O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi
“PSIXOLOGIYA”FANIDAN
3. MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
Toshkent – 2021
1-modul. Psixologiya fanining ilmiy-nazariy-amaliy asoslari.
1-mavzu - Psixologiya fanining predmeti va texnik ta’lim tizimida psixologik bilimlarning o‘rni
Reja:
Psixologiyaning predmeti.
Psixologiyaning evolyusiyasi:tarixi va undagi turli yondashuvlar.
Psixologiyaning fiziologik asoslari.
Psixologiyaning asosiy metodlari.
Psixologiyaning asosiy tarmoqlari.
Psixodiagnostika va psixokorreksiya haqida tushuncha.
SHaxs xulqini maqsadli tuzatish-psixokorreksiya ekanligi.
Tayanch iboralar: ruh,jon, ichki kechinmalar, psixika, psixik holatlar, psixik jarayonlar,eksperiment,test metodi, psixodiagnostika, psixokorreksiya.
Odamning nomunosib hulq-atvorini ko‘rar ekanmiz, achchig‘lanamiz va g‘azablanamiz ,uni tanqid qilamiz;fidokorona ish, ko‘rsatilgan mehribonlik bizni quvontiradi. Hilma- xil narsalarni ko‘rar ekanmiz ularni ko‘zdan kechiramiz bir xil narsani esda tutamiz va aksincha, bir xil narsaga diqqat qilmaymiz boshqa bir narsani payqamay qolamiz. YAxshi kitob, yoqimli kuy, rassomlik san’atining go‘zal asari har qaysimizga rohat bag‘ishlaydi.
Bularning hammasi ko‘pdan ko‘p boshqa narsalar psixik hayotimizning ,ya’ni ruhiy dunyomiz (ruhiyatimizning) xilma xil namoyon bo‘lishidir. SHuning uchun ham psixologiya bizning o‘zimiz haqidagi, bizning ichki, ruhiy dunyomiz haqidagi fandir .” Psyuxe”- ruh, jon, “logos”- fan,ta’limot degan ma’noni anglatadi..
Psixologiya – miya va xulq-atvorning ma’lum bir ta’limidir. Psixologiya so‘zi grekcha “psyche” – ma’nosini anglatadi.
Biz kundalik xayotimizda ruxshunoslarning ishlari bilan tez-tez uchrashsakda, xammamizda psixologiya nima va psixologlarning nima qilishlari xaqida fikrimiz bor. Ko‘p xollarda, men aminmanki, sizning tushunchalaringiz to‘g‘ri. Psixologlar sudga oid sohalarda ishlaydlar, va odamlar va baxsiz xodisalardan jabr ko‘rganlarga maslaxat va terapiya xizmatlarini ko‘rsatadilar. Ammo, dunyoda yuzlab minglab psixologlar borki, ularning ko‘pisi turli ishlarni bajaradi.
Ko‘plab psixologlar tadqiqot laboratoriyalari, shifoxona va odam va hayvonlarni qamrab oluvchi boshqa sohalarda ishlaydilar. Psixologlar shuningdek maktab va biznes soxasida ishlaydilar, chunki ular kuzatuv, so‘roqnoma, suxbat va laboratoriya o‘qishlari kabi turlicha uslublardan foydalanadilar va ular xulq atvorni o‘rganishga yordam beradi1.
Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga deyarli 160 yil bo‘ldi. SHu davr ichida juda ko‘plab ilmiy tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo‘llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o‘rni juda oshib ketdi, deb bo‘lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko‘rsatgan barcha olimlar ko‘prok diqqatlarini mavxum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi hozirgi davrga kelib, o‘ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |