Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Банковское право. Отв. Ред. А.А. Травкин. 3-е издание перераб. и допол. -М



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Банковское право. Отв. Ред. А.А. Травкин. 3-е издание перераб. и допол. -М.: 
Юристъ. 2006. -280-297 б.


bo'yicha to'langan summalarni, agar qarzdor bunday summalarni bevosita 
mijozdan olishga haqli bo'lsa, undan qaytarib berishni talab qilishga 
haqli emas. Bunday pullarni qarzdor bevosita mijozning o'zidan undirib 
olishi mumkin (FK, 758-modda). Qarzdor agar moliya agenti va’da qilingan 
to'lovni mijozga to'lash majburiyatini bajarmaganligi yoki mijoz 
talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan bog'liq to'lovni 
olishi kerak bo'lgan qarzdor oldidagi majburiyatini buzganligini bila 
turib, bunday to'lov amalga oshirganligini isbot qila olsa, ushbu 
summalarni moliya agenti qaytarishini talab qilishga haqli.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasi bo'yicha mulkiy javobgarlik ushbu shartnomaning 
huquqiy tabiatiga bog'liq. Agar shartnoma konsensual bo'lsa, uni bajarish 
faqat mijoz uchun lozim bo'ladi. U shartnomaning mazmuni haqiqiyligi 
va uning bajarilishi uchun javob beradi.
Tomonlar kelishuviga m uvofiq, ko'rilgan zararni qoplash va 
neustoyka to'lovini to'lash ko'zda tutilgan bo'lishi mumkin.


43-bob. BANK OMONATI SHARTNOMASI
Shartnoma tushunchasi. Bank omonati shartnomasi shartnomaning 
alohida turlaridan biri bo'lib, unga ko'ra birinchi tarafdan (omonatchidan) 
qabul qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni) 
qabul qilib olgan ikkinchi taraf (bank) shartnomada nazarda tutilgan 
shartlar asosida va tartibda omonat summasini qaytarish va unga foizlar 
to'lash majburiyatini oladi (FK, 759-modda).
Yuridik adabiyotlarda bank omonati shartnomasiga ayrim mualliflar 
qarz shartnomasining bir turi, irregulyar saqlash (pul, narsalarni tur 
belgilari bo'yicha saqlash) sifatida qarasalar, qolganlar uni qarz 
shartnomalari qismlarining majmui deb hisoblaganlar.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida bank omonati 
shartnomasi tushunchasiga ta’rif berilib (759-modda), unda Rossiya 
Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksidan farqli ravishda, lotincha “depositium”
- saqlashdan kelib chiqqan “depozit” atamasi qo'llanilmagan, shuningdek, 
bankning omonatchi pul mablag'larini “saqlash” majburiyati berilmagan.
Bank omonati shartnomasi mustaqil shartnoma bo'lib, uning ildizlari 
qarz shartnomasiga borib taqaladi va u bank (qarzdor) bilan omonatchi 
(kreditor) o'rtasidagi kredit munosabatlarini rasmiylashtiradi. Fuqaro bilan 
tuziladigan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi. 
Demak, yuzaga kelgan munosabatlarga FKning 358-moddasida bunday 
shartnomalar to'g'risida ko'zda tutilgan umumiy qoidalar, xususan, xizmat 
ko'rsatuvchining shartnoma tuzishdan bosh tortishi ta’qiqlanishi, bir 
shaxsning boshqa shaxsga nisbatan afzal ko'rishi istisno etilishi, O'zbekiston 
Respublikasi Hukumati tomonidan tomonlar uchun majburiy bo'lgan 
qoidalarning chiqarilishi mumkinligi kabilar tadbiq etiladi.
Bank omonati shartnomasi real bo'lib, omonatchi (boshqa shaxs) 
bankka omonat puli summasini berayotgan vaqtda tuziladi. Omonatchi 
bankdan faqat omonat puli summasini va u bo'yicha foizlarni qaytarishini 
talab qilish huquqiga ega bo'ladi, o'z sherigi oldida hech qanday 
majburiyat olmaydi. Bank omonat puli summasini va u bo'yicha foizlarni 
to'lashi shart. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda, bank 
omonati shartnomasi bir tomonlama va haq evaziga tuziladigan shartnoma 
hisoblanadi.
Bank omonati shartnomasi oddiy yozma shaklda tuzilishi kerak. U 
taraflar imzolagan yagona hujjat tarzida ikki nusxada tuzilishi mumkin. 
Agar omonatning qo'yilganligi omonat daftarchasi, jamg'arma (depozit) 
sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunda, qonunga
369


muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo'llaniladigan 
ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan 
talablaarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan bo'lsa, 
bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Shartnoma qismlari. 
Bank omonati shartnomasining predmeti pullar 
(omonat)dir. Omonat tushunchasiga O'zbekiston Respublikasining “Banklar 
va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 1996-yil 25-aprelda tasdiqlangan qonunida 
quyidagicha ta’rif berilgan: “Omonat (depozit) - talab qilinishi bilanoq 
yoki to'lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to'lovni oluvchi shaxs yoxud 
ularning qonuniy vakillari o'rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki 
ustama haq to'lagan holda yoki bunday to'lovlarsiz hammasini qaytarib 
berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi”.
Omonatni tashkil etadigan pul summasi so'mlarda ifodalanadi. 
Omonatlar depozit hisobvarag'ini ochish yo'li bilan qabul qilinadi. Shu 
tufayli omonatchi bilan bank o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish 
uchun, agar FKning 43-bobida boshqa qoidalar ko'zda tutilgan bo'lmasa 
va ular bank omonati shartnomasi mazmunidan kelib chiqmasa, bank 
hisobvarag'i shartnomasida belgilangan me’yorlar qo'llanadi. Masalan, 
bank hisobvarag'i shartnomasi (FK, 44-bob) da mavjud bo'lgan hisob- 
kitoblar to'g'risidagi m e’yorlar bank omonati shartnomasi bo'yicha 
munosabatlarga tatbiq etilmaydi, chunki bank omonati shartnomasi bank 
hisobvarag'i shartnomasidan farqli ravishda, tovarlar (bajarilgan ish va 
ko'rsatilgan xizmatlar) uchun hisob-kitob operatsiyalarining amalga 
oshirilishiga yo'l qo'ymaydi. Omonatchi depozit hisobvarag'iga kiritgan 
mablag'larga bank mulkchilik huquqini oladi. Omonatchi esa, aksincha, 
mulkga egalik (titul huquqi) huquqini yo'qotadi.
Bankka omonatga topshirilgan pul mablagiariga omonatchining 
huquqi moddiy bo'lmay, pullami qaytarish va tegishli foizlarni to'lashni 
talab qilish huquqidir.
Bank litsenziyasini olish tartibi mazkur Qonunning 10-moddasiga 
muvofiq belgilanadi. Yuridik shaxslar litsenziyasiz omonatlarni qabul 
qilish bo'yicha bank operatsiyalarini bajargan hollarda omonatchi zudlik 
bilan omonat summasining qaytarib berilishini, shuningdek, FKning 327- 
moddasida ko'zda tutilgan foizlarning to'lanishi hamda unga foiz 
summasidan ortiq yetkazilgan barcha zararlar o'rnini qoplashni talab 
qilishi mumkin. Agar bunday vaziyatda yuridik shaxslar omonatchi 
bo'lsalar, FKning 114-moddasida ko'zda tutilgan bitimlar haqiqiy 
emasligining oqibatlari to'g'risidagi umumiy qoidalar qo'llaniladi. Bunday 
bitimlar qatnashchilarining dastlabki holatiga qaytarilayotgan vaqtda


asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati (FK, 1023-modda), 
xususan, boshqa shaxslaming pul mablag'laridan foydalanganlik uchun 
ushbu mablag'lar summasiga foizlar to'lash (FK, 327-modda) va 
jabrlanuvchiga olinmagan daromadlarni to'lash (FK, 1028-modda) 
qoidalari qo'llaniladi.
Y uqoridagi oqibatlar fuqarolar va yuridik shaxslam ing pul 
mablag'larini:
- omonat saqlovchilarga omonatni talab qilishi bilanoq olish va 
omonatchining qonunlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlarini amalga 
oshirishi imkoniyatini bermaydigan veksellar yoki boshqa qimmatli 
qog'ozlar berish;
- ularga g'ayriqonuniy chiqarilgan deb topilgan aksiyalar va boshqa 
qimmatli qog'ozlarni sotish yo'li bilan omonatlarga jalb etish hollariga 
nisbatan ham qo'llaniladi (FKning 760-moddasi 4-qismi).
Endi qonun omonatchining hisobvarag'iga nafaqat o'zi, balki uchinchi 
shaxslaming pul mablag'larini qo'yish (FK, 767-modda), shuningdek 
bunga muvofiq ravishda uchinchi shaxs foydasiga omonat qo'yish (FK, 
768-modda) imkonini ham tartibga soladi.
Birinchi holda bank uchinchi shaxslardan kelib tushgan pul 
mablag'larini, o'z hisobvarag'i to'g'risidagi ma’lumotlarni ularga be/gan 
omonatchining roziligiga ega bo'lgan holda, omonatchi hisobvarag'iga 
kiritishi lozim. Ikkinchi holatda esa, omonat bevosita omonatchining 
hisobvarag'iga emas, balki muayyan uchinchi shaxs nomiga kiritiladi. 
Masalan, ota-onalar o'z farzand(lar)i nomiga omonat qo'yadilar. Bu holda 
omonat summasi bankka yangi depozit hisobvaraq ochish yo'li bilan amalga 
oshiriladi va bu shar-tnomaning muhim sharti nomiga omonat qo'yilayotgan 
fuqaroning ismini yoki yuridik shaxsning nomini ko'rsatishdan iboratdir. 
Uchinchi shaxs foydasiga bank omonati shartnomasi, agar bu omonatdan 
foydalanuvchining ismi (nomi) ko'rsatilmagan bo'lsa, haqiqiy hisoblanmaydi. 
Bu shartnomaning ajralib turadigan xususiyati shundan iboratki, uchinchi 
shaxs bank omonati (depoziti) shartnomasining muqobil subyekti bo'ladi, 
u o'z huquqidan foydalanishi yoki foydalanmasligi ham mumkin. 
Omonatdan foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxs omonatchi uning 
foydasiga berilgan huquqdan foydalanishni istamasa, uchinchi shaxs 
foydasiga tuzilgan bank omonati shartnomasi muddatidan oldin bekor 
qilinishi yoki omonat kirituvchi bilan bankning kelishuvi bo'yicha 
o'zgartirilishi mumkin. Uchinchi tomon benefitsiar bo'lib, uning huquqlari 
omonat bo'yicha bankka talab qo'yilguniga qadar shartnoma tuzgan tomon 
ixtiyoriga bog'liq bo'ladi. Pul mablag'lari kelib tushgan paytdan boshlab


o'z homiysi o'rnini to'liq egallaydi va omonatchi bo'lib qoladi.
761-moddaga muvofiq, bank omonati shartnomasi yozma shaklda 
tuzilgan bo'lishi kerak. Bank omonati shartnomasining yozma shakliga 
rioya qilmaslik, FKning 114, 115-moddalarida belgilangan oqibatlar bilan 
birga, bunday shartnomaning haqiqiy bo'lmasligiga olib keladi. Bank 
omonati shartnomasi yozma shakliga faqat tomonlar yagona hujjatning 
ikkala nusxasiga imzo chekib, ulardan biri omonatchiga berilgan holdagina 
emas, balki omonatni qo'yilganligi omonat daftarchasi, jamg'arma 
(depozit) sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunga 
muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo'llaniladi 
ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan 
talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan bo'lsa, rioya 
qilingan hisoblanadi.
Shartnoma omonatchi qimmatli qog'ozlar, jamgarma yoki depozit 
sertifikatini olgan holda ham rasmiylashtirilgan hisoblanadi. Uning egasi 
bunday qog'ozlarni taqdim etgan vaqtda omonatchi sifatida qatnashadi.
Bank om onati shartnom asi m azm un-m ohiyati - bankning 
omonatchiga omonat summasini, bank omonati shartnomasida belgilangan 
miqdorda foizlar to'lagan hodda qaytarish majburiyatidan iborat (FK, 
763-modda). Foizlar omonatchi tomonidan bankka berilgan kreditning 
bahosi hisoblanadi. Ularning miqdori shartnomada belgilanadi. Agar foizlar 
shartnomada ko'rsatilmagan bo'lsa ham ular bank foizi hisob stavkasi 
miqdorida to'lanishi lozim Demak, omonatga to'lanadigan foizlar miqdorini 
ayrim hollarda tomonlar kelishib olmasligi, ular qonunga asosan belgilanishi 
mumkin. Bank foizlarining kelishilgan miqdorini faqat talab qilib 
olinguncha saqlanadigan omonatlar bo'yicha va shartnomada bunday 
harakat taqiqlanmagan holdagina kamaytirilishi mumkin. Hatto shu holda 
ham foizlarning yangi miqdori umumiy qoidaga muvofiq, omonatchilarga 
bu haqda xabar berilgan paytdan bir oy o'tganidan keyin qo'llanishi 
mumkin. Muddatli yoki shart bilan qo'yilgan omonatlar bo'yicha foizlar 
miqdori, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, bank 
tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas (yuridik shaxslar 
uchun bunday imkoniyat shartnomada ko'zda tutilgan bo'lishi ham 
mumkin). Fuqarolar - omonatchilarni himoya qilib, qonun muddatli va 
shart bilan qo'yilgan omonatlar bo'yicha foizlarga tuzatish kiritilishini, 
agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, man etadi. Bunday 
omonatlar bo'yicha yuridik shaxslar uchun foizlarni bir tomonlama 
o'zgartirishga, shartnomada belgilangan bo'lsa, yo'l qo'yiladi.
Omonatga foizlar yozish va to'lash tartibi ham qonunchilikda tartibga


Isolingan (FK, 764-modda). Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka 
tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki 
boshqa asoslarga ko'ra, omonatchining hisobvarag'idan o'chirilgan kundan 
oldingi kungacha yoziladi. FKning 764-moddasi 2-qismida bank omonati 
Summasi va foizlar, agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib 
nazarda tutilgan bo'lmasa, har oyda omonatchining talabi bilan toianishi 
ko'zda tutilgan. Bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa, foizlar 
yoziladigan omonat summasiga qo'shilib boradi.
} Agar omonat tegishli foiz davri tugamasdan qaytarilayotgan boisa, 
mijozning mablagiaridan amalda foydalanilgan davrdan kelib chiqqan 
holda bank foizlari yoziladi va ular omonat asosiy summasi bilan bir 
vaqtda toianadi.
Bank omonati (depoziti) shartnomasida belgilangan tartibga ko'ra, 
omonatlar ikki asosiy turga boiinadi: talab qilinishi bilanoq beriladigan 
omonat (talab qilinguncha saqlanadigan omonat) va shartnomada belgilangan 
muddat tutaganidan keyin qaytariladigan omonat (muddatli omonat). Biroq 
omonatning turidan qat’iy nazar, bank omonatchi talab qilishi bilanoq 
omonat summasini yoki uning bir qismini berishi shart (FK, 762-modda). 
Yuridik shaxslar tomonidan qaytarib berishning shartnomada nazarda 
tutilgan boshqa shartlari asosida qo'yilgan omonatlar bundan mustasno.
Bank omonati shartnomasining fuqaro omonatni talab qilishi bilanoq 
olish huquqidan voz kechishi haqidagi sharti o'z-o'zidan haqiqiy emas. 
Bank omonati shartnomasida qaytarib berishning qonun hujjatlariga zid 
bo'lmagan boshqa shartlari asosida omonatlar qo'yish ham nazarda tutilishi 
mumkin (FK, 762-modda). Masalan, shartli omonatlar biror shart asosida 
(masalan, farzand balog'at yoshiga yetgunga qadar) tuziladigan bank 
omonati shartnomasi bo'yicha qo'yiladigan omonatlardir.
Nomiga omonat qo'yilgan shaxs hisobvaraq ochilayotgan vaqtda 
belgilangan shartlarga rioya qilingan yoki omonat qo'yuvchi tomonidan 
ko'rsatilgan hollar yuzaga kelganidagina uni tasarruf etish huquqiga 
ega boiadi. Omonatchi belgilangan muddat yetib kelganida muddatli 
omonat summasini yoki shartnomada belgilangan holat yuzaga kelishi 
bilan shartli omonat pulini talab qilmagan vaziyat ham boiishi mumkin. 
Bank omonatining bunday turi, agar shartnomada boshqa tartib ko'zda 
tutilgan bo'lmasa, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat turiga 
o'tkazib qo'yiladi.
Omonatni qaytarish haqidagi talabni bajarmaganlik uchun javobgarlik, 
FKning 766-moddasiga muvofiq, bank omonatchining omonatini qaytarish 
to'g'risidagi talabini bajarmagan yoki zarur ravishda bajarmagan; omonatni


qaytarish shartlari yomonlashgan; fuqarolardan depozitni vakolat 
berilmagan shaxs qabul qilgan yoki omonatlar to'g'risidagi qonunchilik 
buzilgan; omonat qaytarilmagan, omonat noqonuniy ravishda tutib turilgan 
yoki foizlar to'lanmagan hollarda yuzaga keladi. Bunday hollarda omonatchi 
bankdan omonat summasini qaytarishni talab qilishga haqli bo'ladi.
Bank omonati shartnomasini bekor qilish hamma vaqt omonatchi- 
fuqaroning bir tomonlama xohish-ixtiyori bilan yuz beradi. Agar omonatchi 
yuridik shaxs bo'lsa, shartnomani bekor qilish omonatning turiga bog'liq: 
talab qilib olingunicha saqlanadigan omonatlar bo'yicha - birinchi talab 
bilan, alohida shartlar bilan qo'yiltgan omonatlar uchun shartnomada 
ko'zda tutilgan tartib qo'llaniladi.
Omonat daftarchasi va omonat (depozit) sertifikati. 
Omonat daftarchasi 
va omonat (di pozit) sertifikati bank omonati shartnomasi shaklida qoilanadi. 
Ularning asosiy xususiyatlari birinchi bor FKning 769, 770-moddalarida 
aks ettirilgan. Omonat daftarchasi fuqaro bilan bank omonati shartnomasini 
tuzish rasmiylashtirilgan hamda uning hisobvarag'ida omonat bo'yicha 
pul mablag'lari harakatini tasdiqlaydigan hujjatdir.
Omonat daftarchasi omonatchining nomi yozilgan omonat daftarchasi 
yoki taqdim etuvchiga pul to'lanadigan omonat daftarchasi shaklida 
bo'lishi mumkin. Ularning har biri ikki xil vazifani: dalil-isbot (shartnoma 
tuzilgam va uning bekor qilinganini tasdiqlaydi) va hujjat (unda hisobvaraq 
bo'yicha operatsiyalar amalga oshiriladi) vazifalarini bajaradi. Taqdim 
etuvchiga pul to'lanadigan om onat daftarchasi qim m atli qog'oz 
hisoblanadi. Ushbu daftarcha taqdim etilgan holdagina bu huquqlar amalga 
oshirilishi va berilishi mumkin. Shu boisdan taqdim etuvchiga pul 
to'lanadigan omonat daftarchasi bank omonati shartnomasi tuzilganligi 
va fuqaro hisobvarag'iga pul mablag'lari kiritilganligini yozma ravishda 
tasdiqlaydigan hujjat bo'libgina qolmasdan, huquq beruvchi ahamiyatga 
egadir. Omonat daftarchasi rekvizitlari qonunda belgilangan (FK, 769- 
modda). Unda quyidagi ma’lumotlar bo'lishi shart:
a) depozit qabul qilgan bankning nomi, uning joylashgan manzili;
b) omonat bo'yicha hisobvaraq nomeri;
v) hisobvaraq bo'yicha pul mablag'lari harakati (kirim, chiqim, 
qoldiq) to'g'risidagi ma’lumotlar.
Omonat daftarchasi omonatchida bo'lganligi sababli, uchinchi shaxslar 
tomonidan depozit hisobvarag'iga qo'shimcha badallar qo'yishga doir 
operatsiyalarni omonatchi bankka kelguniga qadar daftarchada aks ettirib 
bo'lmaydi (FK, 767-modda). Demak, omonat daftarchasi omonatning 
holatini hamma vaqt ham yetarlicha aniq aks ettira olmaydi, holbuki 
FKning 769-moddasi bo'yicha shunday bo'lishi kerak.


\
|
Agar egasining nomi yozilgan omonat daftarchasi yo'qotilgan bo'lsa 
tyoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga keltirilgan bo'lsa, bank 
omonatchining arizasiga muvofiq, unga yangi omonat daftarchasi beradi 
Ko'rsatuvchiga pul to'lanadigan omonat daftarchasi yo'qolganida, fuqarolik- 
protsessual qonunchiligida belgilangan tartibga ko'ra, ko'rsatuvchiga pul 
to'lanadigan qimmatli qog'ozlar uchun huquqlar tiklanguniga qadar bank 
majburiyatlardan ozod bo'ladi.
Agar omonat daftarcha egasiga daftarchani qonunsiz ravishda egallab 
olgan boshqa shaxs ma’lum bo'lsa, unga nisbatan vindikatsion da’vo 
qilish yo'li bilan talab qilib olishga haqlidir (FK, 228-modda).
Omonat (depozit) sertifikati qimmatli qog'oz bo'lib, bankka qo'yilgan 
omonat summasini ham, omonatchining (sertifikat saqlovchining) 
belgilangan muddat tamom bo'lganidan keyin sertifikatni bergan bankda 
yoki ushbu bankning istalgan filialida omonat summasini va sertifikatda 
ko'rsatib qo'yilgan foizlarni olish huquqini tasdiqlaydi (FK, 770-modda).
Omonat daftarchadan farqli ravishda, sertifikat bank omonat 
shartnomasini rasmiylashtirishda universal vosita bo'lib, u fuqarolar, 
shuningdek, yuridik shaxslar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarda 
qo'llanadi. Fuqarolar omonat sertifikatlari egalari bo'lishi mumkin. Depozit 
sertifikati omonat sertifikatiga o'xshaydi, ammo unga faqat yuridik 
shaxslar egalik qilishi mumkin.
Sertifikat unda ko'rsatilgan muddat yetib kelishi bilan to'lanishi 
shart bo'lgan muddatli omonat turidir. Agar sertifikat jismoniy shaxs 
tomonidan pul to'lash uchun muddatidan oldin taqdim etilgan bo'lsa, 
bank unga omonat summasini to'lashi kerak, omonatchi-yuridik shaxs 
iltimosi bo'yicha esa, shartnomada boshqa tartib ko'zda tutilgan bo'lmasa, 
omonat summasini to'lash huquqiga ega, lekin majbur emas.
Agar sertifikatning shartlarida foizlaming boshqacha miqdori belgilab 
qo'yilgan bo'lmasa, foizlar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar 
uchun ko'zda tutilgan miqdorda to'lanadi (FK, 770-modda).
Sertifikat blankida quyidagi rekvizitlar bo'lishi shart: a) depozit 
(yoki “ omonat”), sertifikat nomi; b) sertifikat berish uchun asosni ko'rsatish 
(pul omonatini kiritish); v) depozit yoki jamg'arma omonatni kiritish 
sanasi; g) depozit yoki omonatning miqdori; d) bankning depozit summasini 
yoki omonatni so'zsiz qaytarish majburiyati; e) qaytarish muddati; j) 
bankning foiz stavkasi; z) tegishli foizlar summasi; i) sertifikat bank- 
emitentining nomi va manzili; k) nomi yoziladigan sertifikat oluvchi 
(benefitsiar) ismi (nomi); 1) bunday bitimlarni tuzish uchun bank vakolat 
bergan ikki shaxsning bank muhri bilan tasdiqlangan imzolari.


44-bob. BANK H ISOBVARAG'I SHARTNOMASI
Shartnoma tushunchasi. 
Naqd pulsiz olib boriladigan hisob-kitob va 
kredit operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning zaruriy vositasi 
bank hisobvarag'ining alohida shartnomasini tuzish vaqtida yuzaga keladi. 
Bank hisobvarag'ini buxgalteriya hujjati deb ham qarash mumkin, chunki 
unda muayyan shaxsga tegishli pul mablag'lari va moddiy boyliklar 
harakati aks ettiriladi. Biroq o'z shakliga ko'ra, bu, awalambor, shartnoma 
boiib hisoblanadi. Bunday hisobvaraqlar depozit, hisob-kitob, joriy valuta, 
kapital qo'yilmalarni moliyalash hisobvaraqlari boiishi mumkin, ular 
hisob-kitob operatsiyalari uchun mo'ljallangan. Ulami ochish uchun hamma 
vaqt bank hisobvarag'i shartnomasi asosida tuziladi. Ayni ular FKning
44-bobi qoidalari bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik Kodeksida bank hisobvarag'i shartnomasiga mustaqil 
shartnoma sifatida qaraladi. FKning 771-moddasida shartnomaga shunday 
ta’rif berilgan: “Bank hisobvarag'i shartnomasi bo'yicha bir taraf -
bank yoki boshqa kredit muassasasi (bundan buyon matnda - bank) 
ikkinchi tarafning mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvarag'iga 
tushayotgan pul mablagiarini qabul qilish va kiritib qo'yish, mijozning 
hisobvaraqdan tegishli summalarini o'tkazish va toiash hamda hisobvaraq 
bo'yicha boshqa operatsiyalami amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini 
bajarish m ajburiyatini oladi” . T a ’rifdan ko'rinib turibdiki, bank 
hisobvarag'i shartnomasi konsensual shartnoma ekan, chunki u hisobvaraq 
ochilayotgan vaqtda uning egasi hisobvaraqqa mablag' qo'yish- 
qo'ymasligiga bog'liq emas. Agar tomonlar shartnomaning barcha mavjud 
shartlari bo'yicha kelishib olishga erishsalar, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Bank hisobvarag'i shartnomasining qatnashchilari, huquq hamda 
majburiyatlarga ham ega bo'lganligi tufayli, ikki taraflama shartnoma 
hisoblanadi. Bu agar tomonlar kelishuvida boshqacha tartib o'rnatilgan 
bo'lmasa, toiovli-shartnom adir (FK, 781-modda). Bankda mijozning 
hisobvaraqdagi mablag'laridan o'z maqsadlarida foydalanish huquqi 
boiadi, bunda u mijozga ushbu mablag'lardan hech qanday to'siqsiz 
tasarruf etish huquqini kafolatlaydi. Bank mijozning pul majburiyatlaridan 
foydalangani uchun unga shartnomada belgilangan miqdorda foizlar 
(mukofot puli) to'laydi. Bank omonati shartnomasida toianadigan foizlar 
miqdori haqida shart bo'lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha 
saqlanadigan omonatlarga toianadigan miqdorda foizlar toiashi shart 
(FK, 763- va 734-moddalar). Mukofot summasidan (odatdagi hisobvaraqda) 
foizlar mijozning hisobvarag'iga har chorakda kiritiladi. Mijoz bankning 
376


hisobvaraqda turgan pul mablag'lari bilan operatsiya qilish bo'yicha 
xizmatlariga bank hisobvarag'i shartnomasida nazarda tutilgan shartlar 
asosida haq to'lashi shart. Bu haq bank tomonidan har oyning oxirida 
mijozning hisobvarag'idagi mablag'lar hisobidan undirib olinadi (FK, 
780-modda). Bunda bankning mijozga va mijozning bankka o'zaro muqobil 
talablari yuzaga kelishi mumkin, ular bir-birlarining talablarini hisobga 
olish yo'li bilan bank tomonidan bekor qilinadi (FK, 782-modda).
Ko'rib chiqilayotgan shartnoma o'ziga xos subyektiv tarkibiga ega. 
Uning nomidan ko'ringanidek, bank shartnomaning bir tarafi bo'lishi 
mumkin. Boshqa taraf sifatida ham yuridik, ham jismoniy shaxslar 
qatnashishi mumkin. Odatda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotganlar 
jismoniy shaxslar sifatida qatnashadilar. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
Kodeksining 44-bobida bank mijozlariga nisbatan maxsus talablar 
qo'yilmagan. Shu boisdan ham O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
Kodeksining fuqarolik huquqi subyektlari haqidagi umumiy qoidalari 
qo'llaniladi. Xususan, umumiy qoidaga ko'ra, tashkilot bank hisobvarag'i 
shartnomasi tarafiga aylanishi uchun yuridik shaxs huquqlariga ega bo'lishi 
kerak. Yuridik shaxslar o'z filiallari va vakolatxonalari tuzishga haqli 
bo'lib, ular yuridik shaxs hisoblanmagan alohida bo'linmalar hisoblanadi. 
Filiallar va vakolatxonalar faoliyati uchun pul mablag'lari zarur. Bunday 
sharoitlarda ular banklarning xizmatlariga muhtoj bo'lishi mumkin. Shuning 
uchun amaldagi qonunchilik filiallar va vakolatxonalarning bank 
hisobvarag'larini (subschyot) ochish imkoniyatini nazarda tutadi.
Kim mazkur hollarda bank hisobvarag'i tarafi bo'ladi? - degan 
tabiiy savol tug'iladi. Biz aytganimizdek, filiallar va vakolatxonalar yuridik 
shaxslar hisoblanmaydi. Ularning rahbarlari fuqarolar va boshqa yuridik 
shaxslar bilan turli huquqiy munosabatlarga kirib, ishonchnoma asosida 
o'z nomidan emas, balki filial yoki vakolatxona tashkil qilgan yuridik 
shaxs nomidan ish ko'radi. Shuning uchun tegishli yuridik shaxslar filiallar 
va vakolatxonalarga yordam chi hisobvaraq ochishga asos bo'lgan 
shartnomalarning taraflari bo'ladi.
Yuqorida ta ’ kidlaganim izdek, jism oniy shaxslar ham bank 
hisobvarag'i shartnomasi taraflari bo'lishi mumkin. Lekin bank amaliyoti 
shundayki, bank hisobvarag'i shartnomasi faqat tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug'ullanadigan jismoniy shaxslar bilan tuziladi. Jismoniy shaxs 
davlat ro'yxatidan o'tganidan so'ng xususiy tadbirkor maqomiga ega 
bo'ladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmaydigan jismoniy shaxslar 
bank omonati shartnomasini tuzib bank mijozi bo'lishi mumkin.


Bank hisobvarag‘i shartnomasining o'ziga xosligi shundaki, na bank, 
na yuridik shaxs — mijoz uni tuzishdan bosh tortishga haqli emas. Mazkur 
holda mijozning majburiyati yuridik shaxslarning hisob-kitoblarni naqd 
pulsiz tartibda amalga oshirish to‘g ‘risidagi qoidalardan kelib chiqadi. 
Bankning shartnoma tuzish majburiyati uning qonunda ko'zda tutilgan 
subyektiv xususiyatlaridan kelib chiqadi (FK, 775-modda, 3-qism). Mana 
shuning uchun E. A. Suxanov fikricha, bu shartnoma “o'z mohiyatiga 
ko'ra ommaviy shartnoma” deb qaraladil.
Shartnoma qismlari. 
Shartnoma tomonlari - bank (shu jumladan, 
litsenziyaga ega bo'lgan kredit muassasasi) va mijoz (hisobvaraq egasi)dir. 
Bu shartnomada xizmat ko'rsatuvchi bo'lib hamma vaqt bank yoki bunday 
turdagi harakatlar (bitimlar)ni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega 
bo'lgan kredit muassasasi bo'ladi. Mijoz sifatida har qanday yuridik va 
jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.
Shartnoma predmeti 
- shartnoma bilan kelishilgan operatsiyalami 
amalga oshirish uchun mijozning bankdagi hisobvarag'ida mavjud bo'lgan 
pul mablagiaridir. Bank o'z mijozlarining ko'pincha naqd pulsiz shaklda, 
hisobvaraqdagi yozuv shaklida mavjud bo'lgan pul mablag'larini tom 
m a ’ noda ay tg an d a, saqlam aydi. S huningdek, bank om onati 
shartnomasidagi kabi, bank bilan mijoz o'rtasida oddiy huquqiy 
munosabatlar emas, balki majburiyatli-huquqiy munosabatlar tarkib 
topadi.
Mijozning huquqiy maqomi va uning hisobvarag'iga kiritilgan pul 
mablag'lari bilan amalga oshirilgan operatsiyalar doirasiga qarab, 
hisobvaraqlarning turlari mavjud.
A sosiy hisobvaraq h isob-kitob hisobvarag'i bo'lib, u tijorat 
tashkilotlariga to'lovlarni to'lash, kreditlar olish, tushumlarni kiritish va 
bank hisobvarag'i shartnomasida ko'zda tutilgan boshqa operatsiyalarni 
amalga oshirish uchun ochiladi. Hisob-kitob varaqlari ko'pgina tijorat 
tashkilotlariga (fondlar, ko'ngilli birlashmalar, matlubot kooperatsiyalari 
nafaqat mulk egasi, balki boshqa manbalar hisobiga moliyalanadigan 
muayyan turdagi muassasalarga) ochiladi. Hisob-kitob varaqlari yuridik 
shaxs ariza-iltimosnomasi bilan uning filiali va vakolatxonasiga ham 
ochilishi mumkin.
J o riy h iso b v a ra q la r a yrim m uassasa, filial, v a k ola txon a , 
bo'linmalarga hamda tijorat tashkiloti bo'lmagan yuridik shaxslarning 
alohida bo'linmalariga ochiladi. Joriy hisobvaraqlar faqat cheklangan 
hisob-kitob operatsiyalarini, asosan, mehnatga haq to'lash va ma’muriy 
xo'jalik xarajatlari bilan bog'liq operatsiyalarni amalga oshirishga imkon


beradi. Budjet hisobvaraqlari budjet mablagiarini tasarruf etish huquqi 
berilgan subyektlarga (kreditlarni tasarruf etuvchilar - hukumat 
idoralari, ma’muriyatga) ochiladi. Vakillik (korrespondentlik) hisobvarag'i
— bank hisobvarag'i shartnomasi turlaridan biridir. Ushbu shartnomaning 
o'ziga xos xususiyati uning subyekt tarkibiga bog'liq - bu shartnomada 
faqat bank muassasalari tomonlar bo'la oladi (FK, 789-modda). Vakillik 
hisobvaraqlari korrespondent hisobvaraqlaming bir turidir. Korrespondent 
hisobvaraqlarni rasmiylashtirish vaqtida bank hisobvaraq egasini, unda 
mablagiar mavjud bo'lmagan yoki yetarlicha bo'lmagan holda, kreditlash 
majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
Bank hisobvarag'i shartnomasining shakli - oddiy yozma shaklda 
bo'ladi. U shartnoma tuzish va hisobvaraq ochish jarayoni bilan bog'liq.
Hisobvaraq ochish uchun mijoz bankka quyidagi hujjatlarni taqdim 
etishi shart: a) hisobvaraq ochish to'g'risida ariza; b) yuridik shaxs tuzish 
to'g'risidagi qaror loyihasi (ta’sis shartnomasi); v) mijoz rahbari va bosh 
buxgalterining imzo namunalari qo'yilib, muhr izi tushirilgan varaqcha. 
Bank amaliyotida bunday shaxslami identifikatsiyalashning yangi vositalari 
yaratilgan bo'lib, shartnomada elektron toiov vositalari, kodlar, parollar 
va hisobvaraqda turgan pul m ablagiarini tasarruf etish huquqini 
tasdiqlaydigan boshqa axborot tashuvchi vositalardan foydalanish ko'zda 
tutilgan bo'lishi mumkin (FK, 776-modda).
Qonunchilikda yuridik shaxsga hisobvaraq ochish uchun majburiy 
bo'lgan boshqa hujjatlar belgilangan. Mijoz tomonidan hisobvaraq ochish 
to'g'risida ariza berish oferta (shartnoma tuzish uchun taklif) bo'lib, 
bank rahbarining bunga ruxsat berish to'g'risidagi yozuvi aksept 
(shartnoma tuzishga rozilik) dir.
Bank hisobvaraqni ochishni rad etishga haqli emas, ana shunday rad 
etishga bankda bank xizmati ko'rsatishga qabul qilish imkoniyati yo'qligi 
sabab bo'lgan hollar bundan mustasno (775-modda 4-qism). Bankka 
hisobvaraq ochish uchun zarur bo'lgan hujjatlar to'plami (paketi)ni taqdim 
etgan va asossiz rad javobi olgan har qanday shaxs FKning 377-moddasi 
6-qismida belgilangan tartibda uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf 
uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan sudga murojaat qilishga 
hakli. Bundan tashqari, mijoz bankdan shartnoma tuzishdan asossiz 
ravishda bosh tortib, unga yetkazilgan zarar o'mini qoplashni talab qilishga 
hakli.
Bank hisobvarag'i shartnomasini tuzish amaliyotda ikki usulda: 
(bankning standart blankasida) yagona hujjat tuzish va uni imzolash; 
yoki mijoz tomonidan ariza berilib, unga bank rahbarining ruxsat imzosini


qo'yish yo'li bilan amalga oshiriladi. Shartnoma tuzish tegishli hisobvaraq 
ochishni taqozo etadi.
Bank hisobvarag'i shartnomasini bekor qilish nafaqat umumiy 
qoidalarga asosan, balki bir tomonlama ham amalga oshiriladi. Bank 
hisobvarag'i shartnomasi mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda 
bekor qilinishi mumkin. Bankning talabiga ko'ra, bank hisobvarag'i 
shartnomasi qonunda belgilangan quyidagi ikki muayyan holda sud 
tomonidan bekor qilinishi mumkin:
a) mijozning hisobvarag'ida saqlanayotgan pul mablag'lari summasi 
bank qoidalarida yoki shartnomada ko'zda tutilgan eng kam miqdordan 
oz bo'lsa, agar bunday summa bank bu haqda ogohlantirgan kundan 
boshlab bir oyda tiklanmasa;
b) agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan bo'lmasa, 
ushbu hisobvaraq bo'yicha bir yil davomida operatsiyalar qilinmagan 
bo'lsa. Hisobvaraqdagi pul mablag'larining qoldig'i mijozning tegishli yozma 
arizasi olinganidan keyin kechi bilan yetti kun ichida mijozga beriladi 
yoki uning ko'rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa o'tkaziladi. Bank 
hisobvarag'i shartnomasi yuridik shaxs qayta tashkil etilganida 
o'zgartiriladi, bunda hisobvaraq qayta rasmiylashtiriladi. Bank hisobvarag'i 
shartnomasi yuridik 
shaxs tugatilgan yoki mijoz - fuqaro vafot etgan 
taqdirda tugatiladi. Shartnomani bekor qilish yoki to'xtatish mijoz 
hisobvarag'ini yopish bilan tugallanadi.
Bank hisobvarag'i shartnomasi mazmunini bank bilan mijozning 
huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Bankning asosiy majburiyatlari 
quyidagilardan iborat: a) mijoz uchun bank qonunda, qonunga muvofiq 
belgilab qo'yilgan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo'llanadigan 
ish muomalasi odatlarida ushbu turdagi hisobvaraqlar uchun belgilab 
qo'yilgan operatsiyalarni amalga oshirish shart (FK, 777-modda) 
b) 
bank sirini saqlashi shart. Bank mijozning topshirig'i bo'yicha mijozga 
tushgan pul mablag'larini qabul qiladi va hisobvaraqqa kiritadi, mijozning 
mablag'larini hisobvaraqdan o'tkazish, naqd pullarni hisobvaraqdan berish 
to'g'risidagi farmoyishlarini bajaradi, hisobvaraqni kreditlaydi va boshqa 
harakatlarni bajaradi. Bank mijoz pul mablag'laridan foydalanish yo'llarini 
nazorat etish va mijozning o'z ixtiyoriga ko'ra pul mablag'larini tasarruf 
etish huquqini qonunda yoki shartnomada ko'zda tutilmagan ravishda 
cheklashga haqli emas. Mijoz bankka hisob-kitoblarni amalga oshirish, 
pul mablag'larini depozitga o'tkazish, hisobvaraqdan chiqarish to'g'risida 
ko'rsatma beradi. Mijoz hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalar belgilangan 
muddatlarda amalga oshiriladi (FK, 778-modda).


Bank tegishli to‘lov hujjati bankka tushgan kunning ertasidan 
kechiktirmasdan tushgan pul mablag'larini hisobvaraqqa kiritib qo'yishi 
shart. Yanada qisqaroq muddatlar mijoz bilan tuzilgan shartnomada 
ko‘zda tutilishi toiov hujjati bilan belgilangan bo‘lishi mumkin. Tegishli 
hisob-kitob hujjati kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan bank 
mablag'larini hisobdan chiqarish yoki hisob-kitob hujjatlarini boshqa 
bankka jo‘natish yo'li bilan mijozning topshirig'ini bajara boshlashi kerak. 
Mijozning hisobvaraqdan mablag'larni berish to'g'risidagi farmoyishlari 
ham xuddi shunday m uddatlarda bajarilishi kerak. Agar mijoz 
hisobvaraqda mablag'lar mavjud bo'lmasa, bank uning topshirig'ini 
bajarmasligi lozim. Ammo bank hisobvarag'i shartnomasida mijoz 
hisobvarag'ida pul mablag'lari yo'q bo'lgan taqdirda ham toiovlarni 
amalga oshirish ko'zda tutilgan bo'lishi mumkin. Bu holda bank mijozga 
kredit beryapti deb hisoblanadi. Kreditlashning bu turi overdraft deb 
ataladi, u bank tomonidan mijoz hisobvarag'idagi mablag'larning salbiy 
qoldig'i tarzida hisobga olinadi. Bunday kreditlashga u to'g'ridagi shart 
bank hisobvarag'i shartnomasiga kiritilgan taqdirdagina yo'l qo'yiladi. 
Bu turdagi kreditning berilishi mijozning hisobvarag'ida mablag'lar yo'qligi 
yoki yetarli emasligida hisob-kitoblar hujjatlarini zudlik bilan to'lash 
yo'li bilan amalga oshiriladi. Overdraft bo'yicha kreditlash munosabatlariga 
nisbatan, agar bank hisobvarag'i shartnomasida boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo'lmasa, qarz va kredit to'g'risidagi qoidalar qo'llaniladi 
(O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 779-moddasi ikkinchi 
qismi). Mijoz hisobvarag'iga kiritilgan pul mablag'larini hisob-kitoblar 
hujjatlari orqali tasarruf etadi. Bu hujjatlar yuridik shaxs rahbari va 
bosh buxgalteri tomonidan imzolanishi kerak.
Agar hisob-kitoblar hujjati vakolatli shaxs tomonidan imzolanmagan 
yoki vakolatli shaxs tomonidan imzolangan b o ‘ lsa-da, ammo bank 
kartochkasida uning imzosi bo'lmagan taqdirda bank hujjatni ijro uchun 
qabul qilmaydi.
Bank hisobvarag'i shartnom asida hisobvaraqda turgan pul 
mablag'larini tasarruf etish huquqini elektron to'lov vositalaridan hamda 
ularda mijozning o'z imzosi, kodlari, parollari va farmoyish tegishli 
vakolati bo'lgan shaxs tomonidan berilganligini tasdiqlaydigan boshqa 
vositalarning o'xshatmalaridan foydalangan boshqa hujjatlar bilan 
tasdiqlash nazarda tutilgan bo'lishi mumkin (O'zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksining 776-moddasi uchinchi qismi).
Amaliyotda shu maqsadda ko'pincha elektron raqamli imzodan 
foydalaniladi. U hujjatning haqiqiyligi, yaxlitligi va uning muallifini to'g'ri


aniqlashga imkon beradi. Bundan tashqari, bu vakolatli shaxsning haqiqiy 
imzosining nusxasidir. Aynan shu maqsadda personal raqamning 
identifikatoridan ham foydalanish mumkin. U kredit va debet 
kartochkalari (kredit kartochkalari) orqali hisob-kitoblar qilganda 
qo'llaniladi. Kredit kartochkasi — bank yoki boshqa maxsus kredit 
muassasasi tomonidan (debet yoki kredit) plastik kartochkasi tarzida 
beriladigan, egasi nomi yozilgan to io v hisob-kitob hujjatidir. Kredit 
kartochkasi tegishli bank muassasasida uning egasi joriy hisobvaragi 
borligini tasdiqlaydi va mijozga muayyan joylarda tovar va xizmatlar 
haqini toiash, shuningdek bankomatlardan naqd pul olish imkonini 
beradi. Mijoz kredit kartochkasi bilan hisob-kitob qilganda bank tomonidan 
berilgan kredit (kredit liniyasi) hisobiga o'z hisobvarag'idagi mablagiardan 
oshiq foydalanishi mumkin Mijoz debet kartochkasidan foydalanilganida 
bunday imkoniyat boimaydi.
Mijozning bank oldidagi qarzi vujudga keladi va bu holda bank 
bilan mijoz o'rtasidagi munosabatlarga qarz va kredit to'g'risidagi qoidalar 
qoilanadi (FK, 779-modda).
Bank bank hisobvarag'i va bank omonati, hisobvaraq bo'yicha 
operatsiyalar hamda mijoz haqidagi m aium otlar sir saqlanishini 
kafolatlaydi. Bank sirini tashkil etuvchi maiumotlar faqat mijozlarning 
o'zlariga yoki ularning vakillariga berilishi mumkin (FK, 786-modda). 
Maiumotlar faqat sud va xo'jalik sudlariga (sudyalarga), davlat soliq 
xizmati idoralariga, bojxona idoralariga va surishtiruv, tergov organlariga 
prokurorning roziligi bilan berilishi mumkin. Mijoz-fuqaro hisobvarag'idan 
maiumotlar u vafot etgan taqdirda merosxo'rlariga, shuningdek notarius 
va konsulxona muassasalariga beriladi. Bank sirini tashkil etuvchi 
maiumotlar bank tomonidan oshkor qilingan taqdirda huquqlari buzilgan 
mijoz keltirilgan zararning o'rnini qoplashni bankdan talab qilishga haqli 
(FK, 786-modda, 1 qism). Xuddi shunday javobgarlik bank sirini oshkor 
qilgan bank xodimlari zimmasiga ham yuklatiladi (FK, 98-modda).
Mijoz hisobvaraq bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida 
bank qoidalariga rioya qilishi va (agar bank hisobvarag'i shartnomasida 
ko'zda tutilgan boisa) hisobvaraq bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish 
bo'yicha bank xarajatlarini toiashi lozim. Faqat mijozning farmoyishiga 
asosan bank pul m ablagiarini hisobvaraqdan o'chiradi (qonunda, 
shartnomada ko'zda tutilgan va qarori bilan amalga oshirilgan hollar 
bundan mustasno). Agar mijozning hisobvarag'idan mablagiarni o'chirish 
qonunga asosan amalga oshirilayotgan boisa, uni so'zsiz (nizosiz) hisob­
varaqdan akseptsiz o'chirish deb atash qabul qilingan. Mablagiarni mijoz


— to‘lovchi hisobvarag'idan o‘chirish navbati muhim hisoblanadi. FK 
ning 784-moddasi imperativ qoidalariga muvofiq, hisobvaraqda unga 
qo'yilgan hamma talablami qanoatlantirish uchun yetarli miqdorda pul 
mablag'lari bo'lsa, bu mablag'larni hisobvaraqdan o'chirish mijozning 
farmoyishlari va o'chirish uchun boshqa hujjatlar tushgan tartibda 
(kalendar navbatda), agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo'lmasa, amalga oshiriladi.
Hisobvaraqdagi pul mablag'lari unga qo'yilgan barcha talablarni 
qondirish uchun yetarli bo'lmagan taqdirda, pul mablag'lari quyidagi 
majburiy navbatda o'chiriladi: birinchi navbatda budjetga va budjetdan 
tashqari fondlarga to'lovlarni nazarda tutuvchi to'lov hujjatlari bo'yicha, 
mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablarni, 
alimentlar undirish to'g'risidagi, mualliflik shartnomalari bo'yicha haq 
to'lash, shuningdek hayotga va salomatlikka yetkazilgan zararning o'rnini 
qoplash to'g'risidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul 
o'tkazishni yoki pul berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo'yicha 
pul o'chiriladi. Keyin boshqa pul talablarini qondirishni nazarda tutuvchi 
ijro hujjatlari bo'yicha pul o'chiriladi va nihoyat, boshqa to'lov hujjatlari 
bo'yicha kalendar navbat tartibida pul o'chiriladi (FK, 784-modda). Sanab 
o'tilgan har bir navbatda kalendar tartib amal qiladi.
H isobvaraq b o 'y ic h a op era tsiy a la r o 'z va qtid a am alga 
oshirilmaganligi va pul mablag'lari asossiz o'chirilganligi uchun bank 
mijoz oldida javobgar bo'ladi. Bank mijozga kelgan pul mablag'larining 
hisobvaraqqa o'z vaqtida kiritib qo'ym agani yoki hisobvaraqdan 
mablag'lar asossiz ravishda o'chirgani, shuningdek hisobvaraqdan 
mablag'larni o'z vaqtida bermaganligi va mijozning hisobvaraqdan 
mablag'larni o'tkazish haqidagi farmoyishlarini o'z vaqtida bajarmaganligi 
uchun javobgar bo'ladi (FK, 
785-modda). 
Noqonuniy ravishda 
foydalanilgan summa uchun javobgarlik ushbu FK ning 327-moddasida 
belgilangan bank hisob stavkasiga asosan belgilangan tartib va miqdorda 
foizlar to'lashdan iborat. Bu moddaning uchinchi qismida bank o'z vaqtida 
kiritilmagan yoki asossiz o'chirilgan summaga foizlar to'lash va zararning 
o'rnini qoplashi ham shart. Bank hisobvarag'i shartnomasida tomonlar 
boshqa majburiyatlarning buzilganligi (mijoz hisobvarag'i bo'yicha kredit 
bermagani, bank xizmati ko'rsatishdan bosh tortgani) uchun ham jazo 
choralarini qo'llash huquqiga egadirlar.
Aytib o'tilganlarga yana qo'shimcha qilib shuni ta’kidlash kerakki, 
bank hisobvarag'iga kiritilgan pul mablag'larini tasarruf etish huquqi 
mijozga tegishli. Ammo qonun (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik


Kodeksining 787-moddasi) mijozning bunday huquqini cheklash imkonini 
nazarda tutadi. Bunday cheklash mijozning hisobvaraqda turgan pul 
mablag'larini xatlash yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda hisobvaraq 
bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yish shakllarida ifoda etiladi.
H isobvaraqn i xatlash h isob varaq b o 'y ic h a h is o b -k ito b la r 
operatsiyalarini vaqtincha to'xtatib qo'yishdir. Bunday hollarda bank 
hisobvarag'i shartnomasi bekor qilinmaydi. Pul mablag'larining hammasi 
yoki ularning bir qismi xatlanishi mumkin.
Hisobvaraq bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yishning hisobvaraqni 
xatlash bilan o'xshash tomonlari bor. Ularning farqi shundan iboratki, 
hisobvaraq bo'yich a operatsiyalar to'xtatib qo'yilganida qarorda 
operatsiyalar to'xtatib qo'yilgan summa ko'rsatilmaydi, lekin hisobvaraq 
bo'yicha qanday hisob-kitoblar operatsiyalariga to'xtatib qo'yish tatbiq 
etilayotgani ko'rsatilishi mumkin. Hisobvaraqni xatlash va hisobvaraq 
bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yish qonunchilikda belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi.
Bank siri huquqiy rejimi bank mijozlarining o'z hisobvaraqlari va 
omonatlari to'g'risidagi axborot oshkor qilinmasligidan manfaatdorligi 
va tadbirkorlik faoliyati shaffofligini ta’minlash zarurligi o'rtasidagi murosa 
hisoblanadi. Bank sirini tartibga solishning bir qancha xususiyatlarini 
ajratish lozim.
Bank sirini hu qu qiy tartibga solish masalalari O 'zbekiston 
Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi “Bank siri to'g‘risida”gi Qonuni 
bilan tartibga solinadi.
Bank tomonidan himoya qilinadigan quyidagi ma’lumotlar bank 
siri hisoblanadi:
1. O'z mijozlari (korrespondentlari)ning operatsiyalari, hisobvaraqlari 
va omonatlari to'g'risidagi ma’lumotlar;
2. Bank xizmatlari ko'rsatilishi bilan bog'liq holda o'z mijozi 
(korrespondenti) to'g'risida olingan ma’lumotlar;
3. M ijoz (k orresp on d en t)n in g bank seyflari va xonalarida 
saqlanayotgan mol-mulki mavjudligi, xususiyati va qiymati to'g'risidagi 
ma’lumotlar;
4. Mijoz (korrespondent) topshirig'i bilan yoki uning foydasiga amalga 
oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlar to'g'risidagi ma’lumotlar;
5. Bank siri hisoblangan ma’lumotlar banklar o'rtasida muomala 
qilish borasida oshkor bo'lgan va boshqa bank mijozi (korrespondenti) 
to'g'risidagi ma’lumotlar;
6. To'planadigan pensiya tizimi ishtirokchilari, pensiya badallari


summalarining miqdori va harakatlanishi, fuqarolarning individual 
to'planadigan pensiya hisobvaraqlaridagi m a bla g iar to ‘g ‘risidagi 
ma’lumotlar.
Bank siri hisoblangan maiumotlar ishonib topshirilgan yoki xizmat 
vazifalarini bajarish bilan bogiiq holda o'zlariga m aium boigan yoxud 
qonunda belgilangan tartibda taqdim qilingan shaxslar tomonidan 
maiumotlarni sir saqlash tartibini buzish oqibatida ommaviy axborot 
vositalari orqali tarqatish yoki og‘zaki yo yozma shaklda yoxud boshqa 
usulda xabar qilish, uchinchi shaxslarga yetkazish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki 
bilvosita uchinchi shaxslarga bunday maiumotlar olish imkoniyatini 
yaratish bank sirini oshkor qilish hisoblanadi.
Bank tomonidan bank siri hisoblangan maiumotlarni qonunda nazarda 
tutilgan hollarda uchinchi shaxslarga, shuningdek bankka yuridik, 
buxgalteriya, auditorlik, axborot va maslahat xizmatlari ko'rsatayotgan 
shaxslarga xabar qilish yoki taqdim etish, basharti bu mazkur xizmat 
ko'rsatilishi uchun zarur boisa, bank sirini oshkor qilish deb hisoblanmaydi.
Bank, uning mijozi (korespondenti) va O'zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankidan tashqari boshqa shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni bank 
siri hisoblangan m aiu m otlarn i prokuratura, tergov, surishtiruv 
organlariga, sudga, sud ijrochisiga, davlat soliq xizmatiga taqdim qilishni 
tartibga soladi.
Bank siri hisoblangan maiumotlar ishonib topshirilgan yoki xizmat 
vazifalarini bajarish bilan bog'liq holda o'zlariga m aium bo'lgan shaxslar 
tomonidan maiumotlar noqonuniy ravishda oshkor qilinganligi yoki 
ulardan foydalanilganligi oqibatida bank mijoziga (korrespondentiga) zarar 
yetkazilganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boiadi6.


45-bob. HISOB-KITOBLAR
l-§. hisob-kitobga oid huquqiy munosabatlar 
tushunchasi, mazmuni
Hisob-kitoblar deb shartnomadan yoki boshqa huquqiy asoslardan 
kelib chiqqan pul majburiyatini to‘lashga qaratilgan harakatga aytiladi. 
Bunday pul majburiyatini shartnomaga (masalan, mahsulot yetkazib 
berish shartnomasi) binoan biror narsa sotib olgan yoki biron-bir narsani 
buyurtma qilgan yoxud mulkni ijaraga olgan shaxs bajaradi. Pul 
majburiyatlari nima? Bu shunday huquqiy munosabatlarga aytiladiki, 
bunga asosan bir taraf qarzdor, boshqa bir taraf - kreditor foydasiga 
ma’lum pul summasini to'lashga majbur bo‘ladi, kreditor esa qarzdorlardan 
mazkur majburiyatning ijro etilishni talab qilishga haqli bo'ladi'.
H isob-kitobga oid huquqiy munosabatlar - bu shunday pul 
majburiyatlari bilan bog‘liq bo'lib, bunda bir tomon «haq to'lovchi» 
m a’ lum m iqdordagi summani olingan mahsulot, bajarilgan ish, 
ko'rsatilgan xizmat va boshqalar evaziga ikkinchi tomonga «haq 
to'lovchi»ga to'lash majburiyatini oladi. Hisob-kitob munosabatlarining 
maqsadi tegishli rasmiylashtirish yo'li bilan pulni qarzdor qo'lidan kreditor 
qo'liga o'tkazishdir. Hisob-kitob majburiyatlari ko'p jihatdan xilma-xil 
shartnomalar bilan bog'liqdir. Chunki hisob-kitob majburiyatlari olingan 
m ahsulot, bajarilgan ish, ko'rsatilgan xizmat b o'yich a tuzilgan 
shartnomalar yuzasidan xo'jalik va tashkilotlar o'rtasida vujudga keladi.
Taraflar o'rtasida hisob-kitoblami amalga oshirishi fuqarolik-huquqiy 
munosabat bo'lganligi sababli tomonlarning xohish irodasi bilan belgilanadi. 
Biroq davlat iqtisodiy noxush jarayonlaming oldini olish, pul operatsiyalari 
ustidan samarali nazoratni amalga oshirish, fuqarolik muomalasi 
qatnashchilari tomonidan huquqlar suiiste’mol qilinishga yo'l qo'ymaslik 
maqsadida hisob-kitoblarning amalga oshirilishining muayyan huquqiy 
rejimini belgilab qo'yadi. Zeroki, pul muomalasi olingan mahsulot (tovar), 
bajarilgan ish, ko'rsatilgan xizmat uchun o'zaro iqtisodiy aloqaga kirishgan 
taraflarning o'zaro hisob-kitob qilishlari natijasidir va fuqarolik 
muomalasining zaruriy sharti sanaladi.
Hisob-kitoblar:
a) 
naqd pulsiz, ya’ni unga ko'ra hisob-kitob faqat kredit tashkilotlari 
orqali amalga oshiriladi;

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish