Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman



Download 12,75 Mb.
bet100/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Nitrifikatsiya jarayoni. Oqsilning chirishi natijasida tuproqda toʻplangan ammiak va ammoniy tuzlari oʻziga hos mikroorganizmlar tomonidan oksidlanadi. Oksidlanish jarayonida nitrit va nitrat kislota hamda ularning tuzlari hosil boʻladi. Bu jarayon nitrifikatsiya deb ataladi. Tuproqda nitratlarning hosil boʻlishini Shlezing va Myunslar tomonidan 1879 yilda aniqlangan. Nitrifikatsiya jarayonida ishtirok etadigan mikroorganizmlarni boshqa turli bakteriyalardan ajratib olish usulini 1888-1890 yillarda rus mikrobiologi S.N. Vinogradskiy ishlab chiqqan. Ammiakning oksidlanishi biologik jarayon ekanligini olimlar eʻtirof qilgan boʻlsalar-da, unda qanday mikroorganizmlar ishtirok etganligi oʻsha davirgacha aniqlangan emas edi. Bu masalani S.N. Vinogradskiy hal qilib berdi. U oʻzining amaliy tajribalarida nitrifikatsiya jarayonini qoʻzgʻovchi bakteriyalar organik moddali muhitda rivojlana olmasligini aniqladi. Bu bakteriyalar tarkibida 0,2% ga yaqin organik moddalar (pepton va glyukoza) boʻlgan muhitda ham yashay olmasligiga ishonch hosil qildi. Shuni nazarda tutib, S.N. Vinogradskiy nitrobakteriyalar uchun tarkibi maxsus anorganik moddalardan iborat oziq muhiti tarkibini ishlab chiqdi. U oʻzining tajribalari natijasiga asoslanib, nitrifikatsiya jarayoni 2 fazadan iborat ekanligi va bu jarayonlar ikki turli bakteriyalar ishtirokida borishini isbotlab berdi.
Nitrifikatsiyaning birinchi fazasida ammiak va ammoniy tuzlari nitrit kislotagacha oksidlanadi. Bu reaksiya tubandagicha boradi:
2NH3 + 3O2 →2HNO2 +2H2O+658 kJ (158 kkal)
Reaksiya oxirida nitrit kislota hosil boʻlguncha bir qancha oraliq reaksiyalar boradi. Bu reaksiyalarni quyidagicha ifodalash mumkin:
NH3 NH2OH HNO  HN(OH)2 HNO2
Ammiak gidroksilamin giponitrit dioksi nitrit kislota ammiak kislota
Nitrifikatsiya jarayonining birinchi fazasini oval shakldagi nitrozomonas (Nitrosomonas) bakteriyasi qoʻzgʻatadi. Bu bakteriya harakatchan, xivchini tanasiga nisbatan 50 baravar uzun boʻladi. Nitrozomonas hujayrasining yirik-maydaligiga qarab: a, b, s tur xillari uchraydi.

Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish