib beruvchi bilan hisoblashish uchun o'z bankiga to'lovga zarur 
m ablag'ni alohida schyotga o'tkazishni so'rash haqidagi yozm a 
topshirig'idir, ya’ni to'lovchi o'ziga zarur tovar-moddiy boylikni olmoqchi 
bo'lganda, mahsulot yetkazib beruvchi shartnomada akkreditiv bilan 
hisoblashishni talab qiladigan bo'lsa, to'lovchi o'z bankiga o'z hisob 
varag'idan yoki mablag'i yo'q holda bank krediti hisobidan tovar-moddiy 
boyliklar uchun zarur mablag'ni alohida balansdagi 720-schyotga o'tkazish 
to'g'risida yozma topshiriq beradi. Ushbu topshiriq asosida bank to'lovchiga


akkreditiv ochib, bu haqda mahsulot yetkazib beruvchining bankiga 
xabar beradi va agarda to‘ lovchi bu mablag'ni mahsulot yetkazib 
beruvchining bankiga o'tkazishni ham talab etsa, ushbu akkreditiv 
mahsulot yetkazib beruvchi bankiga o'tkaziladi va o'z o'rnida bank bu 
mablag'ni 720-balans schyotiga kirim qiladi hamda 9931-balansdan 
tashqari (akkreditivlar to'loviga) schyotni ochadi. Mahsulot yetkazib 
beruvchi tomonidan tovar jo'natilganligi to'g'risidagi hujjatlar bankka 
taqdim etilgandan so'ng bank akkreditiv summasini uning hisob varag'iga 
o'tkazadi.
Hisob-kitobning akkreditiv shaklida to'lovchi bankka akkreditiv 
olish uchun arizani taqdim qiladi.
Akkreditiv shartlarini to'liq ro'yxati, tasdiqlovchi hujjatlarning aniq 
tavsifnomasi yo'q bo'lgan holda akkreditiv bo'yicha mablag'larni olish 
uchun oluvchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar va akkreditiv olish 
uchun arizada “Naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida” Nizomning 56- 
bandi bilan ularni rasmiylashtirish talablariga rioya etilmaganlar bank 
tomonidan to'lovchiga qaytariladi va akkreditiv schyotlar ochilmaydi.
Akkreditivlami ochish to'g'risidagi ariza bank-emitentga ikki nusxada 
taqdim etiladi.
Mijozning arizasiga ko'ra elektron to'lovla r tizimi b o'yich a
akkreditivlangan summa mablag' oluvchining bankiga jo'natiladi va 
mablag1 oluvchining akkreditiv schyotiga o'tkaziladi. Ijrochi bank mablag' 
oluvchiga mablag'lar kelib tushganligi haqida xabar beradi.
Mablag' oluvchining talab qilib olinuvchi depozit schyotiga 
mablag'larni o'tkazish ular tomonidan bankka akkreditivni amal qilish 
muddati tugagunigacha shartnomada ko'zda tutilgan va akkreditivni 
barcha shartlarini bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilingan 
holda amalga oshiriladi.
Mablag' oluvchi ijrochi bankka tasdiqlovchi hujjatlarni ikki nusxada 
taqdim qiladi.
Ijrochi bank mablag' oluvchi tomonidan akkreditivning barcha 
shartlariga rioya qilinganligi, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlarning to'g'ri 
rasmiylashtirilganligini tekshirish shart.
Ushbu shartlarning loaqal bittasi buzilganida ham akkreditivlar 
bo'yicha to'lovlar to'lanmaydi.
Mablag' oluvchining bankida akkreditivni yopish quyidagi hollarda 
amalga oshiriladi:
a) akkreditivni amal qilish muddati tugaganda;
b) mablag' oluvchining akkreditivdan keyinchalik foydalanishdan


bosh tortishi to'g'risidagi yozma arizasiga binoan agar ushbu ariza 
akkreditivning amal qilish muddati tugaguncha berilgan bo'lsa hamda 
ushbu akkreditiv shartlarida ko'zda tutilgan bo'lsa;
v) to'lovchining akkreditivni to'liq yoki qisman chaqirib olish 
to'g'risidagi yozma talabnomasiga binoan, agar ushbu akkreditiv 
shartlarida ko'zda tutilgan bo'lsa. Akkreditiv bank-emitent tomonidan 
xabarnoma olingan kunda 22602-sonli "Akkreditivlar bo'yicha mijozlaming 
depozitlari" balans schyotidagi summadan kam bo'lmagan summaga 
kamaytiriladi yoki yopiladi.
Ijrochi bank akkreditivni bekilganligi to'g'risida bank-emitentga 
xabar beradi. Foydalanilmagan summa to'lovchining bankiga, mablag'lar 
deponentlangan schyotga o'tkaziladi.
Akkreditiv to'liq ishlatilmagan yoki to'lovchining talab qilib olinuvchi 
depozit schyoti joylashgan bank-emitentga qaytarilgan hollarda, ko'zda 
tutilmagan holatlar schyoti ham yopiladi.
Akkreditiv uchun topshiriqda quyidagi ma’lumotlar, jumladan, 
mahsulot yetkazib beruvchining nomi, akkreditiv tartibda haq to'lanishi 
lozim bo'lgan mahsulot nomi, akkreditivning summasi, akkreditivning 
muddati hamda yetkazib beruvchining schyot-fakturasiga muvofiq 
ravishda pul to'lash tartibi, ya’ni pulni xaridorning aksepti bilan yoki 
akseptdan boshqa to'lash kerakligi albatta ko'rsatilishi kerak.
Topshiriqda xaridorning boshqa talablari, masalan, schyot-fakturaga 
tovarning sifati haqidagi dalolatnomasi qo'shilishi kerakligi ham 
ko'rsatilishi mumkin.
Akkreditiv ochish uchun sotib oluvchi emitent bankka belgilangan 
shakldagi akkreditiv uchun ariza berib, unda amal qilish muddati, 
to'lovchining nomi va hisobvarag'i, emitent bank va ijrochi bank nomi, 
akkreditivning amal qilish muddati, shartnoma nomeri, tovar, ishlar va 
xizmatlar nomi hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida nizomda 
nazarda tutilgan boshqa rekvizitlarni ko'rsatadi. Akkreditiv arizaga 
qo'shimcha shartlar ham kiritilishi mumkin.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv 
ochilayotganida emitent bank 
uni ochish vaqtida mijozning o'z mablag'larini yoki unga berilgan kreditni 
ijrochi bank ixtiyoriga emitent bank majburiyati amal qilgan barcha 
m u ddatga o'tk a zish i shart. Y a ’ ni qoplangan (deponentlangan) 
akkreditivlarni ochishda bank-emitent uni ochishda mijozning shaxsiy 
mablag'larini yoki unga berilgan kreditni bank-emitentning majburiyatlari 
amalda bo'lgan barcha muddatga ijrochi bank ixtiyoriga o'tkazishga 
m ajbu rdir. Q oplangan akkreditiv shunday akkreditivki, ularni


ochayotganda bank-emitent o'z majburiyatlari amal qiladigan davrda 
mahsulot yetkazib beruvchining banki ixtiyoriga to‘lovchining o ‘z 
mablag'larini yoki unga berilgan kreditni alohida 720-»Akkreditivlar» 
balans schyotiga o'tkazib beradi.
Bunday hisob-kitob qilishda xaridor va ta’minotchi o'rtasida shartnoma 
tuziladi. Xaridor o'ziga xizmat ko'rsatuvchi bank bo'limiga akkreditiv 
ochish to'g'risida ariza berib, mablag'ni deponentlash to'g'risida to'lov 
topshiriqnomasi yuboradi. Bank bo'limi xaridor schyotidan muayyan 
summani olib, ta’minotchining bankiga yuboradi. Ta’minotchiga xizmat 
k o'rsatu vch i bank summani akkreditiv sch yotiga o'tkazad i va 
ta’minotchiga akkreditiv ochilganligi haqida xabar beradi. Ta’minotchi 
bu xabarni olib, xaridorga tovar jo'natadi va o'ziga xizmat ko'rsatuvchi 
bank bo'limiga hisob-kitob hujjatlarini yuboradi. O'z navbatida bank 
bo'limi akkreditiv schyotidagi pulni ta’minotchining schyotiga o'tkazadi 
va xaridorga xizmat ko'rsatuvchi bankka akkreditivdan foydalanganlik 
haqida xabar beradi, shuningdek, bu bank ham xaridorga akkreditivdan 
foydalanganlik haqida mijozga xabar beradi.
Qoplanmagan akkreditiv 
ochilgan taqdirda bank-emitent ijrochi 
bankka akkreditivning butun summasini bank-emitentning ijrochi bankda 
yuritilayotgan hisob varag'idan o'chirish huquqini beradi
Qoplanmagan akkreditiv ochilayotganida emitent bank ijrochi bankka 
ijrochi bankda yuritilayotgan emitent bank hisobvarag'idan akkreditiv 
barcha summasini hisobdan chiqarish huquqini beradi.
Qoplanmagan akkreditivni ochishda bank-emitent ijrochi bankka 
bank-emitentning ijrochi bankda yuritilayotgan schyotidan barcha 
akkreditiv summasini hisobdan chiqarish huquqini beradi. Bank oldidagi 
majburiyatlarini o'z vaqtida bajarayotgan korxona — to'lovchilar bilan 
bank muassasalari 720-» Akkreditivlar» balans schyotida qoplanmagan 
(kafolatlangan) akkreditiv ochish to'g'risida shartnoma tuzishlari mumkin. 
Bunday holda bank korxona hisobidan vaqtinchalik mablag' yo'qligida 
kelib tushgan to'lov talabnomalari bank mablag'lari hisobiga bajarishni 
kafolatlaydi. Banklar o'rtasida korrespondent muomala o'rnatilganda, 
ijrochi-bankda bank-emitent schyotidan akkreditivning barcha summasini 
olib qo'yish huquqini berish yo'li bilan qoplanmagan akkreditiv ochilishi 
mumkin. Korxonaning qoplanmagan akkreditivni chiqarish to'g'risidagi 
tavsiyanomasi bank-emitent tomonidan balansdan tashqari 9925 — «Bank 
tomonidan berilgan kafolatlar, garovlar» schyotiga kirim qilinadi.
Qoplanmagan (kafolatlangan) akkreditiv bo'yicha hisob-kitoblar 
quyidagi tartibda bo'ladi, ya’ni ta’minotchi va xaridor o'rtasida shartnoma


tuziladi. Xaridor o'ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo'limiga kafolat ostidagi 
akkreditiv ochish to‘g ‘risida ariza beradi. Bank bo'limi balansdan tashqari 
schyotida «Bankning kafolatlari va garovlari» belgisi ostida akkreditiv 
ochadi va bu haqda ta’minotchining bankiga xabar beradi. Ta’minotchiga 
xizmat ko‘rsatuvchi bank akkreditiv ochilgani haqida ta’minotchiga xabar 
yuboradi, ta’minotchi xaridorga mahsulot yuboradi va o'ziga xizmat 
ko'rsatuvchi bankka hisob-kitob hujjatlarini taqdim etadi. Bank bu hisob- 
kitob hujjatlariga asosan ta’minotchining schyotiga pul o'tkazadi va xaridor 
bankiga (debet avizosi) to'lov talabnomasi jo'natadi. Xaridorga xizmat 
ko'rsatuvchi bank bo'limi to'lov talabnomasini olib, xaridorning schyotidan 
muayyan summani bekor qiladi, agar xaridorning schyotida mablag' 
bo'lmasa, unga kredit beradi va bu haqda xaridorga xabar qiladi
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va 
chaqirib olinmaydigan bo'lishi mumkin. Uning matnida bunday ko'rsatma 
yo'q bo'lsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv emitent bank tomonidan mablag'larni 
oluvchini oldindan xabardor qilmasdan turib, o'zgartirilishi yoki bekor 
qilinishi mumkin. Bank-emitent xohlagan paytda mahsulot yetkazib 
beruvchi bilan oldindan kelishmasdan, chaqirib olinadigan akkreditivni 
o'zgartirishi yoki yo'q qilishi mumkin, Akkreditivni chaqirib olish 
mablag'larni oluvchi oldida emitent bank zimmasiga yuklanishi mumkin 
bo'lgan hech qanday majburiyatlarni yuzaga keltirmaydi. Chaqirib 
olinadigan akkreditiv shartlarining o'zgarishi to'g'risidagi barcha 
farmoyishlarni toiovch i mablag'larni oluvchiga (mahsulot yetkazib 
beruvchiga) faqat emitent bank orqali berishi mumkin, u mablag'larni 
oluvchi bankiga (ijrochi bank), bu bank esa, mablag'larni oluvchiga 
xabar beradi. Ammo ayni paytda bank akkreditiv sharti o'zgartirilmasdan 
yoki u bekor qilinmasdan oldingi shartlar bo'yicha barcha talablarni 
bajarishga majbur. Ijrochi bank (agar bu vaqtda u akkreditiv shartlarini 
o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risida xabar olmagan bo'lsa) chaqirib 
olinadigan akkreditiv bo'yicha to'lovlarni va boshqa operatsiyalarni amalga 
oshirishi lozim).
Umuman olganda, akkreditivni chaqirib olish mablag' oluvchi oldida 
bank-emitent uchun qandaydir majburiyatlarni paydo qilmaydi.
Chaqirib olinmaydigan akkreditiv bajaruvchi bank tomonidan 
tasdiqlangan bank-em itentning akkreditivning barcha shartlari 
bajarilgandagi hamda to'lovni amalga oshirish bo'yicha qat’iy majburiyatini 
bildiradi. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mahsulot ishlab chiqaruvchining 
manfaatlarini ko'zlab ochiladi va uning xohishiga qaramasdan, o'zgartirilishi


yoki bekor qilinishi mumkin. Mahsulot ishlab chiqaruvchi, agar akkreditiv 
shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, muddatidan oldin akkreditivdan bosh 
tortishi mumkin.
Mablag1 oluvchining roziligisiz, uning foydasiga ochilgan chaqirib 
olinmaydigan akkreditiv o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin 
emas.
7-§ Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish
Inkasso topshiriqnom asi - m ijozning bankka to'lov ch in in g
hisobvarag‘idan so'zsiz tartibda mablag'larni hisobdan chiqarish to'g'risidagi 
talabini anglatadi.
Inkasso bo'yicha hisob-kitob qilinganda mijoz o'z bankiga (bank- 
emitentga) pul to'lovchidan to'lovni va to'lov akseptini mijoz hisobidan 
qabul qilish haqida topshiriqnom a yuboradi va bu holatda pul 
to'lovchining roziligi talab qilinmaydi.
Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar qilishda undiruvchi 
sifatida soliq idoralari, budjetdan tashqari fondlar, bojxona organlari, 
sud organlari va boshqa organlar qatnashadilar.
Inkasso topshirig'ini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa 
bankni (ijrochi bank) ni jalb qilishi mumkin.
Hisob-kitob qilishning inkasso topshirig'i shakli bo'yicha ijro hujjati 
va unga tenglashtirilgan hujjatlar asosida mablag' undiruvchilar bank 
muassasasiga ijro hujjati va unga tenglashtirilgan hujjatlarning sanasi va 
raqamini ko'rsatib, 0401001-inkasso topshirig'ini beradi1. Xo'jalik sudi 
buyrug'i, notarius yozuvi asosida bank muassasiga berilayotgan inkasso 
topshirig'i bilan birga, ijro hujjatining asli yoki dublikati qo'shib taqdim 
etiladi. Ijro hujjatida mablag' undiruvchining to'liq va aniq nomi, 
to'lovchining to'liq va aniq nomi, undiruv summasi, uning qaysi hisob 
varag'idan olinishi ko'rsatilishi lozim. Xo'jalik sudinig qarori yoki nusxasi 
xo'jalik sudining buyrug'i ijro varaqasi o'rniga o'tmaydi.
Ijro hujjatlari yoki farmoyish ilova qilingan bitta manzildagi haq 
to'lovchining hisob varag' idan mablag' olish to'g'risidagi inkasso topshirig'i 
bank muassasasiga taqdim etiladi.
Mijoz bankka inkasso topshiriqnomasini O'zbekiston Respublikasi

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish