Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Mikrobning virulentlik kuchini aniqlash



Download 12,75 Mb.
bet66/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Mikrobning virulentlik kuchini aniqlash uchun bir necha oʻlchov birligidan foydalaniladi. Masalan, laboratoriya hayvonlarini 100% oʻldiradigan mikroblar miqdori oʻldiruvchi doza hisoblanadi, u Dcl (Dosis certa letalis) bilan ifodalanadi
Subletal doza 5-10% hayvonlarni nobud qiladi, LD50 doza esa 50% hayvonlarni nobud qiluvchi mikroblar miqdorini bildiradi. Odatda organizmdan yangi ajratib olingan patogen mikroblarning virulentligi tashqi muhitda uzoq yashayotgan shunday mikroblarning virulentligiga qaraganda ortiqroq boʻladi. Mikroblarning virulentligi ancha oʻzgarishi mumkin. Mikroblar virulentligini sunʻiy yoʻl bilan kuchaytirish yoki tamomila yoʻq boʻlguncha kamaytirish mumkin. Bunday kulturalarni avirulent kulturalar deyiladi. Mikroblarni laboratoriya hayvonlariga “koʻchirish” (passaj) yoʻli bilan ularning virulentligi oʻzgartiriladi, ya’ni mikroblar ketma-ket bir necha hayvonga yuqtiriladi, shu bilan ularning virulentligi aksari kuchaytiriladi, mikroblar laboratoriya sharoitida bir oziqli muhitdan ikkinchi oziqli muhitga olib ekilganda esa ularning virulentligi susayadi. Virulentligi susaytirilgan patogen shtammlarni olish odam va hayvonlarni emlash (vaksinatsiya) uchun gʻoyat katta ahamiyatga egadir.
Mikroblarning virulentligi bir qancha omillarga bogʻliq. Mikroblarning koʻp turlari kapsula hosil qila oladi. Masalan, pnevmoniya (oʻpka yalligʻlanishi)ga sabab boʻladigan mikroblar-pnevmokokklar odam organizmida doimo kapsula hosil qiladi; kuydirgi tayoqchalari ham kapsula hosil qiladi. Kapsula mikroblarni fagositoz ta’siridan saqlaydi va ular organizmda tez koʻpayadi. Bir qancha mikroblar fermentlar ishlab chiqara oladi, bu fermentlar organizmning toʻqima va hujayralariga halokatli ta’sir eta oladi. Biriktiruvchi toʻqimaning asosiy qismlaridan biri boʻlmish gialuron kislotani parchalaydigan ferment-gialuronidaza shunday fermentlarga kiradi Gialuronidaza biriktiruvchi toʻqimaning mikroblarga nisbatan oʻtkazuvchanlik xossasini kuchaytiradi.
Fibrinolizin ta’sirida qon fibrini parchalanadi, proteolitik fermentlar toʻqimalarni eritib yuboradi va hokazo.
Shunday qilib, patogen mikroblarning bir qancha xossalari ularning odam va hayvonlar organizmiga nisbatan agressivligini ta’minlaydi. Mikroblarning toksinlari yanada koʻproq ahamiyatli hisoblanadi.

Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish