oqilona muddatda tovarlarni tanlab olmasa
mahsulot yetkazib beruvchi
shartnomani bajarishdan bosh tortib, uni bir tomonlama bekor qilishi va
ko'rgan zararlarini qoplanishini talab qilishi mumkin. Shuningdek,
sotib
oluvchi buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqarilgan yoki sotib olib kelingan tovarlar
haqini sotib oluvchi tomonidan to'lashni talab qilish huquqiga ega bo'ladi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida yetkazib berilgan tovarlar
uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishning o'ziga xos jihatlari mavjud.
Umumiy qoidaga ko'ra taraflar kelishuvida hisob-kitoblarning alohida
ta rtibi va shakli belgila n m a gan b o'lsa , h iso b -k ito b la r t o 'lo v
topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi. Agar sotib oluvchi tovar haqini
to'lashni boshqa shaxs (tovarni qabul qiluvchi) zimmasiga yuklagan bo'lsa
ham mahsulot yetkazib beruvchi oldidagi haq to'lash
majburiyatidan
ozod bo'lmaydi. Shuning uchun tovarni qabul qiluvchi yetkazib berilgan
tovar haqqini to'lamasa, mahsulot yetkazib beruvchi tovar haqini to'lashni
sotib oluvchidan talab qilishga haqli bo'ladi. Agar sotib oluvchi bir turdagi
bir necha shartnomalar orqali mahsulot yetkazib beruvchi bilan huquqiy
munosabatga kirishgan bo'lsa va barcha shartnomalarning umumiy hisob-
kitobini amalga oshirishi kelishilgan bo'lsa-yu,
ammo umumiy summadan
kamroq haq to'lansa, mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga qaysi
shartnomaga haq to'langan deb hisoblanishi lozimligi tanlash imkonini
berishi lozim1.
Shartnoma xususiyatidan kelib chiqib, yetkazib berilayotgan tovarlar
oddiy va murakkabligini inobatga olgan holda
shartnomada ular uchun
haq to'lash n in g o 'zig a xos qoidalari F K ning 449-m od d asid a
mustahkamlanganini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, shartnomada
tovarlarni to'plamga kiradigan alohida qismlar bo'yicha yetkazib berish
nazarda tutilgan bo'lsa, sotib oluvchi tovarlar haqini, basharti shartnomada
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, to'plamga kiradigan so'nggi
qism jo'natilganidan (tanlab olinganidan) keyin to'lashi belgilangan.
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida
tovarlar haqi oluvchi
(to'lovchi) tomonidan to'lanishi nazarda tutilgan bo'lsa va u haq to'lashdan
asossiz bosh tortsa yoki tovarlar haqini shartnomada belgilangan
muddatda to'lamagan bo'lsa, yetkazib beruvchi sotib oluvchidan yetkazib
berilgan tovarlar haqini to'lashni talab qilishga haqli bo'ladi.
Shuningdek, mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha
Do'stlaringiz bilan baham: