Denitrifikatsiya jarayoni. Muhit (tuproq) tarkibidagi nitrit, nitrat, ammiak va amin birikmalardagi azot ba’zi mikroorganizmlar tomonidan molekulyar azotgacha qaytariladi. Bu jarayon denitrifikatsiya deb ataladi. Denirifikatorlar tabiatda keng tarqalgan boʻlib, tuproqda, daryo va hatto dengiz suvlarida ham uchraydi. Bu mikroorganizmlar Shimoliy muz okeanida ham yashashini rus olimi B.L. Isachenko aniqlagan. Potapov ma’lumotlariga koʻra denitrifikatorlar bahor va kuz faslida koʻpayib, yoz faslida kamayar ekan, ular tuproqning 10-15 sm chuqurlikdagi qavatida joylashadi.
Denitrifikatorlar ta’sirida tuproqdagi nitratlar miqdori kamayib ketadi. Shu sababli ular qishloq xoʻjaligiga zarar keltiruvchi jarayonni qoʻzgʻovchi mikroorganizmlar qatoriga kiradi. Denitrifikatsiya jarayoni bevosita va bilvosita boʻlib, quyidagi koʻrinishlarda sodir boʻladi:
a). Bevosita denitrifikatsiyada nitrat kislota bilan amid birikmalari oʻrtasida roʻy beradigan reaksiyalar vaqtida azot erkin holda ajralib chiqadi, natijada tuproq tarkibidagi nitratlar miqdori kamayadi; bu shakldagi denitrifikatsiya jarayonida tirik mikroorganizm (bakteriya)lar qatnashmaydi:
4HNO3 = 2H2O + 5O2 + 2N2↑
b). Bilvosita denitrifikatsiyada turli-tuman bakteriyalar ishtirokida oʻtadi, ular molekulyar azotdan tashqari, koʻp miqdorda CO2 gazi ajratadi, bu reaksiya natijasida toʻplangan karbonat tuzlari hisobiga muhit (tuproq)ning ishqoriyligi kuchayadi.
Denitrifikatorlar fakultativ anaerob organizmlar boʻlib, aerob sharoitda uglevod, spirtlar, organik kislotalar va boshqa organik birikmalar bilan oziqlanayotganda ularni oksidlash uchun erkin kisloroddan foydalanadi. Anaerob sharoitda yashagan vaqtida esa moddalarni oksidlash uchun nitrat tuzlari tarkibidagi kislorodni sarflaydi. Shu paytda nitratlar tarkibidagi azot ammiak va molekulyar azotgacha qaytariladi. Yuqorida aytib oʻtilgan oksidlanish reaksiyalari natijasida hosil boʻlgan energiya denitrifikatorlarning hayot faoliyatida sarflanadi. Birikmadagi azotning molekulyar azotga aylanish reaksiyasi tubandagicha boradi:
5C6H12O6 + 24KNO3 24KHCO3 + 6CO2 + 18N2O + 12N2↑ + 2100kkal
Tuproqdagi nitrat tuzlarining denitrifikatorlar tomonidan parchalanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tuproqni erkin havo bilan boyitish zarur. Buning uchun dehqonchilikda yerlarni chopish va yumshatish tadbirlari qoʻllaniladi. Yer chopilsa, tuproqdagi nitrat tuzlari saqlanib qolishidan tashqari, nitrifikatsiya jarayonini qoʻzgʻovchi bakteriyalarning hayot faoliyati kuchayadi, natijada oʻsimliklar uchun zarur nitrat tuzlari miqdori ham ortadi.
Bu xil bakteriyalarga tubandagilar misol boʻladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |