yoki ish muomalasi odatlari boshqacha tartibni nazarda tutmagan bo'lsa
yuqoridagi muddatlarda, nazarda tutilgan bo'lsa ushbu shartlarga asosan
amalga oshirilishi kerak.
Shartnomada mahsulot yetkazib berish davrlarini belgilash bilan
bir qatorda tovarlarni yetkazib berish (o'n kunlik, sutkalik, soatlik va
hokazo) jadvali ham belgilanishi mumkin. Bunday jadvallami belgilanishi
juda muhim sababi ushbu shartnoma tovarlar oldi-sotdisini ta’minlovchi
asosiy xo'jalik shartnomasi bo'lgani tufayli uning qanchalik aniqlik bilan
tuzilsa, m a jb u riy a tla r aniq belgilansa
shartnom a yuzasidan
tushunmovchiliklar bo'lmasa tovarlarning savdo aylanmasi shunchalik
tez bo'ladi natijada barcha faqat foyda ko'radi.
Tovarlar shartnomada belgilangan muddatdan oldin yetkazib
berilishiga faqat sotib oluvchining roziligi bilangina yo'l qo'yiladi. Bunga
sabab mahsulot yetkazib berilganda uni saqlash, realizatsiya qilish tegishli
tayyorgarlikni va xarajatlami talab qiladi. Tovar muddatidan ilgari yetkazib
berilishi sotib oluvchiga turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Masalan, saqlash uchun joy i va imkoniyati bo'lm asligi mumkin.
Shuningdek yuqorida aytganimizdek sotib oluvchi rozi bo'lsa, ya’ni unga
tovarlarni muddatidan oldin yetkazib berilishi hech qanday muammolarni
yuzaga keltirmasa, balki aksincha juda xaridorgir tovar bo'lsa uni qabul
qilishga hech ikkilanmaydi. Muddatidan oldin yetkazib berilgan va sotib
oluvchi tomonidan qabul qilingan tovarlar keyingi davrda yetkazib
berilishi lozim bo'lgan tovarlar miqdoriga kiritiladi.
Shartnomada tovarlarni yetkazib berish
tartibini kelishib olinishi
juda muhim. Aksariyat hollarda bunday majburiyat mahsulot yetkazib
beruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tovarlarni yetkazib berish mahsulot
yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni shartnoma bo'yicha sotib oluvchiga
yoki shartnomada oluvchi sifatida ko'rsatilgan shaxsga jo'natish (topshirish)
yo'li bilan amalga oshiriladi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni oluvchilarga
jo'natish to'g'risida sotib oluvchining sotuvchiga ko'rsatmalar berish
huquqi (jo'natish raznaryadkasi) nazarda tutilgan hollarda, mahsulot
yetkazib beruvchi tovarlarni jo'natish raznaryadkasida ko'rsatilgan
oluvchilarga jo'natadi (topshiradi). Jo'natish raznaryadkasi — mahsulot
yetkazib beruvchiga yozma shaklda sotib oluvchi tomonidan belgilangan
shaxslarga topshirish uchun yetkazib berilishi kerak bo'lgan
tovarlarni
bir yo'la yoki belgilangan grafik asosida ortib yuborish (jo'natish)
yoki topshirish bo'yicha ko'rsatmasini mujassamlaydi. Bu esa o'z
navbatida, mahsulot yetkazib beruvchiga ham qulayliklarni keltirib
chiqaradi. Jumladan, mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni aniq,
o ‘z vaqtida yetkazib berishi belgilansa boshqa tomondan qulayligi
o ‘z ishini tartibli olib borishga asos bo'ladi. Bu esa, bir yo'la bir necha
mijoz buyurtmasini vaqt va transport xarajatlarini kamroq qilgan
holda yetkazib berilishiga olib keladi. Shuningdek, shartnoma shartlariga
rioya qilinishi ta’minlanadi va tovarni yetkazib berilganlik uchun
qo'shiladigan qiymat kamayishi hisobiga
tovarlar tannarxini ham
kamayishiga olib keladi.
Jo'natish raznaryadkasining mazmuni va muddati mahsulot yetkazib
berish shartnomasida belgilanadi. Ayrim hollarda jo'natish raznaryadkasini
yuborish muddati shartnomada nazarda tutilmasligi ham mumkin1. Bunga
sabab shartnoma konsensual harakterda bo'lganligi tufayli va shartnoma
harakteridan kelib chiqib sotib oluvchi ushbu muddatni aniq belgilashga
ikkilanishi mumkin. Bunday hollarda sotib oluvchi zimmasiga mahsulot
yetkazib beruvchini mahsulot yetkazib berish davri boshlanishidan kamida
30 kun oldin jo'natish raznaryadkasining aniq muddatlarni ma’lum qilishi,
ya’ni yuborishi lozim boiadi.
Sotib oluvchining belgilangan muddatda jo'natish raznaryadkasini
taqdim qilmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga yo mahsulot yetkazib
berish shartnomasini bajarishdan bosh tortish,
yoki sotib oluvchidan
tovarlar haqini to'lashni talab qilish huquqini beradi. Bundan tashqari
mahsulot yetkazib beruvchi jo'natish raznaryadkasini taqdim qilmaslik
tufayli yetkazilgan zararni to'lashni talab qilishga haqli (FK 441-modda).
Tovarlarni olib borib berish yetkazib beruvchi tomonidan ularni
mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan transportda va
unda belgilangan shartlarda jo'natish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni qay yo'l bilan
yetkazib berilishi juda muhim. Sababi, yuqorida aytganimizdek, olib
borib berish qaysi transport turida (havo, suv tarsportida hamda temir
yo'l yoki avto yoilar transportida) yoki
qanday shartlarda amalga
oshirilishi amalda taraflarning tortishuvining asosiy sababchisi hisoblanadi.
Chunki u mahsulotning tannarxiga ta’sir ko'rsatadi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni yetkazib
beruvchidan (uning mahsulotlari saqlanadigan omboridan yoki boshqa
joydan) olib ketishni sotib oluvchi o'zining bunga imkoniyati mavjudligi va
Do'stlaringiz bilan baham: