shartnoma shartlarining aniq bajarilishi yuzasidan qat’iy
shartlar belgilab
q o‘yilgan boisa, tovarni qabul qilishni rad eta olmaydi. Rad etgan
taqdirda mahsulot yetkazib beruvchi ko'rgan barcha zararlarni qoplashi
shart boiadi.
Shu bois sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan
tovariarning qabul qilinishini ta’minlaydigan barcha zarur harakatlarni
amalga oshirishi lozim. Jumladan yetkazib berilgan tovarlarni tez va
sifatli qabul qilish uchun sharoitlarni yaratib qo'yishi, tovarning turib
qolmasligini ta’minlashi shart. Yetkazib berilgan tovarni tekshirib uning
sifatini aniqlashni ham shu turdagi tovarlarni aniqlash va
sifatini tekshirish
uchun odatda ketadigan vaqtdan o‘tib ketmasligini ta’minlashi kerak.
Albatta bunday talablarning barchasini qonunda aks ettirishi juda qiyin,
shu bois bunday talablar to‘g ‘ri bajarilganini yoki bajarilmaganini aniqlash
sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan qabul qilingan (yoki qabul qilinishi
kerak boigan) tovarlarni qonun hujjatlarida (FKda, alohida qabul qilingan
qonunlarda, VMning qarorlarida, shuningdek turli nizomlarda),
mahsulot
yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi
odatlarida belgilangan
muddat (yoki maddatlar)da ko'zdan kechirishi talab etiladi. Ushbu ko'zdan
kechirish natijasida tovarlar miqdori va sifati yuzasidan aniqlangan
nomuvofiqliklar va kamchiliklar to'g'risida tovar yetkazib beruvchini
darhol yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Darhol degan so'zni
izohlaganda shuni e’tiborga olish kerakki, sotib oluvchi o'zining maksimal
imkoniyatlarini ishlatgan holda o'ta mas’uliyatlilik bilan bunga yondashib,
imkoni boricha qisqa muddatda yozma (faks, internet, telegramma hamda
pochta orqali) yoki zarurat taqazo etsa og'zaki (telefon orqali shuningdek
modemogramma) shaklda zarur ma’lumotni taqdim yetishi anglashiladi.
Yetkazib berilgan tovarlar transport tashkilotidan olingan taqdirda
sotib oluvchi (oluvchi) tovariarning transport va yuk hujjatlarida
ko'rsatilgan maiumotlarga muvofiqligini tekshirishi,
shuningdek bu
tovarlarni transport tashkilotidan belgilangan qoidalarga rioya etgan
holda qabul qilishi lozim. Transport tashkiloti yetkazib berilgan tovarga
qo'yilgan talablar (tovar sifati, turi va assortimenti hamda ishlab chiqarish
braki) uchun javob bermaganligi bois, sotib oluvchi mahsulot yetkazib
berish shartnomasiga muvofiq mahsulot yetkazib beruvchi unga topshirish
uchun yuborgan tovarlarni saqlash uchun mas’ul bo'lmaydi. Chunki uning
majburiyati faqat tovarlarni unga qanday
topshirilgan boisa shunday
topshirishdan iborat. Sotib oluvchi unga yetkazib berilgan tovarlarni qabul
qilishni rad etgan taqdirda ushbu tovariarning toki mahsulot yetkazib
beruvchi olib ketmagunga (yoki olib ketish chorasini ko'rmagunga) qadar
but saqlanishini ta’minlashi (mas’uliyatli saqlash) shart bo'ladi. Tovarlar
yuzasidan e’tirozni va nima sababdan tovar rad etilayotganini darhol
mahsulot yetkazib beruvchi xabardor bo'lishi yuzasidan barcha choralarni
ko'rishi shart bo'ladi.
Mahsulot yetkazib beruvchi bunday xabami olganidan so'ng sotib
oluvchi tomonidan mas’uliyatli saqlashga olingan tovarni zudlik bilan
olib chiqib ketish chorasini ko'rishi yoki sotib oluvchini ogohlantirib
barcha
zararlarni qoplagan holda, oqilona muddat ichida ushbu tovami tasarruf
etishi shart bo'ladi. Agar mahsulot yetkazib beruvchi o'zini mas’uliyatsiz
tutib, oqilona muddatlarni buzib, tovarni tasarruf etmasdan yoki olib
ketmasdan o'zini paysalga solsa, sotib oluvchi tovami realizatsiya qilib
ko'rgan zararlarni undan chegirib qolib, qolgan mablag'larni mahsulot
yetkazib beruvchiga qaytarishga yoki mahsulot yetkazib beruvchiga
tovarlarni qaytarib yuborish bilan bog'liq zarur xarajatlari u tomonidan
qoplanishi sharti bilan qaytarib yuborish choralarini ko'rishga haqli bo'ladi.
Sotib oluvchi o'zining harakatlarini qonun hujjatlariga va shartnoma
shartlariga mos holda amalga oshirishi lozim bo'ladi. Agarda sotib oluvchi
yetarli asoslarsiz mahsulot yetkazib beruvchidan tovarni qabul qilib olishni
rad etgan bo'lsa, mahsulot yetkazib beruvchi bu holat (asossiz mahsulotni
qabul qilishni rad etish) ni isbotlay olsa sotib oluvchidan tovar haqini
to'lashni talab qilishga hamda unga yetkazilgan moddiy va ma’naviy
zararlarni qoplanishini talab qilishga haqli bo'ladi.
Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib beruvchi shartnoma tuzish
vaqtida tovarlarni
sotib oluvchi tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: