Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

9-§. Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar
Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar qonunchilikda ko'zda tutilgan 
naqd pulsiz hisob-kitoblarning nisbatan yangi shakli bo'lib, jah on
amaliyotida keng qo'llaniladi. Plastik kartochka hisob-kitob hujjati sifatida 
bank tomonidan chiqarilgan alohida to'lov vositasi bo'lib, tegishli bankda 
varaqcha egasining hisobvarag'i mavjudligini tasdiqlaydi va unga tovarlar, 
ishlar yoki xizmatlarni naqd pul to'lamay turib, olish huquqini beradi.
Plastik kartochkalar bir tomondan - jism oniy shaxslar, yuridik 
shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan, ikkinchi tomondan — 
yuridik shaxslar yoki tovarlarni realizatsiya qiluvchi, ish bajaruvi yoki 
xizm at ko'rsatuvchi yuridik shaxslar o'rtasidagi naqd pulsiz hisob- 
kitoblarni amalga oshirishda, shuningdek naqd pullarni berish punktlari 
va bankomatlarda naqd pullarni olish uchun qo'llaniladi.
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarni chiqarishi va 
xizm at ko'rsatishi m umkin, bunda ular xalqaro to'lov tizimlari bilan 
tuzilgan shartnomalar hamda “ Naqd pulsiz hisob-kitoblar to 'g ‘risida” gi 
nizomga m uvofiq ravishda operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga 
rioya qilishlari shart.
Plastik kartochkalar bo'yicha hisob-kitoblar ularga xizmat ko'rsatish 
shartnomasiga asosan amalga oshiriladi. Qonunchilikda bunday sharnoma 
m ajburiy shartlari ro'yxati belgilab berilgan. Ularga tomonlar nomi, 
shartnoma predm eti, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda 
javobgarligi, hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi, shartnoma amal 
qilish muddati va uni buzish shartlari, bahs, nizolarni hal etish tartibi, 
tomonlarning yuridik manzillari kiradi.
Tegishligiga ko'ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ 
xillarga boiinadi:
- shaxsiy kartochka - bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka;
- oilaviy k artoch ka - bu foyda la n u vch iga shaxsiy kartoch ka 
ushlovchining ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka;
- korporativ kartochka - bu yuridik shaxslar va yuridik shaxsni 
tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko'rsatishga 
belgilangan plastik kartochka. Korporativ kartochkalardan ish haqi va 
b osh q a ijtim oiy tu sd agi to'lov la rn i to'la sh , shuningdek naqd pul 
mablag'larini to'lashda foydalanish man qilinadi.
Harakatlanish rejimiga ko'ra plastik kartochkalar quyidagi turlarga 
bo'linadi:
- debet kartochka - ulardan foydalanish uni ushlovchiga emitent va 
mijoz o'rtasidagi shartnoma shartlariga binoan uning kartochka schyotida


mavjud bo'lgan pul vositalaridan tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga 
haq to‘lashda foydalanish va yoki naqd pul vositalarini (korporativ 
kartochkalardan tashqari) olish imkoniyatini beradigan kartochka;
- kredit kartochka - undan foydalanish uni ushlovchiga emitent 
bilan tuzilgan shartnomaga asosan, tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq 
to 'la sh v a /y o k i n aqd pul v o sita la rin i o lish u ch u n (k o r p o r a tiv
kartochkalardan tashqari) emitent tomonidan berilgan kredit liniyasi 
hajmida operatsiyalami amalga oshirish imkonini beradigan kartochka;
- elektron hamyon - jismoniy shaxsning kartochkasi bo'lib, undan 
foydalanish uni ushlovchiga tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to'lash v a / 
yoki plastik kartochkadagi qoldiq m ablag'lar chegarasida naqd pul 
mablag'larini olishni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Bitta kartochkada bir nechta "elektron ham yonlar" joylashishi 
mumkin
Qonunchilikda plastik kartochkani personalizatsiya qilishda rioya 
etilishi majburiy bo'lgan qoidalar bor. Xususan, bu rekvizitlarning aniq 
to'plamiga aloqador bo'lib, ular plastik varaqchada majburiy ravishda 
mavjud bo'lishi lozim. Qonunchilikda bunday rekvizitlarga quyidagilar 
kiritilgan: a) identifikatsiyalangan m a’lumotlar (karta nomeri va seriyasi 
va b.); b) emitent bank (plastik kartochkalar chiqargan bank)ning kodi
- xos raqami; v) kartochka egasi h isob va ra g'i nom eri va shaxsiy 
m a’lumotlari (tashkilot nomi); g) kartochkaning amal qilish muddati.
Plastik kartochkalardan foydalanib, operatsiyalami amalga oshirish 
vaqtida tuzilgan hujjatlar rekvizitlarida tomonlar bilan kelishib olingan 
belgilar mavjud bo'lib, ular plastik kartochkalar va bank hisobvaraqlari 
rekvizitlari o'rtasidagi, shuningdek korxonalar identifikatorlari, naqd 
pullarni berish pun ktlari, b a n k om a tla r va k orxon a la rn in g ban k 
hisobvaraqlari o'rtasidagi muvofiqlikni to'g'ri belgilash uchun imkon 
beradi.
Bundan tashqari, hukum at tom onidan m a ’qullangan bir qator 
m e ’y o riy h u q u q iy h u jja tlar, ju m la d a n , O 'zb ek iston R esp u blik asi 
Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli, 2003-yil 30-iyundagi 
P F -3 2 7 0 -s o n li F a rm o n la ri, O 'z b e k is t o n R e s p u b lik a s i V a z ir la r
Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi 280-sonli, 2003-yil 2-iyuldagi 300- 
sonli, 2004-yil 26-fevraldagi 9-sonli va 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli 
qarorlarining, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005- 
yil 15-apreldagi 57-sonli qarori qabul qilinishi ushbu tizim faoliyati 
xizmatlarining nihoyatda qisqa muddatlardla e ’tirof etilishini ta’minladi. 
Shunga mos ravishda, 2005-yilning 1-yarmiga kelib banklar tomonidan


muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 3 baravarga, ularga 
xizmat ko'rsatish shoxobchalari soni esa 2,8 martaga oshdi.1
Plastik kartochkalarga asoslangan hisob-kitoblar tizimi iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlarda to'lov tizimining asosini tashkil etayotgan bir 
vaqtda, O'zbekistonda plastik kartochkalarga asoslangan hisob-kitoblar 
shakli tobora ommaviylashib borayotganligini ko'rishimiz mumkin.
M oliyaviy nuqtayi nazardan plastik kartochkalar quyidagicha 
tansiflanadi:2
1. Kredit kartochkalari (Credit cards) - naqd pulsiz hisob-kitoblar 
tizimida eng ko'p tarqalgan to'lov kartochkalari turiga kiradi. Kredit 
kartoch kalari ish tirokidagi tranzaksiyalar (operatsiyalar) alohida 
hisobvaraqlar yordamida amalga oshirilib, uning doirasida kartochka 
egasi m a’lum miqdordagi kredit summasidan foydalanish huquqiga ega 
bo'ladi. Ba’zi kredit kartochkalaridan bankomatlarda naqd pul olish uchun 
ham foydalanilishi mumkin. Kartochka egasi tomonidan xarid qilinadigan 
tovar yoki xizmatlar uchun to'lovlar kartochka emitenti tomonidan, 
muomalaga chiqarilgan kredit kartochkalari mablag'lari hisobidan amalga 
oshiriladi. Kartochka yordamida to'lovni kartochka ma’lumotlarini o'qish 
uchun mo'ljallangan, maxsus qurilma (terminal) bilan jihozlangan har 
qanday savdo markazida amalga oshirish mumkin. Kredit kartochkalari 
to'lov funksiyasidan tashqari, qo'shimcha xizmatlarni, ya’ni sug'urta, 
servis, prestij va shu kabi ko'plab funksiyalarni taklif etishi mumkin. 
Ularning boshqa to'lov kartochkalaridan asosiy farqi, kartochka egasiga 
to'lov muddatini uzaytirish imkoniyatini berishdir. Bunda kartochka egasi 
tomonidan to'lov tovar olingandan yoki xizmat ko'rsatilgandan keyin 
amalga oshiriladi (“ pay later”).
Kredit kartochkalar bilan to'lovlaming qulayligi: qisqa vaqt ichida 
kartochka hisobvarag'i qoldig'ini tekshirish, avtorizatsiyalash, to'lov 
sanasini aniqlash va hisobvaraqdan undirib olish (savdo tarmoqlari uchun) 
dan iborat. Bundan tashqari to'lov (hisob-kitob) hujjatlarini qayta ishlash 
uchun ortiqcha xarajat talab qilinmaydi hamda shu kabi bank xarajatlari 
kamaytiriladi.
2. D eb et k a rtoch k a la ri. Plastik k a rtoch k a la r tizim ida d e b e t 
k a r t o c h k a la r fa q a t t o 'l o v v o sita si v a z ifa s in i b a ja ra d i. D e b e t

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish