Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Lizing shartnomasining shakli



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Lizing shartnomasining shakli. 
Lizing to'g'risidagi qonunning 9-


m oddasida belgilanishicha, lizing shartnom asi yozma shaklda, qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
Lizing shartnomasi:
shartnom a taraflaridan birining talabiga ko'ra;
m ol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitim lar 
qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial 
tasdiqlanishi lozim.
Lizing to io v i 
lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish uchun 
qilgan x ara jatlarin in g ham m asi yoki k o ‘p qismi, sh u n in g d e k lizing 
obyektini yetkazib berish va belgilangan m aqsadda foydalanish uchun 
uni yaroqli holga keltirish bilan bog'liq boshqa xarajatlari lizing oluvchi 
tomonidan qoplanishi ham da lizing beruvchining darom adidan iborat 
bo'ladi (FKning 590-moddasi).
Lizing to 'lo v lari sh a rtn o m a n in g b u tu n am al qilish m u d d a tig a
taqsimlanadi va bo'lib-bo'lib to'lanadi. Lizing to'lovlarining m iqdorlari 
va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi.
Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi xususiyatlari.
Lizing obyektining oldi-sotdi shartnom asi lizing beruvchi va sotuvchi 
o'rtasida tuzilib, unga ko'ra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig'iga 
binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish u ch u n o'z 
mulki qilib oladi.
Taraflarning xohishiga ko'ra lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi 
lizing shartnomasi kuchga kirishidan oldin yoki keyin tuzilishi mumkin. 
Shartnom a bo'yicha lizing sotuvchidan lizing beruvchi m ulk huquqi 
asosida lizing obyektini sotib oladi va lizing oluvchiga egalik qilish va 
foydalanish uchun beradi.
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnom asini tuzish paytida lizing beruvchi 
lizing obyekti qaysi m aqsadda olinayotganligidan sotuvchini oldindan 
xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnom asida qayd etishi sh a rt (Lizing 
to'g'risidagi qonunning 14-moddasi).
Quyidagilar lizing shartnomasining m uhim shartlari hisoblanadi:
lizing obyektining tavsiflanishi (lizing obyektining m iqdori, sifati, 
ro'yxati, k o n tra k t qiym ati va boshqa k o 'rsatkichlari) va shartn o m a 
um umiy pul summasining ko'rsatilishi;
ta r a f l a r n i n g lizin g o b y e k tin i o lish v a b e ris h b ila n b o g 'liq
majburiyatlari;
lizing obyektini berish tartibi, shu jum ladan lizing obyektini yetkazib 
berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
lizing to'lovlarini to'lash shartlari, miqdorlari, m uddatlari va tartibi;


lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va 
ta ’m irlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari; 
shartnom aning amal qilish muddati;
sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun m as’ul tarafning ko'rsatilishi 
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar 
kiritilishi mumkin:
lizing obyektini sotib olish tartibi va m uddatlari; 
lizing shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish; 
lizing obyektini su g 'u rta qilish; 
fors-m ajor holatlar;
lizing beruvchi qo'shim cha xizmatlar ko'rsatishi, bunday xizmatlarsiz 
lizing obyektidan foydalanib bo'lmasa;
lizing subyektlari tom onidan lizing shartnom asi shartlariga rioya 
etilishini nazorat qilish tartibi.
Lizing shartnom asiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar 
h am kiritilishi mumkin.
Bizga m a’lumki, hozirda jahonda juda ko‘p lizing tashkilotlari faoliyat 
ko'rsatm oqda. Eng yirik xalqaro lizing tashkilotlaridan «Ebikliz»ni va 
Milliy lizing assosiasiyalarining Yevropa Federatsiyasi («Lizyurop»)ni 
alohida ajratib ko'rsatish mumkin.
Xalqaro lizing tashkilotlarining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
a) bularga a ’zo m am lakatlar qonunchiliklarini o'rganish, taqqoslash;
b) barcha huquqiy soliq, moliyaviy masalalarni hal etish;
v) lizing bitim larining sh artlari to'g'risidagi statistik m a’lumotni 
yig'ish;
g) lizing firmalarini tashkil etish bilan bog'liq masalalarni o'rganish. 
Respublikamizda ham bir qator lizing tashkilotlari mavjud. Ularga 
Vazirlar M ahkamasining 1995-yil 1-maydagi qarori bilan tashkil etilgan 
“O'zbek Lizing Interneyshnl A J ” qo'shm a lizing, 2003-yil 23-oktabr qarori 
bilan tashkil etilgan “Q urilish-lizing”, 1999-yil 30-oktabr qarori bilan 
tashkil etilgan “O'zqishloqxo'jalikmashlizing” kompaniyalarini kiritishimiz 
mumkin.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish