tovar tannarxini kamaytirish maqsadida hamda boshqa o'ziga
foydali
tomonini ko'zlab o'z zimmasiga olishi mumkin. Bunday hollarda ham
mahsulot yetkazib beruvchi qaysi vaqtda shartnoma shartlarida belgilangan
assortimentdagi va sifatdagi tovarlarni qanday o'ram va shakllarda sotib
oluvchiga olib ketishi uchun topshirishi haqida alohida raznaryadkada
belgilab qo'yishi va tovaming yuk xatini taqdim etishi lozim bo'ladi
Ammo ayrim hollarda shartnomaning bunday shartlari belgilanmasdan
qolishi mumkin, unda olib borib beruvchi transport turini mustaqil tanlab,
tovami olib borib berish shartlarini ham mustaqil
belgilab yetkazib berish
huquqiga ega bo'ladi Mahsulot yetkazib beruvchining bunday huquqi
qonun hujjatlarida, majburiyatning mohiyati yoki ish muomalasi odatlarida
boshqacha tartib anglashilmasa yo'l qo'yiladi (FK 442-modda).
Mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga shartnomada belgilangan
miqdordagi tovarlarni yetkazib berishi shart. Tovar miqdorini aniqlash
usullari oldi-sotdi shartnomasiga nisbatan o'rnatilgan umumiy qoidalar
bilan deyarli bir xil. Ammo mahsulot yetkazib
berish shartnomasida
tovarning miqdorini aniq shartnomada belgilanganidek yetkazilishini
ta’minlash qoidalaridan chetga chiqish mumkin. Ya’ni mahsulotni yetkazib
berilishi holatidan kelib chiqib uning miqdori aniqlanishi mumkin. Misol
uchun qoplanmagan(50 yoki 100 kgdan alohida qoplarga solinmagan
ya’ni rasfasofka qilinmagan) 10 tonna sement yoki 1 sistema o'simlik
yog'ini yetkazib berilayotganda plus-minus 0,1% dan 5%
gacha kam
yoki ko'p yetkazib berilishi mumkin.
Tovar yetkazib berishning ayrim davrida uni to'liq yetkazib bermagan
tovar yetkazib beruvchi, agar tovar yetkazib berish shartnomasida
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, yetkazib berilmagan tovarlar
miqdorini shartnoma amal qilish muddati
doirasidagi keyingi davrda
(davrlarda) to'ldirishi lozim bo'ladi.
Uzoq muddatli shartnomaga muvofiq tovar yetkazib berishning ayrim
davrida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan to'liq yetkazib berilmagan
tovarlar o'mi, agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tovarlar to'liq yetkazib berilmagan
yilning keyingi davrida (davrlarida) to'ldirilishi lozim.
Tovarlar mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib
berish shartnomasida yoki sotib oluvchining jo'natish raznaryadkasida
ko'rsatilgan bir necha oluvchiga jo'natilgan
taqdirda bir oluvchiga
shartnomada yoki jo'natish raznaryadkasida nazarda tutilganidan ortiq
miqdorda yetkazib berilgan tovarlar boshqa oluvchilarga to'liq yetkazib
berilmagan tovarlar o'rnini qoplash uchun hisobga olinmaydi va agar
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
tovar yetkazib
beruvchi tomonidan to'ldirilishi lozim (FK 443-moda).
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilangan miqdordan kam
yoki to'liq bo'lmagan tovarlar yetkazib berilganda taraflarning o'zaro
kelishuviga ko'ra uning assortimenti ko'rib chiqiladi. Sotib oluvchining
ixtiyoriga ko'ra va mahsulot yetkazib beruvchining taklifiga binoan uning
imkoniyatlarmi inobatga olgan holda belgilanishi mumkin. Agar taraflar
o'zaro kelisha olmasalar mahsulot yetkazib beruvchi to'liq yetkazib
berilmagan tovarlar o'rnini to'liq yetkazib bermaslikka yo'l qo'yilgan
davr uchun belgilangan assortimentda to'ldirishga majbur bo'ladi.
Bir nomdagi tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida
nazarda tutilgandan ko'proq miqdorda yetkazib berish shu assortimentga
kiradigan boshqa nomdagi to'liq yetkazib berilmagan tovarlar o'rnini
to'ldirish sifatida hisobga olinmaydi va uning o'rni to'ldirilishi lozim,
bunday yetkazib berish sotib oluvchining oldindan
bergan yozma roziligi
bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno (FK 445-moda).
Do'stlaringiz bilan baham: