shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilm agan bo'lsa, bu yaxshilashlar
qiymatini to'lashni talab qilish huquqiga ega.
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilm agan bo'lsa,
ijaraga
oluvchi tomonidan ijaraga beruvchining roziligisiz amalga oshirilgan va
ijaraga berilgan mol-mulkdan ajratib olib bo'lmaydigan yaxshilashlarning
qiymati to'lanmaydi.
Ijaraga olingan m ol-m ulkdan am ortizatsiya ajratm alari hisobiga
amalga oshirilgan, mol-mulkdan ajratib olish mumkin bo'lgan va m um kin
bo'lmagan yaxshilashlar ijaraga beruvchining mulki bo'ladi.
Ijara shartnomasining yana bir m uhim xususiyati shundaki,
ijarachi
ijaraga olingan mulkni sotib olishi ham mumkin. Fuqarolik Kodeksining
556-moddasida belgilanishicha, mulk ijarasi shartnom asida ijaraga olingan
mol-mulk ijara shartnomasining m uddati tam om bo'lganidan keyin yoki
tam om bo'lmasdan oldin ijaraga oluvchi shartnom ada kelishilgan sotib
olish bahosining hammasini to'lagan taqdirda
uning mulkiga aylanishi
nazarda tutilishi mumkin.
“Ijara to'g'risida”gi qonunning 18-moddasida ham ijaraga olingan
m ulkni sotib olish to'g'risidagi qoida nazarda tutilgan ijarachi ijaraga
olingan mulkni ijaraga beruvchining roziligi bilan to'la yoki qism an sotib
olishi mumkin, y e r va boshqa tabiiy resu rslar bundan m ustasnodir.
Davlat mol-mulki O'zbekiston Respublikasi
qonunlariga muvofiq tarzda
sotib olinadi.
Agar ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish sharti shartnomada nazarda
tutilm agan bo'lsa, u taraflarning qo'shimcha kelishuvi bilan belgilanishi
mumkin, bunda taraflar mol-mulkdan foydalanganlik uchun ilgari to'langan
haqni xarid narxiga kiritish to'g'risida kelishishga haqlidirlar.
Qonunlarda ijaraga olingan mol-mulkni sotib olishni taqiqlash hollari
belgilab qo'yilishi m um kin (FKning 556-moddasi).
Mulkni sotib olish haqida shartnoma tuziladi. Sotib olish shartnomasida
sotib olinayotgan mol-mulkning tu ri va bahosi,
sotib olish shakllari va
manbalari, sotib olish tartibi va muddatlari, sotib olishda uchinchi shaxslarning,
jumladan, kreditorlam ing qatnashuvi, kafolatlar, sotib olinayotgan mol-
mulkning sifati va boshqa qoidalar belgilab qo'yilishi mumkin.
Sotib olish bilan bog'liq shartnom ani tomonlar
bajarmaganligi yoki
lozim darajada bajarmaganligi, shartnom ani bir tomonlama bekor qilganligi
u c h u n O 'zb ek isto n R espublikasi q o n u n la rid a va tuzilgan a n a sh u
shartnom ada belgilab qo'yilgan tarzda javobgar bo'ladilar.
Sotib olish shartnomasini tuzish va uni bajarish bilan bog'liq nizolar
tegishli sud tomonidan hal qilinadi.