Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


^аранг: Российская банковская энциклопедия. /Гл.ред.О.И.Лаврушин.-М



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 ^аранг: Российская банковская энциклопедия. /Гл.ред.О.И.Лаврушин.-М : 
1995.-447


agentining nafaqat buxgalteriya xizmati hamda mijoz yetkazgan 
mahsulotlar va ko'rsatgan xizmatlar uchun hisob varaqlar to'lovi ustidan 
nazorat qilishdan emas, balki mijoz kontragentlaridan debitorlik qarzlarini 
bevosita undirish huquqidan albatta iborat talabnomadan voz kechish 
evaziga ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Bank moliyalashtirganida mijoz talabnomasidan voz kechmagan 
taqdirda bunday munosabatlar boshqacha tasniflanadi (masalan, qarz 
shartnomasi).
Bank mijozga u talabnoma huquqidan voz kechishi evaziga ko'rsatgan 
moliya xizmatlari xususiyati va turini taraflar o‘ z xohishiga ko'ra 
belgilashga haqli.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasi mazmuni tomonlaming huquq va majburiyatlaridan 
iborat. Moliya agenti (“faktor”)ning asosiy majburiyatlari quyidagilardir:
a) shartnoma bahosi bo'lgan pul mablag'larini mijozga berish; b) 
shartnomada ko'zda tutilgan alohida hollarda mijoz operatsiyalarining 
buxgalterlik hisobini yuritish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni mijozdan 
qabul qilish; v) mijozga voz kechish predmeti bo'lgan pul talabnomalari 
bilan bog'liq boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatish.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasi bo'yicha qo'shimcha moliyaviy xizmatlar ko'rsatish 
tomonlar o'rtasidagi munosabatlar kredit berish evaziga talabnomadan 
bir marta voz kechishdan iborat bo'lib qolmaydigan hollarda maqsadga 
m u vofiqdir. Tom onlar shartnom ada m oliya agen tin in g boshqa 
majburiyatlarini ham ko'zda tutishlari mumkin.
Mijozning asosiy majburiyati shartnoma predmeti bo'lgan pul 
talabnomasidan moliya agenti (“faktor”) foydasiga voz kechishdan iboratdir. 
Mijoz boshqa shaxs foydasiga voz kechish predm eti bo'lgan pul 
talabnomasining haqiqiyligi uchun moliya agenti oldida javobgar bo'ladi 
(FKning 752-moddasi 1-qismi). Berilayotgan talabnomaning haqiqiyligi ikkita 
shartga bog'liq: a) mijoz talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish 
paytida pul talabnomasini berish huquqiga ega bo'lishi kerak; b) huquqni 
mijozga berish vaqtida qarzdor bu huquqni bajarmaslikka haqli bo'ladigan 
vaziyatlar unga ma’lum bo'lmasligi kerak (FKning 752-moddasi, 2-qismi). 
Moliya agenti o'z foydasiga voz kechish predmeti bo'lgan talabnomani 
ijroga taqdim etganda qarzdor bu talabnomani bajarmaganligi yoki lozim 
darajada bajarmaganligi uchun mijoz javobgar bo'lmaydi. Uning vazifasi 
haqiqiy talabnomani berishdan iborat. Agar shartnomada boshqacha tartib 
belgilangan bo'lmasa, talabnomaning bajarilishi uchun mijoz kafolat


bermaydi. Ko'rinib turibdiki, mijozning moliya agenti oldidagi javobgarligi 
talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditorning 
javobgarligiga o'xshash tartibda belgilangan (FK, 321-modda).
Mijozdan pul talabnomasini olgan moliya agenti uning tezroq 
qondirilishidan manfaatdordir, u qarzdorga muddatni cho'zish va boshqa 
imtiyozlar berilishiga rozi bo'lmasligi mumkin. Qarzdor esa, o‘z kreditori, 
mol yetkazib berish shartnomasi bo'yicha uzoq vaqt o'zaro aloqada bo'lgan 
mol yetkazib beruvchisini notanish bo'lgan moliya agentiga almashtirishdan 
manfaatdor emas. Shu tufayli qarzdorlar (mol yetkazib berish shartnomasi 
bo'yicha xaridorlar) shartnomadan kelib chiqadigan biror huquqni har 
qanday tomonga o'tkazishni taqiqlash to'g'risidagi shartni kiritishni talab 
qiladilar. Fuqarolik Kodeksi pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga 
voz kechishni taqiqlashni haqiqiy emas deb e’lon qiladi (FKning 753- 
moddasi, 1-qismi). Mijoz bilan uning qarzdori o'rtasidagi talabnomadan 
boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash yoki cheklash haqida 
kelishuv bo'lgan taqdirda ham pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga 
voz kechish haqiqiy hisoblanadi. Qarzdor uning dastlabki kreditoriga 
(mijozga) shartnoma bilan belgilangan pul talabnomasidan boshqa shaxs 
foydasiga voz kechishni tasqiqlash yoki cheklash buzilganligi uchun 
javobgarlik choralarini qo'llash huquqiga ega emas. Bunday hollarda 
mijozning o'z qarzdori (kontragenti) oldida mulkni berish, ish bajarish 
yoki xizmat ko'rsatish bo'yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish 
bo'yicha majburiyatlari saqlanib qoladi. Mijoz, shuningdek, shartnoma 
shartlariga zid ravishda kre-ditorni almashtirishi natijasida qarzdorga 
yetkazilgan zarar o'rnini qoplashi shart.
Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, 
moliya agentining pul talabnomasidan o'z navbatida boshqa shaxs foydasiga 
voz kechishiga yo'l qo'yilmaydi (FK, 754-modda). Agar shartnomada pul 
talabnomasidan, o'z navbatida, boshqa shaxs foydasiga voz kechishga 
yo'l qo'yilgan hollarda unga nisbatan pul talabnomasi (faktoring)dan boshqa 
shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi to'g'risidagi 
qoidalari tegishli suratda qo'llaniladi. Yangi moliya agenti ham tegishli 
litsenziyaga ega bo'lishi kerak. Bu holda pul talabnomasidan o'z navbatida 
boshqa shaxs foydasiga voz kechayotgan moliyaviy agent - mijoz, uning 
mijozi esa - qarzdor bo'ladi. E. A. Suxanovning ta’kidlashicha, bu -
“qarzlarni sotib olish” va “qarz majburiyatlari bozori”ni yaratish bo'yicha 
faoliyatni cheklaydi. Masalan, ayrim tijorat tashkilotlari omonatchilaming 
to'lovga noqobil banklar va boshqa kredit tashkilotlariga bo'lgan


talabnomalarini sotib olib, bu faoliyatni rivojlantirishga urinmoqdalar.
FKning 755-moddasiga muvofiq, qarzdor mijozdan yoki moliya 
agentidan pul talabnomasi belgilangan, shuningdek, to‘ lov amalga 
oshirilishi kerak bo'lgan moliya agenti ko'rsatilgan taqdirda, qarzdor 
to'lovni moliya agentiga amalga oshirishi shart. Bildirishnomada berilgan 
talabnomaning aniq mazmuni, to'lov amalga oshirilishi lozim bo'lgan 
moliya agentining nomi ko'rsatilishi lozim.
Agar yozma bildirishnoma, zarur bo'lgan hollarda esa, qo'shimcha 
dalillar qarzdorga berilmagan bo'lsa, u to'lovni mijozning o'ziga (dastlabki 
kreditorga) to'lash huquqiga ega bo'ladi1.
F aktoring bankda m ahsulot y e tk a zu v ch id a n yok i uning 
debitorlaridan o'z filiallaridan birida hisob raqami ochish, shuningdek, 
mahsulot yetkazuvchining boshqa moliya institutlari oldida kredit 
majburiyatlari mavjudligi darajasini o'rganish zarurati yo'qligi bilan 
tasniflanadi.
Ushbu xususiyatlar bank uchun qulay va qo'shim cha katta 
tavakkalchilikka olib kelmaydi, chunki faktoring shartnomasiga binoan 
mahsulot yetkazuvchiga faktoring xizmati ko'rsatilganida mahsulot 
oluvchilar bank debitorlariga aylanib qoladi.
FKning 756-moddasi 1-qismida moliya agentining mijozdan talabni 
“sotib olish” i to'g'risida gapiriladi. Sotib olish vaqtida mijoz pul 
talabnomasidan moliya agenti foydasiga kelishilgan summa evaziga voz 
kechadi. Moliya agenti, qarzdoming to'lovi moliya agenti mijozga to'lagan 
puldan ortiq miqdorda bo'lgan taqdirda ham qarzdor talabni bajarish 
uchun to'laydigan hamma summani olish huquqini qo'lga kiritadi. Moliya 
agenti qarzdorning to'lovi uning voz kechilgan talabnoma xarajatlarini 
qoplay olmasligi mumkin bo'lganligi uchun tavakkal qiladi. Agar u tavakkal 
qilishni istamasa, boshqa turdagi shartnoma tuziladi. Mijoz qarzdor o'z 
majburiyatlarini to'liq bajarmasligi va qarzning qolgan qismini moliya 
agentiga to'lash majburiyatini o'z zimmasiga olib, tavakkal qiladi. Bunday 
holda moliya agenti belgilagan mukofot pulini chiqarib tashlab, qarzdor 
to'lagan summa bilan mijozdan olingan summa o'rtasidagi farqni mijozga 
qaytarishi shart.
Mijoz qarzdor bilan tuzgan shartnoma bo'yicha o'z zimmasiga olgan 
mulkni berish (ish bajarish, xizmat ko'rsatish)ga doir majburiyatlarini 
buzgan taqdirda, qarzdor moliya agentiga o'tgan talabnoma bo'yicha 
to'langan summalarni, agar qarzdor moliya agentiga o'tgan talabnoma

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish