Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


“Хужалик юритувчи субъектларнинг банк хисобваракларидан пул маблатарини



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 “Хужалик юритувчи субъектларнинг банк хисобваракларидан пул маблатарини 
хисобдан чикариш тартиби тугрисида” йурикнома. Узбекистон Республикаси Молия 
Вазирлиги ва Давлат Мулк кумитаси билан келишилган холда Узбекистан Республикаси 
М арказий Банки томонидан 1999 йил 22 январда 104-В сонли карор билан 
тасдикланган. Узбекистон Республикаси Адлия Вазирлигида 1999 йил 30 январда 
615-ракам билан руйхатга олинган.


amalga oshirishning elektron usullarini joriy etish yo‘li bilan hisob-kitob 
operatsiyalar ini osonlashtirish;
- aholi naqd pulsiz hisob-kitoblarini kengaytirish va h.k.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar iqtisodiy mazmuniga ko'ra tovar va 
notovar operatsiyalari bo'yich a hisob-kitoblarga bo'linadi. Tovar 
operatsiyalariga realizatsiya qilingan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan 
ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar uchun korxonalar, tashkilotlar o'rtasida 
amalga oshiriladigan hisob-kitoblar kiradi. Notovar operatsiyalar moliyaviy 
majburiyatlar bo'yicha hisob-kitoblar ( budjetga to'lovlar, bank ssudalarini 
to'lash, sug'urta to'lovlari va b.)dir‘.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar yetkazib beruvchi bilan xaridor, yetkazib 
beruvchi bilan bank, xaridor bilan bank o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy 
munosabatlarni aks ettiradi. Shu munosabat bilan naqd pulsiz hisob- 
kitoblarga muayyan xususiyatlar xos bo'lib, ular ikki omil bilan bog'liqdir. 
Birinchidan, har bir hisob-kitob operatsiyasi uchun ayni bir vaqtda uch 
qatnashchi mavjud bo'lishi shart: bank, to'lovchi va oluvchi. Ularning 
hisob-kitob munosabatlari sohasidagi o'zaro aloqalari ko'p hollarda fuqarolik- 
huquqiy shartnomalari bilan tartibga solinadi. Ikkinchidan, hisob-kitob 
operatsiyalarini amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanib, 
ushbu munosabatlarda u o'ziga tegishli hukmronlik vakolatlari berilgan 
davlat organi sifatida qatnashadi. Shu sababli hisob-kitob operatsiyalarini 
amalga oshirish vaqtida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar fuqarolik 
huquqi va moliya huquqi normalari bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqi normalari turli subyektlar o'rtasida shartnoma 
majburiyatlarini bajarish vaqtida yuzaga keladigan hisob-kitob operatsiyalarini 
tartibga soladi. Fuqarolik - huquqiy shartnomalami tuzish vaqtida ushbu 
shartnomalarda tomonlar kelishuvi bo'yicha belgilanadigan hisob-kitoblar 
shartlari (shakli, muddatlari va h.k.) ko'zda tutilgan bo'lishi lozim
Hisob-kitob munosabatlari subyektlaridan biri bo'lib, banklar hisob- 
kitoblarni tashkil etadi va amalga oshiradi, hisob-kitob operatsiyalarini 
amalga oshirish uchun belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazrat qiladi, 
zarur asoslar mavjud bo'lgan hollarda esa davlat majbur etish choralarini 
ham qoilaydi. Tabiiyki, banklar bilan ularning mijozlari o'rtasidagi 
munosabatlarning ushbu guruhi fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga 
solinmaydi.
Naqd pulsiz amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni tartibga solishda 
asosiy m e’yoriy hujjat O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-


kitoblar to'g'risidagi nizom (Yangi tahriri O'zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 12-yanvardagi l/4(60)-sonli 
Qarori bilan tasdiqlangan) hisoblanadi. Ushbu hujjat naqd pulsiz hisob- 
kitoblarning barcha shakllari bo'yicha pul hisob-kitob hujjatlarini 
rasmiylashtirish, hisob-kitob intizomiga rioya etilishini nazorat qilish 
va u buzilgan taqdirda ta’sir choralarini qo'llash tartibini belgilaydi.
O'zbekiston Respublikasida elektron to'lovlar tizimi.
O 'zb e k isto n R espublikasida elektron t o 'lo v la r sohasidagi 
munosabatlami tartibga solish maqsadida “Elektron to'lovlar to'g'risida” 
Qonun qabul qilingan1.
Elektron to'lov bu texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan 
va axborot tizimlari xizmiatlaridan foydalangan holda elektron to'lov 
hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish. Elektron 
to'lov to'lov tizimining subyektlari o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosida 
to'lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Elektron to'lov tizimining turlari:
- banklararo to'lov tizimi - banklar o'rtasidagi elektron to'lovlami 
banklaming O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida ochilgan vakillik 
hisobvaraqalari orqali amalga oshirish uchun mo'ljallangan.
- bankning ichki to'lov tizimi - bank filiallari va mijozlar o'rtasida 
elektron to'lovlarni amalga oshirish, shuningdek banklararo to'lov tizimi 
bilan o'zaro harakatda bo'lish uchun mo'ljallangan;
- chakana to'lovlar tizimi - bank kartalari va boshqa elektron 
to'lov vositalari qo'llanilgan holda elektron to'lovlarni amalga oshirish 
uchun mo'ljallangan. Elek*~on to'lov vositasi uning mazkur chakana 
to'lovlar tizimiga mansubligini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan 
farqlovchi belgilarga (tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgilariga) ega 
bo'lishi kerak.
To'lov tizimining qoidalari bilan beliglangan tarkib va formatdagi 
rekvizitlariga ega bo'lgan hamda elektron to'lovlarni amalga oshirish 
uchun zarur axborotni o'z ichiga olgan elektron hujjat elektron to'lov 
hujjati sanaladi. Elektron to'lov hujjati pul hisob-kitobga doir qog'oz 
hujjat asosida yoki elektron to'lov vositasidan foydalangan holda tuziladi 
va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Elektron to'lov hujjati pul 
hisob-kitob hujjatloariga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga 
ega.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish