Boshlang`ich ma’lumotlar
1. Izolyatsiyalovchi transformator bilan yo’l relesi orasidagi kabelning qarshiligi : 270 Om
2. Rels liniyasi va releli shkaf orasidagi ulovchi similar qarshiligi:
Rele tomondagi Rkr: 0.4 Om
Ta’minot tomondagi Rkt: 0.25 Om
Rels zanjirining tuzilmaviy elektr sxemasi
1-rasm Avtonom tortqili RC ning sxematik tuzilishi.
ПТ - Taminot transformator turi ПОБС-2А;
(konvertatsiya koeffitsienti hisoblashdan keyin Uмин aniqlanadi:
ИТ - izolyatsiya turi transformator СТ – 4
Transformatsiya koefitsenti qiymati k=15
(To’rt qutublikik koefitsentilari, quydagiga teng:
А=0.072ej105 ;В=19.9еj1330;С=0,0008e-j6330; D=14e-j105);
RД, - qoshimcha qarshilik 250 Ом ;
ZО- drossel transformatoring turi РОБС -4А ( Z= 45ej81°);
И – reli turi ИМВШ - 110 (Z= 165 Ом);
Ucp = 3,84 V- releni ishga tushishuruvchi kuchlanishi qiymati;
Iср =0,025 А – releni ishga tushuruvchi tok qiymati ;
КВН =0,75 – Relening ishonchli qaytish koefitsenti.
Umumiy ma’lumot
Rels zanjiri, yo’l bo’lakchalarini bo’sh yoki band holatini nazorat qilish, doimiy qurilmalardan harakat tarkibiga axborot yuborish va signal qurilmalarini o’zaro bog’lash uchun mo’ljallangan.
Rels zanjirlarining bir necha turlari mavjud. Rels zanjirining chizmasini tanlash asosan quyidagi holatlarga bog’liq: tortish turi, o’rnatish joyi, yo’l bo’lakchasi uzunligi, izolyatsiya qarshiligining qiymati va boshqalar.
Rels zanjirini hisoblashdan avval, topshiriqqa mos keladigan rels zanjirini almashtirish chizmasi keltirish kerak.
Rels zanjirlarini hisoblashda quyidagilarni aniqlab olish zarur: yo’l va lokomotiv qabul qilish qurilmalarini ishlashida axborot manbaining kuchlanishi va toki, yo’l qabul qilish qurilmasining qayta yuklanishi (tokka turishi) va rels zanjiri oxirini ta’minlash asboblari, poyezd shuntlari va relslar butligini nazorat qilish imkoniyatlari. Rels zanjiriga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda, noqulay hollarda ishlash sharoitlarini hisoblash zarur.
Rels zanjirlarini hisoblash jarayonini soddalashtirish uchun, hisoblash uslubi, rels zanjirining toki va kuchlanishini aniqlashga qaratiladi.
Rels zanjirlari har qanday rejimda almashtirish chizmasi bilan ifodalanishi mumkin.
Almashtirish chizmalari to’rt qutbli o’zaro zanjirli ulanishdan iborat bo’lib, ular qabul qilish va uzatish manba qurilmalarini ekvivalentlari, hamda rels yo’li to’rt qutbli orqali ifoda etilishi mumkin.
Hisoblash jarayonini soddalashtirish maqsadida, qabul qilish va elektr manbani uzatish tomonlari to’rt qutbliklarini B va Ox to’rt qutbliklarining ekvivalenti deb qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |