Toshkent davlat transport universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi “psixologiya”



Download 10,98 Mb.
bet22/62
Sana29.05.2022
Hajmi10,98 Mb.
#617085
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
Bog'liq
Психология УМК

MAVZU: SHAXS VA UNING FAOLIYATI.





Reja:

  1. Individ va shaxs tushunchasi.

  2. SHaxs va unga yondoshuvlar.

  3. SHaxs ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida.

  4. SHaxsning o‘zini anglab etishi.

  5. SHaxs faoliyati haqida tushuncha.

  6. Faoliyatning psixologik tuzilishi



Tayanch iboralar: individ, individuallik, o‘z-o‘zini anglash, ijtimoiy me’yorlar, sanksiyalar, adekvat baholash.
Odam dunyoga odam bo‘lib keladi. Bu ta’kid yuzaki qaralgandagina isbot talab etmaydigan haqiqat bo‘lib va takrorlanaverib siyqasi chiqib ketgan ibora bo‘lib qaraladi. Gap shundaki, bu o‘rinda xususan insoniy belgilar va fazilatlarning rivojlanishi uchun tabiiy shart-sharoitlar paydo bo‘lishi genetik jihatdan oldindan belgilab qo‘yilganligi ta’kidlanadi.
Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatning mavjudligini taqazo etsa,miyasining tuzilishi aqli hushini rivojlanishi uchun imkoniyat tug‘diradi. Qo‘llarining shakl-shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbolining mavjudligini ko‘rsatadi. Bular bilan chaqaloq o‘z imkoniyatlari yig‘indisiga binoan har qanday holatda ham bu xildagi fazilatlar yig‘indisining sohibiga aylana olmaydigan hayvon bolasidan farq qiladi. SHunday qilib, yuqorida aytilganlar orqali chaqaloqning inson zotiga mansubligi tasdiqlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi.
“Individ” tushunchasida kishining nasl-nasabi mujassamlashgan bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kashf etadi va shaxs bo‘lib etishadi.
SHaxsning shaxs bo‘lishligi uchun u faollikka ega bo‘lishi kerak. Faollik hamisha yaxshi yashashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Kishi yaxshi yashashi , jamiyatni rivojlantirish uchun ataylab faollik ko‘rsatadai. Bu shaxsning faollik belgisidir.
SHaxsning xarakterli belgilaridan biri individuallikdir, Individuallik har bir shaxsning o‘zigagina xos bo‘lgan,takrorlanmaydigan sifatidir. Individuallik kishining xarakteri, temperamenti,psixik kechinmalarining o‘ziga xos xususiyatlari,hissiyoti va faoliyatining motvlarida ko‘rinadi.Ana shunga ko‘ra kishilar bir-biridan farq qiladi. Dunyoda qancha odam bo‘lsa,shuncha individuallik mavjuddir.
SHaxs tushunchasi qadimdan mavjud bo‘lib,u dastlab aktyor niqobi,keyinchalik esa aktyor ma’nosini anglatgan. CHunki sahnadagi ko‘rinish o‘zgarishi bilan aktyor maskasi ham o‘zgargan. Bu bilan kishilar sharoit o‘zgarishi bilan o‘z qiyofasini va faoliyatlarini o‘ziga xos ravishda o‘zgartirishga harakat qilishadi.
SHaxsning psixologik tuzilishi,psixologik xususiyatlarining birikmasi har bir konkret odamda barqaror borliqni tashkil etadi, buni esa shaxs psixologik tuzilishining nisbatan doimiyligi deb qarash mumkin(psixik holatlar, hayotiy vaziyatlar,hulq-atvor va yosh o‘zgarib borsa ham shaxsning psixik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo‘lib qoladi).
SHaxs bir o‘lchovga, sodda tarkibga ega emas, balki tarkiban murakkab tizim va silsila bo‘lib, inson ongini,uning filogenetik rivojlanishini, butun irsiy salohiyatini, fiziologik holatini, shakllangan qadriyatlarni,ayni damdagi kechinma va ehtiyojlarini o‘zida aks ettirib turadigan, nisbatan o‘zgaruvchan va aynan kishilargagina xos bo‘lgan oliy to‘zilmadir.
SHaxsni o‘rganish natijasida uning yo‘nalganligi xususiyatlari tahlil qilindi:
1). SHaxsning o‘ziga yo‘nalganligi – shaxsiy istiqbol motivlarining ustunlik qilishi, o‘z shaxsiy xislatlarini to‘liq idora qilish va tahlil qila olishga intilishdir.O‘ziga yo‘nalgan kishi ko‘proq hissiy kechinmalari, fikri-xayollari bilan band bo‘ladi. Atrofdagilar kam qiziqadi-yu, lekin o‘z shaxsini boshqalar tomonidan qadrlanishiga va qo‘llab-quvvatlanishiga ehttiyoj sezadi. Bunday kishilar chuqur mulohazali, o‘tkir zehnli bo‘lishadi, biroz kam gap ko‘rinsalarda o‘zlari bilan tinimsiz “gaplashib”, o‘zlarini tergab turadigan kishilardir. Tashqi ko‘rinishidan ko‘rimsiz, qo‘pol va “sovuq” bo‘lishadi.
2). Odamlarga yo‘nalganlik - Bu har qanday sharoitda ham odamlar bilan yaqin va iliq munosabatda bo‘ladigan kishilardir.Ular uchun hayotda eng qadrli narsa odamlar bilan muloqotda bo‘lish va hamkorlik qilish imkoniyatidir. Bunday kishilar odamlar bilan munosabatda bo‘lishni birinchi o‘ringa qo‘yadilar va iliq hissiy munosabatlarni davom ettirishga kuchli ehtiyoj sezishadi. Kasbiy faoliyatida o‘z kasbdoshlari bilan qalin munosabatda va hamjihat bo‘lishga intilishadi.
3). Faoliyatga yo‘nalganlik - bu mehnat faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan masalalarni hal etishga qiziqish, topshirilgan vazifani imkon qadar puxta qilib bajarishga intilish xususiyatidir. Bunday kishilar mehnatni tashkil etishning odatdagi usulidan tezda zerikib qoladi va tez ish jarayoni o‘zgartirilib, mukammallashtirib boriladi.Vazifani to‘liq va mukammal bajarishga intilish, javobgarlik hissi, shuningdek mehnatdan zavq olish va mehnatni qadrlash, unga vujudi bilan kirishib ketish, o‘z sohasini chuqur va mukammal o‘rganish faoliyatga yo‘nalganlikni yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.
2. Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi shaxs va jamiyat aloqalari tizimida rivojlanish va kamol topishi qonuniyatlarini izladilar. SHaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi lozim. SHaxs murakkab va mukammal mavjudot bo‘lganligi uchun uni o‘rganish muammosi bir necha yo‘nalishlar tomonidan tahlil qilingan.

Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish